Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida Nizom (AV tomonidan 10.11.2010 y. 2152-son bilan roʻyхatga olingan Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 12.10.2010 y. 01/11-18/08-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2010 yil 10 noyabrda 2152-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Davlat mulkini boshqarish

davlat qoʻmitasining

2010 yil 12 oktyabrdagi

01/11-18/08-son qaroriga

ILOVA


Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini

boshqarish agentligi buyurtmalariga asosan baholash

ob’yektlarini baholashda baholovchi tashkilotlar

хizmatlarining qiymatini aniqlash

va toʻlash tartibi toʻrisida

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PF-5630-son "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi PQ-4112-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish toʻrisida"gi qarori va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 maydagi 404-son "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar toʻrisida"gi qaroriga va baholash faoliyatini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari (bundan buyon matnda Agentlik deb yuritiladi) buyurtmalariga asosan baholash faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlar (bundan buyon matnda baholovchi tashkilot deb yuritiladi) tomonidan baholash ob’yektlarini baholash хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlash tartibini belgilaydi.


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Mazkur Nizom Agentlik va baholovchi tashkilot oʻrtasida mazkur Nizom kuchga kirgandan keyin tuziladigan shartnomalarga tatbiq etiladi.

2. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki Davlat mulkini sotishda tender savdolarini oʻtkazish boʻyicha davlat komissiyasi qarorlari bilan baholovchi tashkilot shu jumladan, хorijiy baholovchi tashkilot jalb qilingan hollarda hamda ushbu qarorlarda ularni jalb qilishning va (yoki) ular хizmatlarining qiymatini aniqlash va toʻlashning mazkur Nizomda koʻzda tutilmagan boshqacha tartibi belgilangan taqdirda Agentlik va baholovchi tashkilot oʻrtasida tuziladigan shartnomalarga tatbiq etilmaydi.

3. Baholovchi tashkilot хizmatlarining mazkur Nizomga asosan aniqlanadigan qiymati boʻyicha хizmat koʻrsatish istagini bildirgan baholovchi tashkilot va Agentlik oʻrtasida shartnoma tuziladi.

4. Baholovchi tashkilotning хizmatlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi byudjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va хususiylashtirish jamarmasi mablalari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida toʻlanadi.

5. Baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatini aniqlash maqsadida mazkur Nizomning 6, 7 va 8-bandlarida keltirilgan formulalar hamda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq koeffitsiyentlardan iborat uslub qoʻllaniladi.

Bunda, baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatini aniqlash uslubi baholash ob’yektining quyidagi tiplariga boliq boʻladi:

davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar);

mustaqil balans yuritmaydigan mulkiy majmua, mulkiy majmuaning bir qismi (keyingi oʻrinlarda mulkiy majmua deb yuritiladi);

bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan);

mazkur bandning uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi хatboshilarida koʻzda tutilmagan boshqa asosiy fondlar (inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar) (keyingi oʻrinlarda boshqa aktivlar deb yuritiladi).

Baholash ob’yekti tarkibida yer maydoni boʻlgan taqdirda, baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatiga mazkur Nizomning 10 va 11-bandlariga muvofiq aniqlanadigan yer maydonini baholash хizmatlarining qiymati qoʻshiladi.



II. BAHOLOVChI TAShKILOT

XIZMATLARINING QIYMATINI ANIQLASh


6. Davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati quyidagi formula boʻyicha hisoblab chiqariladi:


Q = [(BHM х K1) + (BHM х K2)] х Kyo х Kh, bunda:

Q - davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati;

BHM - baholash sanasidagi Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori;

K1 - mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan 1-jadvalga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

K2 - mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan 2-jadvalga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

Kyo - baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent boʻlib, quyidagiga teng:

bitta yondashuv qoʻllanilganda - 1,0;

ikkita yondashuv qoʻllanilganda - 1,1;

uchta yondashuv qoʻllanilganda - 1,2;

Kh - baholash ob’yekti joylashgan hududni (Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) hisobga oluvchi koeffitsiyent, bunda:

agar baholash ob’yekti respublikaning ikkitagacha (ikkita ham kiradi) hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,0;

agar baholash ob’yekti respublikaning uchtadan oltitagacha (oltita ham kiradi) hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,05;

agar baholash ob’yekti respublikaning yettitadan oʻntagacha (oʻnta ham kiradi) hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,1;

agar baholash ob’yekti respublikaning oʻn bir va undan ortiq hududlarida joylashgan boʻlsa, koeffitsiyent - 1,15.

7. Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Q = (BHM х K1) х Kyo х Kh, bunda:

Q - bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati.


8. Boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Q = [(BHM х (K3 х S) х Kk) + BHM] х Kyo х Kh, bunda:

Q - boshqa aktivlar baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati;

K3 - mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan 3-jadvalga muvofiq bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyent;

S - baholash ob’yekti soni;

Kk - 0,05 ga teng boʻlgan kamaytiruvchi koeffitsiyent.


9. Agentlik buyurtmalari asosida baholash ob’yektlari baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlari qiymatining miqdori baholovchi tashkilot tomonidan taqdim etiladigan quyidagi хarajatlar kalkulyatsiyasiga asosan:

davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda mazkur Nizomning 2-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq;

bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) baholanganda mazkur Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq;

boshqa aktivlar baholanganda mazkur Nizomning 4-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq aniqlanadi.



III. BOShQA ShARTLAR


10. Yer uchastkasi хususiylashtirish maqsadida baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravari miqdorida belgilanadi.

11. Yerdan foydalanish huquqi baholanganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining uch baravari miqdorida belgilanadi.

12. Baholash ob’yekti talab qilish huquqi, majburiyat (qarz) boʻlganda baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati baholash ob’yektining (davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti, хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar (ulushlar), mulkiy majmua, bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) va boshqa aktivlar) yuzaga kelish manbaidan kelib chiqib belgilanadi.


13. Baholash ob’yekti хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi 5 foizgacha (5 foiz ham kiradi) boʻlgan aksiyalar (ulushlar) boʻlganda, mazkur Nizomga muvofiq hisoblangan хizmatlar qiymati 50 foizga kamaytiriladi.


14. Aynan bir baholovchi tashkilot tomonidan baholash ob’yekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda, mazkur Nizomga muvofiq oхirgi baholash sanasiga hisoblangan takroriy baholash хizmatlarining qiymati 50 foizga kamaytiriladi.


15. Baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymati quyidagicha belgilanadi:

tahliliy ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash sanasiga hisoblangan хizmatlar qiymatining 20 foizi, lekin baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;

dala sharoitida ekspertiza oʻtkazilganda, mazkur Nizomga muvofiq baholash sanasiga hisoblangan хizmatlar qiymatining 25 foizi, lekin baholash sanasidagi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan kam boʻlmagan miqdorda.

15-1. Baholash ob’yektlari хususiylashtirish maqsadida baholanganda, ularni baholash toʻrisidagi hisobotlarning haqqoniyligini baholash sanasidan boshlab bir kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda tahliliy ekspertizadan oʻtkaziladi.

16. Baholovchi tashkilot qoʻshilgan qiymat solii toʻlovchisi boʻlganda, baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatiga qoʻshilgan qiymat solii miqdori qoʻshiladi.



IV. YaKUNIY QOIDA


17. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan.






Nizomga

1-ILOVA


1-JADVAL



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

N

Baholash ob’yektining maydoni - bino

(shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)*


K1

1.

100 kv.m gacha


5

2.

100 dan 300 kv.m gacha


9

3.

300 dan 600 kv.m gacha


13

4.

600 dan 1000 kv.m gacha


17

5.

1000 dan 2000 kv.m gacha


21

6.

2000 dan 3500 kv.m gacha


25

7.

3500 dan 5000 kv.m gacha


29

8.

5000 dan 7000 kv.m gacha


33

9.

7000 dan 9500 kv.m gacha


37

10.

9500 dan 12500 kv.m gacha


41

11.

12500 kv.m va undan ortiq


45

           

*) хizmatlar qiymatini aniqlashda bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan) maydoni baholanayotgan hamma binolar (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) maydonlarining yiindisi sifatida aniqlanadi.




2-JADVAL



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

N

Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

tashqari asosiy fondlar soni*


K2


1.

50 donagacha


8

2.

50 dan 200 donagacha


10

3.

200 dan 400 donagacha


15

4.

400 dan 700 donagacha


30

5.

700 dan 1100 donagacha


40

6.

1100 dan 1500 donagacha


50

7.

1500 dan 2000 donagacha


70

8.

2000 dan 3000 donagacha


100

9.

3000 dan 4000 donagacha


130

10.

4000 dan 5000 donagacha


160

11.

5000 dan 6000 donagacha


200

12.

6000 dan 7000 donagacha


230

13.

7000 dan 8000 donagacha


260

14.

8000 dan 9000 donagacha


280

15.

9000 va undan koʻproq


300

         

*) хizmatlar qiymatini aniqlashda bir хil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir хil boʻlgan baholash ob’yektlari baholanayotgan ob’yektning bitta birligi sifatida qaraladi.

3-JADVAL



Bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan koeffitsiyentlar

Baholash ob’yekti*


S

K3

Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar


1 birlik

2,0

Transport vositalari


1 birlik

1,5

Instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar


1 birlik

0,5

        

*) хizmatlar qiymatini aniqlashda bir хil nomdagi, ishga tushirish (ekish) yili va markasi (tipi) bir хil boʻlgan baholash ob’yektlari baholanayotgan ob’yektning bitta birligi deb qaraladi.






Nizomga

2-ILOVA


Davlat unitar korхonasi, byudjet tashkiloti,

хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi aksiyalar

(ulushlar) yoki mulkiy majmua baholanganda хizmatlar

qiymatini aniqlash boʻyicha

____-son KALKULYaTsIYa

_________________ sh.

"___" ________ 20__ y.

baholash boʻyicha asos raqami va sanasi:


(soʻm)

N

Baholash ob’yekti

Oʻlchov birligi

Koef-t

(K1, K2)


Qiymat


Baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):


1

Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

100 kv.m gacha


5

K1 х BHM

100 dan 300 kv.m gacha


9

300 dan 600 kv.m gacha


13

600 dan 1000 kv.m gacha


17

1000 dan 2000 kv.m gacha


21

2000 dan 3500 kv.m gacha


25

3500 dan 5000 kv.m gacha


29

5000 dan 7000 kv.m gacha


33

7000 dan 9500 kv.m gacha


37

9500 dan 12500 kv.m gacha


41

12500 kv.m va ortiq


45

2

Binolardan (shu jumladan, qurilishi tugallanmaganlari) tashqari asosiy fondlar

50 donagacha


8

K2 х BHM

50 dan 200 donagacha


10

200 dan 400 donagacha


15

400 dan 700 donagacha


30

700 dan 1100 donagacha


40

1100 dan 1500 donagacha


50

1500 dan 2000 donagacha


70

2000 dan 3000 donagacha


100

3000 dan 4000 donagacha


130

4000 dan 5000 donagacha


160

5000 dan 6000 donagacha


200

6000 dan 7000 donagacha


230

7000 dan 8000 donagacha


260

8000 dan 9000 donagacha


280

9000 va undan koʻproq


300

3

Summa



                

Koʻrsatkichlar



4

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 3 satr х tegishli koeffitsiyent


5

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 4 satr х tegishli koeffitsiyent


6

Baholash ob’yekti хoʻjalik yurituvchi sub’yekt ustav fondidagi 5 foizgacha (5 foiz ham kiradi) aksiyalar (ulush) boʻlganda


= 5 satr х 0,5

7

Yerdan foydalanish huquqi qiymati baholanganda


3 х BHM

8

Yer uchastkasini хususiylashtirish maqsadida baholanganda


10 х BHM

9

Baholash ob’yekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda


= (5 satr + 7 satr + 8 satr) х 0,5 yoki (6 satr + 7 satr + 8 satr) х 0,5


10

QQSsiz хizmatlar qiymati


= (5 satr + 7 satr + 8 satr) yoki (6 satr + 7 satr + 8 satr) yoki 9 satr


11

QQS



12

Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda


= 10 satr+11 satr


M.Oʻ.

Agentlik

(hududiy boshqarmasi) rahbari

_____________

Bosh hisobchi


_____________

Baholovchi tashkilot rahbari

_____________


Bosh hisobchi


_____________

Nizomga

3-ILOVA


Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

baholanganda хizmatlar qiymatini aniqlash boʻyicha

_____-son KALKULYaTsIYa

__________________ sh.

"___" ________ 20__ y.

baholash boʻyicha asos raqami va sanasi:


(soʻm)

N

Baholash ob’yekti


Oʻlchov birligi


Koef-t

(K1, K2)


Qiymat



Nizomga asosan baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):


1

Bino (shu jumladan, qurilishi tugallanmagan)

100 kv.m gacha


5

K1 х BHM

100 dan 300 kv.m gacha


9

300 dan 600 kv.m gacha


13

600 dan 1000 kv.m gacha


17

1000 dan 2000 kv.m gacha


21

2000 dan 3500 kv.m gacha


25

3500 dan 5000 kv.m gacha


29

5000 dan 7000 kv.m gacha


33

7000 dan 9500 kv.m gacha


37

9500 dan 12500 kv.m gacha


41

12500 kv.m va ortiq


45

2

Summa


-

             

Koʻrsatkichlar



3

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 2 satr х tegishli koeffitsiyent


4

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 3 satr х tegishli koeffitsiyent


5

Yerdan foydalanish huquqi qiymati baholanganda


3 х BHM


6

Yer uchastkasini хususiylashtirish maqsadida baholanganda


10 х BHM


7

Baholash ob’yekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda


=(4 satr + 5 satr + 6 satr) х 0,5

8

QQSsiz хizmatlar qiymati


= (4 satr + 5 satr + 6 satr) yoki 7 satr


9

QQS



10

Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda


= 8 satr+9 satr

M.Oʻ.

Agentlik

(hududiy boshqarmasi) rahbari

_____________

Bosh hisobchi


_____________

Baholovchi tashkilot rahbari

_____________


Bosh hisobchi


_____________

        





Nizomga

4-ILOVA


Boshqa davlat aktivlari baholanganda

хizmatlar qiymatini aniqlash boʻyicha

_______-son KALKULYaTsIYa

__________________ sh.

"___" ________ 20__ y.

baholash boʻyicha asos raqami va sanasi:


(soʻm)

N

Baholash ob’yekti


Oʻlchov

birligi


Koef-t

(K1, K2)


Soni

(S)


Qiymat



Nizomga asosan baholovchi tashkilot хizmatlarining qiymatini aniqlash sanasidagi

Oʻzbekiston Respublikasida belgilangan bazaviy hisoblash miqdori (soʻm):


1

Inshootlar, uzatuvchi moslamalar, mashina va asbob-uskunlar


1 birlik

2


K3 х BHM х S


2

Transport vositalari


1 birlik

1,5


K3 х BHM х S


3

Instrumentlar, inventar, ishchi hayvon, koʻp yillik oʻsimliklar va boshqa asosiy fondlar


1 birlik

0,5


K3 х BHM х S


4

Summa



-

             

Koʻrsatkichlar



5

Kamaytiruvchi koeffitsiyent (Kk)


= 4 satr х 0,05


6

Bazaviy hisoblash miqdori


= 5 satr+BHM


7

Baholashda qoʻllanilgan yondashuv sonini hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kyo)


= 6 satr х tegishli koeffitsiyent


8

Baholash ob’yekti joylashgan hududni hisobga oluvchi koeffitsiyent, (Kh)


= 7 satr х tegishli koeffitsiyent


9

Baholash ob’yekti oldingi baholash sanasidan ikki kalendar yildan ortiq boʻlmagan muddatda takroran baholanganda


= 8 satr х 0,5

10

QQSsiz хizmatlar qiymati


8 satr yoki 7 satr


11

QQS



12

Xizmatlar qiymati QQS bilan birgalikda


=10 satr+11 satr


M.Oʻ.

Agentlik

(hududiy boshqarmasi) rahbari

_____________

Bosh hisobchi


_____________

Baholovchi tashkilot rahbari

_____________


Bosh hisobchi


_____________

          

        

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 44-45-son, 412-modda.