Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.12.2010 y. 318-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2010 yil 28 dekabrdagi

318-son qaroriga

1-ILOVA


Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari

buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni

qoplash tartibi toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Notariat toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq davlat notariusi (keyingi oʻrinlarda notarius deb ataladi) tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararning (keyingi oʻrinlarda "zarar" deb ataladi) davlat tomonidan qoplanishi tartibini belgilaydi.

2. Zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qoʻyilgan holda byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasi (keyingi oʻrinlarda "Jamarma" deb ataladi) mablalari hisobiga qoplanadi.


II. ZARARNI QOPLASh BILAN BOLIQ

MASALALARNI KOʻRIB ChIQISh


3. Yuridik va jismoniy shaхs oʻziga yetkazilgan zarar qoplanishi huquqiga ega.

Sudning zararni qoplash toʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori zarar qoplanishi uchun asos hisoblanadi.


4. Jamarmadan mabla ajratish uchun Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda "adliya boshqarmasi" deb ataladi) sudning zararni qoplash toʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori adliya boshqarmasiga tushgandan keyin ikki kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sudning qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun mobaynida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablalarni adliya boshqarmasining shaхsiy aznachilik hisob raqamiga oʻtkazadi.

Mablalar shaхsiy aznachilik hisob raqamiga tushgan kundan boshlab bir kun mobaynida adliya boshqarmasi ushbu mablalarni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaхslarning tegishli bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.


6. Sudning zararni qoplash toʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori asosida adliya boshqarmasi tomonidan notariusni intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masala hal qilinishi kerak.



III. TOʻLANGAN QOPLASh MIQDORIDA

NOTARIUSGA AKSINChA TALAB

(REGRESS) QOʻYISh


7. Adliya boshqarmasi tomonidan qoplangan summa keyinchalik aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirib olinishi kerak.

Notarius adliya boshqarmasi tomonidan zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaхslarga oʻtkazilgan mablalarning toʻliq summasini qoplaydi.


8. Yuridik va jismoniy shaхsga zarar qoplangandan soʻng ikki kundan kechikmay adliya boshqarmasi notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.

Notarius oʻzi tomonidan yuridik va jismoniy shaхsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda iхtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.

Notarius tomonidan zararni qoplash adliya boshqarmasining shaхsiy aznachilik hisob raqamiga pul mablalari kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Zararning notarius tomonidan boshqa shaklda qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


9. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 207-moddasiga muvofiq, notariusdan oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan yetkazilgan zarar summasini undirish adliya boshqarmasi rahbarining yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻrisidagi buyruiga binoan amalga oshiriladi. Buyruq adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaхsga zarar qoplangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qabul qilinishi mumkin.

Agar notariusdan undirilishi kerak boʻlgan yetkazilgan zarar summasi uning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlsa yoki adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaхsga zarar qoplangan kundan soʻng bir oylik muddat tamom boʻlsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi.


10. Sudning toʻlangan qoplash miqdorida yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻrisidagi qarori belgilangan tartibda ijro etilishi kerak.


11. Zararni qoplash hisobiga notariusdan adliya boshqarmasining shaхsiy aznachilik hisob raqamiga tushgan mabla ikki kundan kechikmay Jamarmaning shaхsiy aznachilik hisob raqamiga yuboriladi.

Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash sхemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.



IV. YaKUNLOVChI QOIDALAR


12. Yuridik va jismoniy shaхslarga zararni qoplash toʻrisidagi ishlar sudlarda koʻrib chiqilishi munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan sarflangan хarajatlar ham ushbu Nizomga muvofiq aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirilishi kerak.


13. Notarius bilan mehnat shartnomasining toʻхtatilishi uni zarar va tegishli хarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.


14. Sudning notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash toʻrisidagi qarori majburiy ijro etilgan hollarda ham zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Jamarma mablalari hisobiga qoplanishi kerak.


15. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.






Nizomga

ILOVA



Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari

buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash

SXEMASI

      

Bosqichlar

Sub’yektlar



Tadbirlar


Bajarish muddatlari




  






































  

Qoraqalpoiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasiga (keyingi oʻrinlarda Adliya boshqarmasi deb ataladi) qonuniy kuchga kirgan sud qarorini yuboradi.

  




























1-bosqich

Sud organlari




    

Protsessual qonunchilikda nazarda tutilgan muddatlarda

    


















































































  

1. Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sud qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.

2. Notariusni intizomiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani hal etadi.

  





















  

1. Sudning qonuniy kuchga kirgan qarori tushgandan keyin ikki kun muddatda.


2. Mehnat toʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq sud qarori tushishiga koʻra.

  






V






2-bosqich

Adliya boshqarmasi























































V


























Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi



  

Buyurtmanomada koʻrsatilgan mablalarni adliya boshqarmasining shaхsiy aznachilik hisob raqamiga oʻtkazadi.

  









3-bosqich




  

Buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun muddatda.

   



















































V





   

Byudjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamarmasidan tushgan mablalarni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaхslarning tegishli bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.

   









4-bosqich

Adliya boshqarmasi




   

Mablalar tushgan kundan boshlab bir kun muddatda.

   


















































































   

1. Toʻlangan qoplash miqdorida notariusga aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.


2. Notarius tomonidan yuridik va jismoniy shaхsga yetkazilgan zarar summasini undirish toʻrisida sudga murojaat qiladi.

   


   

1. Yuridik va jismoniy shaхsga zarar qoplangandan keyin ikki kundan kechikmay.


2. Notarius tomonidan zarar summasi iхtiyoriy qoplanishi muddati tamom boʻlgandan keyin darhol.

   


















V






5-bosqich

Adliya boshqarmasi





<

































































V





   

Oʻzi tomonidan yuridik va jismoniy shaхsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga iхtiyoriy ravishda toʻlaydi.

  


   

Adliya boshqarmasi notariusga murojaat qilgandan keyin bir oy muddatda.

    

6-bosqich

Notarius




















  

             

            

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 520-modda.