Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.01.2010 y. 3/5-son "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 13.04.2010 y. 2093-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

13.04.2010 y.

N 2093




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.01.2010 y.

N 3/5


QARORI



Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini

litsenziyalash tartibi toʻrisidagi

nizomni tasdiqlash haqida


(2010 yil 23 apreldan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, 12-son, 247-modda), "Mikrokredit tashkilotlari toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 2006 yil, 9-son, 495-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2006 yil 7 oktyabrdagi 24/4-sonli "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1635, 2006 yil 31 oktyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 43-44-son, 436-modda);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2009 yil 15 avgustdagi 23/4-sonli "Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1635-1, 2009 yil 14 sentyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009 y., 38-son, 418-modda).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                 F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 14-15-son, 116-modda.