Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 24.12.2009 y. 160/13-son "Ilmiy unvonlar berish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori (AV tomonidan 23.01.2010 y. 262-2-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

23.01.2010 y.

N 262-2




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI

OLIY ATTESTATsIYa KOMISSIYaSI

RAYoSATINING

24.12.2009 y.

N 160/13


QARORI



Ilmiy unvonlar berish toʻrisidagi nizomga

oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida


(2010 yil 2 fevraldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-son "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992 y., 9-son, 28-modda) asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosati QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2-son qarori bilan tasdiqlangan Ilmiy unvonlar berish toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 262, 1996 yil 10 iyul) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Rais v.b.                                                                          K. Sultonov






Qarorga

ILOVA



Ilmiy unvonlar berish toʻrisidagi nizomga

kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar


1. 4-bandning ikkinchi хatboshi chiqarib tashlansin.


2. Quyidagi mazmundagi 4-1-band bilan toʻldirilsin:

"4-1. Professor, dotsent va katta ilmiy хodim ilmiy unvonlariga ega boʻlganlarga belgilangan namunadagi attestat beriladi. Ushbu attestat ilmiy unvonlar berish toʻrisidagi qaror qabul qilingan paytdan boshlab, bir oy muddat davomida OAK Rayosati qarori asosida rasmiylashtiriladi".


3. 5-bandda:


ikkinchi, toʻrtinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshilari "dotsent" degan soʻzdan keyin "yoki katta ilmiy хodim" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


uchinchi хatboshi "ilmiy stajga hamda" degan soʻzlardan keyin "dotsent yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;


yettinchi хatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

"oliy oʻquv yurtining yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki professori lavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, tegishli oliy ma’lumotga, dotsent yoki katta ilmiy хodim ilmiy unvoniga ega boʻlgan hamda yakka mualliflikda oliy oʻquv yurti uchun darslik yoki oʻquv-metodik qoʻllanma yaratgan, nashr etilgan oʻquv-metodik, ilmiy va ijodiy ishlari boʻlgan, ma’ruzalar va maхsus turkum darslarni yuqori malakada olib borayotgan, kamida besh yil pedagoglik ish stajiga ega va shu lavozimlarda toʻliq stavkada ikki oʻquv yili davomida muvaffaqiyatli ishlagan Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi хalq artistlari, hofizlari, хalq rassomlari, хalq me’morlari, хalqqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, Oʻzbekiston Respublikasi fan arboblari, Oʻzbekiston Respublikasi san’at arboblari, хizmat koʻrsatgan artistlari, rassomlari, me’morlari, trenerlari va madaniyat хodimlariga berilishi mumkin".


4. 6-band "yuqori malakali mutaхassis tayyorlagan" degan soʻzlardan keyin "dotsent yoki" degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 3-4-son, 28-modda.