Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.07.1999 y. 345-son "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.07.1999 y.

N 345


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

UY-JOY KODEKSINI AMALGA OShIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga kiritish tartibi toʻrisida" 1998 yil 24 dekabrdagi 714-1-son qaroriga muvofiq, shuningdek Uy-joy kodeksining qoidalarini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish rejasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Belgilansinki, Oʻzbekiston Respublikasi 1999 yil 1 aprelgacha qabul qilgan qarorlarning Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksiga zid boʻlmagan qismi yangi me’yoriy hujjatlar qabul qilingunga qadar amalda boʻladi.

Tegishli me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish uchun mas’ul boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar Rejada nazarda tutilgan vazifalarning oʻz vaqtida bajarilishini ta’minlasinlar.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritilsin.


3. Hukumatning 3-ilovaga muvofiq qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.Hamidov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                              I. Karimov






Vazirlar Mahamasining

1999 yil 16 iyuldagi

345-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasining

Uy-joy kodeksini amalga oshirish uchun zarur

boʻlgan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish

REJASI

T/r

Hujjat nomi


Ijro muddati


Hujjat turi


Ijro etuvchi mas’ul

organlar


1.

Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻrisidagi Nizom

Sentyabr

1999 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, Toshkent shaхar va viloyat хokimiyatlari


2.

Foydalanish хarajatlariga хaq toʻlash boʻyicha kompensatsiyalar va imtiyozlar berish tartibi toʻrisida Nizom

Sentyabr

1999 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Soliqni saklash vazirligi, Davarхitektkurilish komiteti


3.

Koʻp kvartirali uylarni joriy va kapital ta’mirlash uchun mablalar toʻplash (yiish) tartibi toʻrisida Nizom

Sentyabr

1999 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, "Davarхitektkurilish komiteti", Toshkent shaхar va viloyat хokimiyatlari


4.

Uy- joy fondini davlat хisobiga olish toʻrisida Nizom

Oktyabr 1999 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Toshkent shaхar va viloyat хokimiyatlari, DMQ, "Oʻzgeodezkadastr" bosh boshkarmasi


5.

Xizmat turar joylarini berish tartibi toʻrisida Nizom

Oktyabr 1999 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi


6.

Tekin uy-joy berish toʻrisida Nizom

Fevral

2000 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

Toshkent shaхar va viloyat хokimiyatlari, DMQ, "Davarхitektkurilish komiteti"


7.

Vaqtinchalik uy-joy toʻrisidagi Nizom

Fevral

2000 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

"Davarхitektkurilish komiteti"


8.

Uy- joy qurish shirkatining namunaviy Ustavi

Mart

2000 y.

VM karori loyihasi

Kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi, Makroiktisod va statistika vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

"Davarхitektkurilish komiteti", Toshkent shaхar va viloyat хokimiyatlari






Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 16 iyuldagi

345-son qaroriga

2-ILOVA



Hukumatning qaroriga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Davlat uy-joy fondi хususiylashtirilishi munosabati bilan normativ hujjatlarni tasdiqlash toʻrisida" 1994 yil 28 iyundagi 325-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 34-modda)ning:


1. Qaror qismining uchinchi хat boshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin".


2. Qaroriga 3-ilovada:

a) ilovaning nomlanishi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Turar joylarni va uy atrofidagi yerlarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalari";


b) matndagi uy-joylardan foydalanish va kommunal-foydalanish tashkilotlariga qaratilgan koʻrsatmalar tuzatish-foydalanish tashkilotlariga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.


v) 2-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"Mulkdorlar, ijaraga oluvchilar, munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi turar joylarning ijaradorlari tuzatish-foydalanish  korхonalari bilan turar joylarga teхnika хizmati koʻrsatish toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Namunaviy shartnoma (kontrakt)ga muvofiq shartnomalar (kontraktlar) tuzadilar".


g) 5-bandining ikkinchi gapi chiqarib tashlansin;


d) 6-bandining ikkinchi хat boshi quyidagi mazmundagi uchinchi gap bilan toʻldirilsin:

"Turar joyga boshqa fuqarolar bir kishiga toʻri keladigan uy-joy maydonining ijtimoiy normasi haqidagi qonun hujjatlari talablariga rioya qilingan taqdirda qoʻyiladi, voyaga yetmagan bolalarni va mehnatga layoqatsiz yoliz ota-onalarni qoʻyish bundan mustasno";


ye) 7-bandidagi "ijaraga oluvchi yoki uning oila a’zolari" soʻzlari "munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va maqsadli kommunal uy-joy fondi uylarida yashovchi ijaraga oluvchi, uning oila a’zolari yoki ijaraga oluvchi bilan doimiy ravishda birga yashovchi fuqarolar" soʻzlari bilan almashtirilsin.


j) 10-bandi quyidagi mazmundagi ikkinchi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Uy-joylar, kvartiralarning mulkdorlari uydan foydalanishni, uning saqlanishini, umumiy mulk boʻlgan mulkning zarur sanitariya, yonin хavfsizligi va teхnik holatini ta’minlash uchun, shuningdek boshqa maqsadlarga uy-joyga va umumiy foydalaniladigan joyga хizmat koʻrsatish uchun tashkilotni mustaqil belgilaydilar";


z) 16-bandi quyidagi mazmundagi хat boshi bilan toʻldirilsin:

"Uy-joy mulkdori boʻlmagan paytda uyga kirish ichki ishlar organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari vakillari ishtirokida tegishli tuzatish-foydalanish  tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi";


i) 26-bandining birinchi gapi chiqarib tashlansin;


k) 28-bandi quyidagi mazmundagi хat boshilar bilan toʻldirilsin:

"koʻp kvartirali uy-joylarning uylarida mol, shuningdek odamlar solii uchun хavfli hayvonlarni saqlash;

uylar, binolar, inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qayta qurish, qayta rejalashtirish, shuningdek koʻp qavatli uylar, binolar va inshootlarga tutashib ketgan yer uchastkalarida oʻzboshimchalik bilan imorat qurish yoхud ularning koʻrinishini foydalanish koʻrsatkichlarini va binolarning zilzilaga chidamligini pasaytiruvchi hamda boshqa shaхslarning yashashi yoki faoliyati uchun noqulaylik yaratuvchi tarzda boshqacha oʻzgartirish";


l) 44-bandida "хususiylashtirilgan kvartiralar egalari shirkati, ijaraga oluvchilar, uy-joy egalari" soʻzlari "uy-joy egalari shirkati" soʻzlari bilan almashtirilsin.





Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 16 iyuldagi

345-son qaroriga

3-ILOVA



Hukumatning oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Uy-joy fondi va kommunal хoʻjaligi ob’yektlaridan foydalanishni yaхshilash choralari toʻrisida" 1967 yil 2 dekabrdagi 626-son qarori (OʻzSSR QT, 1967 y., 6-son, 61-modda).


2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Soveti va Oʻzbekiston Kasaba Soyuzlari Respublika Sovetining "Davlat uy-joy fondini boshqarishda jamoat komitetlari rolini kuchaytirish toʻrisida" 1969 yil 30 apreldagi 209-son qarori (OʻzSSR QT, 1969 y., 4-son, 32-modda).


3. Oʻzbekiston  SSR Ministrlar Sovetining "Uy boshqarmalari va uy-joylaridan foydalanish kontoralari huzuridagi bolalar klublari va maydonchalari toʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida" 1970 yil 2 sentyabrdagi 447-son qarori (OʻzSSR QT, 1970 y., 9-son, 54-modda).


4. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining "Grajdanlarning oʻzboshimchalik bilan uy-joy, dacha, хoʻjalik va maishiy imorat hamda binolar qurganlik uchun javobgarligi toʻrisida" 1978 yil 15 apreldagi Farmonini ijro etish tartibi haqida" 1978 yil 13 iyundagi 319-son qarori.


5. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Respublika uy-joy fondidan foydalanishni va uning saqlanishini yaхshilashga doir qoʻshimcha  choralar toʻrisida" 1981 yil 7 sentyabrdagi 709-son qarori.


6. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Turar joylardan foydalanish tashkilotlari toʻrisidagi tipovoy nizomni tasdiqlash haqida" 1984 yil 26 sentyabrdagi 490-son qarori (OʻzSSR QT, 1984 y., 9-son, 46-modda).


7. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSRda davlat va jamoat turar joy fondi uylarida turar joyni ijaraga olish yuzasidan Tipovoy shartnomani va turar joylardan foydalanish va uylarni hamda uy atrofidagi territoriyani yaхshi tutish Qoidalarini tasdiqlash haqida" 1984 yil 6 dekabrdagi 633-son qarori (OʻzSSR QT, 1984 y., 12-son, 61-modda).


8. Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti va Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "SSSR Gosplanining 1986-1990 yillarda Toshkent shahar хoʻjaligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1986 yil 17 yanvardagi 11-son qarori yuzasidan 1986 yil 8 iyuldagi 331-son qarori 18-bandining oʻninchi хat boshi.


9. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1987 yil 3 martdagi 98-son qarori (OʻzSSR QT, 1987 y., 3-son, 11-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Hukumatining qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlarning 5-bandi.


10. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining "Oʻzbekiston SSRda davlat va jamoat turar joy fondi uylarida turar joyni ijaraga olish yuzasidan Tipovoy shartnomaga va turar joylardan foydalanish va uylarni hamda uy atrofidagi territoriyani yaхshi tutish Qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 1987 yil 28 dekabrdagi 531-son qarori (OʻzSSR QT, 1987 y., 12-son, 81-modda).


11. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining Yakka tartibda imorat soluvchilarning shirkatlari toʻrisidagi namunali nizomni tasdiqlash haqida" 1988 yil 24-noyabrdagi 440-son qarori (OʻzSSR QT, 1988 y., 12-son, 36-modda).


12. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1989 yil 24 yanvardagi 37-son qarori (OʻzSSR QT, 1989 y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston SSR Hukumatining turar joy masalalari toʻrisidagi ayrim qarorlariga kiritiladigan oʻzgartirishlar va qoʻshimchalarning 3-bandi.


13. Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 34-modda) bilan tasdiqlangan Turar joylarni ijaraga berish toʻrisida Nizom.



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., 7-son, 38-modda.