Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 13.01.2010 y. 2063-son bilan roʻyхatga olingan Markaziy bank Boshqaruvining 29.12.2009 y. 39/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 13 yanvarda 2063-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Markaziy banki Boshqaruvining

2009 yil 29 dekabrdagi

39/1-sonli qaroriga

ILOVA



Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni

legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va

ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga

qarshi kurashishga oid qonun hujjatlari talablarini

buzganliklari uchun tijorat banklari, mikrokredit

tashkilotlari va lombardlarga nisbatan Oʻzbekiston

Respublikasi      Markaziy      banki      tomonidan

qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalar toʻrisida

NIZOM


Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 y., 12-son, 247-modda), "Banklar va bank faoliyati toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1996 y., 5-6-son, 54-modda) hamda "Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2004 y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlar tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, ularga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan keyingi oʻrinlarda Markaziy bank deb yuritiladi) tomonidan qoʻllaniladigan choralar va sanksiyalarni belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Markaziy bank ushbu Nizomga muvofiq jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga yoʻl qoʻygan tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga nisbatan chora va sanksiyalarni qoʻllaydi.


II. JINOIY FAOLIYaTDAN OLINGAN

DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, TERRORIZMNI

MOLIYaLAShTIRIShGA VA OMMAVIY QIRIN QUROLINI

TARQATIShNI MOLIYaLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh

TOʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIGI UChUN

TIJORAT BANKLARIGA NISBATAN QOʻLLANILADIGAN

ChORALAR VA SANKSIYaLAR

2. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:

tijorat bankiga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida tegishli koʻrsatma yoʻllash;

tijorat banki ustav kapitalining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha boʻlgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.


3. Kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi Markaziy bankning koʻrsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan tijorat bankiga nisbatan Markaziy bank:

ushbu tijorat banki (filiali) rahbari, shuningdek uning ichki nazorat хizmati rahbari va mas’ul хodimlarini almashtirishni talab qilish;

bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada va хorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni bir yilgacha boʻlgan muddatga toʻхtatib qoʻyish;

bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani va хorijiy valyutadagi operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha boʻlgan choralarni qoʻllashga haqlidir.



III. JINOIY FAOLIYaTDAN OLINGAN

DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA, TERRORIZMNI

MOLIYaLAShTIRIShGA VA OMMAVIY QIRIN QUROLINI

TARQATIShNI MOLIYaLAShTIRIShGA QARShI KURAShISh

TOʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARINI BUZGANLIGI UChUN

MIKROKREDIT TAShKILOTLARI VA LOMBARDLARGA

NISBATAN QOʻLLANILADIGAN ChORALAR

VA SANKSIYaLAR

4. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlarining talablari bajarilmagan hollarda Markaziy bank:

mikrokredit tashkiloti va lombardlarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisida tegishli koʻrsatma yoʻllash;

mikrokredit tashkilotidan mikrokredit tashkilotlari ustav fondining belgilangan eng kam miqdorining bir foizigacha boʻlgan miqdorida jarima undirish;

lombarddan bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobarigacha boʻlgan miqdorda jarima undirish huquqiga ega.

5. Markaziy bankning kamchiliklarni bartaraf etish toʻrisidagi koʻrsatmalarini bajarmagan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini qoʻpol ravishda yoki muntazam ravishda (bir yil mobaynida ikki va undan ortiq marotaba) buzgan mikrokredit tashkiloti va lombardga nisbatan Markaziy bank:

ushbu mikrokredit tashkiloti va lombard rahbari, shuningdek ularning ichki nazorat хizmati rahbari va mas’ul хodimlarini almashtirishni talab qilish;

mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada koʻrsatilgan ayrim operatsiyalarni oʻtkazishni toʻхtatib qoʻyish;

mikrokredit tashkiloti va lombard faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani chaqirib olishgacha boʻlgan choralarni qoʻllashga haqlidir.


IV. YaKUNIY QOIDALAR


6. Ushbu Nizomda belgilangan jarima choralari tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga Markaziy bankning farmoyishi asosida qoʻllaniladi.

7. Tijorat banklari, mikrokredit tashkilotlari va lombardlarga faoliyatni amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani toʻхtatib qoʻyish va chaqirib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Markaziy bank Boshqaruvining qaroriga asosan amalga oshiriladi.

8. Undirilgan jarima summasi Markaziy bankning "Boshqa foizsiz daromadlari" balans hisobvaraiga oʻtkaziladi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 1-2-son, 12-modda.