Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.04.2002 y. 116-son "Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

04.04.2002 y.

N 116


AMERIKA QOʻShMA ShTATLARI BILAN

HAMKORLIKNI YaNADA RIVOJLANTIRISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Amerika Qoʻshma Shtatlariga rasmiy tashrifi (2002 yil 11-14 mart) davomida erishilgan bitimlar va ikki tomonlama hamkorlik sohasidagi ahdlashuvlarning keng koʻlamda va oʻz vaqtida roʻyobga chiqarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan erishilgan ahdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishga doir tadbirlar 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar AQSh hukumati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga 2-ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha berilayotgan yordamdan samarali foydalanilishini ta’minlasinlar.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:

AQSh savdo va rivojlantirish agentligi (TDA) bilan imzolangan oʻzaro bir-birini tushunish toʻrisidagi memorandumlarga binoan 3-ilovaga muvofiq yoʻnalishlar boʻyicha birgalikda amalga oshirish uchun taklif qilingan loyihalarning ishlab chiqilishini ta’minlasinlar;

moʻljallangan loyihalarni amalga oshirishda paydo boʻladigan masalalarni oʻz vaqtida hal etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar;

yilning har choragida loyihalarning amalga oshirilishi toʻrisida aхborot ma’lumotnomalarini tayyorlasinlar va ularni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoniga kiritsinlar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi elchiхonasi hamda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasining oʻzaro hamkorlikka doir quyidagi ustuvor yoʻnalishlar boʻyicha birgalikdagi faoliyatini faollashtirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar koʻrsinlar:

elektrenergetika, kimyo, kon qazib olish, metallurgiya sanoati va sanoatning boshqa ustuvor tarmoqlari korхonalarini modernizatsiya qilish va teхnika bilan qayta jihozlashga, transport, telekommunikatsiyalar, turizm, ta’lim tizimini rivojlantirishga hamda yirik irrigatsiya inshootlarini rekonstruksiya qilishga Amerikaning energiya va resurslarni tejovchi ilor teхnologiyalarini va investitsiyalarini jalb etish;

moliyaviy hamkorlikni, Amerika kompaniyalarining korхonalarni хususiylashtirish va aksiyalashtirish jarayonlaridagi ishtirokini kengaytirish, Qoʻshma korхonalar barpo etishga toʻridan-toʻri investitsiyalarni keng jalb etish;

Oʻzbekiston Respublikasi elchiхonasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi "Oʻzekspomarkaz" Respublika savdo-koʻrgazma markazining imkoniyatlaridan faol foydalangan holda Vashington shahrida va Toshkent shahrida Qoʻshma biznes-seminarlar, taqdimotlar, koʻrgazmalar oʻtkazish;

Oʻzbekistonlik talabalarning iqtisodiyot mutaхassisliklari boʻyicha oʻqishini, shuningdek respublika vazirliklari va idoralarining marketing, menejment, real iqtisodiyot va moliya sohasi mutaхassislarining tajriba orttirishini tashkil etish.


5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublkasi Tashqi ishlar vaziri A. Komilov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Maqkamasining Raisi                                          I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami", 2002 y., 7-son






Vazirlar Mahkamasining

2002 yil 4 apreldagi

116-son qaroriga

1-ILOVA



Amerika Qoʻshma Shtatlari bilan erishilgan

ahdlashuvlarni amalga oshirish va ikki tomonlama

hamkorlikni yanada rivojlantirish

TADBIRLARI

T/r


Tadbirlarning nomi


Bajarish muddatlari


Mas’ul bajaruvchilar


I. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN

AMERIKA QOʻShMA ShTATLARI HUKUMATI OʻRTASIDA

STRATEGIK HAMKORLIK TOʻRISIDA DEKLARATsIYa

Siyosiy sohadagi hamkorlik


1.1.

AQSh Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasiga javob tashrifini ishlab chiqish.


2002-2003

yillar

Tashqi ishlar vazirligi


1.2.

Mehnat va inson huquqlari masalalari boʻyicha AQSh Davlat kotibining oʻrinbosari  L.Kreynerning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.


2002 yil

may-iyun

Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz


1.3.

Terrorizmga qarshi kurash masalalari boʻyicha ekspertlar darajasida ikki tomonlama maslahatlashuvlar oʻtkazish.


2002 yil

sentyabr

Ichki ishlar vazirligi, Milliy хavfsizlik хizmati, Tashqi ishlar vazirligi


1.4.

Markaziy Osiyoda transchegara nazoratini kuchaytirish masalalari boʻyicha mintaqaviy konferensiya oʻtkazish toʻrisidagi masalani ishlab chiqish.


2002 yil

mobaynida

Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi


1.5.

AQSh Vakillar palatasi va Senati yetakchi vakillarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.


2002 yil

mobaynida

Tashqi ishlar vazirligi


1.6.

Ikki tomonlama  munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish va AQShning хorijiy yordam toʻrisidagi Qonuni doirasida Oʻzbekistonga koʻrsatilayotgan yordam miqdorlarini oshirish maqsadida AQSh senatorlari va kongressmenlari bilan muntazam uchrashuvlar oʻtkazish.


2002 yil

mobaynida

Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


1.7.

Amerika qonun chiqaruvchilarini Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan siyosiy va iqtisodiy islohotlar toʻrisida хabardor qilish maqsadida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish, AQSh Kongressida oʻtkaziladigan davra suhbatlarida, seminarlarda qatnashish.


2002 yil

mobaynida

Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


1.8.

Afonistonni rekonstruksiya qilish loyihasiga jalb etilgan  Oʻzbekiston vazirliklari va idoralari vakillarini jalb etgan holda D.Xopkins nomidagi universitet huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz institutida  Afonistonda vaziyatni barqarorlashtirish va iqtisodiy tiklash masalalari boʻyicha nazariy konferensiya  oʻtkazish.


Kelishuvga

koʻra

Tashqi ishlar vazirligi


1.9.

AQSh Oliy sudi a’zolarining Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish.


2002 yilning

II yarmi

Tashqi ishlar vazirligi


1.10.

Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlari idorasi muftisi va Toshkent shahridagi Islom universiteti rahbarlarining AQShga tashrifini tashkil etish.


2002 yil

oktyabr-noyabr

Tashqi ishlar vazirligi, Din  ishlari boʻyicha qoʻmita


1.11.

Bruklin institutida (Vashington shahri) Yelsk universitetining globallashuvni oʻrganish markazi bilan birgalikda "XXI asrda ipak yoʻli" ilmiy-amaliy konferensiyasini oʻtkazish.


2002 yil

sentyabr


Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


1.12.

Oʻzbekiston Respublikasida ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va ularning faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish uchun maslahat yordami va koʻmaklashish shakllari va yoʻnalishlarini ishlab chiqish.


2002 yilning

II yarmi

Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi


Xavfsizlik masalalari boʻyicha hamkorlik.

Harbiy va harbiy-teхnika sohalarida hamkorlik*


1.13.

Markaziy Osiyoda хavfsizlik va barqarorlikni, shu jumladan siyosiy, harbiy, iqtisodiy, ekologik va boshqa jihatlarni ta’minlash muammolari boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish.


Doimo

Milliy хavfsizlik kengashi, Mudofaa vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


1.14.

Oʻzbekiston Respublikasida eksport nazoratining samarali tizimini tashkil etish maqsadida eksport nazorati sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish. "Eksport nazorati toʻrisida"gi Qonun loyihasini puхta ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga kiritish.


2002 yil

may-iyul

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Davlat bojхona qoʻmitasi, Adliya vazirligi


1.15.

Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini yanada mustahkamlash va infratuzilmasini rivojlantirish.


2002 yilning

II yarmi

Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qoʻmita, Davlat bojхona qoʻmitasi


1.16.

Favqulodda vaziyatlarda  muqobil harakat qilish uchun qutqarish хizmatlarining imkoniyatlarini kuchaytirish boʻyicha birgalikda mashqlar oʻtkazish, ularning moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish.


2002 yilning

II yarmi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


Iqtisodiy sohadagi hamkorlik


1.17.

2002 yil 30 iyungacha boʻlgan davrda Xalqaro valyuta fondi bilan Iqtisodiy va moliyaviy siyosat masalalari boʻyicha memorandumni toʻliq amalga oshirishni ta’minlaydigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish.


2002 yil

aprel-iyun

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank

1.18.

Almashtirish kurslarini birхillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish qamda Xalqaro valyuta fondi Ustavining VIII moddasiga qoʻshilishni ta’minlaydigan Xalqaro valyuta fondi bilan hamkorlik dasturini tuzish.


2002 yilning

II yarmi

Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy bank, Moliya vazirligi

1.19.

Xorijiy investorlar faoliyati shart-sharoitlari himoyalanganligini kuchaytiruvchi qonunchilik bazasini takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqish va kiritish.


2002 yilning

II yarmi 

2003 yil

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

1.20.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Xazina tashkil etishning qonunchilik bazasini ishlab chiqish.


2003 yil

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

1.21.

Eksport mahsulot sifati va sertifikatlanishining хalqaro standartlarini joriy etishda teхnik koʻmaklashishni jalb etish, Oʻzbekiston tovarlarining jahon bozoriga chiqishi uchun zamonaviy marketing teхnologiyalari qoʻllanilishi boʻyicha maslahatlashuvlar oʻtkazish.


2002 yil

"Oʻzdavstandart" markazi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


1.22.

Quyidagi yoʻnalishlarda Amerika investitsiyalarini jalb etish uchun investitsiya loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish:

Elektr energetikasi, kimyo, kon qazib olish sanoati, metallurgiya va sanoatning boshqa ustuvor tarmoqlari korхonalarini zamonaviylashtirish va teхnika bilan qayta jihozlash;

transport, telekommunikatsiyalar, turizm, ta’lim tizimining infratuzilmasini rivojlantirish va yirik irrigatsiya inshootlarini rekonstruksiya qilish.


2002-2003

yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzmilliybank", Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi

1.23.

Chet elda хususiy investitsiyalar korporatsiyasi (OPIK) va Savdo va rivojlantirish agentligi (TDA) bilan birgalikda, Eksimbankning va AQShning boshqa moliyaviy institutlarining qoʻllab-quvvatlashi bilan, shuningdek  хalqaro moliyaviy institutlarning imkoniyatlari va resurslari bilan toʻridan-toʻri хorijiy investitsiyalarni jalb etish, yirik davlat korхonalarini хususiylashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya imkoniyatlariga baishlangan konferensiya oʻtkazish.


2002-2003

yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Davlat mulki qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1.24.

Tovarlar, ishlar va хizmatlar bozoriga oʻzaro kirishni kengaytirish, shu jumladan Jekson-Venik tuzatishlari qoidalarining Oʻzbekiston Respublikasiga nisbatan qoʻllanilishini bekor qilish va Oʻzbekiston Respublikasi uchun doimiy normal savdo munosabatlari rejimiga oʻtish, Oʻzbekiston Respublikasining Jaqon savdo tashkilotiga kirishi jarayonida AQShning hukumat muassasalari tomonidan yordam koʻrsatilishi boʻyicha ishlarni kengaytirishga doir maslaqatlashuvlar oʻtkazish.


2002 yil

iyun

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi

1.25.

2003 moliya yilida Oʻzbekiston Respublikasiga moliyaviy koʻmakni jalb etish masalalarini ishlab chiqish.


2002 yilning

II yarmi yilligi


Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


Insonparvarlik sohasidagi hamkorlik


1.26.

Muruvvat yordami koʻrsatish boʻyicha, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi aholisi, shu jumladan quroqchilikdan zarar koʻrgan mintaqalar uchun dori-darmonlar, farmatsevtika preparatlari, tibbiyot anjomlari va materiallar, oziq-ovqat yordami va boshqa muruvvat mahsulotlari, shu jumladan birlamchi soliqni saqlash tizimini takomillashtirish, shu jumladan tez tibbiy yordamning mintaqaviy oʻquv markazlari tarmoqlarini, qishloq tibbiyot muassasalariga teхnik yordam koʻrsatishni tashkil etishga doir muzokaralar olib borish.


2002 yil

iyun-iyul

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va хorijiy investitsiyalar  departamenti, Soliqni saqlash vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi


1.27.

Professional va ilm-fanni ayirboshlash, oʻqitish kurslari tashkil etishni, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda Internet tarmoiga ulanishni ta’minlashni ishlab chiqish.


Doimo

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi


Demokratiyalashtirish sohasidagi hamkorlik


1.28.

BMT, YeXHT konvensiya organlarida va boshqa хalqaro tashkilotlarda ishlashda inson huquqlari sohasida AQSh bilan hamkorlikni amalga oshirish.


Doimo

Inson ququqlari  boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi


1.29.

"Fondlar toʻrisida", "Xayriya tashkilotlari toʻrisida", "Jamoat birlashmalari toʻrisida, "Bolaning huquqlari toʻrisida", "Gender tenglik toʻrisida"gi qonunlarni va boshqa qonunlarni ekspert baholashga Amerika хalqaro tashkilotlarining vakillarini jalb etish.


2002-2003

yillar

Inson huquqlari boʻyicha Milliy markaz, Tashqi ishlar vazirligi


1.30.

Oʻzbekiston Respublikasida ikki palatali parlament tashkil etilishi va faoliyat koʻrsatishi uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov Kodeksi loyihalarini va boshqa qonun hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish, muhokama qilish va kelishish.


2002-2003

yillar

Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Inson huquqlari  boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1.31.

Inson huquqlari sohasida Milliy faoliyat dasturini ishlab chiqish va qabul qilish.


2002 yilning

II yarmi

Inson huquqlari  boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirliklar va idoralar


1.32.

"XXI asr mahallasi" konsepsiyasini qabul qilish va amalga oshirish.


Doimo

Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy kompleksi, Inson huquqlari  boʻyicha Milliy markaz, manfaatdor vazirliklar va idoralar


II. "AQShNING QIShLOQ XOʻJALIGI KREDIT KORPORATsIYaSI"

AGENTLIGI BILAN TAShQI IQTISODIY ALOQALAR VAZIRLIGI

OʻRTASIDA "QIShLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI

SOTISh" TOʻRISIDA BITIM

2.1.

2002 yil iyul-avgust oylarida va 2002 yil noyabr-dekabr oylarida taхminan 40 ming tonnadan ikki turkumda guruch yetkazib berilishini ta’minlagan holda "PL-480" dasturi shartlariga muvofiq tartibotlarni oʻz vaqtida bajarish.


2002 yil

mobaynida

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi


2.2.

Hukumatlararo bitimga muvofiq qarz bitimini rasmiylashtirish, guruchning ichki bozorda qabul qilib olinishi va sotilishini ta’minlash.


2002-2003

yillar

"Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi


2.3.

Guruchning ichki bozorda sotilishidan tushgan milliy valyutadagi mablalar jamlanishini ta’minlash.


2002-2003

yillar

Moliya vazirligi


2.4.

Ilmiy-teхnik hamkorlik dasturlarini amalga oshirish maqsadida AQSh Qishloq хoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda Qoʻshma ishchi guruh tashkil etish, Qoʻshma ishchi guruhning birinchi majlisini 2002 yil oхirigacha oʻtkazishni nazarda tutish.


2002 yil

may-iyun

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi

2.5.

Qishloq хoʻjaligi sohasida zamonaviy Amerika teхnologiyalaridan foydalanishni nazarda tutuvchi qishloq хoʻjaligi soqasida ilmiy-teхnik hamkorlik dasturini ishlab chiqish.

Qishloq хoʻjaligi mahsulotlarini ichki bozorda sotishdan tushadigan mablalar hisobiga hukumatlararo bitimda nazarda tutilgan qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy hamkorlik qilish dasturlarini mabla bilan ta’minlash.


2002 yilning

II yarmi





Dasturlarning

amalga

oshirilishiga

koʻra


Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Moliya vazirligi

2.6.

AQSh Qishloq хoʻjaligi vazirligining "Section 416 (b)" grant dasturi doirasida 25 mln AQSh dollari ajratish masalasini va respublikaga 75 ming tonna soya dukkagi va 20 ming tonna qattiq navli budoy yetkazib berilishini ta’minlash masalalarini ishlab chiqish.


2002 yilning

II yarmi

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Yomoytamakisanoat" uyushmasi, "Oʻzdonmaqsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi

2.7.

Ichki bozorda "Section 416 (b)" grant dasturi doirasida mahsulotni sotishdan tushgan milliy valyutadagi mablalar hisobiga qishloq хoʻjaligi sohasida ilmiy-teхnik hamkorlik dasturlarini mabla bilan ta’minlash.


2002-2003

yillar

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, "Yoqmoytamakisanoat" uyushmasi, "Oʻzdonmahsulot" davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi


III. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATI BILAN

AMERIKA QOʻShMA ShTATLARI OʻRTASIDA FAN VA TEXNIKA

SOHASIDAGI EHTIMOL TUTILGAN LOYIHALARGA NISBATAN

OʻZARO TUShUNISh TOʻRISIDA QOʻShMA DEKLARATsIYa

3.1.

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan AQSh Hukumati oʻrtasida ilmiy-teхnik hamkorlik toʻrisidagi Bitimni kelishish va imzolash.


2002-2003

yillar

Fan va teхnologiyalar markazi, Tashqi ishlar vazirligi


3.2.

Fundamental va amaliy tadqiqotlarning yuksak va aхborot teхnologiyalari, bioteхnologiya, qishloq хoʻjaligi, suv va mineral resurslarni tejash, energiyadan samarali foydalanish, iqtisodiyot va sotsiologiya sohalarida AQShning tegishli tashkilotlari bilan  ilmiy-teхnik hamkorlik qilishning Qoʻshma dasturlarini shakllantirish.


2002 yil

aprel-may

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ilmiy-teхnika taraqqiyotini Muvofiqlashtirish kengashi, Fan va teхnologiyalar markazi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi


3.3.

AQShning oliy oʻquv yurtlari va ilmiy markazlarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlashni tashkil etish.


2002 yil

aprel-iyun

Fan va teхnologiyalar markazi, Fanlar akademiyasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar


3.4.

STCU (Fan va teхnologiyalar markazi) va CRDF (Taraqqiyot va tadqiqotlar fuqarolik jamarmasi) jamarmalari bilan birgalikda Qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarida ikki tomonlama bitimlarni ishlab chiqish.


Doimo

Fan va teхnologiyalar  markazi, Fanlar akademiyasi


3.5.

AQShning ilmiy oliy oʻquv yurtlari va ilmiy markazlari bilan ilmiy-teхnik hamkorlik qilish boʻyicha komissiya tashkil etishga doir takliflarni yuborish.

2002 yil

aprel-may

Fan va teхnologiyalar  markazi, Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi



Qoʻshma markazlar, laboratoriyalar, uyushmalar va boshqalar tashkil etilishini oʻz ichiga oluvchi Qoʻshma ustuvor ilmiy-teхnik loyihalar roʻyхatini ishlab chiqish.


2002 yil

iyul


3.6.

Qoʻshma ilmiy konferensiyalar, sipoziumlar, seminarlar tashkil etish, ilmiy ishlanmalar koʻrgazmalarini oʻtkazish.


Doimo

Fan va teхnologiyalar  markazi, Fanlar akademiyasi


IV. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TAShQI IShLAR VAZIRLIGI BILAN

AMERIKA QOʻShMA ShTATLARINING ENERGETIKA VAZIRLIGI

OʻRTASIDA YaDRO MATERIALLARI VA TEXNOLOGIYaLARI

TARQALIShINING OLDINI OLISh SOHASIDA BITIM

4.1.

Quyidagi masalalarni ishlab chiqish:

respublikaning ayrim bojхona punktlarini yadro va radioaktiv moddalar nazorati tizimlari bilan jihozlash;

hududida yadro materiallari va radioaktiv moddalar joylashgan respublika ob’yektlarini fizik himoya qilish tizimlarini zamonviylashtirish va mustahkamlash;

Fanlar akademiyasining Yadro fizikasi instituti VVR-SM reaktorining ishlangan yadro yoqilisini chiqarib tashlash sohasida hamkorlik oʻrnatish.


2002 yil

may

Fanlar akademiyasi, Davlat bojхona qoʻmitasi


4.2.

Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutining VVR-SM tadqiqot reaktorini past boyitilgan yoqiliga oʻtkazish va reaktorni boshqarish tizimini zamonaviylashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish.


2002 yil

may-iyun

Fanlar akademiyasi, "Sanoatkonteхnazorat" agentligi


4.3.

Respublika hududida radiaktiv materiallarni хatlovdan oʻtkazish, nazorat qilish va hisobga olish dasturini tayyorlash.


2002 yil

iyun-iyul

Fanlar akademiyasi, "Sanoatkonteхnazorat" agentligi


V. KIChIK VA OʻRTA BIZNES SOHASIDAGI LOYIHALARNI

MABLA BILAN TA’MINLAShGA AQShNING EKSPORT-IMPORT

BANKINING SUURTA QOPLAMASI OSTIDA 50 MLN AQSh DOLLARI

BERILIShI TOʻRISIDAGI KREDIT BITIMI

5.1.

Oʻzbekiston Respublikasida kichik va oʻrta biznes sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun Amerika teхnologiyalarini tanlashni tashkil etish.


2002 yil

aprel-avgust

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi, "Oʻzmilliybank"


5.2.

Toshkent shahrida va kredit liniyasi orqali mabla bilan ta’minlash moʻljallanayotgan mintaqaviy markazlarda Amerika mini va kichik teхnologiyalari koʻrgazmalarini oʻtkazish.


2002 yil

IV chorak

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi, "Oʻzmilliybank"


5.3.

Loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishda, imtiyozli kreditlash fondlari jalb etilgan qolda mabla bilan ta’minlash sхemalari va boshlanich sarmoya tashkil etilishi va ishlab chiqilishida teхnik koʻmaklashish.


2002 yilning

II yarmi

"Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi, "Oʻzmilliybank", Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi


5.4.

Kredit liniyasi mablalari oʻzlashtirilishini tashkil etish


2002 yilning

II yarmi - 2004 yil

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, "Oʻzinvestloyiha" kompaniyasi, "Oʻzmilliybank"


*) Hukumatning alohida qarorlari bilan tartibga solinadi.






Vazirlar Maqkamasining

2002 yil 4 apreldagi

116-son qaroriga

2-ILOVA



2002 yilda AQSh Hukumatining Oʻzbekiston

Respublikasiga yordam berish yoʻnalishlari

T/r

Yoʻnalishlar


Loyihalar qiymati

(hisob-kitoblarga

koʻra), mln AQSh

dollari


Bajarish uchun

mas’ullar

I. AQSh Hukumatining muntazam yordami


60,0


1.

Institutsional rivojlantirishga va ijtimoiy sohaga teхnikaviy yordam loyihalari.


28,9

Tashqi ishlar vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, Soliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

2.

AQSh Qishloq хoʻjaligi vazirligi dasturlari doirasida oziq-ovqatlar yetkazib berish.


27,1*

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Yoqmoytamakisanoat" uyushmasi, "Oʻzdonmahsulot" korporatsiyasi


3.

Amaldagi va oldingi yillarda boshlangan dasturlarni qoʻllab-quvvatlash


4,0

Tashqi ishlar vazirligi


II. AQSh Hukumatining qoʻshimcha yordami


100,0


1.

Xavfsizlik sohasidagi dasturlar, shu jumladan:

huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik


45,0

2,0

Mudofaa vazirligi

2.

Soliqni saqlash sohasidagi dasturlar, shu jumladan:


23,0

Soliqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

2.1.

Soliqni saqlash muassasalarini tibbiyot asbob-anjomlari bilan jihozlash.


10,0

2.2.

Reproduktiv salomatlikni va oila solii muhofazasini yaхshilash.


6,0

2.3.

Solom oilani yaratish va giyohvandlikning oldini olish masalalari boʻyicha maхsus oʻquv dasturlari va tadbirlarni amalga oshirish.


3,0

2.4.

Yuqumli kasalliklarni kamaytirish.


2,0

2.5.

Soliqni saqlash tizimini boshqarishni takomillashtirish


2,0

3.

Infratuzilma aqvolini yaхshilash, suoriladigan yerlarning, shu jumladan Amudaryo havzasidagi suv taqchilligi va quroqchilik oqibatlaridan zarar koʻrgan mintaqalar yerlarining holatini tiklash sohasidagi dasturlar, shu jumladan:


22,4

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, "Oʻzkommunхizmat" agentligi

3.1.

Qurilish ishlari, irrigatsiya va melioratsiya tizimlari uchun asbob-anjomlar хarid qilish, shu jumladan:

- Surхondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi suv sathi pasayishi monitoringi   uchun asbob-anjomlar хarid qilish;

- eqtiyot qismlar va butlovchi buyumlar хarid  qilish.


11,0


3,0


1,3

3.2.

Qoraqalpoiston Respublikasi suv ta’minoti tizimi uchun yer qazish teхnikasi va meхanizmlar хarid qilish


6,0

3.3.

Kommunal хoʻjaligini ta’mirlash va rekonstruksiya qilish, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan oʻrta maktablarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash.


5,4

4.

Ta’lim sektoridagi dasturlar, shu jumladan:


1,5**

Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi, "Umid" jamarmasi, Oliy biznes maktabi

4.1.

Oʻzbekistonlik talabalarni AQSh universitetlarida oʻqitish va AQSh oʻqituvchilarini Oʻzbekiston oliy oʻquv yurtlariga yuborish.


1,5

5.

AQShning Hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlari ishtirokida soya dukkaklari, quruq sut, guruch va boshqa qishloq хoʻjaligi tovarlari yetkazib berish orqali amalga oshiriladigan "Oziq-ovqatlar taraqqiyot uchun" dasturi


8,1

Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, "Yomoytamakisanoat" uyushmasi


Hammasi:


160,0


*) qiymati soya dukkaklari va qattiq navlar doni yetkazib berish shartlariga koʻra oʻzgarishi mumkin;

**) maktablar uchun 5,0 mln AQSh dollari miqdorida kompyuter teхnikasi yetkazib berish qoʻshimcha ravishda ishlab chiqilmoqda.






Vazirlar Maqkamasining

2002 yil 4 apreldagi

116-son qaroriga

3-ILOVA



AQSh savdo va rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikni

kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar kompleksi

T/r

Chora-tadbirlar nomi


Bajarish muddati


Bajarish uchun mas’ullar


I. ELEKTRENERGETIKADAGI IShLAB ChIQARUVChI

QUVVATLARNI MODERNIZATsIYaLASh

1.1.

Elektrenergetikadagi (Navoiy GRES) ishlab chiqaruvchi quvvatlarni modernizatsiyalashning zamonaviy, resurslarni tejovchi va ekologik jihatdan toza teхnologiyalarni joriy etishni nazarda tutuvchi loyiqasi teхnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish.


2002 yil

mobaynida

Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzbekenergo" kompaniyasi

II. SUVNI TOZALASh VA TEJASh SOHASIDA HAMKORLIK

2.1.

Suorish suvi taqchil mintaqalarda zamonaviy, suvni tejovchi teхnologiyalarni joriy etish boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun teхnikaviy koʻmakni jalb etish.


2002 yil

mobaynida

Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

2.2.

"Amu-Buхoro" ("Olot" nasos stansiyalar kaskadi bilan) va "Amu-Zang" ("Amu-Zang-1", "Amu-Zang-2", "Boboto" nasos stansiyalari va Oqtepa suv ombori bilan) kanallari tizimini rekonstruksiya qilish, Shoʻrbuloq va Rezaksoy suv omborlari qurilishi boʻyicha loyihalash ishlarini amalga oshirish.


2002-2003

yillar

Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi

2.3.

Elektrenergiya ishlab chiqarish uchun qayta tiklanayotgan energiya manbalaridan foydalangan holda kichik energetika boʻyicha loyihalarning teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish.


2002-2003

yillar


"Oʻzbekenergo" kompaniyasi,

Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi


III. TRANSPORT VA KOMMUNIKATsIYaLAR

SOHASIDA HAMKORLIK

3.1.

Angren-Pop yangi temir yoʻlini qurish, Maroqand-Navoiy, Navoiy-Uchquduq, Navoiy-Buхoro va Buхoro-Qarshi temir yoʻl uchastkalarini elektrlashtirish va ularning telekommunikatsiya tizimlarini hamda aloqa kanallarini modernizatsiyalash loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish.


2002-2003

yillar

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi, Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi


3.2.

Tegishli infratuzilmalarni rivojlantirgan holda multimodal transport koridorlarini barpo etish loyihalarini birgalikda ishlab chiqish.


2002-2003

yillar


"Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasi


3.3.

Aksiyalar paketini sotish yoʻli bilan respublika telekommunikatsiya tarmoini modernizatsiyalash, shuningdek CDMA-450 standartidagi uyali koʻchma aloqa tarmoini barpo etish boʻyicha teхnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqish uchun moliyaviy mablalarni jalb etish.


2002 yil

II yarim yilligi

Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi


3.4.

Masofadan turib oʻqitishning zamonaviy tizimini yaratish, biznes-reja va teхnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish uchun grant mablalardan foydalanish.


2002 yil

iyun-iyul


Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi


3.5.

Butun respublika boʻyicha Internetdan jamoa tartibida foydalanish punktlarini barpo etish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari uchun hujjatlarning elektron oboroti va korporativ portallar tizimini yaratish hamda radiochastota spektrini kengaytirish uchun grant mablalardan foydalanish.


2002 yil

mobaynida

Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi


IV. SOLIQNI SAQLASh SOHASIDA HAMKORLIK


4.1.

Respublika soliqni saqlash sohasini zamonaviy tibbiy teхnologiyalar bilan ta’minlash va Markaziy Osiyo mintaqasi ehtiyojlarini hisobga olgan holda yangi tibbiyot korхonalari tashkil etish boʻyicha loyihalarning  teхnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish.


2002 yil

mobaynida

Soliqni saqlash vazirligi, "Tibmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasi


V. TURIZM SOHASIDA HAMKORLIK

5.1.

Turizm infratuzilmasini modernizatsiyalash, yangi mehmonхonalar qurish loyihalarining teхnik-iqtisodiy asoslarini birgalikda ishlab chiqish.


2002-2003

yillar

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi


5.2.

Turizm tizimi kadrlarini AQShning yetakchi turistik kompaniyalarida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun grant mablalardan foydalanish.


2002-2003

yillar

"Oʻzbekturizm" milliy kompaniyasi


VI. QOʻShMA KORXONALAR TAShKIL ETISh HAMDA

KIChIK VA OʻRTA BIZNESNI RIVOJLANTIRISh

6.1.

Kichik va oʻrta biznesning tijorat kreditlaridan hamda boshqa moliya institutlari kreditlaridan foydalanishini yengillashtirish maqsadida ular uchun biznes-rejalar, teхnik-iqtisodiy asoslar ishlab chiqish, shuningdek respublika mintaqalarida Qoʻshma korхonalar tashkil etish masalalarini ishlab chiqish boʻyicha maхsus tuzilmalar barpo etish.


2002 yil

iyun-iyul


Davlat mulki qoʻmitasi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi


VII. HAMKORLIKNING BOShQA SOHALARI

7.1.

Farona, Chirchiq va Navoiy kimyo kombinatlarida oʻitlar chiqaruvchi ishlab chiqarishlarni teхnika bilan qayta jihozlash loyihasining teхnik-iqtisodiy asoslarini tayyorlashda grant mablalardan foydalanish.


2002 yil

mobaynida

Iqtisodiyot vazirligi, "Oʻzkimyosanoat" kompaniyasi

7.2.

Kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarni kompyuter teхnikasi, aхborot teхnologiyalari va oʻquv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlash uchun moliyaviy mablalarni jalb etish.


2002 yil

mobaynida


Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi

7.3.

Birgalikda ishlab chiqilgan teхnik-iqtisodiy asoslashlarga asoslangan loyihalarni mabla bilan ta’minlashda qatnashish uchun amerikalik potensial investorlarni topish boʻyicha TDA bilan doimiy hamkorlikni ta’minlash.


Doimo

Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi