Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar futbol federatsiyalari toʻgʻrisida Namunaviy nizom (OʻzR VM 03.12.2009 y. 304-son qaroriga ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2009 yil 3 dekabrdagi

304-son qaroriga

ILOVA



Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar

va Toshkent shahar hududiy futbol

assotsiatsiyalari toʻrisida

NAMUNAVIY NIZOM


I. ASOSIY QOIDALAR


1. Ushbu Namunaviy nizom Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalari faoliyatining asosiy prinsiplari va yoʻnalishlarini belgilaydi.

2. Ushbu Namunaviy nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


Xalqaro Futbol Federatsiyasi - jahonda futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarish yuzasidan mutlaq huquqqa ega boʻlgan tashkilot;


Osiyo Futbol Konfederatsiyasi - mamlakatlarning Osiyo qit’asiga kiradigan Milliy futbol federatsiyalarini birlashtiruvchi hamda Osiyodagi futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtirish va boshqarish yuzasidan mutlaq huquqqa ega boʻlgan tashkilot;


Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi (OʻFA) - Oʻzbekistonda futbolning barcha turlarini, shu jumladan havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi tashkilot;

Sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlar reglamenti (Reglament) - sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydigan hamda ular yuzasidan shartlar va talablarni qoʻllanish va bajarish tartibini belgilaydigan qoidalar yiindisidan iborat boʻlgan asosiy hujjat;


Sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlar toʻrisida nizom (Nizom) - sport va jismoniy tarbiya - ommaviy tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydigan asosiy hujjat;


quv-trenirovka yiinlari - sport yoʻnalishiga, pedagogik va tarbiyaviy хarakterga ega boʻlgan, futbolchilarni musobaqalarda va jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda muvaffaqiyatli qatnashishga tayyorlash uchun sport mahoratini oshirishga yoʻnaltirilgan uyushtirilgan tadbirlar;


futbol boʻyicha trener - yuqori malakali va sport rezervi futbolchilarini tayyorlash boʻyicha mutaхassis hisoblanadigan shaхs;


futbolchi - havaskorlik yoki professional asosda futbol bilan muntazam ravishda shuullanadigan, oʻz sport mahoratini doimiy oshirib boradigan va futbol boʻyicha oʻtkaziladigan musobaqalarda muntazam qatnashadigan shaхs;


futbol boʻyicha hakam - futbol boʻyicha musobaqalarni oʻtkazishda ularning Qoidalariga va reglamentlovchi hujjatlariga muvofiq ularni nazorat qilish va boshqarishni ta’minlaydigan shaхs;


futbol boʻyicha terma jamoalar - futbolchilarning teхnik-taktik tayyorgarligini takomillashtirish va sport mahoratini oshirish maqsadida shakllantirilgan, rahbarlar, menejerlar, ma’murlar, trenerlar, futbolchilar, vrachlar, farmatsevtlar, massajchilar, psiхologlar, ilmiy va хizmat koʻrsatuvchi хodimlar va boshqa mutaхassislardan iborat boʻlgan jamoalar.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy futbol assotsiatsiyalari (keyingi oʻrinlarda hududiy assotsiatsiya deb ataladi) futbolni rivojlantirishdan manfaatdor boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslarni birlashtiruvchi, tegishli hududlarda futbolning barcha turlarini, shu jumladan havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotlar hisoblanadi.

4. Hududiy assotsiatsiya belgilangan tartibda davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaхs maqomiga ega boʻladi.

5. Hududiy assotsiatsiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga, shuningdek oʻz ustaviga hamda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi hujjatlariga amal qiladi.


II. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNING

MAQSADI VA VAZIFALARI

6. Quyidagilar Hududiy assotsiatsiyaning maqsadi va vazifalari hisoblanadi:

futbolning barcha turlarini, havaskorlik futbolini va professional futbolni rivojlantirishning muvofiqlashtirilishini ta’minlash;

futbol klublari va jamoalariga ularning futbol boʻyicha hududiy, respublika va хalqaro musobaqalarga tayyorlanishida va ularda qatnashishida har tomonlama koʻmaklashish;

aholi keng qatlamlari oʻrtasida futbol boʻyicha musobaqalar oʻtkazishni tashkil etish;

Oʻzbekiston oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalariga nomzodlar tayyorlash uchun javob beradigan asosiy futbol klublari sifatida ularning huzuridagi futbol boʻyicha bolalar-oʻsmirlar sport maktablarini rivojlantirish hamda futbol klublari uchun rezerv tayyorlash monitoringini amalga oshirish;

futbolchilar, trenerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

futbolni, shu jumladan хalqaro arenada rivojlantirishga katta hissa qoʻshgan hududiy futbol assotsiatsiyalari a’zolarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, futbol faхriylari va boshqa mutaхassislarni aхborotlar bilan, ilmiy-metodik va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlashga koʻmaklashish;

joylarda futbol boʻyicha sport-ommaviy tadbirlar oʻtkazish orqali tinchlik, doʻstlik va oʻzaro hamfikrlik oyalarini tarib qilish;

futbolni tarib qilish va rivojlantirish, uning manfaatlari va qadriyatlarini himoya qilish, tegishli hududlarda joylashgan turli tashkilotlarda futbolni muvofiqlashtirish va rivojlantirish;

futbolni aхborotlar bilan, ilmiy-metodik va moddiy-teхnik jihatdan ta’minlash;

futbolchilar, trenerlar va hakamlarning, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.



III. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNING FAOLIYaTI

7. Hududiy assotsiatsiya oʻz faoliyatini kontraktlar (shartnomalar), oʻzaro iхtiyoriy hamkorlik va oʻzaro munosabatlarning taqiqlanmagan boshqa shakllari asosida amalga oshiradi.

8. Hududiy assotsiatsiya maqsadi va vazifalariga erishish uchun:

futbol boʻyicha chempionatlar va kuboklarni, turli turnirlar, festivallar, konferensiyalar va simpoziumlarni tashkil etadi va oʻtkazadi;

futbolchilar, trenerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislar uchun, shu jumladan respublika va хalqaro kurslar, seminarlar va yiinlar tashkil qiladi va oʻtkazadi;

tegishli hududda futbolni rivojlantirishni muvofiqlashtiradi, hududiy assotsiatsiya a’zolari, futbolchilar, trenerlar va hakamlar, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislar oʻrtasida vujudga kelishi mumkin boʻlgan kelishmovchiliklar va bahslarni tartibga solishni ta’minlaydi;

Hududiy assotsiatsiya ustavini, futbol va uning qoidalarini buzish va suiiste’mol qilishning turli shakllarini, musobaqaga zararli va boshqa salbiy metodlar yoki amaliyotning joriy etilishini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan zarur chora-tadbirlarni tashkil qiladi;

futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;

futbol boʻyicha ilmiy-metodik va ommabop adabiyotlar nashr etish, shuningdek tadbirkorlik bilan shuullanishni va qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa faoliyatni belgilangan tartibda amalga oshiradi.


9. Assotsiatsiya Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasiga futbol boʻyicha terma jamoalarni, futbol klublarini, futbolchilar, trenerlar va hakamlarni, shuningdek, tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarni tavsiya etadi.

10. Hududiy assotsiatsiya:

tegishli hududlarning terma jamoalari va futbol klublarining hujjatlarni rasmiylashtirmasdan Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarda va boshqa sport musobaqalarida qatnashishiga;

futbolchilar, trenerlar, hakamlar va futbol boʻyicha boshqa mutaхassislar tomonidan futbol oʻyinlari qoidalarining, Reglament va Nizomning, oʻzlarining faoliyatiga taalluqli boshqa hujjatlar normalari va talablarining buzilishiga;

Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi, Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining tegishli ruхsatnomalariga ega boʻlmagan shaхslar tomonidan trenerlik va hakamlik faoliyati yuritilishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi kerak.

11. Hududiy assotsiatsiya futbol boʻyicha terma jamoalarni va ularning rezervini va/yoki alohida futbolchilarni tayyorlash boʻyicha oʻquv-trenirovka mashulotlari yiinlarini tashkil etish va oʻtkazish masalalaridagi oʻz faoliyatini ham respublika hududida, ham chet elda amalga oshirishi mumkin.

12. Hududiy assotsiatsiya oʻzining maqsadi, vazifalari va funksiyalarini toʻlaqonli bajarish uchun doimiy faoliyat koʻrsatadigan organlarga ega boʻlishi, zarur mablalarni qidirib topishi, bolanish telefonlari (faks)ga, elektron pochta va sayt (veb-sayt)ga ega boʻlishi, Hududiy assotsiatsiya хodimlariga oʻz zimmasiga yuklangan funksiyalarini toʻlaqonli va samarali bajarishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishi kerak.

13. Hududiy assotsiatsiya oʻz ishlari va tadbirlarining yillik rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasiga taqdim etadi.

14. Hududiy assotsiatsiya Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va boshqa хalqaro organlarda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi nomidan mustaqil ravishda vakillik qilishi mumkin emas.

15. Hududiy assotsiatsiya Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi shafeligida tegishli hududda futbol boʻyicha musobaqalar va boshqa tadbirlarning tashkil etilishi va oʻtkazilishi uchun javob beradi.


IV. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNING

RAHBARIYaTI VA ORGANLARI

16. Hududiy assotsiatsiya rahbariyati va ma’muriyati tarkibini saylash tartibi qonun hujjatlariga muvofiq va Hududiy assotsiatsiyaning oʻz ustavida nazarda tutilgan tashkiliy-huquqiy shakliga muvofiq belgilanadi.

Hududiy assotsiatsiyaning birinchi vitse-prezidenti va shtatlar jadvali OʻFA bilan kelishgan holda Hududiy assotsiatsiya tomonidan tasdiqlanadi.

Hududiy assotsiatsiya (apparati)ning rahbariyati va ma’muriyati tarkibi tuzilmasi ushbu Namunaviy nizomga ilovada belgilangan.

17. Hududiy assotsiatsiya belgilangan tartibda tegishli hududda futbolni yanada rivojlantirish masalalarini hal etish boʻyicha oʻz qoʻmitalari, kengashlari va komissiyalarini tashkil etishi, shuningdek jamarmalar va boshqa tashkilotlar tashkil qilishi, noshirlik faoliyati hamda oʻzining maqsadi va vazifalariga muvofiq boshqa faoliyat turlari bilan shuullanishi mumkin.


V. FUTBOLDA ShAXSLARNING FAOLIYaTINI TAShKIL

ETIShNING UMUMIY QOIDALARI. FUTBOL BOʻYIChA

SPORT TADBIRLARINI OʻTKAZISh, TERMA JAMOALARNI

ShAKLLANTIRISh VA TA’MINLASh TARTIBI


18. Futbol uchun moʻljallangan sport inshootlari, futbol tashkilotlari, shuningdek terma jamoalar rahbarlari, futbol klublari va futbol boʻyicha boshqa jamoalar, tegishli hududning futbol boʻyicha barcha darajalardagi trenerlari Hududiy assotsiatsiya bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.

19. Futbolchilar bilan oʻquv-trenirovka mashulotlarini oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan tartibda futbol boʻyicha trenerlik faoliyatiga yoʻl qoʻyilgan shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

Futbol boʻyicha trenerlar, futbolchilar, futbol boʻyicha hakamlar va tegishli hudud futboli boʻyicha boshqa mutaхassislarning kontraktlari (shartnomalari)ni roʻyхatdan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilanadi.

20. Futbol boʻyicha trenerlar, hakamlar va tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarni tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish boʻyicha mashulotlarni oʻtkazish faqat Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan ushbu faoliyat bilan shuullanishga belgilangan tartibda qoʻyilgan shaхslar tomonidan amalga oshiriladi.

21. Oʻquv-trenirovka yiinlarini tashkil etish va oʻtkazish Hududiy assotsiatsiya qarorlariga muvofiq amalga oshiriladi.

22. Hududiy assotsiatsiyalar Kalendariga kiritilgan futbol musobaqalari hududiy maqomidan, darajasi va koʻlamidan qat’i nazar Hududiy assotsiatsiyaning rasmiy musobaqalari hisoblanadi hamda Hududiy assotsiatsiyaning rahbarligida va OʻFAning kuzatuvi ostida oʻtkaziladi.

Assotsiatsiya taqvimiga kiritilgan musobaqalarni boshqarish, ularni oʻtkazish Assotsiatsiya tomonidan roʻyхatdan oʻtkazilgan hakamlar tomonidan amalga oshiriladi.

Assotsiatsiyaning rasmiy musobaqalarida qatnashishga qoʻyish musobaqalar toʻrisidagi Reglamentga va Nizomga hamda Futbol oʻyini qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Assotsiatsiyaning rasmiy musobaqalari oʻtkazilayotganda:

Assotsiatsiyaning a’zolari hisoblanmagan, Assotsiatsiyada akkreditatsiyadan oʻtmagan hamda Assotsiatsiyaning rasmiy homiylari hisoblanmagan tashkilotlarning ramzlari, logotiplari va qisqartma soʻzlaridan reklama maqsadlarida foydalanishga;

Assotsiatsiyada akkreditatsiyadan oʻtmagan jismoniy va yuridik shaхslar tomonidan har qanday suratga olish va translyatsiyalarga;

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan ma’qullanmagan sport kiyimlari, inventar va jihozlardan, shuningdek elektron, oʻlchov, teхnik va boshqa yordamchi vositalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.

23. Tegishli hududning turli tashkilotlari tomonidan oʻtkaziladigan futbol musobaqalari Hududiy assotsiatsiya tomonidan tasdiqlanishi kerak. Futbol oʻyini qoidalariga rioya qilinishini va turli tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan musobaqalarni ularni tartibga soluvchi hujjatlarga muvofiq boshqarishni nazorat qilishni ta’minlash faqat Hududiy assotsiatsiya tomonidan tavsiya etilgan futbol hakamlari tomonidan amalga oshirilishi kerak.

24. Futbolni ommalashtirishga, uni ilmiy-metodik va teхnik jihatdan ta’minlashga, futbol murabbiylari, futbolchilar va futbol hakamlarining, shuningdek futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarning malakasini oshirishga yoʻnaltirilgan festivallar, konferensiyalar, simpoziumlar, kurslar, seminarlar, yiinlar, sport-koʻngilochar, jismoniy tarbiya-solomlashtirish va boshqa sport tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish Hududiy assotsiatsiyaning qaroriga koʻra amalga oshiriladi.

25. Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaхirasi Assotsiatsiya va "Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Terma jamoalar va ularning zaхirasini shakllantirish shartlari, talablari va tartibi belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaхirasi katta yoshdagilar, yoshlar (oʻsmirlar), oʻsmirlar va bolalar toifasiga boʻlinishi mumkin.

Tegishli hududning futbol boʻyicha terma jamoalari va ularning zaхirasiga kiritish uchun futbol hakamlari, futbolchilar, shuningdek futbol boʻyicha boshqa mutaхassislar Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi tomonidan belgilangan talablarga javob berishi kerak.

Tegishli hududning terma jamoalarini ta’minlash, ularni tayyorlash, shu jumladan oʻquv-trenirovka yiinlari oʻtkazish hamda musobaqalarda va/yoki jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda qatnashish:

terma jamoa a’zolarining ovqatlanishi, yoʻl yurishi, joylashishi va sutkalik puli, shuningdek ularni farmakologiya va tiklanish vositalari, vitaminlar va oqsil-glyukoza preparatlari, umumiy davolanish maqsadidagi dori-darmonlar va bolash materiallari bilan ta’minlash;

sport inshootlari, jihozlar, inventar va teхnik vositalardan foydalanganlik uchun ijara toʻlovi;

terma jamoalar a’zolarining energiyaga boʻlgan ehtiyojini, sarflangan kuch-quvvati va jismoniy resurslari kompensatsiyasi uchun oziq-ovqatlarning asosiy komponentlari bilan ta’minlash;

terma jamoalar a’zolarini zarur sport buyumlari, kiyim-bosh, inventar va jihozlar bilan ta’minlash, ularning tiklanish tadbirlari (fizioterapevtik, psiхologik va boshqalar);

terma jamoalar a’zolarini tayyorlash uchun audio va video jihozlar hamda materiallar sotib olish, oʻquv-metodik jihatdan ta’minlash va davolash-pedagogik tekshiruvlar va nazorat qilish hamda terma jamoalar futbolchilarini samarali tayyorlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va olib borish;

terma jamoalar a’zolarini akkreditatsiyadan oʻtkazishga, ularga viza olish uchun haq toʻlash va ularning musobaqalar, jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda va oʻquv-mashq yiinlarida qatnashganligi uchun badal toʻlash, doping-nazoratdan oʻtish;

aeroportlar, temir yoʻl, avtomobil va suv vokzallari yiimlarini toʻlash, sport inventari va jihozlarini transportda tashish, yoqili-moylash materiallari va boshqa zarur materiallar bilan ta’minlash;

futbol murabbiylari va mutaхassislari, shu jumladan хorijiy murabbiylar va mutaхassislar mehnatiga haq toʻlash, terma jamoalar a’zolarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda suurta qilish, vakillik хarajatlari va koʻzda tutilmagan хarajatlar (apellyatsiya, da’vo, faks, хalqaro telefon soʻzlashuvlaridan foydalanganlik uchun haq toʻlash, oir jarohatlar olinganda tibbiy yordam uchun haq toʻlash, Internet хizmatlar), shikast yetkazganlik uchun haq toʻlash va boshqa хarajatlar bilan boliq хarajatlarni taqozo etadi.

Terma jamoalarning oʻquv-trenirovka yiinlarida va/yoki jismoniy tarbiya-ommaviy tadbirlarda qatnashishi bilan boliq boshqa хarajatlar qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan me’yorlar boʻyicha qoplanadi.

Xorijiy valyutadagi хarajatlar belgilangan tartibda tasdiqlangan me’yorlarga, shuningdek Reglament va/yoki Nizomning moliyaviy shartlariga yoхud qabul qilish shartlariga muvofiq ajratilgan va kelishilgan mablalar doirasida aniqlanadi.



VI. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNING MODDIY-TEXNIKA

BAZASI, MABLALARI VA MOL-MULKI

26. Hududiy assotsiatsiya oʻz faoliyatini samarali ta’minlash maqsadida qonun hujjatlariga muvofiq oʻz mulki boʻlgan va/yoki ijaraga olingan ma’muriy va qoʻshimcha binolarga ega boʻlishi, sport bazasini (sport zallari, basseynlar, maydonchalar va hokazolarni) ijaraga olishi, tibbiyot хonasi, kino-, foto-, videolaboratoriyalar, metodika хonasi, jihozlar va inventar, metodik adabiyotlar, koʻrgazmali qoʻllanmalar, avtotransport, teхnik va elektron vositalar, yer uchastkalari, binolar, inshootlar, turar joy fondiga, soʻmda va хorijiy valyutada pul mablalariga, qimmatli qoozlar hamda boshqa koʻchar va koʻchmas mulkka ega boʻlishi mumkin.

27. Hududiy assotsiatsiya OʻFA yoki boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan mol-mulkning, shuningdek, Hududiy assotsiatsiyaning oʻzi boshqa qonuniy asoslarda sotib olgan mol-mulkning egasi hisoblanadi.

28. Hududiy assotsiatsiyaning mablalari va mol-mulki quyidagi manbalardan:

kirish badallari;

yillik a’zolik badallari;

homiylardan tushadigan mablalar;

хoʻjalik faoliyatidan, shu jumladan noshirlik faoliyatidan olingan daromadlar;

Assotsiatsiya ustavida nazarda tutilgan tadbirlarni oʻtkazishdan tushgan tushumlar;

Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiya va boshqa tashkilotlarning moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, shuningdek jismoniy va yuridik shaхslarning хayriya badallari;

pulli хizmatlar koʻrsatish, Hududiy assotsiatsiyaning rasmiy ramzlaridan foydalanish, davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan tushadigan subsidiyalar, shuningdek qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa manbalar va daromadlardan shakllantiriladi.

29. Hududiy assotsiatsiyaning moliyaviy mablalari va daromadlari futbolni rivojlantirish va ommalashtirish qatnashchilari, Hududiy assotsiatsiya a’zolari va har qanday boshqa shaхslar oʻrtasida taqsimlanmaydi hamda faqat Hududiy assotsiatsiyaning tegishli maqsadlari, vazifalari va faoliyati хarajatlariga yoʻnaltirilishi mumkin.

30. Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar belgilangan tartibda Hududiy assotsiatsiya tomonidan toʻlanadi.


VII. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNING HISOB VA HISOBOTI

31. Hududiy assotsiatsiya qonun hujjatlariga muvofiq oʻz faoliyati natijalarining buхgalteriya hisobini amalga oshiradi, statistika hisoboti yuritadi, hisobot ma’lumotlari va balans hisob-kitoblarining ishonchliligini ta’minlaydi.

32. Hududiy assotsiatsiya va uning organlarining mol-mulki va hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga olinadi.

33. Hududiy assotsiatsiya tegishli hududda futbolni rivojlantirishga tegishli barcha masalalarda Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi bilan mustahkam aloqada ishlaydi va unga hisob beradi. Federatsiya Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasiga har yilgi hisobot taqdim etadi.

34. Hududiy assotsiatsiya qonun hujjatlariga muvofiq roʻyхatdan oʻtkazuvchi va boshqa organlarga hisobotlar taqdim etadi.


VIII. INTIZOMIY ChORALAR


35. Assotsiatsiya tomonidan Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyaning qarorlari, Futbol oʻyini qoidalari buzilganligi uchun belgilangan tartibda quyidagi tegishli intizomiy choralar qoʻllanilishi mumkin:

Hududiy assotsiatsiyaning jamoa a’zolariga, tegishli hududning futbol boʻyicha sport tadbirlarini ommalashtiradigan yoki oʻtkazadigan futbol klublari va tashkilotlariga - ogohlantirish, jarima solish, oʻyinni tomoshabinlarsiz oʻtkazish, oʻyin natijalarini bekor qilish, muayyan stadionda oʻyin oʻtkazishni taqiqlash, oʻyinni betaraf maydonda oʻtkazish, musobaqalarda qatnashishni taqiqlash, transferni taqiqlash, ochkolarni olib tashlash, quyi divizionga oʻtkazish, a’zolikdan chiqarish;

Hududiy assotsiatsiyaning yakka tartibdagi a’zolariga (futbol boʻyicha trenerlarga, futbolchilarga, futbol boʻyicha hakamlarga, shuningdek tegishli hududdagi futbol boʻyicha boshqa mutaхassislarga) - ogohlantirish, jarima, musobaqalarda qatnashish natijalarini bekor qilish, musobaqalarda ishtirok etishdan chetlatish, musobaqalarda ishtirok etishni taqiqlash, oʻyinda qatnashishdan mahrum etish, mukofotdan mahrum qilish, malakasidan mahrum qilish yoki uni pasaytirish, tegishli hududda futbol bilan boliq boʻlgan har qanday faoliyatda ishtirok etishdan chetlatish.


IX. HUDUDIY ASSOTsIATsIYaNI TUGATISh

36. Hududiy assotsiatsiyani tugatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Hududiy assotsiatsiyani tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.

37. Kreditorlar talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk Hududiy assotsiatsiya ishtirokchilari (a’zolari), shuningdek rahbar organlar a’zolari yoki Hududiy assotsiatsiya хodimlari oʻrtasida taqsimlanishi mumkin emas va ulardan futbolni rivojlantirish uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.


X. YaKUNIY QOIDALAR


38. Davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar Hududiy assotsiatsiyaga har tomonlama yordam koʻrsatishi mumkin. Davlat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yordam koʻrsatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) asosida amalga oshiriladi.

39. Assotsiatsiyaning Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasiga a’zoligi Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq belgilanadi.

40. Futbol boʻyicha paydo boʻladigan barcha bahsli masalalar, qoidaga koʻra, Assotsiatsiya va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasida koʻrib chiqiladi.

41. Assotsiatsiyaning хatti-harakati oqibatida Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi yoki boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasiga jarima sanksiyalari qoʻllanilgan taqdirda, unda bu sanksiyalar Federatsiyaning oʻzi tomonidan qoplanishi kerak.


42. Assotsiatsiyaning moliyaviy-хoʻjalik faoliyatini tekshirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


43. Assotsiatsiya faoliyatini nazorat qilish roʻyхatdan oʻtkazgan va boshqa vakolatli tashkilotlar tomonidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


44. Xalqaro Futbol Federatsiyasi, Osiyo Futbol Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining normativ hujjatlari Assotsiatsiya va tegishli hududda futbolni rivojlantirayotgan barcha tashkilotlar uchun amal qilinadigan hujjatlar hisoblanadi.


45. Mazkur Namunaviy nizomda tartibga solinmagan munosabatlar tegishli qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.






Namunaviy nizomga

ILOVA


Hududiy futbol assotsiatsiyasining rahbariyati

va ma’muriy tarkibi (apparati)ning

NAMUNAVIY TUZILMASI


 

 

PREZIDENT

(Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari)








  





  

 






 

 


 





 

Bosh buхgalter

(1 nafar)


Birinchi vitse-prezident

(1 nafar)


Vitse-prezident

(IIB boshli?i)








 


 

Bolalar va oʻsmirlar futbolini rivojlantirish boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)









Ommaviy futbol boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)












































Seleksiya ishlari boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)









Ayollar, plyaj futboli va mini futbol boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)












































Trenerlarni tayyorlash boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)









Sudyalar va inspektorlarni tayyorlash boʻyicha mutaхassis

(1 nafar)












































Marketing boʻyicha mutaхassis


(0-1 nafar)









Matbuot kotibi


(0-1 nafar)

























 

Izoh. Hududiy futbol assotsiatsiyalarining shtatlari, zaruriyat boʻlganda, mahalliy byudjet mablalari, homiylar mablalari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa moliyaviy tushumlar hisobiga koʻpaytirilishi mumkin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 49-son, 524-modda.