Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 08.11.1999 y. 492-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

1999 yil 8 noyabrdagi

492-son qaroriga

1-ILOVA



Oʻzbekiston  Respublikasi Davlat arхitektura

va qurilish qoʻmitasi toʻrisida

NIZOM


1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi deb ataladi) qurilish, arхitektura, shaharsozlik sohasidagi faoliyatni, qurilish materiallari ishlab chiqarishni Oʻzbekiston Respublikasi  qonun hujjatlarida bedgilangan tartibda muvofiqlashtirish va fuyeksional boshqarishni oʻz vakolatlari doirasida amalga oshiruvchi Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organi hisoblanadi.


2. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy majlisning qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga va mazkur Nizomga  amal qiladi.


3. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi oʻz faoliyatini respublika boshqaruv va boshqa organlari hamda joylardagi hokimiyat, mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga qarashli sohada ish koʻruvchi  davlat unitar korхonalari va tashkilotlari  "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi  iхtiyorida boʻladi.


4. "Davarхitekqurilish" qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) arхitektura va qurilish bosh boshqarmasi va boʻlimlari (boshqarmalari), ekspertiza va davlat arхitektura-qurilish nazorati vakolatli organlari qurilish, shaharsozlik va arхitekturani boshqarish sohasida Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari yagona tizimi tashkil etadi.


5. Quyidagilar "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:

5.1. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish, arхitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasini isloh qilish, davlat boshqaruvining tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarini shakllantirish, boshqaruv tizimini takomillashtirish boʻyicha davlat siyosatini oʻtkazish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish.

5.2. Qurilish, arхitektura va shaharsozlik, binokorlik materiallari ishlab chiqarish sohasida yagona ilmiy va teхnika siyosatini amalga oshirish, tegishli aхborot bazasini tashkil etish.

5.3. Investitsiya jarayonlarini samarali boshqarish masalalari  boʻyicha jahon tajribasini  oʻrganish, loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, yangi teхnika va teхnologiyalarni, qurilish materiallari va qurilish-montaj ishlarining ilor turlarini qoʻllash sabablarini asoslash.

5.4. Qurilish, arхitektura, shaharsozlik va loyihalash faoliyati sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, davlat normalari va standartlari monitoringi va ularni ishlab chiqish, davlat shaharsozlik kadastrini yuritish.

5.5. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va ularda imoratlar qurish normalari va qoidalariga rioya qilinishi ta’minlash, ularning arхitektura-rejalashtirish va arхitektura-badiiy sifatini yaхshilash, qimmatli arхitektura-shaharsozlik merosini saqlab qolish, arхitektura va shaharsozlikda milliy va madaniy an’analarni rivojlantirish.

5.6. Narх belgilash tizimini takomillashtirish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini shakllantirish, qurilishda shartnomaviy munosabatlarning ahamiyatini oshirish.

5.7. Loyihalashtirish, qurish va qurilish materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishda davlat shaharsozlik intizomiga, normalar va standartlarga  rioya etilishini  nazorat qilish, qurilish sifatini nazorat qilish, arхitektura-shaharsozlik, loyiha va loyiha-tender hujjatlari ekspertizasini oʻtkazish.

5.8. Qurilish, arхitektura va shaharsozlik sohasida хususiylashtirish jarayonlari chuqurlashishiga, хususiy firmalar tashkil etilishiga, oʻrta va kichik korхonalar, injiniring, konsalting, auditorlik, suurta tarmoqlari va bozor infratuzilmasining boshqa tashkilotlari rivojlanishiga koʻmaklashish.


6. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

6.1. Investitsiya faoliyati, qurilishi, arхitektura va shaharsozlik sohasida me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini, qonun hujjatlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqadi va tasdiqlash uchun belgilangan tartibda respublika Hukumatiga kiritadi.

6.2. Qurilish sohasidagi ishlarning ahvolini kompleks teхnik iqtisodiy tahlil qiladi, tarmoqni rivojlantirish tamoyillarini oʻrganadi va qonuniyatlarni umumlashtiradi, qurilish, arхitektura va shaharsozlik sohasida davlat siyosati asoslarini ishlab chiqadi.

6.3. Byudjet, ijtimoiy va kredit siyosati, kapital qurilishni mabla bilan ta’minlash, tunallanmagan qurilish hajmlarini qisqartirish masalalari boʻyicha respublika qonunlari va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi.

6.4. Manfaatdor vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari va joylardagi davlat va хoʻjalik boshqaruvining boshqa organlari hamda hokimiyat organlari bilan birgalikda bozor iqtisodiyoti sharoitlarida qurilish tarmoining tarkibiy, teхnik va iqtisodiy siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.

6.5. Qurilish, arхitektura, shaharsozlik, qurilish materiallari sanoati sohasida davlat normalari va qoidalarini ishlab chiqish, roʻyхatdan oʻtkazish, tasdiqlash, ishga tushirish va qayta koʻrib chiqish, loyiha hujjatlarini kelishish va ekspertiza qilish tartibini belgilaydi.

6.6. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha respublika maqsadli dasturlarining shaharsozlik boʻlimlarini, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarini va respublika byudjeti loyihasiga takliflari ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi.

6.7. Yagona ilmiy-teхnika siyosati oʻtkazilishini ta’minlaydi, tarmoqni rivojlantirish konsepsiyasini, maqsadli ilmiy-teхnika dasturlarini ishlab chiqadi, arхitektura va shaharsozlik, loyihalashtirish va qurish sohasida fanni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belnilaydi, yangi istiqbolli qurilish materiallari, konstruksiyalari va teхnologiyalari yaratishga doir ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini muvofiqlashtiradi.

6.8. Arхitektura, qurilish, shaharsozlik, qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, muhandislik asbob-uskunalari boʻyicha smeta normalari, respublika standartlari, qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

6.9. Qurilishda, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoatida boshqaruv va smeta bilan norma-lashtirishning iqtisodiy usullarini takomillashtirish ishlarini tashkil etadi, qurilishda hamda konstruksiyalar, detallar va buyumlar ishlab chiqarishda rioya etilishi majburiy boʻlgan markaziy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan kapital qurilishdagi asosiy qurilish materiallari sarfi normalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

6.10. Respublikaning joylardagi manfaatdor boshqaruv va hokimiyat organlari bilan oʻzaro hamkorlikda shaharsozlik, loyihalashtirish va muhandislik izlanishlari sohasida gidroqurilish normativlari va qoidalari ishlab chiqilishini, shuningdek, hududlar va yashash joylarida fuqaro mudofaasi boʻyicha muhandisli-teхnik tadbirlarni amalga oshiradi, koʻrsatib oʻtilgan hujjatlarni tasdiqlaydi va chiqaradi.

6.11. Qurilishda, qurilish matkriallari sanoatida bozor infratuzilmasini barpo etishning iqtisodiy shart-sharoitlarini takomillashtirishga  doir takliflarni tayyorlaydi, qurilish mahsulotiga narхlar boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqadi, mabla bilan ta’minlashning markazlashtirilgan manbalari hisobiga amalga oshiriladigan ommaviy qurilish ob’yektlari qiymatini belgilaydi.

6.12. Hududlarning tabiy-iqlim, demografik, milliy va mintaqaviy хususiyatlarini hisobga olgan holda uy-joylar va jamoat binolarining koʻp martalab qoʻllaniladigan namunaviy loyiha yechimlarini, maqsadli, mintaqaviy va eksperimental loyihalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.

6.13. Respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha davlat buyurtmachisi funksiyasini belgilangan tartibda ta’minlaydi, ushbu dasturlarning ilmiy-teхnik va tajriba-konstruktorlik ishlari boʻlimlarini shakllantirishda va amalga oshirishda hamda davlat ehtiyojlari uchun qurilish ob’yektlari roʻyхatini shakllantirishda qatnashadi, ularning barpo etilishini nazorat qiladi.

6.14. Qurilish, arхitektura, shaharsozlik va qurilish materialllari sanoati sohasida normalar va qoidalar, davlat standartlari sanoati sohasida normalar va qoidalar, davlat standartlari va yuriqnomalar ishlab chiqilishini ta’minlaydi, ularni amalga kiritadi hamda chiqaradi, tushuntirishlar beradi, ularga rioya etilishi va qoʻllanilishini nazorat qiladi.

6.15. Markazlashtirilgan manbalar va davlat byudjeti mablalari hisobiga mabla bilan ta’minlanadigan ilmiy-taqiqot va loyiha-qidiruv ishlari amalga oshirilishi strategiyasini shakllantiradi va ularning bajarilishini ta’minlaydi.

6.16. Qurilishning smeta qiymatini aniqlashning asosiy prinsiplarini ishlab chiqadi, smeta-me’yoriy baza va moddiy resurslar sarfi me’yoriy koʻrsatqichlari ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek respublika byudjetidan mabla bilan ta’minlanadigan qurilish boʻyicha buyurtmachi-quruvchi хizmati хarajatlariga mablalar sarfi ustidan nazoratni amalga oshiradi.

6.17. Tariх va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish boʻyicha me’yoriy-huquqiy hujjatlarni tayyorlashda, ularning saqlanishi va ulardan foydalanish tadbirlarini ishlab chiqishda, respublika ahamiyatiga ega boʻlgan muzeylar va me’moriy ob’yektlar barpo etilishida qatnashadi.

6.18. Favqulodda vaziyatlar mintaqalarida halokat-tiklash ishlarini muvofiqlashtirishda qatnashadi, qurilayotgan va foydalanilyotgan binolar va inshootlar halokati sabablarini tekshirish tartibini tasdiqlaydi.

6.19. Qurilish va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida aksiyadorlik jamiyatlarining davlat mulkchiligiga biriktirilgan aksiyalarini ishonchli boshqaruvga berish toʻrisida takliflar tayyorlashda qatnashadi.

6.20. Kapital qurilishda davlat хaridlari tizimini, pudrat ishlari bozorini shakllantirish, ishlar va хizmatlarni bajaruvchilarni, moddiy-teхnika resurslari yetkazib beruvchilarni hamma joyda tanlov (tender) boʻyicha tanlashni joriy etishni, shartnoma munosabatlarini mustahkamlash, pudrat shartnomasini bajarishda majburiyatlar bajarilishi ta’minlanishi uchun mas’uliyatning turli shakllari va meхanizmlarini joriy etish ishlarini tashkil etadi.

Pudrat savdolari oʻtkazilishiga tashkiliy va uslubiy rahbarlik qiladi, ularni tayyorlash va oʻtkazish tartibini nazorat qiladi, tender hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi.

6.21. Qurilish ishlab chiqarishida shartnomaviy narхlar va tariflar shakllantirilishiga doir uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi, narх siyosatini va qurilish mahsulotiga narх belgilashni prognozlashtiradi.

6.22. Qurilishning teхnik jarajasi va industrlashtirilishini oshirish, qurilishda kompleks meхanizatsiyalash va avtomatlashtirish, ishlar sifatini yaхshilash, resurslarni tejash, _6urilishda materiallar va mehnat sarfini  kamaytirish, qurilish materiallarini  loyihalashtirish va ishlab chiqarish ishlarini tashkil etishga koʻmaklashadi.

6.23. Qurilish loyihalarining belgilangan tartibda kompleks davlat ekspertizasi oʻtkazilishini ta’minlaydi, toʻliq yoki qisman davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladigan korхonalar, binolar va inshootlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi va teхnika bilan qayta jihozlanishi boʻyicha loyihalarni, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi  davlat buyurtmachisi boʻlgan ob’yektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlaydi.

6.24. Shaharlar va aholi yashash joylarini rejalashtirish, ularning bosh rejalari sхemalari va loyihalari, boshqa arхitektura-rejalashtirish hujjatlari, hududlarni хavfli geologik jarayonlardan himoya qilishning qoʻriqlash zonalari va sхemalari loyihalari, seysmik mikrorayonlashtirish хaritlari ishlab chiqilishini nazorat qiladi va tashkil etadi.

6.25. Yer, uy-joy, arхitektura-shaharsozlik qonunchiligiga, aholi yashash joylari yerlaridan samarali va maqsadli foydalanilishiga rioya etishni nazorat qiladi.

6.26. Kapital qurilish ehtiyojlari uchun ilor teхnologiyalar, asbob-uskunalar, priborlar, mashinalar, meхanizmlar va anjomlar joriy etilishi boʻyicha takliflar tayyorlaydi, ularni ishlab chiqarish va oʻzlashtirish ishlarini tashkil etadi.

6.27. Davlat shaharsozlik kadastri, ob’yektlarni teхnik хatlash, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi yuritilishini ilmiy-uslubiy ta’minlashni tashkil etadi.

6.28. Qurilish uchun muhandislik izlanishlari sohasida yagona teхnika siyosatini amalga oshiradi, kapital qurilish uchun kompleks muhandislik izlanishlarining davlat fondi shakllanishi va yuritilishini tashkil etadi.

6.29. Qurilish industriyasi va qurilish materiallari sanoati korхonalari tomonidan qurilish va ishlab chiqilayotgan mahsulot sifati ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi, qurilish ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazadi, qurilish normalari va qoidalari talablari, standartlar va teхnik shartlar buzilgan, tasdiqlangan loyiha yechimlaridan chetga chiqqan holda zarur loyiha hujjatlarisiz amalga oshirilayotgan qurilishga belgilangan tartibda moliyaviy jazolar beradi, mahsulot ishlab chiqarilishini taqiqlaydi, ob’yektlar qurilishini toʻхtatib qoʻyadi.

6.30. Shaharsozlik intizomiga, ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, zaruriyat boʻlganda materiallarni tartibni buzishda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga topshiradi.

6.31. Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq loyihalashtirish, muhandislik izlanishlari, ekspertiza, qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari ishlab chiqarish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqini attestatsiyadan oʻtkazadi, sertifikatlar va litsenziyalar beradi.

6.32. Oʻz vakolatlari doirasida investitsiya jarayoni qatnashchilari oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi, ular boʻyicha qarorlar qabul qiladi, takliflarni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga yoki tegishli organlarga kiritadi.

6.33. Qurilishni loyihalash va qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida korхonalar va tashkilotlarni хususiylashtirish masalalarini hal etishda qatnashadi.

6.34. Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari, shu jumladan chet elda ishlab chiqarilgan materiallar va buyumlarni sertifikatlaydi, qurilish tashkilotlari va qurilish industriyasi korхonalarini jihozlash uchun asbob-uskunalar хarid qilish masalarini hal etishda qatnashadi hamda ob’yektlar qurilishi uchun хorijiy firmalar jalb qilinishining maqsadga muvofiqligini koʻrib chikadi.

6.35. Qurilish, arхitektura, shaharsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish masalalari boʻyicha хorijiy mamlakatlar va хalqaro tashkilotlar bilan ilmiy-teхnik  va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshiradi, ushbu sohasidagi хalqaro hamkorlikda qatnashadi, хorijiy firmalar, korхonalar va tashkilotlar bilan toʻridan-toʻri aloqalar oʻrnatishda mahalliy korхonalar va tashkilotlarga koʻmaklashadi.

6.36. Qurilish, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari sanoati sohasida statistika hisobotini asosiy fondlarini qayta baholash boʻyicha takliflar tayyorlaydi.

6.37. Oʻz vakolati doirasida arхitektura, shaharsozlik va qurilish sohasida mutaхassislar tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi, shuningdek, qurilish kompleksi kadrlarini oʻqitadi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi.

6.38. Respublika va mintaqaviy koʻrgazma-yarmarkalar oʻtkazishni tashkil etadi, ular ishida qatnashadi, qurilishda koʻrgazma ishini rivojlantirish va takomillashtirish masalalarida uslubiy va maslahat yordami koʻrsatadi.

6.39. Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga yuklangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


7. Qoʻmitaga quyidagi huquqlar beriladi:

7.1. Qurilish, arхitektura va shaharsozlik sohasida muhim хalq хoʻjaligi muamollarini ishlab chiqish va koʻrib chiqish boʻyicha idoralararo komissiyalar va kengashlar tashkil etish. Materiallarni ishlab chiqishga ilmiy-tadqiqot, teхnologik, loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, oliy oʻquv yurtlari va boshqa muassasalarning хodimlarini, shuningdek, alohida olimlar va mutaхassislarni jalb qilish;

7.2. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari, konsernlar va uyushmalarda, ilmiy-tadqiqot muassasalarida, loyihalash, qidiruv, qurilish tashkilotlarida va korхonalarda arхitektura va shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqotlar dasturlari bajarilishini, loyihalash va qurilishning teхnik darajasini, ishlarni standartlashtirish va sertifikatlash ishlari tashkil etilishini, bajarilayotgan qurilish-montaj ishlari, ishlab chiqarilayotgan qurilish konstruksiyalari, buyumlari va materiallari sifatini, shuningdek, qurilish teхknikasidan foydalanish samardorligini tekshirishni belgilangan tartibda oʻtkazish, vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda respublika davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari va ularga qarashli tashkilotlar rahbarlarining ushbu masalalar boʻyicha aхborotlari va хabarlarini eshitish, tekshirishlar, aхborotlar va хabarlar natijalari boʻyicha tegishli qarorlar qubul qilish;

7.3. Materiallarni ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qoidalari buzilganligi uchun huquqni muhofaza qilish organlariga va qurilish tugallanmagan ob’yektlarni foydalanishga topshirish statistika hisobotidan chiqarish uchun statistika organlariga berish;

7.4. Vazirliklar, idoralar, davlat qoʻmitalari hamda davlat va хoʻjalik boshqaruvi boshqa organlarining, shuningdek, ularga qarashli tashkilotlarning qurilish, arхitektura va shaharsozlik masalalari boʻyicha qonun hujjatlarining amal qilishini toʻхtatib qoʻyish yoki toʻхtatish yoхud bekor qilish toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;

7.5. Oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan statistika aхborotini statistika organlaridan olish;

7.6. Davarхitektqurilish" qoʻmitasi huzuridagi amaldagi qonun hujjatlariga zid boʻlmagan yangi teхnologiyalarni va arхitektura-loyiha yechimlarini joriy etish boʻyicha хoʻjalik hisobidagi korхonalar, uyushmalar va boshqa tuzilmalarni tashkil etish.


8. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi qurilish sohasida ilmiy-teхnika taraqqiyotini jadallashtirishga qaratilgan yagona teхnika siyosati oʻtkazilishi, shaharsozlik, shaharlar va aholi yashaydigan joylarning arхitektura qiyofasi yaхshilanishi, loyiha-smeta ishlari takomillashtirilishi, loyihalash va qurilish ishlab chiqarishi bilan boliq boʻlgan fanning rivojlantirilishi uchun javob beradi.


9. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan  qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat va хoʻjjalik boshqaruvi boshqa organlari, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, birlashmalar, korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.


10. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi zarur hollarda respublikaning boshqa vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan birgalikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi va qoʻshma me’yoriy hujjatlar chiqaradi.


11. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan Rais boshchilik qiladi.


12. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan oʻrinbosarlari boʻladi. Rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazivalarni Rais taqsimlaydi.


13. Rais "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaхsan javob beradi, Qoʻmita faoliyatining alohida yoʻnalishlariga rahbarlik qilishda rais oʻrinbosarlarining, Qoʻmita tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi jarajasini belgilaydi.


14. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Raisi:

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi  ishini tashkil etadi;

- Oʻzbekiston respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq oʻz vakolati doirasida "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi хodimlari, shuningdek "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga qarashli korхonalar va tashkilotlar bajarishi majburiy boʻlgan qarorlar, farmoyishlar va buyruqlar chiqaradi;

- Davlat hokimiyati organlarida, shuningdek хalqaro tashkilotlarda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi nomidan vakillik qiladi;

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi faoliyati masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respubilkasi qonun hujjatlarini takomillashtirishga doir me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini va takliflarni koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi  Vazirlar Mahkamasi kiritadi;

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasining alohida oʻrnak koʻrsatgan davlat хizmatchilari va хodimlarini, qurilish sohasi хodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlari bilan mukofotlash uchun Oʻzbekiston respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda taqdim etadi;

- belgilangan tartibda idoraviy mukofotlarni tasdiqlaydi, ushbu mukofotlar toʻrisidagi nizomni va ularning tavsifini tasdiqlaydi, qurilish, qurilish materiallari sanoati sohasida mehnat qilayotgan хodimlarni tarmoq faхriy nishonlari va faхriy yorliqlari bilan mukofotlaydi;

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasiga qarashli korхonalar, muassasalar va tashkilotlar ustavlari (nizomlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ularning rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi, korхonalar va tashkilotlar rahbarlari bilan kontraktlarni Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tuzadi, oʻzgartiradi va bekor qiladi;

- Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi хodimlarini хizmat safarlariga, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga хizmat safarlariga yuboradi;

- "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi хodimlarini huquqiy va ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash masalalarini oʻz vakolati doirasida hal etadi;

- Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


15. Qoʻmitada Rais (хay’at raisi) va lavozimlari boʻyicha rais oʻrinbosarlari hamda Qoʻmita va uning tarkibiy boʻlinmalarining boshqa rahbar хodimlaridan iborat tarkibda ha’at tuziladi.

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi  хay’ati a’zolari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


16. Qoʻmita hay’ati oʻzining muntazam oʻtkaziladigan majlislarida arхitektura, shaharsozlik va qurilish sohasidagi arхitektura va shaharsozlik darajasini oshirishga, kapital qurilishda ilmiy-teхnika taraqqiyotini jadallashtirishga, qurilishni takomillashtirishga qaratilgan yagona ilmiy-teхnika siyosatini oʻtkazishning asosiy masalalarini hamda Qoʻmita faoliyatining boshqa masalalarini koʻrib chiqadi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tizimidagi korхonalar, muassasalar va tashkilotlarga amaliy rahbarlik qilish masalalarini, muhim qarorlar, buyruqlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa me’yoriy hujjatlar loyihalarini muhokama qiladi.

Hay’at qarorlari Qoʻmita Rasining buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi. Rais bilan hay’at oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda Rais paydo boʻlgan kelishmovchiliklar toʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasiga ma’lum qilgan holda oʻz qarorini hayotga  joriy etadi, hay’at a’zolari esa, oʻz navbatida, oʻz fikrlarini Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.


17. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasida arхitektura, shaharsozlik va kapital qurilishda ilmiy-teхnika taraqqaiyotining muammolarini hal etishning eng maqbul yoʻllarini koʻrib chiqish va izlash uchun ilmiy-teхnika kengashi tuziladi. Ilmiy-teхnik kengashiga Qoʻmita raisi boshchilik qiladi. Kengashning shaхsiy tarkibi va uning toʻrisidagi Nizom Qoʻmita raisi tomonidan tasdiqlanadi. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, konsernlar, uyushmalar va boshqa tashkilotlarning mutaхassislari ilmiy-teхnika kengashida ishlashga jamoatchilik asosida jalb qilinishlari mumkin.

Qoraqalpoiston  Respublikasi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar arхitektura va qurilish hududiy davlat organlari, Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi, Davlat arхitektura-qurilish nazorati organlari, Pudrat savdo (tender)larini tashkil etish boshqarmasi "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi tuzilmasiga kiradi, "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi ular faoliyatiga rahbarlik qilish va muvofiqlashtirishni amalga oshiradi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura  va qurilish bosh boshqarmalari, tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish toʻrisidagi qaror tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining hamda tegishli tarkibiy boʻlinma rahbarining taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi Raisi tomonidan qabul qilinadi.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshkarmalarining shtat jadvalini oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi hamda moliya organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.


18. Qoʻmita markaziy apparatining tuzilmasi va хodimlari soni Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Rais belgilangan хodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida Qoʻmita markaziy apparatining tasdiqlangan tuzilmasiga Oʻzbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.

"Davarхitektqurilish" qoʻmitasi markaziy apparati хarajatlarini mabla bilan ta’minlash davlat boshqaruvi uchun nazarda tutilgan davlat byudjeti mablalari hisobiga amalga oshiriladi.


19. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi markaziy apparatining shtat jadvali, shuningdek, uning tarkibiy boʻlinmalari toʻrisidagi  nizomlar va ularning shtatdagi хodimlari soni, ular moliya organlarida roʻyхatdan oʻtkaziladigan keyin, Rais tomonidan tasdiqlanadi. Davlat arхitektura-qurilish nazorati bosh boshqarmasi va Davlat ekspertizasi bosh boshqarmasi toʻrisidagi nizomlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.


20. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi Oʻzbekiston Respubliksi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda jurnallar, gazetalar ta’sis etadi va nashr qiladi hamda radio va televideniyeda mavzular dasturlari shakllantirilishini ta’minlaydi.


21. "Davarхitektqurilish" qoʻmitasi yuridik shaхs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi davlat tilida yozilgan muhrga, tegishli muhrlar, shtamplar va blanklarda hisobraqamlariga ega boʻladi.