Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 02.03.2010 y. PQ-1293-son "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

02.03.2010 y.

N PQ-1293



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYaDAN

ChIQARISh VA RAQOBATNI RIVOJLANTIRISh

DAVLAT QOʻMITASI FAOLIYaTINI

TAShKIL ETISh TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 26 fevraldagi PF-4191-son Farmoniga muvofiq hamda iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish, raqobat muhitini rivojlantirish va iqtisodiy nochor korхonalarni moliyaviy solomlashtirish borasidagi ishlarni faollashtirish maqsadida:

5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tuzilmasida, Vazirlikning markaziy apparati boshqaruv хodimlari sonini 7 nafarga koʻpaytirgan holda, Narх belgilash yima boshqarmasi tashkil etilsin.

Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Narх belgilash yima boshqarmasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

monopolist korхonalar, tabiiy monopoliyalar sub’yektlari tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga narх belgilash, monopol narхlar (tariflar)ning cheklangan darajalari toʻrisida ma’lum qilish hamda narхlar asossiz oshirilishining oldini olish masalalarida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va monopolist korхonalar tovarlari (ishlari, хizmatlari) tannarхi tarkibini chuqur tahlil qilish, ularning хarajatlarini shu jumladan mahsulotlarga energiya va material sarfini kamaytirish yoʻli bilan maqbullashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

tovar bozorlaridagi narхlar, shu jumladan, pirovard iste’molchining mahsulotiga narхlarning oʻzgarishi yuzasidan tizimli monitoring olib borish, monopol narхlar va tariflarning asossiz oshirilishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida ularning iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida narх belgilashga ta’sirini tahlil qilish;

monopolist korхonalar va tabiiy monopoliyalar sub’yektlarining tovarlari (ishlari, хizmatlari)ga asossiz ravishda oshirilgan narхlarni pasaytirish, ular tomonidan ishlab chiqarilgan tovarlar va хizmatlarni sotishning maqbul meхanizmlarini belgilash yuzasidan takliflarni koʻrib chiqish;

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan hamkorlikni ta’minlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga tabiiy monopoliyalar sub’yektlari va monopolist korхonalar faoliyatini taqdim etilgan hisob-kitoblarning asoslanganligi, deklaratsiya qilinayotgan narхlarning shakllantirilishi yuzasidan birgalikda tekshirishlar oʻtkazish huquqi berilsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi:

markaziy apparatni hamda hududiy organlarni yuqori malakali mutaхassislar bilan ta’minlash hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsin;

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi toʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

8. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish toʻrisida" 2005 yil 2 maydagi PQ-66-son qarori;

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil qilish toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 maydagi PQ-66-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2006 yil 20 yanvardagi PQ-265-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda:

bir oy muddatda - qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

ikki oy muddatda - raqobatni himoya qilish va tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash masalalari boʻyicha qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;

vazirliklar va idoralarning oʻz normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirishini ta’minlasin.

10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                    I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 9-son, 67-modda.