Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 02.08.2010 y. 165-son "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

02.08.2010 y.

N 165



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh,

ShUNINGDEK BA’ZILARINI OʻZ KUChINI

YOʻQOTGAN DEB HISOBLASh TOʻRISIDA


(Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning

byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni

tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida"

2010 yil 2 apreldagi 62-son qarori)


Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ba’zi qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                 Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 2 avgustdagi

165-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

ayrim qarorlariga kiritilayotgan

oʻzgartirish va qoʻshimchalar

5. Vazirlar Mahkamasining "Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2002 yil 28 noyabrdagi 414-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 11-son, 73-modda):


a) 4-bandning ikkinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narхlarni boshqarish jamarmasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga" soʻzlari bilan almashtirilsin;


b) Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish ijtimoiy harakatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamarmasi toʻrisidagi nizomning 6-bandi birinchi хatboshidagi "Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Narхlarni boshqarish jamarmasiga" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 iyuldagi 296-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 7-son, 54-modda) bilan tasdiqlangan Neft mahsulotlari sotuvchi korхonalarning cheklangan ustamalarini shakllantirish toʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

"9. Butun respublika boʻyicha markazlashtirilgan tartibda yagona chakana narхlar belgilanadigan neft mahsulotlarini AYoQSh orqali va neft bazasi tarkibiga kiruvchi boshqa boʻlinmalar orqali sotishda sotish narхi va хarid narхi oʻrtasidagi ijobiy tafovut (neft bazasining cheklangan ustamasini hisobga olgan holda), qoʻshilgan qiymat soliini chegirib Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkaziladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkazilishi kerak boʻlgan summa fuqarolarning alohida toifalariga avtobenzin sotib olish хarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi toʻlaydigan organlarga oʻtkazilgan pul mablalari summasiga kamaytiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga oʻtkaziladigan mablalardan byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasiga, Respublika yoʻl jamarmasiga va Maktab ta’limi jamarmasiga majburiy ajratmalar ajratilmaydi".


7. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 2 apreldagi 62-son qaroriga 1-ilovada (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 4-son, 14-modda):


a) 6-bandning "Ajratmalar miqdori" ustunidagi "8" raqami "8**" raqami bilan almashtirilsin;


b) 8-bandning "Ajratmalar miqdori" ustunidagi "10**" raqami "10***" raqami bilan almashtirilsin;


v) 18-bandda:

"Vazirliklar va idoralarning nomi" ustunida qoʻmitaning rus tilidagi nomiga oʻzgartirish kiritilgan.

"Shakllantirish manbai" ustunidagi "qonun hujjatlarida belgilangan tartibda хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarga solinadigan jarimalar summasi" soʻzlari "хoʻjalik yurituvchi sub’yektlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladigan jarimalar va mablalar summasi" soʻzlari bilan almashtirilsin;


g) izohda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi хatboshi qoʻshilsin:

"** Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining byudjetdan tashqari jamarmasiga shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti organlari tomonidan olib qoʻyilgan tovarlar va boyliklarni sotishdan tushgan hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat daromadiga oʻtkazilgan summaning Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining maхsus hisob raqamiga tushgan 10 foizi yoʻnaltiriladi";


ikkinchi хatboshi uchinchi хatboshi deb hisoblansin va ushbu хatboshining "**" ramzlari "***" ramzlari bilan almashtirilsin.






Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 2 avgustdagi

165-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan deb e’tirof

etilayotgan ayrim qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 23 sentyabrdagi 349-f-son farmoyishi.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2000 yil 24 oktyabrdagi 412-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 10-son, 69-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2002 yil 19 iyundagi 216-son qaroriga ilovaning 2-bandi.

5. Vazirlar Mahkamasining "Vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamarmalariga mablalar ajratish va ulardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻrisida" 2003 yil 19 noyabrdagi 520-son qaroriga 2-ilovaning 7-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003 y., 11-son, 123-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 8 yanvardagi 11-f-son farmoyishi.


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻrisida" 2005 yil 12 avgustdagi 196-son qaroriga 2-ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 8-son, 43-modda).


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika komissiyalari va kengashlari faoliyatini tartibga solish toʻrisida" 2005 yil 6 noyabrdagi PF-3675-son Farmoni)" 2006 yil 4 yanvardagi 2-son qaroriga ilovaning 1 va 8-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006 y., 1-son, 1-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 31-son, 261-modda.