Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.12.2010 y. 291-son "Byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

10.12.2010 y.

N 291


BYuDJETDAN TAShQARI TA’LIM VA TIBBIYoT

MUASSASALARINI REKONSTRUKSIYa QILISh,

MUKAMMAL  TA’MIRLASh VA JIHOZLASh

JAMARMASI FAOLIYaTINI TAShKIL

ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Ta’lim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash boʻyicha byudjetdan tashqari jamarmani tashkil etish toʻrisida" 2010 yil 10 noyabrdagi PQ-1432-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Byudjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlash jamarmasi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Ta’lim va tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal ta’mirlash va jihozlashning har yilgi dasturlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamarmasi tugatilishi munosabati bilan qonun hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                             Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 50-son, 473-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2010 yil, 12-son, 66-modda