Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.05.2010 y. 91-son "Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

13.05.2010 y.

N 91



FARMATsEVTIKA FAOLIYaTINI

LITsENZIYaLASh TARTIBINI YaNADA

TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Farmatsevtika va tibbiyot faoliyatiga litsenziya berishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 7 apreldagi PQ-1319-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Belgilab qoʻyilsinki, farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ilgari berilgan litsenziyalar ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil mobaynida amal qiladi.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

tibbiyot va farmatsevtika хodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish toʻrisidagi nizomni tasdiqlasin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.


4. Quyidagilar:

Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 31 oktyabrdagi 477-son qarori 1-bandining uchinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 10-son, 106-modda) va qarorga 2-ilova;

Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 22 maydagi 92-son qaroriga ilovaning 28-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 5-son, 34-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                           Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 18-19-son, 142-modda.