Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.12.2009 y. 308-son "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

09.12.2009 y.

N 308


OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADVOKATLAR PALATASINING MODDIY-

TEXNIKA BAZASINI MUSTAHKAMLAShGA

DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2008 yil 27 maydagi 112-son qarorini bajarish yuzasidan, Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi samarali tashkil etilishini ta’minlash, uning faoliyati uchun zarur-shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 16 apreldagi 166-f-son farmoyishiga muvofiq Toshkent shahar, Mirzo Ulubek tumani, Buyuk ipak yoʻli koʻchasi, 471-uyda joylashgan bino (2-yotoqхona) Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2010 yilda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamarmasidan ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan binoni mukammal ta’mirlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga 820 mln soʻm ajratish toʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                          Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2009 yil, 50-51-son, 536-modda.