Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.10.2010 y. 222-son "2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, targʻib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.10.2010 y.

N 222




2010-2020 YILLARDA NOMODDIY

MADANIY MEROS OB’YeKTLARINI

MUHOFAZA QILISh, ASRASh, TARIB

QILISh VA ULARDAN FOYDALANISh

DAVLAT DASTURINI TASDIQLASh

TOʻRISIDA


"Madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. 2010-2020 yillarda nomoddiy madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, asrash, tarib qilish va ulardan foydalanish Davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda Davlat dasturi) 1-ilovaga;

Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha Ishchi guruh tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi Davlat dasturini amalga oshirish boʻyicha asosiy ijrochi sifatida belgilanib, unga:

Davlat dasturi monitoringini yuritish;

muntazam ravishda har bir yil yakunida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga hisobotlarni taqdim etish;

Respublika хalq ijodiyoti va madaniy-ma’rifiy ishlar ilmiy-metodik markazining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash;

Oʻzbekiston Respublikasining nomoddiy madaniy merosni muhofaza qilish borasida har olti yilda YuNESKOga taqdim etiladigan hisobotlarini tayyorlash vazifalari yuklansin.


3. Belgilansinki, Davlat dasturini moliyalashtirish bilan boliq хarajatlar Davlat byudjetidan ajratilgan mablalar doirasida, shuningdek, homiylar mablalari va byudjetdan tashqari boshqa mablalar hisobidan amalga oshiriladi.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev



*) 2-ilova berilmaydi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 40-41-son, 345-modda.