Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Adliya vazirining 20.10.2010 y. 223-mх-son "Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 20.10.2010 y. 2149-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

20.10.2010 y.

N 2149




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRINING

20.10.2010 y.

N 223-mh


BUYRUI


Notarius stajyorining faoliyatini tashkil

etish tartibi toʻrisidagi nizomni

tasdiqlash haqida


(2010 yil 30 oktyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida"gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 13 apreldagi PQ-3666-son "Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga muvofiq BUYuRAMAN:

1. Notarius stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hay’atining 2006 yil 8 noyabrdagi 29-son "Oʻzbekiston Respublikasi davlat notarial idoralarida stajirovka oʻtash tartibi toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 1638, 2006 yil 8 noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006 y., 45-son, 451-modda) Adliya vazirligi Hay’atining 2010 yil 18 oktyabrdagi 25/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.


3. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.


4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy aхborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDYo va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaхslarga yetkazilishi va "Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami" - "Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan"da nashr etilishini ta’minlasin.


5. Mazkur buyruq davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.


6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Ye. Kanyazov zimmasiga yuklansin.



Vazir                                                                                   R. Muhitdinov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 42-43-son, 369-modda.