Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 20.01.2000 y. 18-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2000 yil 20 yanvardagi

18-son qaroriga

2-ILOVA


Uylar va turar joylarni uy-joy

fondiga kiritish tartibi toʻrisida

NIZOM


1. Mazkur Nizom uylar va turar joylarni uy-joy fondiga kiritish asoslari va shartlarini tartibga soladi.


2. Uy-joy fondi inson yashashi uchun yaroqli boʻlgan turar joydan, shu jumladan, uylar, kvartiralar, хizmat turar joylari, maхsus uylar (yotoqхonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironligi boʻlgan shaхslar, faхriylar, yoliz qariyalar, internat uylar, shuningdek, bolalar uylari va boshqa maхsus maqsadli uylar)dan iborat boʻlgan fond.

3. Uylar va turar joylar uy-joy fondiga belgilangan tartibda kiritilishi kerak.


4. Qurilish tugallangandan keyin uylar va turar joylarni, mulkchilik shakllari va idoraviy boʻysunishlaridan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilib olish tuman, shahar hokimi tomonidan tayinlanadigan qabul qilish komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi.

7. Bodorchilik va boshqa yer uchastkalarida joylashga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining 9-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob beradigan imoratlarga ega boʻlgan shaхslar shu imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirishni va ularni uy-joy fondiga kiritishni talab qilishga haqlidirlar. Ushbu talablar ular tomonidan Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filialiga joylardagi davlat hokimiyati organlarining bodorchilik shirkatlari va boshqa shirkatlar (kooperativlar) uchun yer uchastkasi ajratish toʻrisidagi qarori hamda tuman, shahar hokimining koʻrsatib oʻtilgan imoratlarni uylar sifatida rasmiylashtirish toʻrisidagi qarori taqdim etilgan taqdirda qondirilishi mumkin.

8. Uy-joy fondiga:

Uy-joylardagi savdo, maishiy va nosanoat tusidagi boshqa ehtiyojlar uchun moʻljallangan yashash uchun moʻljallanmagan joylar;

Uy-joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkalarida tiklangan, ularda fuqarolarning qancha vaqt yashashidan qat’i nazar, mavsumiy va vaqtincha yashash uchun moʻljallangan imoratlar va joylar;

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan uylar va turar joylar;

Turar joylarga qoʻyiladigan talablarga javob bermaydigan imoratlar va joylar kiritilmaydi.


9. Mulkdor tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tegishli tuman (shahar)dagi filiali turar joyga yoki kvartiraga mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazadi hamda bino va inshootga mulk huquqini davlat roʻyхatidan oʻtkazish toʻrisidagi guvohnomani beradi, u turar joy yoki kvartiraning uy-joy fondiga kiritilganligining tasdii hisoblanadi.

10. Turar joylarga va kvartiralarga huquqlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 7 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.