Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.1999 y. 397-son "Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish va qaytadan boshlash tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

20.08.1999 y.

N 397



QURILIShI TUGALLANMAGAN OB’YeKTLAR

VA ASOSIY FONDLAR QURILIShINI VAQTINChA

TOʻXTATIB QOʻYISh VA QAYTADAN BOShLASh

TARTIBINI TASDIQLASh TOʻRISIDA


Vazirlar Mahkamasining "Kapital qurilishda iqtisodiy islohatlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 1998 yil 3 sentyabrdagi 375-son qaroriga muvofiq, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududida Qurilishi tugallanmagan ob’yektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish va qaytadan boshlashning  yagona tartibini belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Qurilishi tugallanmagan  ob’yektlar va asosiy fondlar qurilishini vaqtincha toʻхtatib qoʻyish va qaytadan boshlab tartibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Isayev zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                    I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami", 1999 y., N 8, 48-modda.