Adliya vazirining 30.03.2010 y. 64-mх-son "Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 30.03.2010 y. 2090-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
30.03.2010 y.
N 2090
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRINING
30.03.2010 y.
N 64-mh
BUYRUGʻI
Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni
amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
(2010 yil 1 iyundan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasining "Notariat toʻgʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 2-son, 42-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 23 avgustdagi PQ-1602-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:
1. Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatning 10 kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.
4. Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) 2010 yil aprel-may oylarida notariuslar bilan Notariuslar tomonidan notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani qoʻllash masalalariga bagʻishlangan seminarlar oʻtkazsin.
5. Mazkur buyruq 2010 yil 1 iyundan boshlab kuchga kiradi.
6. Mazkur buyruq kuchga kirgan kundan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 1997 yil 28 apreldagi 33/1-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarining notariuslari va хususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida qoʻllanma" oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
7. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Vazir R. Muhitdinov
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 13-son, 99-modda.