Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Markaziy bank Boshqaruvining 23.10.2010 y. 34/8-son "Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori (AV tomonidan 19.11.2010 y. 2155-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

19.11.2010 y.

N 2155




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING

23.10.2010 y.

N 34/8


QARORI



Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat

koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi

toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida


(2010 yil 29 noyabrdan kuchga kiradi)


Oʻzbekiston Respublikasining "Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻrisida" (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi, 1995 yil, 12-son, 247-modda) va "Elektron toʻlovlar toʻrisida"gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 yil, 51-son, 373-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi QAROR QILADI:


1. Bank hisobvaraqlariga masofadan хizmat koʻrsatish tizimlarida ishlash tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Ushbu qaror kuchga kirgan kundan boshlab quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 1998 yil 27 iyundagi 11/10-sonli "Hisob-kitoblarni "Bank-Mijoz" dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 497, 1998 yil 8 oktyabr);

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2007 yil 24 apreldagi 12/4-sonli "Hisob-kitoblarni "Bank-Mijoz" dasturiy majmuasi orqali amalga oshirish toʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida"gi qarori (roʻyхat raqami 497-1, 2007 yil 17 may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlar toʻplami, 2007 yil, 19-20-son, 210-modda).


3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyхatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.



Markaziy bank raisi                                                      F. Mullajonov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 47-son, 438-modda.