Moliya vazirligining 75-son, Adliya vazirligining 14-son "Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 07.09.2010 y. Qarori (AV tomonidan 21.09.2010 y. 2142-son bilan roʻyхatga olingan)
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN
ROʻYXATGA OLINGAN
21.09.2010 y.
N 2142
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYa VAZIRLIGINING 07.09.2010 y. N 75 |
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYa VAZIRLIGINING 07.09.2010 y. N 14 |
QARORI
Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi
nizomni tasdiqlash haqida
(2010 yil 1 oktyabrdan kuchga kiradi)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 1 noyabrdagi PQ-722-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-teхnika jihatidan va moliyaviy ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 45-son, 451-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Adliya vazirligi QAROR QILADI:
1. Ijro yigʻimini qaytarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri
|
R. Azimov |
Adliya vaziri |
R. Muhitdinov |
"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 38-son, 336-modda.