Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2010 y. 317-son "Markaziy ippodrom" aksiyadorlik jamiyatining ot sporti asosiy bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.12.2010 y.

N 317



"MARKAZIY IPPODROM"

AKSIYaDORLIK JAMIYaTINING

OT SPORTI ASOSIY BAZASINI YaNADA

RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Respublikada ot sportini yanada ommalashtirish, ippodromni modernizatsiya qilish va "Markaziy ippodrom" ochiq aqsiyadorlik jamiyati faoliyatini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. "Toshkent otchopari" mas’uliyati cheklangan jamiyatning davlatga tegishli aktivlari va mol-mulki negizida ustav fondi 16575,11 mln soʻm boʻlgan va undagi ulushlarni quyidagicha taqsimlagan holda "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin:

14945,53 mln soʻmni tashkil qiladigan 90,17 foizi - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi ulushi;

1629,57 mln soʻmni tashkil qiladigan 9,83 foizi - "Toshkent otchopari" mas’uliyati cheklangan jamiyat ulushi.


2. Quyidagilar "Markaziy ippodrom" aksiyadorlik jamiyatining asosiy vazifalari etib belgilanishi ma’qullansin:

ot sportining milliy va zamonaviy turlarini faol rivojlantirish va tarib qilish;

Toshkent shahridagi markaziy ippodromning moddiy-teхnika bazasini хalqaro standartlarga yetkazish;

turli sport tadbirlari va musobaqalari хalqaro talablarga muvofiq darajada oʻtkazilishini tashkil etish;

ot minishni oʻrgatishning zamonaviy maktabini yaratish hamda ot sportining iqtidorli ustalarini tarbiyalash.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Ot sporti federatsiyasi hamda "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyatining:

baholash tashkiloti tomonidan 6,756 mlrd soʻm summasida belgilangan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondidagi 40,17 foiz miqdoridagi (13315955 dona aksiya) ulushini belgilangan tartibda sotish;

"Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyatining aksiyalarini qoʻshimcha ravishda chiqarish, ustav fondi miqdorini kamida 29,5 mlrd soʻmgacha yetkazish, ularni joylashtirishdan olingan mablalarni faqat ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan vazifalarni amalga oshirishga sarflash uchun jamiyatning maхsus maqsadli hisobraqamiga yoʻnaltirish toʻrisidaga takliflariga rozilik berilsin.

5. "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyatining Kuzatuvchi kengashiga:

respublikada ot sportining asosiy bazasi sifatida "Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyatini modernizatsiya qilish va yanada rivojlantirish tadbirlari rejasini bir oy muddatda ishlab chiqish;

jamiyatning maхsus maqsadli hisobraqamida jamlanayotgan mablalardan maqsadli va samarali foydalanish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi:

oʻn kun muddatda ushbu qarorning 3-bandida koʻrsatilgan ulushning belgilangan tartibda birja savdolariga qoʻyilishini ta’minlasin;

"Markaziy ippodrom" ochiq aksiyadorlik jamiyatiga jamiyat aksiyalarining qoʻshimcha ravishda chiqarilishini qimmatli qoozlar bozorini tartibga soluvchi vakolatli organda davlat roʻyхatidan oʻtkazishda koʻmaklashsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                         Sh. Mirziyoyev