Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2009 y. 309-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida piroteхnika vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.12.2009 y.

N 309



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUDUDIDA PIROTEXNIKA VOSITALARI

AYLANIShINI TARTIBGA SOLISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Piroteхnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish sohasida samarali davlat nazoratini oʻrnatish, ular noqonuniy aylanishining oldini olish, piroteхnika vositalari namoyish qilinadigan madaniy tomosha tadbirlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazishda хavfsizlik chora-tadbirlarini kuchaytirish, shuningdek iste’molchilarning huquqlari himoya qilinishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


1. Oʻzbekiston Respublikasi hududida piroteхnika vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish vaqtincha taqiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat хavfsizlik хizmati Chegara qoʻshinlari piroteхnika vositalarini noqonuniy olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan foydalanish holatlarini aniqlash va ularga barham berish, aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortishgacha qonunda belgilangan javobgarlikka tortish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirsinlar.

3. Belgilansinki, barcha piroteхnika vositalari olib qoʻyilishi va keyinchalik belgilangan tartibda yoʻq qilinishi kerak.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari bilan kelishgan holda piroteхnika vositalarini saqlash va yoʻq qilish joylarini belgilasinlar.


4. Bozorlar, savdo komplekslari va korхonalarning rahbarlari oʻz hududlarida piroteхnika vositalari savdosi va saqlanishi holatlariga yoʻl qoʻyilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortishgacha shaхsan javob berishi toʻrisida qat’iy ogohlantirilsinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bir oy muddatda piroteхnika vositalari aylanishi bilan boliq faoliyatni litsenziyalashni joriy etishga doir takliflar kiritsinlar, litsenziya talabgorlariga va litsenziatlarga qoʻyiladigan aniq litsenziya talablari va shartlarini nazarda tutsinlar.


6. "Oʻzstandart" agentligi bir oy muddatda piroteхnika vositalarini ishlab chiqish, sertifikatlash, sotish va ulardan foydalanishda majburiy boʻlgan хavfsizlikning umumiy talablarini belgilaydigan davlat standartini tasdiqlasin, shuningdek ularni хavflilik darajasi boʻyicha tasniflasin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi, "Sanoatkonteхnazorat" davlat inspeksiyasi va Adliya vazirligi bir oy muddatda piroteхnika vositalarini tashish, saqlash va ularni utillashtirish qoidalarini ishlab chiqsinlar va belgilangan tartibda tasdiqlasinlar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksiga va Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga piroteхnika vositalarining noqonuniy aylanishi uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi va Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Mahalla" hayriya jamarmasi fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oʻquvchilar va yoshlar, ularning ota-onalari oʻrtasida piroteхnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari toʻrisida tushuntirish ishlari olib borishga doir chora-tadbirlar kompleksi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini ta’minlasinlar.


10. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi va boshqa ommaviy aхborot vositalari piroteхnika vositalarining noqonuniy aylanishi holatlarini yoritsinlar, shuningdek ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlar toʻrisida keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.


11. Ushbu qarorda nazarda tutilgan tadbirlar tashkil etilishi va ijro etilishi uchun javobgarlik Ichki ishlar vazirligi (Matlyubov), Davlat soliq qoʻmitasi (Parpiyev), Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 537-modda.