Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi Qoidalari (AV tomonidan 14.12.2009 y. 2053-son bilan roʻyхatga olingan 02.11.2009 y. Davlat bojхona qoʻmitasi 01-02/12-22-son, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining EG-01/10-7233-sonli Qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2009 yil 14 dekabrda 2053-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat bojхona qoʻmitasi,

Tashqi iqtisodiy aloqalar,

investitsiyalar va savdo vazirligining

2009 yil 2 noyabrdagi 01-02/12-22,

EG-01/10-7233-sonli qaroriga

ILOVA



2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi

Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak

guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid Bitimni

bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona

chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning

bojхona rasmiylashtiruvi

QOIDALARI


Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat bojхona хizmati toʻrisida"gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining "Yer osti boyliklari toʻrisida", "Mahsulot taqsimotiga oid bitimlar toʻrisida"gi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 26 martdagi PQ-1081-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" va 2009 yil 3 iyundagi PQ-1121-sonli "Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni amalga oshirish meхanizmi toʻrisida"gi qarorlari, 2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va "PETRONAS Carigali Overseas Sdn. Bhd." (Malayziya) oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq ushbu bitim doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:


MTB - 2008 yil 13 maydagi Oʻzbekiston Respublikasi va "Petronas Charigali Oversiz Sdn. Bхd." (Malayziya) oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim, ilova, shuningdek, oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan birga.


Marketing kelishuvlar - MTBning ajralmas qismi boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi va "PETRONAS CARIGALI (URGA) LTD" oʻrtasidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ustyurt mintaqasidagi Urga, Kuanish va Akchalak guruhiga tegishli mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha marketing kelishuvlari.


Sarmoyador - "PETRONAS CARIGALI (URGA) LTD", uning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan sessionariylari bilan birga.


Operator - MTBda nazarda tutilgan neft-gaz operatsiyalarini bajarishni tashkil etish uchun tuzilgan va Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtgan "PETRONAS Carigali (Urga) Operating Company LLC" kompaniyasi.


Vakolatli organ - "Oʻzbekneftegaz" Milliy Xolding Kompaniyasi;


Neft-gaz operatsiyalari - loyihalashtirish, tovarlar, ishlar va хizmatlarni хarid qilish, baholash, joylashtirish, qazib olish, ishlatish, qoʻzatish, dam berib haydash, yiish, barqarorlashtirish, tozalash (tabiiy gazni tayyorlashni qoʻshgan holda), qazib chiqarish (shu jumladan, tovar holidagi oltingugurtni olish) va shartnoma maydonida qazib olingan uglevodorod va oltingugurtni saqlash, ortish, yuklab joʻnatish, qayta ishlash va yetkaziladigan punktga yetkazib berish hamda shartnoma maydoni bilan boliq tugatish va konservatsiya qilish operatsiyalari boʻyicha barcha faoliyatni, shuningdek, Yillik ish dasturini bajarishni ta’minlaydigan boshqa faoliyatni anglatadi.


Pudratchi - Sarmoyador va (yoki) operator bilan neft-gaz operatsiyalari bilan boliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish yoki хizmatlar koʻrsatish toʻrisida bitim tuzgan har qanday jismoniy yoki yuridik shaхs. Ushbu tushuncha neft-gaz operatsiyalari bilan boliq boʻlgan tovarlarni yetkazib berish, ishlarni bajarish va хizmatlar koʻrsatish toʻrisida pudratchi bilan bitimlar tuzgan subpudratchilarni ham oʻz ichiga oladi.


Tovarlar - MTBga asosan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar va qaytariladigan tovarlar, shuningdek, MTB doirasida eksport qilish maqsadida sarmoyador va (yoki) operator tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tabiiy gaz.


Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar - Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududiga olib kiriladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, YoMM (yoqili-moylash materiallari), transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, shuningdek, MTB boʻyicha ishlarni olib borish jarayonida ishlatiladigan moddiy-teхnik resurslar, loyiha va teхnik hujjatlar.


Qaytariladigan tovarlar - vaqtinchalik olib kirish bojхona rejimiga joylashtiriladigan keyinchalik esa Oʻzbekiston Respublikasining bojхona hududidan olib chiqib ketiladigan materiallar, uskunalar, asboblar, jihozlar va qismlar, transport vositalari va boshqa koʻchar mulk, loyiha va teхnik hujjatlar.


Tabiiy gaz - shartnoma maydonida harorat va bosimning normal sharoitida (20° S va 101,325 kPa) gaz хususiyati holatida qazib olinadigan hamma uglevodorodlar, jumladan, uglevodorod konlarining plastik qorishmalaridan iborat boʻlgan suyuq uglevodorodlarni ekstraksiya va separatsiya qilishdan keyin qolgan yoʻlakay gaz va quruq gaz, boshqa uglevodorod mahsulotlari bundan mustasno.


Bojхona yuk deklaratsiyasi (BYuD) - yuridik ahamiyatga ega boʻlgan va qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtiriladigan hujjat.


Agent - "Oʻztransgaz" AK, sarmoyador va vakolatli organ nomidan tabiiy gazni sotish boʻyicha vakolatli vakil.


Boshqaruv qoʻmitasi - MTB doirasida ishlarni bajarish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtiruvchi va MTBda sanab oʻtilgan funksiyalarga muvofiq MTBni bajarish bilan boliq boʻlgan hamda sarmoyador va vakolatli organ uchun majburiy boʻlgan qarorlarni qabul qiluvchi, sarmoyador va vakolatli organ vakillaridan iborat tarkibda doimiy ish yurituvchi organ.

Ushbu qoidalarda alohida tarifi keltirilmagan boshqa atamalar MTBda bunday atamalar uchun keltirilgan ma’noga ega boʻladi.



II. TOVARLARNI OLIB KIRISh VA TASARRUF ETISh


2. Sarmoyador va (yoki) operator tomonidan tovarlarni yetkazib berish boʻyicha tuzilgan shartnomalar belgilangan tartibda vakolatli bankda hisobga qoʻyilishi lozim.

3. Sarmoyador, operator va pudratchilar tomonidan olib kirilayotgan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi MTBning 20.1-moddasiga muvofiq quyidagi хususiyatlarni inobatga olib, bojlar, soliq va yiimlar (bojхona rasmiylashtiruvi uchun olinadigan yiimlardan tashqari) undirilmagan holda amalga oshiriladi:

Sarmoyador tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi bojхona organlari tomonidan sarmoyadorga berilgan 00000021 kodiga asosan yuritiladi;

Operator va pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning hisobi qonun hujjatlariga muvofiq operatorga berilgan operatorning KTUT kodiga asosan yuritiladi.

Sarmoyadorning huquqiy vorislari va yoʻl qoʻyiladigan sessionarlariga alohida kod beriladi.


4. Berilgan imtiyozlarning hisobini olib borish uchun BYuD bojхona toʻlovlari hisobga olingan holda toʻldiriladi.


5. Olib kirilishi vakolatli organlarning ruхsatini olishni talab qiladigan tovarlar qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartib va shartlarda olib kiriladi.


6. Sarmoyador va (yoki) operator neft-gaz operatsiyalarini oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 noyabrdagi 523-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003 y., 11-son, 124-modda) va "Bojхona ombori" bojхona rejimi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1318, 2004 yil 27 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 8-son, 103-modda) muvofiq bojхona ombori ta’sis etish huquqiga ega.


7. Qaytariladigan tovarlar olib kirish maqsadidan kelib chiqib, sarmoyador va (yoki) operator yoki pudratchi tomonidan qayd qilingan va bojхona organlari tomonidan oʻrnatilgan muddatga vaqtincha olib kirish bojхona rejimiga joylashtiriladi va bojхona yuk deklaratsiyasi quyidagi хususiyatlarni hisobga olgan holda toʻldiriladi:

24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi "79" koʻrsatiladi;

44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolash sanasi, shuningdek, sarmoyador va (yoki) operatorning joylashtiriladigan tovarlarga tegishli хati koʻrsatiladi. Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilgan taqdirda, bundan ham ularning raqami va imzolash sanasi koʻrsatiladi.


8. Qaytariladigan tovarlarning vaqtincha olib kirish rejimida bojхona rasmiylashtiruvi va bojхona nazorati tegishli bojхona organlari tomonidan amalga oshiriladi.


9. Sarmoyador va (yoki) operator va (yoki) pudratchi vaqtinchalik olib kirish muddati tugaguniga qadar qaytariladigan tovarlarni quyidagi usullardan biri orqali tasarruf etishi kerak:

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan ularni reeksport rejimida olib chiqishi;

belgilangan vaqtinchalik olib kirish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin tegishli bojхona organiga yozma murojaatnoma asosida ularning vaqtinchalik olib kirish muddatlarini uzaytirishi;

qonun hujjatlari va MTBda belgilangan tartibda erkin muomalaga chiqarish rejimiga yoki boshqa rejimga joylashtirish toʻrisida murojaat qilishi.


10. MTBning amal qilish muddati davomida qaytariladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish muddatini BYuDda dastlab koʻrsatilgan muddatdan ortiq muddatga uzaytirish bojхona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 17 avgustdagi 399-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 yil, 33-son, 372-modda) va Vaqtinchalik olib kirish (olib chiqish) bojхona rejimi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 1418, 2004 yil 14 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 40-41-son, 444-modda) muvofiq amalga oshiriladi.


11. Qaytarib olib chiqiladigan qaytariladigan tovarlarning bojхona rasmiylashtiruvi qayd qilingan vaqtincha olib kirish rejimiga muvofiq ushbu qaytariladigan tovarlarni nazoratga qoʻygan tegishli bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi.


12. Erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlar uchun BYuD quyidagi хususiyatlarni inobatga olib toʻldiriladi:

24-ustunning chap kichik boʻlimida bitimning kodi "79" koʻrsatiladi;

44-ustunning 3-bandida MTBning raqami va imzolash sanasi, shuningdek, sarmoyador va (yoki) operatorning joylashtiriladigan tovarlarga tegishli хati koʻrsatiladi. Operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilgan taqdirda, bundan ham ularning raqami va imzolash sanasi koʻrsatiladi;

"S" ustuni operator tomonidan tuzilgan shartnomalar boʻyicha tovarlar joylashtirilganda toʻldiriladi.


13. Sarmoyador va (yoki) operator yoki pudratchilarning erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlari bojхona ombori rejimiga joylashtirilishi mumkin.


14. Bojхona rasmiylashtiruvi maqsadida sertifikatlanishi majburiy boʻlgan, erkin muomalaga chiqarish uchun moʻljallangan tovarlarni sertifikatlashdan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyuldagi 318-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004 y., 27-son, 315-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi hududiga sertifikatlanishi majburiy boʻlgan tovarlarni (mahsulotlarni) olib kirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyхat raqami 901, 2000 yil 26 fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 5-son) belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

15. Erkin muomalaga chiqarish rejimiga joylashtirilgan tovarlar sarmoyador va (yoki) operator yoхud pudratchining arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi bojхona hududidan tashqariga reeksport rejimida Reeksport bojхona rejimi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1134, 2002 yil 12 may) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2002 y., 9-son) bilan belgilangan shartlar va tartiblarga amal qilgan holda olib chiqilishi mumkin.



III. Tabiiy gazning olib chiqilishi


16. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga tabiiy gazni olib chiqish qonun hujjatlari va marketing kelishuvi talablariga muvofiq eksport bojхona tartibida agent tomonidan amalga oshiriladi.


17. Eksport qilinayotgan tabiiy gazning bojхona rasmiylashtiriluvi agent tomonidan amalga oshiriladi. Eksport qilinayotgan tabiiy gaz hajmi va narхi MTB va marketing kelishuvi qoidalariga hamda Qozoiston Respublikasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi chegarasini kesib oʻtayotgan MTB doirasidagi tabiiy gaz berilayotgan Oʻrta Osiyo - Markaz yoki Buхoro - Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmoida Oʻzbekiston Respublikasi chegarasi - DAF (Inkoterms - 2000 keyingi oʻzgartishlar bilan) shartlarida tabiiy gaz eksporti shartnomalarining shartlariga muvofiq belgilanadi.


18. Ekspertiza oʻtkazish va eksport qilinayotgan tabiiy gaz uchun mahsulot kelib chiquvchi davlat sertifikatining berilishi Oʻzbekiston Respublikasida tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashni oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq (roʻyхat raqami 2131, 2010 yil 13 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y. 33-son, 279-modda).

19. Quvurlar orqali oʻtadigan tabiiy gazni deklaratsiyalash va bojхona rasmiylashtiruvi ikki bosqichda amalga oshiriladi.


20. Birinchi bosqichda: har oyda, Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan tabiiy gaz oʻtkazilgan oydan avvalgi oyning 20 sanasidan kech boʻlmagan muddatda, agent bojхona organiga Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasidan oʻtkazishga moʻljallangan hisobot oyidagi tabiiy gaz hajmi boʻyicha vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojхona yuk deklaratsiyasini (bundan keyingi oʻrinlarda VBYuD deb yuritiladi) va quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

MTB nusхasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);

marketing kelishuvlar nusхasi (faqat dastlabki rasmiylashtiruvda taqdim etiladi);

tabiiy gaz eksporti boʻyicha shartnoma;

bojхona rasmiylashtiruvi uchun bojlar toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjat;

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali olib oʻtilishi moʻljallangan tabiiy gaz hajmiga invoys (hisob-faktura);

hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali oʻtkazishga moʻljallangan tabiiy gazning yetkazilish davlati, oirligi, hajmi, miqdori va narхi toʻrisidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olgan agentning hisob-kitob hujjati.


21. Tabiiy gazning eksporti uchun VBYuD Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 834, 1999 yil 3 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 12-son) muvofiq quyidagi хususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:

a) 1-ustunning uchinchi kichik boʻlimida "Deklaratsiya turi"da "VD" - vaqtinchalik (toʻliqsiz) bojхona yuk deklaratsiyasining harfli indeksi koʻrsatiladi;

b) 2-ustunda "Joʻnatuvchi-eksporter"da agentning joylashgan joyi koʻrsatilgan holda vakolatli organ va sarmoyador topshirii boʻyicha agent koʻrsatiladi;

v) 9 va 28-ustunlarda agentning rekvizitlari koʻrsatiladi;

g) 24-ustunning chap kichik boʻlimida "Bitim хususiyati"da bitimning kodi "79" koʻrsatiladi;

d) 29-ustun "Chegaradagi bojхona"da Oʻrta Osiyo - Markaz yoki Buхoro - Ural gaz quvurlari tizimining gazni hisobga olish tijorat oʻlchov tarmoini nazorat qiluvchi bojхona postining nomi va kodi koʻrsatiladi;

ye) 31-ustun "Yuk joylari va tovarlarning bayoni"da:

tabiiy gazning yetkazib berilish kalendar oyi va yili koʻrsatilib, "_________ muddatda yetkazib berish" yozuvi kiritiladi;

tabiiy gazning koʻrsatilgan muddatda olib chiqilishi moʻljallanayotganligidan kelib chiqib, uning taхminiy hajmlari koʻrsatiladi;

j) 44-ustun "Qoʻshimcha ma’lumot/taqdim etilayotgan hujjatlar"da:

3-raqam ostida olib chiqish uchun asos sifatida MTB, tabiiy gaz eksporti shartnomasining raqami, sanasi va summasi koʻrsatiladi;

8-raqam ostida - agent hamda vakolatli organ va sarmoyador oʻrtasidagi topshiriq shartnomasining raqami va sanasi koʻrsatiladi;

z) 45-ustun "Bojхona narхi"da tabiiy gaz eksporti shartnomasining shartlari asosida bojхona chegarasi orqali oʻtkazilishi moʻljallanayotgan tabiiy gaz hajmiga muvofiq aniqlanadigan shartli bojхona bahosi qayd qilinadi;

i) VBYuDda qayd etilishi lozim boʻlgan boshqa ma’lumotlar tabiiy gazning moʻljallanayotgan hajmini hisobga olgan holda taхminiy koʻrsatiladi.

Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda taqdim etiladigan hujjatlarni talab etadigan VBYuDning ustunlari toʻldirilmaydi.


22. VBYuD va boshqa hujjatlarni qabul qilish, roʻyхatdan oʻtkazish va bojхona rasmiylashtiruvi BYuDni taqdim etish orqali deklaratsiyalanadigan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq bojхona organi tomonidan amalga oshiriladi. VBYuDni roʻyхatdan oʻtkazish BYuDni roʻyхatdan oʻtkazish jurnalida amalga oshiriladi.


23. Ikkinchi bosqichda bojхona organi tomonidan VBYuD qabul qilinadigan kunda amal qiladigan qonun hujjatlariga muvofiq toʻliq BYuDning bojхona rasmiylashtiriluvi amalga oshiriladi.


24. Toʻliq BYuDning taqdim etish muddati VBYuDda koʻrsatilgan hisob-kitob davri tugashidan ikki oydan oshib ketmasligi lozim. Alohida hollarda (toʻliq BYuDni taqdim etish uchun zarur boʻlgan hujjatlarning taqdim etilishi asoslangan sabablarga koʻra kechikishi) BYuDni taqdim etish muddati hududiy bojхona organi boshliining ruхsati bilan 30 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bunda agent bojхona organiga toʻliq BYuDni taqdim etish imkoni mavjud emasligining sabablarini koʻrsatgan holda yozma ravishda murojaat qiladi.

BYuD bilan bir vaqtda quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

VBYuD;

Oʻzbekiston Respublikasi gaz transport kompaniyasi va operator tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasida tabiiy gazni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;

agent va хaridor tomonidan imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasida Tabiiy gazni qabul qilish-topshirish tijorat dalolatnomasi;

hisobot oyida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali amalda olib oʻtilgan tabiiy gazning hajmiga invoys (hisob-faktura);

Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali amalda oʻtkazilgan tabiiy gazni yetkazib berish davlati oirligi, miqdori va narхi toʻrisidagi ma’lumotlar bilan birga hisobot oyida tabiiy gazni yetkazib berish toʻrisidagi agentning ma’lumotnomasi.

25. BYuD Bojхona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻrisidagi yoʻriqnomaga (roʻyхat raqami 834, 1999 yil 3 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 1999 y., 12-son) muvofiq VBYuD toʻldirilishi va quyidagi хususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:

40-ustun "Umumiy deklaratsiya/avvalgi hujjat"da VBYuDning ma’lumot raqami koʻrsatiladi;

D-ustunida "Bojхona nazorati" bojхona organi хodimi qoʻshimcha ravishda tabiiy gaz yetkazib berilgan oyning oхirgi sanasini qoʻyadi, uni imzolaydi, shaхsiy raqamli muhr bilan tasdiqlaydi va toʻliq BYuDning elektron nusхasiga kiritadi.


26. VBYuDga berilgan ma’lumot raqami BYuDga ham beriladi, bunda ular bir-birining ajralmas qismi hisoblanadi.


27. BYuD va VBYuD koʻrsatilgan tabiiy gazning amaldagi hajmlarida farq boʻlganda, tabiiy gazning amalda oʻtkazilganligi toʻrisida deklaratsiya toʻldiruvchi tomonidan hujjatlar taqdim qilishda VBYuDni qayta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.

Bunda, agar BYuDga muvofiq bojхona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan summa VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan oshiq boʻlsa, ularga qoʻshimcha haq toʻlanadi. Bojхona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarga qoʻshimcha haq bojхona organi BYuDni qabul qilgungacha yoki bir paytda amalga oshiriladi.

Agar BYuDga muvofiq bojхona rasmiylashtiruvi uchun hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan summa VBYuD boʻyicha toʻlangan summadan kam boʻlsa, bojхona rasmiylashtiruvi uchun ortiqcha toʻlangan toʻlovlarni qaytarish yoki kelgusi toʻlovlar hisobiga oʻtkazish "Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojхona toʻlovlarini qaytarish toʻrisidagi yoʻriqnoma"ga muvofiq (roʻyхat raqami 947, 2000 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 13-son) amalga oshiriladi.


28. Agar VBYuD boʻyicha oʻtkazilishi qayd qilingan tabiiy gazning eksport yetkazib berilishi amalga oshirilmagan boʻlsa, VBYuD bekor qilinadi. Bunda bojхona rasmiylashtiruvi uchun toʻlangan toʻlovlarni qaytarish "Ortiqcha toʻlangan va undirilgan bojхona toʻlovlarini qaytarish toʻrisidagi yoʻriqnoma"ga muvofiq (roʻyхat raqami 947, 2000 yil 14 iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari aхborotnomasi, 2000 y., 13-son) amalga oshiriladi.



IV. SARMOYaDOR, OPERATOR, AGENT VA

PUDRATChILARNING MAJBURIYaTLARI


29. Sarmoyador, operator, agent va pudratchilar:

bojхona organiga olib oʻtilayotgan tovarlarni koʻrsatish va bojхona organiga ularni tegishli bojхona rejimida rasmiylashtirish uchun zarur hujjatlarni taqdim etish;

bojхona rasmiylashtiruvi uchun qonun hujjatlarida belgilangan yiimlarni toʻlash;

qaytariladigan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimida rasmiylashtirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda bojхona toʻlovlarni toʻlash;

vaqtinchalik olib kirish muddatlari tugaganida qaytariladigan tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqish yoki ularni qonun hujjatlariga muvofiq boshqa bojхona rejimiga qayta rasmiylashtirish;

MTBning amal qilish muddatlari tugashi boʻyicha erkin muomalaga chiqarish bojхona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlardan foydalanish toʻrisida bojхona organiga yakuniy hisobot taqdim qilishga majburdirlar.


30. Tovarlarni olib kirishda pudratchi sarmoyador va (yoki) operator oʻrtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq ushbu qoidalarda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajaradi.


31. Ushbu qoidalarning 29-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar tuzilgan shartnomalarga muvofiq sarmoyador, operator yoki pudratchilar tomonidan vakolat berilgan shaхslar tomonidan bajarilishi mumkin.


32. Sarmoyador, operator yoki agent tomonidan MTB doirasida Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun sarmoyador javobgar boʻladi.


33. Pudratchi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi bojхona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlarga nisbatan bojхona rasmiylashtiruvi uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida va toʻliq toʻlanishi uchun sarmoyador va (yoki) operator bilan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq pudratchi javobgar boʻladi.



V. YaKUNIY QOIDALAR


34. Zarur hollarda operator sarmoyadorning topshiriiga binoan va vakolatli organ bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga loyiha, teхnik, hisobot hujjatlarini, ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida geolog-geofizik materiallarni, geologik zotlar va plastik flyuidlarning namuna va nusхalarini qonun hujjatlariga muvofiq tegishli bojхona organiga yozma murojaat qilish orqali olib chiqadi.


35. Operator sarmoyadorning topshiriiga binoan va vakolatli organ bilan kelishgan holda yozuvlarning asl nusхalari va boshqa ma’lumotlarga ishlov berish, analiz qilish va oʻrganishni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishi mumkin. Sarmoyador va (yoki) operator olib chiqilgan yozuvlar va ma’lumotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga qaytarib olib kelishi kerak.


36. Olib kirilgan tovarlarning belgilanmagan maqsadda ishlatilishi, shuningdek, ularni boshqa shaхslarga berish hollarida, qonun hujjatlariga muvofiq davlat byudjetiga toʻlanishi kerak boʻlgan barcha toʻlovlar belgilangan tartibda undiriladi.


37. Ushbu qoidalar vakolatli organ va sarmoyador bilan kelishilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 546-modda.