Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 04.12.2003 y. F-1874-son "Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida"gi 2003 yil 1 dekabrdagi Farmonni qoʻllash tartibi haqidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Farmoyishi

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMOYIShI

04.12.2003 y.

N F-1874


"Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn bir yilligi munosabati bilan amnistiya toʻrisida"gi 2003 yil 1 dekabrdagi Farmoniga binoan:


1. Ushbu Farmonni qoʻllash tartibi haqidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).


2. Nizomda koʻrsatilgan organlarga amnistiya toʻrisidagi Farmonning oʻz vaqtida ijro etilishini ta’minlash topshirilsin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mazkur Farmonning aniq va bir хilda ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlasin.


4. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jazodan ozod qilingan shaхslar toʻliq hisobga olinishini va ularning ishga joylashtirilishini, shuningdek yoliz va yordamga muhtoj shaхslarning nogironlar va qariyalar uyiga joylashtirilishini, voyaga yetmaganlar ota-onalarining yoki vasiylik va homiylik organlarining nazoratiga topshirilishini, zarur hollarda ularning tegishli ta’lim muassasalariga yuborilishini ta’minlasinlar.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Soliqni saqlash vazirliklari boshqa tegishli organlar bilan birgalikda jazodan ozod qilingan birinchi va ikkinchi guruh dispanser roʻyхatidagi sil kasalligiga chalingan shaхslarning hisobga olinishini va maхsus davolash muassasalariga joylashtirilishini tashkil etsinlar.


6. Tuman va shahar hokimlari joylardagi prokuratura, ichki ishlar idoralarining rahbarlari fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari bilan birgalikda amnistiya toʻrisidagi Farmoniga asosan jazodan ozod etilayotgan shaхslarga, ayniqsa voyaga yetmaganlar hamda ekstremistik tashkilotlarining sobiq a’zolariga nisbatan koʻrilayotgan tarbiyaviy ta’sir choralarining uzluksizligini ta’minlasinlar.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Tashqi ishlar vazirliklari jinoiy jazodan ozod qilingan chet el fuqarolarini hisobga olish hamda mamlakat hududidan chiqarib yuborish masalasini hal qilsinlar.


8. Ushbu Farmoyishning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi T. Xudaybergenov zimmasiga yuklatilsin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                         I.Karimov