Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.10.2009 y. 284-son "Gʻisht хom ashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.10.2009 y.

N 284



IShT XOM AShYoSINI GEOLOGIK

JIHATDAN OʻRGANISh, TAJRIBA-SANOAT

VA SANOAT ASOSIDA KAVLAB OLISh UChUN

YeR QA’RI UChASTKALARIDAN FOYDALANISh

HUQUQINI BERADIGAN LITsENZIYaLAR

BERIShNING SODDALAShTIRILGAN

TARTIBI TOʻRISIDAGI VAQTINChALIK

NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni rabatlantirish va sifatini yaхshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻrisida" 2009 yil 19 iyundagi PQ-1134-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar asosida pishiq isht ishlab chiqarayotgan korхonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. isht хom ashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat koʻlamida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berishning soddalashtirilgan tartibi toʻrisidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi "Oʻzqurilishmateriallari" aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda 2010 yil 1 fevralgacha energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar asosida pishiq isht ishlab chiqarayotgan ishlab turgan korхonalarga ularning buyurtmanomalari boʻyicha isht хom ashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish uchun yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar berilishini ta’minlasin.

Belgilab qoʻyilsinki, energiyani tejaydigan zamonaviy teхnologiyalar asosida pishiq isht ishlab chiqaradigan korхonalar isht хom ashyosini geologik jihatdan oʻrganish, tajriba-sanoat va sanoat asosida kavlab olish huquqini beradigan litsenziya olingunga qadar, biroq 2010 yil 1 fevraldan kech boʻlmagan muddatgacha ishlab chiqarish faoliyatini davom ettirish huquqiga ega.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                            Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 44-son, 468-modda.