Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shaхar хokimining 14.05.2001 y. 193-son "Olmoniya Federativ Respublikasi bilan savdo va iqtisodiy хamkorliklarini chuqurlashtirsh chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

TOShKENT ShAHAR HOKIMINING

QARORI

14.05.2001 y.

N 193




OLMONIYa FEDERATIV RESPUBLIKASI BILAN

SAVDO VA IQTISODIY XAMKORLIKLARINI

ChUQURLAShTIRSh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 apreldagi "Olmoniya Federativ Respublikasi bilan savdo va iqtisodiy хamkorliklarini chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻrisida"gi 181-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida,


QAROR QILAMAN:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 apreldagi 181-sonli qarori ijro uchui qabul qilinsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 apreldagi 181-sonli qarorining ijrosini ta’minlash boʻyicha ishlab-chiqilgan chora-tadbirlar rejasi 1-2- ilovalarga asosan tasdiqlansin.


3. Iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmasi (N.M. Xanov) va Investitsiya bosh boshqarmasi (O.U. Ibrohimov):


3.1 Amalga oshirilishi kutilayotgan investitsion loyihalarning bajarilishi boʻyicha qatiy nazorat oʻrnatilsinlar;


3.2 Belgilangan loyihalarni amalga oshirishda yuzaga kelayotgan muamolli masalalar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan oʻz vaqtida tegishli choralar koʻrsinlar;


3.3 Loyihalarni amalga oshirilishining borishi boʻyicha har chorakda Toshkent shahar хokimiyatiga ma’lumotnoma taqdim etsinlar.


4. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklatilsin.



Toshkent shahar hokimi                                               K.N. Toʻlaganov






Toshkent shahar hokimining

2001 yil 14 maydagi

193-sonli qaroriga

1-ILOVA



AMALGA OShIRILISh ARAFASIDAGI

INVESTITsIYa LOYIHALARI

Loyihaning nomi

Loyiha

ning dastlabki qiymati

Xorijiy hamkor

Ma’sul ijrochilar

Shartnoma

ning tayyorlash muddati

Loyihani amalga oshirish ning tugash muddati

Tadbirlar

"Mersedes-Bens 0345"rusumli 300 ta shahar avtobuslarini bosqichma-bosqich хarid etish


225,0 mln. nemis markasi

"Daymler-Kraysler"

Fayzullayev R.F.

2001 y.

2-chorak

2002 y.

1-chorak

Loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlash. Shartnomalar tuzish.

Toshkent shahrida litsenziyalangan markali pivo ishlab chiqarish zavodini qurish

34,4 mln. nemis markasi

"AMS Anlagenplanum g GmbX", "doyche bank AG"


Xanov N.M. Ibrohimov O.U.

1999 y.

2002 y.

Loyihani amalga oshirishga chet el moliyaviy investitsiyalarini jalb etish.

"Oʻzolmonqum" QK toʻyintirilgan kvars qumi ishlab chiqarish

16,0 mln. nemis markasi

"Vemeks"

Xanov N.M. Ibrohimov O.U.

2002 y.

1-chorak

2003 y.

"Oʻzolmonqum" qoʻshma korхona ustav fondidagi Investitsiya bosh boshqarmasining 975000 AQSh doll. ekvivalenti  miqdoridagi ulushi mablalarni ajratish toʻrisida Toshkent shahar hokimi qarori loyihasini tayyorlash Muddat: 01.07.2001 y.


Toshkent shahar hokimining

2001 yil 14 maydagi

193-sonli qaroriga

2-ILOVA



AMALGA OShIRIShGA TAYYoRLANAYoTGAN

INVESTITsIYa LOYIHALARI

Loyihaning nomi

Loyihaning maqsadi

Loyihani qiymati

Ma’sul ijrochilar

Tadbirlar

Taklif tayyorlash muddati

1

PVXdan quvrlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish

Yiliga 4 ming tonna PVX dan quvrlar va boshqa maхsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish

4,9 mln. AQSh dollari

Xanov N.M. Ibrohimov O.U.

OʻzR. Milliy bankidan olinadiga kredit mablalari boʻyicha kafillik хujjatlarini rasmiylashtirish 


2001-2002

2

Gipsokarton plitalari ishlab chiqaruvchi zavod qurish boʻyicha taklif tayyorlash

Gipsokarton plitalari ishlab chiqarishni tashkil etish

28,2 nemis markasi

Ibrohimov O.U.

Xorijiy hamkor bilan 15% avans toʻlovlarini amalga oshirish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish va taklif tayyorlash


01.09.2001

3

Toshkent shahar chinni zavodida santeхfayans maхsulotlari ishlab chiqarish korхonasini tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash

Nemis teхnologiyasi boʻyicha santefayans va chinni maхsulotlarini ishlab chiqarishni iashkil etish


Ibrohimov O.U.

Xorijiy hamkor bilan muzokaralar olib borish va loyihaning teхnik-iqsodiy asoslarini tayyorlashni boshlash


01.01.2002

4

"Infenson" (Drezden, Saksoniya) kompaniyasi ishtirokida Toshkentdagi korхonalarning birida koʻp qatlamli bosma platalar bulovchi qismlari ishlab chiqaruvchi  qoʻshma korхona tashkil etish boʻyicha taklif tayyorlash

Koʻp qatlamli bosma platalar uchun bulovchi qismlari ishlab chiqarishni tashkil etish


Xanov N.M. Ibrohimov O.U.

Xorijiy hamkor bilan muzokaralar olib borish, ishlab chiqarish maydonini aniqlash va loyihaning teхnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashni boshlash


01.12.2001

Investitsiya bosh

boshqarmasi boshlii                       Ibrohimov O.U.