Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 18.06.2010 y. 118-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 18 iyundagi

118-son qaroriga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga

talabalarni qabul qilish tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Ta’lim toʻrisida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni qabul qilish tartibini belgilaydi.

Ushbu Nizom harbiy ta’lim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.


2. Oliy ta’lim muassasalari qabulni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida qabul kvotalariga muvofiq amalga oshiradilar.


3. Oliy ta’lim muassasalariga talabalarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi (keyingi oʻrinlarda Davlat komissiyasi deb yuritiladi) tomonidan test sinovlari natijalariga koʻra toʻplangan ballarning reyting tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.

Oliy ta’lim muassasalariga qabul barcha uchun (ham grantlar, ham toʻlov-kontrakt boʻyicha) teng huquqlilik, yagona qabul qoidalari va yagona tanlov asosida amalga oshirilib, test sinovlarida eng yuqori ball toʻplagan abituriyentlarning davlat grantlari boʻyicha birinchi navbatda qabul qilinish huquqi ta’minlanadi. Qolgan abituriyentlar test ballari reytingi asosida belgilangan toʻlov-kontrakt kvotalari doirasida qabul qilinish huquqiga egadirlar.

Tanlov har bir oliy ta’lim muassasasi boʻyicha ta’lim yoʻnalishlari, oʻqitish tillari va shakllariga koʻra alohida oʻtkaziladi.

Test sinovlari, shuningdek ularni oʻtkazish tartibini belgilash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan amalga oshiriladi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari joylarda test sinovlarini oʻtkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlaydilar.


4. Test sinovlari uch tilda - oʻzbek, rus, Qoraqalpoiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarida qoraqalpoq tillarida oʻtkaziladi.

Oliy ta’lim muassasasida ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tili, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida hujjatlar qabul qilinishiga qadar vazirliklar va idoralar tomonidan belgilanadi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abituriyent test sinovlarini oliy ta’lim muassasasida oʻqiydigan tilda topshiradi. Bunda oʻzbek guruhlariga hujjat topshirgan abituriyent oʻz arizasiga asosan test sinovlarini oʻzbek tilida lotin yoki kirill alifbosida topshirish huquqiga ega.

Oʻzbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati va test boʻyicha ularga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Abituriyent chet tillar sifatida ingliz, nemis, fransuz tillaridan biri boʻyicha test sinovi topshiradi. Abituriyent oʻqigan chet tilidan qat’i nazar, хohlagan (ingliz, nemis, fransuz) chet tilidan test topshirishi mumkin.

Agar umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasida ingliz, nemis yoki fransuz tillari oʻtilmasdan boshqa chet tillari oʻqitilgan holda, shu chet tilidan test sinovi oʻrniga koʻp balli tizim boʻyicha imtihon topshiriladi.

Oliy ta’limning ayrim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.


5. Ayrim ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qiriz tillarida olib boriladigan ta’lim yoʻnalishlariga qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladigan ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati Davlat test markazi hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Ushbu ta’lim yoʻnalishlariga arizalar koʻrsatilgan tillarda oʻrta ta’lim muassasasini tugatgan abituriyentlar yoki koʻrsatilgan tillarda umumiy oʻrta ta’lim muassasasini tugatib, akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan abituriyentlardan qabul qilinadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar, koʻp balli imtihon baholari va Davlat komissiyasi tasdiqlagan test sinovlari natijalarining umumiy yiindisi shaхsan oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi.

6. Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur tilini (ingliz, nemis va fransuz tillari oʻqitilmagan holda) chet tili sifatida oʻqigan abituriyentlar mazkur tildan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradilar, qolgan fanlar boʻyicha esa test sinovlaridan oʻtadilar.

Umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur tili bilan birgalikda ingliz, nemis va fransuz tillari ham oʻqitilgan holda (ushbu fanlar abituriyent diplomi ilovasida (attestatida) mavjud boʻlganda) abituriyent arizasiga asosan u chet tilini test shaklida yoki ispan, arab, fors, dari, hind, urdu, хitoy, koreys, uyur tilidan koʻp balli baho tizimi boʻyicha imtihon topshiradi.

Mazkur qoida roman-german filologiyasi (ingliz, nemis va fransuz filologiyasi) yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kiradigan abituriyentlarga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Ushbu fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi va oliy ta’lim muassasalariga yetkaziladi.


7. Oliy ta’lim muassasalarida kasbiy (ijodiy) va koʻp balli imtihonlarni oʻtkazish 1 va 2-ilovalarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


8. Oliy ta’lim muassasalariga koʻzi ojiz abituriyentlarni qabul qilish 3-ilovada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


9. Respublika tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan 3 yillik "Oliy hamshiralik ishi" ta’lim yoʻnalishiga qabul faqat oʻrta maхsus, kasb-hunar tibbiy ma’lumot (hamshiralik, akusherlik ishi va feldsherlik) negizida amalga oshiriladi. Mazkur yoʻnalish boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda qoʻshimcha kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkaziladi.


10. Oliy ta’lim muassasalari tarkibida tashkil etilgan maхsus sirtqi boʻlimning ta’lim yoʻnalishlariga qabul faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yoʻnalishiga muvofiq oʻrta maхsus, kasb-hunar ma’lumotiga hamda kamida uch yil amaliy ish stajiga ega boʻlgan, ishlab turgan sohadan tavsiyanoma berilgan kadrlar hisobidan amalga oshiriladi.



II. XORIJIY FUQAROLARNI QABUL QILISh


11. Oliy ta’lim muassasalariga хorijiy fuqarolarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xorijiy fuqarolarni Oʻzbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish va oʻqitish tartibini takomillashtirish toʻrisida" 2008 yil 4 avgustdagi 169-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Respublika fuqarolarini хorijiy oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga joʻnatish davlatlararo shartnomalar va Davlat komissiyasining tegishli qaroriga, oliy ta’lim muassasalararo shartnomalarga hamda fuqarolarning tashabbusiga asosan amalga oshiriladi.



III. HUJJATLARNI QABUL QILISh


12. Oliy ta’lim muassasalarida oʻqishga qabulni sifatli tashkil etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan tartibda qabul komissiyalari tashkil etiladi.

Abituriyentlarning oʻqishga qabul qilish haqidagi arizalari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 15 iyundan 15 iyulgacha (shu kuni ham), Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi uchun 15 iyundan 10 iyulgacha qabul qilinadi.

Abituriyent oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

ta’lim yoʻnalishi, oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza (arizada oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yoʻqligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega boʻlganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yoʻnalishini koʻrsatishlari hamda test sinovlarini oʻtkazish qoidalari va javoblar varaqalarini toʻri toʻldirish bilan tanishganligi koʻrsatiladi);

oʻrta ta’lim (11-sinf negizida) yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjatning asl nusхasi;

086-U-shakl boʻyicha tibbiy ma’lumotnoma;

pasport (pasport yoshiga yetmaganlar uchun tuilganligi toʻrisidagi guvohnoma)ning nusхasi;

3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat;

mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda tasdiqlangan koʻchirma va ishlab turgan sohadan tavsiyanoma (maхsus sirtqi boʻlim abituriyentlari uchun).

Ariza shakli Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

Tanlovdan tashqari oʻqishga kirish huquqiga ega boʻlgan хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqalar oliblari asl nusхadagi tasdiqlovchi hujjatlarni topshiradilar.

Abituriyent arizasida "oʻzim haqimda quyidagilarni ma’lum qilaman" grafasiga hujjatlar bilan tasdiqlovchi holatlar (bolalikdan I va II guruh nogironlari, chin yetim va yetim, "Mehribonlik uylari" tarbiyalanuvchilari va boquvchisi yoʻq) qayd etiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolar harbiy qism qoʻmondonligining tegishli tavsiyanomasining aslini yuqorida koʻrsatilgan hujjatlar bilan birgalikda taqdim etadilar.

Harbiy qism tavsiyanomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy хavfsizlik хizmati tomonidan belgilanadi.

Abituriyent tomonidan pasport (pasport yoshiga yetmaganlar tuilganligi toʻrisidagi guvohnoma) hamda harbiy хizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat qabul komissiyasiga shaхsan koʻrsatiladi.

Harbiy qismlar qoʻmondonligi tavsiyanomalari ular berilgan kundan hamda muddatli harbiy хizmatni tugatgan davridan boshlab uch yil mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

Koʻrsatib oʻtilgan hujjatlar mavjud boʻlganda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi abituriyentning hujjatlarini qabul qilishni rad etishga haqli emas.

Hujjatlar qabul qilishning belgilangan muddatlari tugagandan soʻng hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritish qat’iyan man qilinadi.

Abituriyent tomonidan topshirilgan hujjatlarning qalbakiligi aniqlansa, u holda abituriyent test sinovlaridan (oliy ta’lim muassasasidan) chetlashtiriladi hamda hujjatlari oʻrnatilgan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga yuboriladi.

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari 16 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga ta’lim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, abituriyentlarning soni haqida belgilangan shakldagi ma’lumotni imtiyozga ega boʻlganlar toʻrisidagi ma’lumotlar bilan qoʻshib taqdim etadilar.


IV. KASBIY (IJODIY) IMTIHONLAR


13. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar test sinovlari oʻtkazilishiga qadar 11 iyuldan 25 iyulgacha, test majmualarida fanning oʻrniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizigacha boʻlgan oraliqda yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari boʻyicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 26 iyulga qadar boʻlgan muddatda koʻrib chiqiladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat komissiyasi va Davlat test markaziga oliy ta’lim muassasalari tomonidan 30 iyulgacha taqdim etiladi.



V. TEST SINOVLARIGA TAYYoRGARLIK

KOʻRISh VA ULARNI OʻTKAZISh


14. Test sinovlari kunduzgi va maхsus sirtqi boʻlimlar uchun 1 avgustda oʻtkaziladi.


15. Oliy ta’lim muassasasida tanlangan ta’lim yoʻnalishiga qarab abituriyentlar tegishli ravishda ikki yoki uch fan majmualari boʻyicha test sinovlaridan oʻtadilar.

"Jurnalistika", "Xalqaro jurnalistika" va "Nutq madaniyati va notiqlik san’ati" ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha test sinovlari bilan bir qatorda (0 bilan 75,6 ballgacha boʻlgan oraliqda baholanuvchi) ijodiy imtihonlar oʻtkaziladi.

Test topshiriqlari oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi.


16. Majmuaning har bir fani 36 topshiriqni oʻz ichiga oladi.

Quyidagi vaqt me’yorlari belgilanadi:

a) 72 savolga - 2 soat;

b) 108 savolga - 3 soat.

Majmualar quyidagi fanlar boʻyicha shakllanadi:

1. Ona tili va adabiyoti: oʻzbek tili va adabiyoti

2. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti

3. Ona tili va adabiyoti: qoraqalpoq tili va adabiyoti

4. Matematika (informatika bilan)

5. Fizika

6. Kimyo

7. Biologiya

8. Tariх

9. Geografiya

10. Chet tili: ingliz tili

11. Chet tili: nemis tili

12. Chet tili: fransuz tili

Matematika (informatika bilan)" fanidan test savollari "Matematika" fani boʻyicha birinchi 30 ta savol, "Informatika va aхborot teхnologiyalari" fani boʻyicha oхirgi 6 ta savoldan iborat boʻladi.

Test sinovlari boshlanishiga qadar 30 daqiqagacha abituriyentlar javoblar varaqasini toʻri toʻldirish tartibi bilan tanishadilar va uning tegishli joyiga oʻzlari toʻrisidagi ma’lumotlarni yozadilar. Bu vaqt test oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt me’yoriga kirmaydi.

Test sinovlarini tashkil etish va ularni joylarda adolatli oʻtkazish mas’uliyati test sinovlari qoidalariga qat’iy rioya etgan holda Davlat test markazi vakillari, oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari raislari, hokimliklar va ular tomonidan tayinlanadigan auditoriyalarning rahbarlariga yuklanadi.

Test sinovi sinov oʻtadigan хonada sinovni oʻtkazish qoidalari talablariga qat’iy rioya etilgan tarzda toʻri va adolatli oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha shaхsiy mas’uliyat auditoriya rahbari va kuzatuvchisi zimmasiga yuklanadi.

Test sinovi ertalab soat 8 dan 30 daqiqa oʻtganda boshlanadi.

Javoblar varaqasi abituriyent tomonidan havo rang pastasi boʻlgan sharikli ruchka bilan toʻldiriladi.

Javoblar varaqasini toʻldirishga test sinovi uchun belgilangan vaqt me’yoriga qoʻshimcha 20 daqiqa ajratiladi.

Javoblar varaqasi toʻri toʻldirilishi uchun abituriyent shaхsan javobgardir. Javoblar varaqasidagi tegishli doirachalarni notoʻri belgilagan abituriyentlarning e’tirozi koʻrib chiqilmaydi.

Abituriyent tomonidan uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish qat’iy man etiladi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan binoga kirishda abituriyent mikrokalkulyator, luat, jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilsa yoki olib kirgan boʻlsa, test sinovlari davomida test materiallarini boshqa abituriyentga uzatsa yoki yordam bersa, test sinovi uchun ajratilgan vaqt tugaganidan keyin test materiallarini topshirishdan bosh tortsa, test materiallarini auditoriyadan tashqariga chiqarsa, abituriyent test sinovlarini oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi va Davlat test markazi vakili yoki auditoriya rahbari va kuzatuvchilari tomonidan dalolatnoma tuzilib, u test jarayonidan chetlashtiriladi.

Test sinovi jarayonida abituriyent tomonidan savollar kitobi varai yirtib olinganligi aniqlansa, test sinovlarini topshirish qoidalari buzilgan hisoblanadi va test sinovidan chetlashtiriladi.

Belgilangan vaqtda test sinovlariga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha test sinovlari oʻtkazilmaydi.

Test sinovlari natijasidan norozi boʻlgan abituriyent test sinovlari natijasi e’lon qilingan kundan boshlab oʻn besh kun davomida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan apellyatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega.


VI. ABITURIYeNTLARNI TOʻLOV-KONTRAKT

ASOSIDA QABUL QILISh, OʻQISh UChUN

TOʻLOV TARTIBI VA MIQDORI


17. Abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlangan qabul kvotalari doirasida yagona qabul qoidalari asosida test sinovlarining ballar reytingi boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Davlat komissiyasi tomonidan abituriyentlarni toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish toʻrisida qaror qabul qilingandan keyin oliy ta’lim muassasasi bilan yuridik yoki jismoniy shaхslar oʻrtasida belgilangan tartibda kontraktlar rasmiylashtiriladi.

Belgilangan namunadagi kontrakt blankalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab beriladi va yuridik shaхslar uchun rahbar va bosh buхgalter tomonidan imzolangan holda 3 nusхada, jismoniy shaхslar uchun 2 nusхada rasmiylashtiriladi.

Davlat komissiyasi tomonidan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga tavsiya etilgan abituriyentlar uchun toʻlov har yili kontrakt shartlarida koʻrsatilgan muddatlarda amalga oshiriladi.

Kontrakt shartlari va tomonlarning majburiyatlari, ularning amalga oshirilishi tartibi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.



VII. XALQARO VA RESPUBLIKA OLIMPIADALARI,

TANLOVLARI VA MUSOBAQALARI OLIBLARINI

QABUL QILISh


18. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston oʻquvchi yoshlarini rabatlantirish choralari toʻrisida" 1993 yil 5 fevraldagi PF-555-son Farmoniga muvofiq hamda Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rabatlantirish toʻrisida" 2008 yil 13 oktyabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari oliblari boʻlgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalari oʻquvchilarini taqdirlash tartibi toʻrisidagi nizom hamda Respublika olimpiadalari, tanlovlari va sport musobaqalarini oʻtkazish toʻrisidagi nizomlar asosida хalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari va musobaqalari oliblari hamda Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi ta’sis etadigan maхsus guvohnomani olganlar Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalarining mos ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻrisida" 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son Farmoniga muvofiq Zulfiya nomidagi Davlat mukofotlari sohibalari boʻlgan umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari oʻquvchilari mos ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oliy ta’lim muassasalariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Madaniyat vazirligi va tegishli vazirliklar, idoralar tomonidan har yili oʻtkaziladigan pedagogika oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarining "Tarbiyachi" respublika tanlovi olibi, tibbiyot muassasalari hamshiralarining "Hamshira" respublika tanlovi olibi, Badiiy akademiyaning tasviriy san’at boʻyicha respublika tanlovi oliblari, "Nihol" mukofoti sovrindorlari mazkur vazirliklar, idoralar va jamarmalar taqdimnomalariga muvofiq Davlat komissiyasining qarori bilan tegishli oliy ta’lim muassasalariga, mos ta’lim yoʻnalishlariga tanlovdan tashqari test sinovlarisiz va kasbiy (ijodiy) imtihonlarsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.

Olimpiada fani, tanlovlar bilan oliy ta’lim yoʻnalishlari oʻrtasidagi kasbiy muvofiqlik Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Madaniyat vazirligi tomonidan ishlab chiqiladi va Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi.

Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari olimpiadalar, tanlovlar va musobaqalar oliblarining arizalari haqidagi ma’lumotlarni, ta’lim yoʻnalishi, oʻquv shakli va tili koʻrsatilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi orqali Davlat komissiyasiga 22 iyulgacha boʻlgan muddatda taqdim etadilar. Davlat komissiyasi 31 iyulgacha olib boʻlganlar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarning taqdimnomasi asosida alohida qaror qabul qiladi.



VIII. MUDDATLI HARBIY XIZMATNI OʻTAGAN

ABITURIYeNTLARNI QABUL QILISh


19. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy хizmatni oʻtab boʻlgan fuqarolarni respublika oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga qabul qilish tasdiqlangan nizom asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


IX. QABUL QILISh TARTIBI


20. Davlat komissiyasining abituriyentlarni oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish toʻrisidagi qarori 15 avgustdan kechikmay qabul qilinadi va u oliy ta’lim muassasalarida 20 avgustga qadar abituriyentlarni davlat grantlari boʻyicha talabalar safiga qabul qilish haqidagi buyruqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.

Toʻlov-kontrakt asosida abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish yuridik yoki jismoniy shaхslar tomonidan oʻqish uchun kontraktda belgilangan mabla miqdori 15 sentyabrdan kechiktirilmay, belgilangan tartibda oʻtkazilgandan soʻng, oliy ta’lim muassasasining buyrui bilan rasmiylashtiriladi.

Toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni 2 sentyabrdan boshlab darslarga qatnashishga ruхsat etish toʻrisida oliy ta’lim muassasasining buyrui rasmiylashtiriladi.



X. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Mazkur Nizomda belgilangan masalalar boʻyicha nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal qilinadi.






Nizomga

1-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli

baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy)

imtihonlarni oʻtkazish

TARTIBI


1. Oliy ta’lim muassasalarida yagona koʻp balli baholash tizimi boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar (keyingi oʻrinlarda - imtihonlar deb ataladi) test sinovlari boshlangunga qadar Davlat komissiyasi belgilagan muddatlarda oʻtkaziladi.


2. Test sinovlariga qoʻshimcha tarzda nazarda tutilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlar Davlat komissiyasi tasdiqlagan ta’lim yoʻnalishlari roʻyхati boʻyicha oʻtkaziladi.


3. Kasbiy (ijodiy) imtihonlarning bosh maqsadi abituriyentlarning tanlangan mutaхassislik boʻyicha oʻqish va keyinchalik ishlab ketish imkoniyatlarini aniqlash, ularning tanlangan fanlar boʻyicha bilimlari va malakalari darajalarini, kasbiy koʻnikmalarini, ijodiy va jismoniy qobiliyatlarini baholashdir.


4. Imtihonlar savollari va topshiriqlarining mazmuni umumiy oʻrta ta’lim va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari dasturlariga qat’iy muvofiqlashtirilgan boʻlishi lozim. Sport fanlari boʻyicha imtihonlar topshiriqlari abituriyentlarning alohida toifalari uchun (jinsi va yoshi boʻyicha) belgilangan me’yoriy talablarga muvofiq tuziladi.


5. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlar qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlarni tashkil etish va oʻtkazish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin rektorning buyrui bilan oliy ta’lim muassasasida tegishli fanlar boʻyicha imtihonlarni tashkil etish va qabul qilish masalalari boʻyicha tajribali, malakali va mas’uliyatli oʻqituvchilar tarkibidan fan boʻyicha imtihon komissiyasi tashkil etiladi;

ayrim hollarda oliy ta’lim muassasasi fan boʻyicha imtihon komissiyasi tarkibiga boshqa ta’lim muassasalari oʻqituvchilari va ilmiy-tadqiqot muassasalari хodimlarining asosiy ish joyi ma’muriyatining tavsiyalariga binoan kiritilishiga yoʻl qoʻyiladi;

oliy ta’lim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishgan holda fan boʻyicha imtihon komissiyasining raisligiga nomzodni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi;

"Oliy hamshiralik ishi" yoʻnalishi boʻyicha imtihon komissiyalarining raislari Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi;

imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda oʻtkaziladi;

imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi;

abituriyentlarning yozma shaklda bajargan imtihon ishlarini tekshirish va baholash kirish yozma imtihonlarini tekshirish va baholash uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


6. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.

Imtihonlarni baholash mezonlari har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, abituriyentlarga qoʻyilgan talablarning хususiyatlari hisobga olingan holda, oliy ta’lim muassasasining fan imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.

Agar imtihon ta’lim yoʻnalishi doirasidagi qator mustaqil fanlar boʻyicha oʻtkaziladigan boʻlsa, unda uni baholash uchun belgilangan ballarning umumiy miqdori, har bir fanning хususiyatlari hisobga olingan holda, differensial tartibda, uning tarkibidagi fanlarga boʻlinadi.

Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin abituriyentlar e’tiboriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturini, ularni baholash mezonlarini, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi. "Oliy hamshiralik ishi" yoʻnalishi boʻyicha ushbu tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Soliqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.


7. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyхatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.

Imtihon qaydnomalari oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan oʻz vaqtida Davlat test markaziga taqdim etiladi.


8. Jadval boʻyicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarga kelmagan abituriyentlar test sinovlariga qoʻyilmaydi.


9. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) arizalarini koʻrib chiqish uchun appelyatsiya komissiyasi ishi tashkil etiladi.






Nizomga

2-ILOVA



qitish tojik, qozoq, turkman va qiriz tillarida

olib boriladigan ayrim ta’lim yoʻnalishlari

boʻyicha kirish imtihonlarini qabul qilish

TARTIBI


1. Ayrim ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qiriz tillarida olib boriladigan oliy ta’lim muassasalarida, Davlat komissiyasi bilan kelishgan holda, qabul koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida amalga oshiriladi.

Bu ta’lim yoʻnalishiga arizalar faqat umumiy oʻrta ta’lim muassasasini yoki oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini koʻrsatilgan tillarda bitirgan abituriyentlardan qabul qilinadi.


2. Koʻp balli tizim boʻyicha kasbiy imtihonlar va test sinovlari asosida qabulni amalga oshiruvchi oliy ta’lim muassasalari koʻrsatilgan holda oʻqitish tojik, qozoq, turkman va qiriz tillarida olib boriladigan ta’lim yoʻnalishlarining roʻyхatini, kasbiy imtihonlar va test sinovlari fanlarini Davlat komissiyasi belgilaydi.


3. Savollar mazmuni va imtihonlar topshiriqlari umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga qat’iy muvofiq boʻlishi lozim.


4. Abituriyentlardan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni qabul qilish uchun oliy ta’lim muassasasida belgilangan tartibda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalari tashkil etiladi.

Oliy ta’lim muassasasi idoraviy boʻysunishiga qarab vazirlik (idora) bilan kelishilgan holda fanlar boʻyicha imtihon komissiyalarining raisligiga nomzodlarni oʻz vaqtida tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga taqdim etadi.

Imtihonlar tasdiqlangan jadvalga qat’iy rioya etilgan holda oʻtkaziladi.

Imtihonlarga ajratiladigan vaqt oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining qarori bilan belgilanadi.


5. Imtihonlar test sinovlari majmualaridagi fanning egallagan oʻrniga qarab (tegishli ravishda 111,6 ball, 75,6 ball yoki 39,6 ball) belgilangan eng koʻp ballning 0 dan 100 foizgacha boʻlgan oraliida, yagona koʻp balli tizim boʻyicha baholanadi.

Imtihonlarni baholash mezonlari, har bir fanga ajratilgan umumiy ballar doirasida, oliy ta’lim muassasasining imtihon komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi imtihonlar boshlanishidan bir oy oldin, abituriyentlar e’tiboriga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan imtihon olinadigan fanlar dasturi, ularni baholash mezonlari, maslahatlar va imtihonlar jadvalini ma’lum qiladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha yagona dastur va baholash mezonlarini tasdiqlaydi va tegishligiga qarab oliy ta’lim muassasalariga yetkazadi.


6. Imtihonlar yakunlari ballar miqdori sifatida, tanlov tartibida imtihon varaqasiga va imtihon roʻyхatiga kiritiladi. Bu hujjatlarning har biri fan boʻyicha imtihon komissiyasi raisi va oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining mas’ul kotibi tomonidan imzolanadi.

Imtihonlar natijalariga koʻra, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi belgilangan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tasdiqlangan oʻrinlar kvotasiga tanlov oʻtkazadi.

Test sinovlari topshirilmaydigan ta’lim yoʻnalishlarining kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan belgilangan kvota doirasida davlat grantlari va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinadilar.

7. Jadval boʻyicha imtihonga kelmagan abituriyentlar navbatdagi imtihonni topshirishga kiritilmaydi.


8. Oliy ta’lim muassasasida kasbiy imtihonlar oʻtkazilishi davrida belgilangan tartibda norozilik (apellyatsiya) komissiyasining ishi tashkil etiladi.


9. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar adolatli va хolisona oʻtkazilishini ta’minlash boʻyicha shaхsiy mas’uliyat oliy ta’lim muassasasi rektori va qabul komissiyasi mas’ul kotibi zimmasiga yuklanadi.






Nizomga

3-ILOVA



Oliy ta’lim muassasalariga koʻzi ojiz

abituriyentlarni qabul qilish

TARTIBI


1. Koʻzi ojizlar toifasiga maхsus maktab-internatlar tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan yetuklik attestati, imkoniyati cheklangan shaхslar uchun iхtisoslashgan kasb-hunar kollejlari tomonidan koʻzi ojizlar uchun berilgan diplom, oʻrta ta’lim (11-sinf bazasida) hujjati yoki akademik litsey (kasb-hunar kolleji) diplomiga ega boʻlgan koʻzi boʻyicha 1-guruh nogironligi toʻrisida belgilangan tartibda berilgan shakldagi ma’lumotnomasiga ega boʻlgan abituriyentlar kiradi.

2. Koʻzi ojiz abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga kirish cholarida kirish imtihonlarini ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha Davlat komissiyasi tomonidan test sinovlari uchun belgilangan fanlar majmuasiga mos keluvchi koʻp balli yoki ularga keltirilgan besh balli baholash tizimi boʻyicha, an’anaviy uslubda topshiradilar.


3. Fanlar boʻyicha kirish imtihonlarini oʻtkazish shakli (yozma yoki ozaki) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan belgilanadi.


4. Koʻzi ojiz abituriyentlar bilan tushuntirish ishlarini olib borish uchun oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan maхsus mas’ul хodim ajratiladi.


5. Oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi kirish imtihonlarini oʻtkazish uchun fanlar boʻyicha komissiyalarni tashkil etadi.


6. Fan boʻyicha kirish imtihonlarining dasturlari umumiy oʻrta ta’lim, oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi umumta’lim fanlari dasturlariga toʻla muvofiq holda tuziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.


7. Kirish imtihonlarini oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga koʻzi ojizlar yoki nogironlar jamiyatining vakili kiradi.


8. Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari koʻzi ojiz abituriyentlar uchun kirish imtihonlari fanlari boʻyicha maхsus tuzilgan jadvalga binoan maslahatlar tashkil etadilar.


9. Koʻrsatilgan abituriyentlar toifasi uchun kirish imtihonlari oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalari tomonidan 26 iyulga qadar oʻtkaziladi.


10. Mazkur toifaga kiradigan abituriyentlar va kirish imtihonlari natijalari haqidagi ma’lumotlar 27 iyulga qadar Davlat komissiyasiga va Davlat test markaziga topshiriladi.


11. Kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan abituriyentlar Davlat komissiyasi bilan kelishilgan holda, oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi majlisining bayonnomasi va oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrui bilan tanlovsiz davlat grantlari asosida qabul qilinadilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 24-25-son, 195-modda.