Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 29.10.2010 y. 240-son "Vazirlar Mahkamasining "Reklama toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2000 yil 26 iyundagi 243-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

29.10.2010 y.

N 240


VAZIRLAR MAHKAMASINING

"REKLAMA TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA

OShIRISh ChORA-TADBIRLARI HAQIDA"

2000 YIL 26 IYuNDAGI 243-SON QARORIGA

OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR

KIRITISh HAQIDA


"Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik toʻrisidagi kodeksining 178-1-moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Vazirlar Mahkamasining "Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida" 2000 yil 26 iyundagi 243-son qaroriga 2-ilovaga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000 y., 6-son, 32-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin:


a) 5-bandda:

"Reklama toʻrisidagi qonun hujjatining talablari" ustunidagi "Matbuot nashrlarida tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamasini cheklash" soʻzlari "Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklama qilinishiga yoʻl qoʻymaslik" soʻzlari bilan almashtirilsin;

"Qonun hujjatlari talablari bajarilishi uchun mas’ul boʻlgan davlat boshqaruvi va joylardagi davlat hokimiyati organlarining nomi" ustuniga "Oʻzbekiston MTRK, Oʻzbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi, mahalliy davlat hokimiyati organlari" soʻzlari qoʻshilsin.


b) 6-bandda:

"Reklama toʻrisidagi qonun hujjatining talablari" ustunidagi "Tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklar reklamalarini tashqi joylashtirishni nazorat qilish" soʻzlari chiqarib tashlansin;

"Reklama toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni moddasi" ustunidagi "23-modda" soʻzlari chiqarib tashlansin.


2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                               Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 44-45-son, 380-modda.


“Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami”, 2010 yil, 10-son, 54-modda