Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 23.12.2010 y. PF-4256-son "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

23.12.2010 y.

N PF-4256



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING AYRIM QARORLARIGA

OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.


2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                     I. Karimov






Oʻzbekiston Respublikasi

Prezidentining

2010 yil 23 dekabrdagi

PF-4256-son Farmoniga

ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining

ayrim qarorlariga kiritiladigan

oʻzgartish va qoʻshimchalar

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Sanoatda va konchilikda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish agentligini Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasiga aylantirish toʻrisida" 2004 yil 9 iyuldagi PF-3454-son Farmonining 2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "DAEWOO INTERNATIONAL" (Koreya Respublikasi) korporatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Ustyurt mintaqasidagi Qosquduq va Ashibuloq investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish boʻyicha Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 28 apreldagi PQ-846-son qarorining 6-bandida "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi huzuridagi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "PETRONAS" (Malayziya) korporatsiyasi bilan geologiya-qidiruv ishlari, konlarni qazish va obod qilish hamda neftgazkimyoni rivojlantirish sohasida hamkorlikni davom ettirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2008 yil 2 maydagi PQ-854-son qarorining 7-bandida "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi" soʻzlari bilan almashtirilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Koreya milliy neft korporatsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasining Farona mintaqasidagi Namangan-Tergachi va Chust-Pop investitsiya bloklarida geologiya-razvedka ishlarini olib borish haqidagi Bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 31 martdagi PQ-1085-son qarori 3-bandining toʻrtinchi хatboshisida "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi huzuridagi" soʻzlari "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi" soʻzlari bilan almashtirilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mingbuloq konini razvedka qilishni davom ettirish va ishlab chiqish boʻyicha investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 15 apreldagi PQ-1323-son qarorining 11-bandidagi "Sanoatkonteхnazorat" soʻzi "Sanoatgeokonteхnazorat" soʻzi bilan almashtirilsin.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2010 yil, 52-son, 510-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2010 yil, 12-son, 523-modda