Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 16.12.2010 y. 300-son "Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

16.12.2010 y.

N 300


DAVLAT SUD EKSPERTI SIFATIDA

ATTESTATsIYaDAN OʻTKAZISh TARTIBI

TOʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh

HAQIDA



"Sud ekspertizasi toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 11-moddasiga muvofiq hamda davlat sud ekspertlarining yuqori malakasi va kasb darajasini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Sud-ekspertiza muassasalariga ega boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar:

bir hafta muddatda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish uchun ekspert-malaka komissiyalari tashkil etsinlar;

davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish Davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻrisidagi Nizomda belgilangan talablardan kelib chiqib yuksak talabchanlik, prinsipiallik va oʻz kasbini bilish хolisona baholanishi vaziyatida amalga oshirilishini ta’minlasinlar;

davlat sud eksperti sifatida zamonaviy fikrlaydigan, yuqori malakaga ega boʻlgan, tashabbuskor, mas’uliyatli va qoʻyilgan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir boʻlgan mutaхassislarni jalb etish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar.


3. Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.


4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 50-son, 475-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2010 yil, 12-son, 68-modda