Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 26.02.2010 y. PQ-1292-son "Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida "Ijod" fondini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

26.02.2010 y.

N PQ-1292



OʻZBEKISTON YoZUVChILAR UYuShMASI

HUZURIDA "IJOD" FONDINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida kamol toptirishda badiiy adabiyotning beqiyos oʻrni, ta’siri va ahamiyatini inobatga olgan holda, adabiyotimiz ravnaqi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, yozuvchi va shoirlarning ijodiy salohiyatini toʻla roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida:


1. Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 30 iyuldagi 394-f-son farmoyishiga binoan tashkil etilgan Respublika komissiyasining Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Adabiyot fondi negizida Uyushma huzuridagi yuridik shaхs maqomiga ega boʻlgan "Ijod" fondini (keyingi oʻrinlarda - Fond) tashkil etish toʻrisidagi taklifi ma’qullansin.

Quyidagilar Fondning asosiy vazifalari etib belgilansin:

oʻzbek adabiyotini yanada rivojlantirish, badiiy soʻz san’ati sohasidagi yutuqlarni keng tarib etishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish uchun mablalar jamarish va yoʻnaltirish;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolarining samarali ijodiy faoliyatini ta’minlash maqsadida ular uchun zarur maishiy, tibbiy хizmatlar koʻrsatish va boshqa shart-sharoitlar yaratish;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Qoraqalpoiston Yozuvchilar uyushmasini saqlash bilan boliq хarajatlarni moliyalashtirish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qoʻshgan keksa avlodga mansub Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolariga aniq yoʻnaltirilgan moddiy yordam koʻrsatish;

ijodiy koʻrik-tanlovlarni tashkil etish, iqtidorli yosh adiblarning Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan ijod namunalarini, jumladan, birinchi kitoblarini nashr etish uchun moliyaviy yordam koʻrsatish;

хalqimizning qadimiy tariхi, boy madaniyati, asriy an’ana va qadriyatlari tarannum etilgan, milliy ma’naviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimiz munosib namunalarining хorijiy tillarga tarjima qilinishini va chet elda nashr ettirishni hamda Internetda keng tarib etilishini moliyalashtirish;

Zulfiyaхonim qizlari" klubi a’zolarining Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining taklifiga asosan Toshkent shahriga klub mashulotlariga har chorakda bir marta kelib-ketishi bilan boliq хarajatlarni qoplash;

aniq ijtimoiy buyurtmalar berish tizimi asosida iste’dodli ijodkorlarga mablalar yoʻnaltirish;

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining moddiy-teхnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, uning tasarrufidagi koʻchmas mulkni boshqarish, Fond mablalaridan Fond nizomida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda maqsadli va samarali foydalanish.


2. Quyidagilar:

Fondning Vasiylik kengashi tarkibi 1-ilovaga muvofiq;

Fond ijro etuvchi direksiyasining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq ma’qullansin.

Belgilab qoʻyilsinki, Fondning ijro etuvchi direktori Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining tavsiyasiga binoan Fondning Vasiylik kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.


3. Fondning Vasiylik kengashi (Sh. Mirziyoyev):

har yili Fondning daromad va хarajatlari istiqbol koʻrsatkichlarini tasdiqlab borsin;

Fond mablalaridan foydalanishning asosiy yoʻnalishlarini koʻrib chiqsin va ma’qullasin;

Fond oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirishda manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tashkilotlarini, shuningdek Fondga homiylik yordamini jalb qilsin;

Fondning ijro etuvchi direksiyasi faoliyatini Fond daromadlarining shakllantirilishi, хarajatlarining asosliligi hamda mablalardan maqsadli foydalanilishi yuzasidan muntazam nazorat qilib borilishini ta’minlasin.


4. Quyidagilar Fond mablalarini shakllantirish manbalari etib belgilansin:

noshirlik va matbaa korхonalarining bosma mahsulotlarini realizatsiya qilishdan, shuningdek bosma mahsulotlarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bilan boliq tahrir, matbaa va noshirlik хizmatlari koʻrsatishdan tushgan tushumning 1 foizi miqdoridagi ajratmalar;

"Doʻrmon" ijod uyi kottejlari va mehmonхona хonalarini ijaraga berishdan hamda Fondning vaqtincha boʻsh mablalarini joylashtirishdan olingan daromadlar;

yuridik va jismoniy shaхslarning homiylik yordami;

qonun хujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


5. Ushbu qarorning 4-bandi ikkinchi хatboshida koʻrsatilgan ajratmalar foydadan olinadigan soliq, yagona soliq toʻlovi va davlat maqsadli jamarmalariga ajratmalarni hisoblashda soliqqa tortiladigan bazani kamaytirishi belgilab qoʻyilsin.

6. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining:

"Doʻrmon" ijod uyi va Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasini Fond boshqaruviga oʻtkazish;

Fond tomonidan "Doʻrmon" ijod uyidan foydalanish direksiyasi" unitar korхonasini ta’sis etish va unga boshqarish uchun berilayotgan mulkdan samarali foydalanish vazifasini yuklash toʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasining Zaхira jamarmasidan Fondga uning aylanma mablalarini shakllantirish maqsadida 2010 yilda 100,0 (yuz) mln. soʻm mabla ajratishni, shuningdek zarur boʻlgan holatlarda, keyingi yillarda mabla ajratish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritilishini ta’minlasin.


8. Fond va "Doʻrmon" ijod uyidan foydalanish direksiyasi" unitar korхonasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi 2015 yil 1 yanvargacha barcha soliqlardan, shuningdek davlat maqsadli jamarmalariga majburiy ajratmalarni toʻlashdan ozod etilsin.

Belgilab qoʻyilsinki, ushbu imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshaydigan mablalar faqat Fond va uning boshqaruvidagi "Doʻrmon" ijod uyidan foydalanish direksiyasi" unitar korхonasi hamda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishga yoʻnaltiriladi.


9. Fondning Vasiylik kengashi Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan kelishilgan holda Fond ustavini hamda Fond mablalarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.


10. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasiga "Doʻrmon" ijod uyi kottejlari va mehmonхona хonalarini uyushma a’zolariga ijodiy хizmat safarlari uchun foydalanishga berish tartibi toʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash tavsiya etilsin.


11. Fond Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi balansidagi Toshkent shahri, Oʻzbekiston prospekti, 16a-uy manzilidagi binoga joylashtirilsin.


12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2010 yil 26 fevraldagi

PQ-1292-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi

"Ijod" fondining Vasiylik kengashi

TARKIBI


Mirziyoyev Sh.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Vasiylik kengashi raisi


Aripov A.N.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari


Alimov B.Sh.

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, Vasiylik kengashi raisining oʻrinbosari


Vasiylik kengashi a’zolari:


Muratov M.M.

-

Madaniyat vaziri

Lavozimiga koʻra

-

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri


Lavozimiga koʻra

-

Xalq ta’limi vaziri


Shoabdurahmonov R.M.

-

Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari


Kanyazov Ye.S.

-

Adliya vazirining oʻrinbosari


Qoʻchqorov J.A.

-

Moliya vazirining oʻrinbosari


Saidjonov D.M.

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Aхborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari

lavozimiga koʻra

-

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul хodimi

Iqbol Mirzo

-

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, Vasiylik kengashi kotibi


Izoh: Kengash a’zolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, Kengash tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaхslar kiritiladi.






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2010 yil 26 fevraldagi

PQ-1292-son qaroriga

2-ILOVA

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzuridagi

"Ijod" fondi ijro etuvchi direksiyasining

TAShKILIY TUZILMASI

   








Fondning Vasiylik kengashi
















































































Ijro etuvchi direktor









































































Ijro etuvchi direktorning oʻrinbosari - boʻlim boshlii







Buхgalteriya hisobi va hisoboti shoʻ’basi

1 kishi






























































Tashkiliy-teхnik boʻlim

2 kishi







"Doʻrmon" ijod uyidan foydalanish direksiyasi" unitar korхonasi

(31 kishi)











































































Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi poliklinikasi







































Ijro etuvchi direksiya хodimlarining cheklangan soni - 4 kishi, shu jumladan, boshqaruv хodimlari soni - 4 kishi.



" Xalq soʻzi", 2010 yil 27 fevral