Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.06.2001 y. 14/13-son "Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron aхborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻgʻrisida Yoʻriqnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori (AV tomonidan 09.07.2001 y. 1047-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

09.07.2001 y.

N 1047




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.06.2001 y.

N 14/13


QARORI



Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda

elektron aхborotlarni muhofazalashni tashkil

etish toʻrisida yoʻriqnomani tasdiqlash toʻrisida


(2001 yil 19 iyuldan kuchga kiradi)


“Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron aхborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻrisida”gi Yoʻriqnomasini tasdiqlash toʻrisida “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron aхborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻrisida”gi Yoʻriqnoma loyihasini koʻrib chiqib va muhokama qilib, Boshqaruv QAROR QILADI:


1. “Oʻzbekiston Respublikasi hududida banklarda elektron aхborotlarni muhofazalashni tashkil etish toʻrisida”gi yoʻriqnoma tasdiqlansin.


2. Xavfsizlik va aхborotni muhofaza qilish departamenti (B.J.Jumayev) Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H.Nurmurotov) bilan birgalikda ushbu Yoʻriqnomani oʻrnatilgan tartibda Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilishini ta’minlasin.


3. Bank tizimida metodologiya ishlarini muvofiqlashtirish departamenti (H.Nurmurotov) Markaziy bank Xududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklariga ushbu Yoʻriqnomani ijro uchun yuborilishini ta’minlasin.


4. Markaziy bankning Xududiy Bosh boshqarmalari va barcha tijorat banklari rahbarlari elektron aхborotlarni muhofazalashni ushbu Yoʻriqnoma talablari asosida yuritilishini ta’minlasinlar.


5. Mazkur qaror qonuniy kuchga kirganidan soʻng, 1996 yil 12 yanvardagi 183-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi banklari elektron-toʻlov tizimida aхborotlar muhofazalashni tashkil etish haqida metodik koʻrsatmalar” va Markaziy bank Boshqaruvining 2001 yil 19 maydagi 11/7- va 11/8-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Rais oʻrinbosari A.V.Akmalov zimmasiga yuklatilsin.