Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 9 iyuldagi PF-4224-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida"gi Farmoni boʻyicha pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 20.07.2010 y. 2123-son bilan roʻyхatga olingan Moliya vazirining 16.07.2010 y. 61-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 20 iyulda 2123-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirining

2010 yil 16 iyuldagi

61-sonli buyruiga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

2010 yil 9 iyuldagi PF-4224-sonli "Ish haqi,

pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar

miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmoni boʻyicha

pensiyalarni qayta hisoblash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 9 iyuldagi PF-4224-sonli "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻrisida"gi Farmonining 4-bandiga asosan pensiyalarni qayta hisoblash tartibini belgilaydi.


1. Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan Farmonga muvofiq 2010 yilning 1 avgustidan quyidagilarning eng kam miqdorlari belgilanadi:

eng kam ish haqi - oyiga 45 215 soʻm;

yoshga doir pensiyalar - oyiga 88 845 soʻm;

bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa - oyiga 88 845 soʻm;

zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa - oyiga 54 265 soʻm.


2. 1991 yilning 1 yanvarigacha va undan keyingi yillarda tayinlangan pensiyalarning miqdorini tenglashtirish va qayta hisoblab chiqish maqsadida, ilovaga muvofiq yangi yillar boʻyicha differensiyalangan tuzatuvchi koeffitsiyentlar oʻrnatiladi.


3. Pensiyani hisob-kitob qilish uchun eng kam ish haqining sakkiz baravaridan ortiq boʻlmagan oʻrtacha oylik ish haqi inobatga olinadi (45 215 soʻm х 8 = 361720 soʻm).


4. Yangi tuzatuvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilgan oʻrtacha oylik ish haqi miqdori eng kam oylik ish haqining sakkiz baravari va undan yuqori miqdorida boʻlgan hollarda, pensiyalarni qayta hisoblashni amalga oshirishda ish haqi miqdori eng kam ish haqining sakkiz hissasi 361 720 soʻm (45 215 soʻm х 8) bilan chegaralanib, ish stajining davomiyligiga boliq ravishda pensiyalarni hisoblash uchun qabul qilingan foizlarga koʻpaytiriladi.


5. Yoshga doir yoki I va II guruh nogironlik boʻyicha pensionerlar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Qonunning 7 va 17-moddalariga muvofiq pensiya tayinlash uchun zarur ish stajiga ega boʻlmagan taqdirda, qayta hisoblashdagi pensiya miqdori bor stajga mutanosib ravishda belgilanadi.


6. Barcha hollarda pensiyalarga ustama eng kam oylik ish haqidan kelib chiqib aniqlanadi (45 215 soʻm).


7. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasi bilan kelishilgan.






Nizomga

ILOVA



2010 yil 1 avgustdan pensiyalarni qayta hisoblashda

oʻrtacha oylik ish haqini tenglashtirish

uchun qoʻllaniladigan tuzatuvchi

KOEFFITsIYeNTLAR

     

Davrlar


Koeffitsiyentlar



Davrlar


Koeffitsiyentlar


1971 yilga qadar


1772,8


1994 yil 1 avgustdan

714,0

1971 yil


1727,6


1994 yil 1 sentyabrdan

620,7

1972 yil


1684,6


1994 yil 1 noyabrdan

481,6

1973 yil


1630,8


1995 yil 1 yanvardan

481,6

1974 yil


1521,4


1995 yil 1 martdan

243,7

1975 yil


1488,0


1995 yil 1 sentyabrdan

187,6

1976 yil


1456,1


1996 yil 1 yanvardan

187,6

1977 yil


1415,6


1996 yil 1 apreldan

139,5

1978 yil


1368,1


1996 yil 1 sentyabrdan

97,3

1979 yil


1341,2


1997 yil 1 yanvardan

97,3

1980 yil


1306,7


1997 yil 1 iyuldan

67,7

1981 yil


1282,1


1998 yil 1 yanvardan

67,7

1982 yil


1282,0


1998 yil 1 iyuldan

49,2

1983 yil


1258,4


1999 yil 1 yanvardan

40,3

1984 yil


1258,2


1999 yil 1 avgustdan

31,4

1985 yil


1243,0


2000 yil 1 avgustdan

20,49

1986 yil


1228,1


2001 yil 1 avgustdan

14,63

1987 yil


1199,0


2002 yil 1 apreldan

12,73

1988 yil


1120,1


2002 yil 1 avgustdan

11,05

1989 yil


1050,7


2003 yil 1 maydan

9,22

1990 yil


948,2


2004 yil 1 avgustdan

7,09

1991 yil


654,2


2005 yil 1 maydan

5,9

1992 yil 1 yanvardan


193,4


2005 yil 1 oktyabrdan

4,92

1992 yil 1 iyuldan


90,4


2006 yil 1 iyuldan

4,1

1992 yil 1 oktyabrdan

43,4



2006 yil 1 noyabrdan

3,42

1993 yil 1 yanvardan

32,03



2007 yil 1 avgustdan

2,73

1993 yil 1 apreldan

22,9



2007 yil 1 noyabrdan

2,48

1993 yil 1 iyundan

9,8



2007 yil 1 dekabrdan

2,28

1993 yil 1 iyuldan

6,2



2008 yil 1 apreldan

2,02

1993 yil 1 sentyabrdan

4,7



2008 yil 1 sentyabrdan

1,68

1993 yil 1 noyabrdan

2,9



2008 yil 1 noyabrdan

1,6

1994 yil 1 yanvardan

2,18



2008 yil 1 dekabrdan

1,51

1994 yil 1 martdan

1,31



2009 yil 1 avgustdan

1,21

1994 yil 1 iyundan

0,877



2009 yil 1 dekabrdan

1,14

1994 yil 1 iyuldan

871,0



2010 yil 1 avgustdan

1,0

         

                   

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 28-29-son, 247-modda.