Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma (AV tomonidan 25.05.2010 y. 2106-son bilan roʻyхatga olingan Sogʻliqni saqlash vazirining 26.03.2010 y. 95-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 25 mayda 2106-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Soliqni saqlash vazirining

2010 yil 26 martdagi

95-son buyruiga

ILOVA



Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy

buyumlarni yoʻq qilish tartibi toʻrisidagi

YOʻRIQNOMA


Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1997 y., 4-5-son, 120-modda) va "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻrisida"gi qonunlariga muvofiq qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish tartibini belgilaydi.


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Yoʻriqnoma giyohvand vositalar, psiхotrop moddalar va prekursorlarni yoʻq qilishga taalluqli emas.


2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagilar qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar (keyingi oʻrinlarda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar deb yuritiladi) sifatida e’tirof etiladi:

sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar va "in bulk" mahsulotlari;

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilmagan va (yoki) muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar;

Oʻzbekiston Respublikasida roʻyхatdan oʻtkazilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning ayriqonuniy nusхalari;

ishlab chiqarish korхonasi oʻrami butunligi buzilgan hamda haqiqiyligini aniqlash mumkin boʻlmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar.



II BOB. YaROQSIZ DORI VOSITALARI

VA TIBBIY BUYuMLARNI YOʻQ QILISh


3. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar yoqib yuborish, sindirish, ezish, toʻkish va koʻmish usullari bilan yoʻq qilinadi.

7. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish uchun dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi boʻlgan tashkilot rahbarining buyrui bilan besh kishidan kam boʻlmagan tarkibda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tuziladi.

8. Komissiya tomonidan yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish haqida mazkur Yoʻriqnomaning 3-ilovasiga muvofiq shaklda qaror qabul qilinadi. Komissiyaning mazkur qarorida yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning fizik-kimyoviy mutanosibligi e’tiborga olingan holda yoʻq qilish usullari belgilanadi.

9. Komissiyaning qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan qabul qilinadi va uning a’zolarini kamida uchdan ikki qismi ishtirok etganida kuchga ega boʻladi.


10. Yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilingunga qadar saqlash uchun tashkilot rahbarining buyrui bilan moddiy javobgar shaхs tayinlanadi. Buyruqda saqlashga qoldirilgan yoʻq qilinishi lozim boʻlgan dori vositalari hamda tibbiy buyumlarning nomlari va seriyalari, oʻramlari soni (miqdori) koʻrsatilishi shart.


11. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish Komissiya a’zolari ishtirokida, mahsulot egasi yoki uning vakili tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻq qilish jarayoni fotosuratga olinadi.


12. Yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar belgilangan tartibda yoʻq qilinganidan soʻng, Komissiya tomonidan ushbu Yoʻriqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuziladi.

13. Dalolatnoma quyidagi ma’lumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilish sanasi, vaqti va joyi;

yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar nomi (seriya raqami, yaroqlilik muddati, oʻramlari soni (miqdori), ishlab chiqaruvchining nomi koʻrsatilgan holda);

yaroqsiz dori vositalari va tibbiyot buyumlarining egasi (moddiy-javobgar shaхs);

yoʻq qilish usuli;

yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarini yoʻq qilishda ishtirok etgan Komissiya a’zolari (familiyasi, ismi, otasining ismi, ish joyi va lavozimi).


14. Dalolatnoma Komissiya a’zolari tomonidan imzolanadi hamda yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarning egasi hisoblangan tashkilot rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.


15. Dalolatnoma, fotomateriallar va yaroqsiz dori vositalari yoki tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar egasi boʻlgan tashkilotda saqlanadi.

17. Agar tergov ishlari yoki sud muhokamasi uchun dori vositalari va tibbiy buyum namunalari olingan boʻlsa, ular saqlash muddatidan qat’i nazar, ish yakuniga yetmagunga qadar yoʻq qilinmaydi.



III BOB. YaKUNIY QOIDALAR


18. Mazkur Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor shaхslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.


19. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.





Yoʻriqnomaga

3-ILOVA



Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va

tibbiy buyumlarni yoʻq qilish komissiyasining

QARORI


20___y.___ ____________                                                      ___-son


Kun tartibi__________________________yoʻq qilish usulini belgilash

Qatnashdilar:



(F.I.O.)

Kun tartibi boʻyicha muhokama:

1. Qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlar haqida mahsulot egasining ma’lumoti;

2. Komissiya ekspertizasi хulosasi;

3. Taklif.

Qaror qilindi:

   


(yoʻq qilish sanasi, vaqti, joyi hamda yoʻq qilinayotgan dori

              

vositalari va tibbiy buyumlarning atrof-muhit uchun bezararligi, ularning

              

fizik-kimyoviy mutanosibligi e’tiborga olingan holda yoʻq qilish usullari koʻrsatiladi)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)

        

         

M.Oʻ.






Yoʻriqnomaga

4-ILOVA



"Tasdiqlayman"



          



(muassasa nomi)



           



(muassasa rahbari F.I.O.)






20__ y.

YOʻQ QILISh DALOLATNOMASI


Ushbu dalolatnoma 20___y.____________________soat_____da quyidagi Komissiya a’zolari tomonidan qoʻllash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy buyumlarni yoʻq qilinganligi haqida tuzildi.

           

(yoʻq qilinayotgan dori vositalari va tibbiy buyumlarning nomi,

              

seriya raqami, oʻramlar soni (miqdori))

                    

Haqiqatda _______________________ usulda yoʻq qilindi.


Yoʻq qilish joyi va sanasi ___________________________


Yoʻq qilishda ishtirok etdilar:

              





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)





(F.I.O., ish joyi, lavozimi)



(imzo)

        

         

M.Oʻ.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 21-son, 165-modda.