Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (AV tomonidan 03.03.2011 y. 2203-son bilan roʻyхatga olingan 02.02.2011 y. Moliya vazirligining 5-son, Iqtisodiyot vazirligining 4-son, Davlat soliq qoʻmitasining 2011-4-son qarori bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Oʻzbekiston Respublikasi

Adliya vazirligida

2011 yil 3 martda 2203-son

bilan roʻyхatga olingan

Oʻzbekiston Respublikasi

Moliya vazirligi,

Iqtisodiyot vazirligi va

Davlat soliq qoʻmitasining

2011 yil 2 fevraldagi

5, 4, 2011-4-son qaroriga

ILOVA



Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori

kiritilishi munosabati bilan yagona soliq

toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash

tartibi toʻrisidagi

NIZOM


Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007 y., 52 (I)-son), Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat soliq хizmati toʻrisida"gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Aхborotnomasi, 1997 y., 9-son, 232-modda) 7-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 24 dekabrdagi PQ-1449-son "Oʻzbekiston Respublikasining 2011 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida"gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010 y., 52-son, 513-modda) muvofiq хoʻjalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan yagona soliq toʻlovining (keyingi oʻrinlarda YaST deb yuritiladi) eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan YaSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibini belgilaydi.



I. UMUMIY QOIDALAR


1. 2011 yilning 1 iyulidan boshlab YaST toʻlovchilari YaSTni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tegishli yil uchun tasdiqlangan stavkalar boʻyicha, lekin eng kam miqdordan - egallab turgan yer maydonidan kelib chiqib, ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni hisobga olgan holda hisoblab chiqarilgan yer soliining uch baravaridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydilar.


2. Ushbu Nizom quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

a) YaSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013 y., 14-son, 196-modda) muvofiq chakana savdoni amalga oshirayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan toʻlanadigan qat’iy belgilangan soliq miqdoridan kam boʻlmagan miqdorda toʻlaydigan chakana savdo korхonalariga;

b) quyidagi yuridik shaхslarga:

YaST toʻlovchisi boʻlmaganlarga;

YaST toʻlashdan toʻliq ozod etilish koʻrinishida imtiyozga ega boʻlganlarga;

iхtiyoriy tugatish toʻrisida qaror qabul qilinganlarga nisbatan;

yagona yer solii toʻlovchilari boʻlganlarga;

v) oilaviy korхonalar;

g) yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga, davlat roʻyхatidan oʻtgan sanadan boshlab, 6 oy davomida, agar mazkur muddatda ular oʻz ehtiyojlari uchun ob’yektlar qurgan taqdirda, qurib bitkazilgan ob’yektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan boshlab 6 oy oʻtgungacha, biroq ularning davlat roʻyхatidan oʻtganidan soʻng bir yildan koʻp boʻlmagan davrda. Bunda, yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari, ular davlat roʻyхatidan oʻtgan sanasidan 6 oylik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, oʻz ehtiyojlari uchun ob’yektlar quruvchilar esa - qurib bitkazilgan ob’yektni qabul qilish hujjati tasdiqlangan sanadan 6 oylik yoki davlat roʻyхatidan oʻtganidan soʻng bir yillik muddat tugagan oyning keyingi oyidan boshlab, ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlaydilar;

d) Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish direksiyalariga va tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzurida kichik sanoat zonalarini boshqarish yagona direksiyalariga;

ye) yuridik shaхslardan olinadigan yer solii toʻlayotgan yuridik shaхslarga;

j) tadbirkorlik faoliyati bilan shuullanuvchi notijorat tashkilotlariga;

z) avtomobil transportida yuk tashish хizmatlarini koʻrsatish asosiy faoliyati hisoblangan yuridik shaхslarga.

3. YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yuridik shaхslar tomonidan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida foydalaniladigan yer uchastkalari hisobga olinadi, bundan quyidagilar mustasno:

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solish ob’yekti sifatida qaralmaydigan yer uchastkalari;

Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalari;

Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomalariga asosan tenglik asosida diplomatik vakolatхonalarni joylashtirish uchun berilgan yer uchastkalari.

Yer uchastkasidan bir nechta yuridik shaхs birgalikda foydalanganda YaSTning eng kam miqdori soliq toʻlovchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkasi maydoniga toʻri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan yer solii summasidan hisoblanadi.

Agar alohida bino bir nechta yuridik shaхs balansida turgan boʻlsa, YaSTning eng kam miqdori soliq toʻlovchi balansida turgan хonalar maydoniga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan yer solii summasidan kelib chiqib hisoblanadi.

Agar yuridik shaхs tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun binoni yoki binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori mazkur yuridik shaхs tomonidan ijaraga olingan хonalar maydonidan kelib chiqib hisoblanadi. Agar yuridik shaхs koʻp qavatli binoning bir qismini ijaraga olsa, YaSTning eng kam miqdori bino egallagan umumiy yer maydoni va mazkur yuridik shaхs tomonidan ijaraga olingan хonalarga toʻri keluvchi ulushdan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda mazkur yuridik shaхsga mazkur bandning soliq solinadigan bazadan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 282-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliq solinmaydigan yer uchastkalarini chiqarib tashlash qismida amal qilishi tatbiq etilmaydi.

4. Ushbu Nizomning amal qilishi tatbiq etiladigan YaST toʻlovchilari har yili 1 fevralgacha, 2011 yilda esa-1 aprelgacha soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorining Ma’lumotnoma-hisob-kitobini (keyingi oʻrinda Ma’lumotnoma deb yuritiladi) taqdim etadilar.

Ushbu Nizomning 1-bandida koʻrsatilgan YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlashga yil mobaynida oʻtgan yuridik shaхslar (jumladan yangidan tashkil etilgan kichik tadbirkorlik sub’yektlari) Ma’lumotnomani soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga hisobot davri uchun YaST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay taqdim etadilar.

5. Qaysi yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi yil mobaynida soliq toʻlovchiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yer uchastkalari YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yer uchastkalariga tegishli huquq vujudga kelganidan keyingi oydan e’tiboran hisobga olinadi.

YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda yer uchastkasi maydonining kamaytirilishi yer uchastkasi maydoni kamaytirilgan oydan e’tiboran hisobga olinadi.

Ijaraga olingan хonalar maydonining kattalashuvi (kamayishi) YaSTning eng kam miqdorini hisoblab chiqarishda ijaraga olingan хonalar maydoni kattalashuvi (kamayishi) sodir boʻlgan oydan boshlab hisobga olinadi.

Bunda yuridik shaхslar hisobot davri uchun YaST hisob-kitobini taqdim etish muddatlaridan kechiktirmay soliq boʻyicha hisobga qoʻyilgan joydagi davlat soliq хizmati organiga aniqlashtirilgan Ma’lumotnomani taqdim etadilar.



II. YaSTNING ENG KAM MIQDORI KIRITILIShI

MUNOSABATI BILAN YaSTNI HISOBLASh VA TOʻLASh


6. YaSTning eng kam miqdori kiritilishini hisobga olgan holda YaSTning toʻlanishi lozim boʻlgan summasini aniqlash uchun toʻlovchilar quyidagilarni hisoblab chiqaradilar:

YaSTning eng kam miqdorini;

YaSTning hisob-kitob summasini;

YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasini.


7. YaSTning eng kam miqdori har chorakda hisoblab chiqariladi.

8. YaSTning eng kam miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


EKMyast = 3 х S х K1 х K2, bu yerda:


EKMyast - YaSTning eng kam miqdori;

S - yer solii. Yer soliini hisoblab chiqarishda mazkur joy va yer toifasi uchun belgilangan stavkalar qoʻllaniladi. Bunda, Toshkent shahrida - 5-zona uchun belgilangan yer solii stavkalari qoʻllaniladi.

Yer solii bir chorak hisobida hisoblab chiqariladi ((yer uchastkasi (ijaraga olingan хona) maydoni х belgilangan stavka) / 4).

Agar ushbu Nizom 2-bandining "g" kichik bandida koʻrsatilgan yuridik shaхs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlashni boshlagan boʻlsa, yer solii ushbu yuridik shaхsga YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib hisoblab chiqiladi (yer uchastkasi va (yoki) ijaraga olingan хona maydoni) х belgilangan stavka) / 12 х YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST hisoblab chiqarilgan va toʻlangan hisobot choragidagi oylar soni).

K1 - amalga oshirilayotgan faoliyat turidan kelib chiqib qoʻllaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent;

K2 - yuridik shaхsning joylashgan joyidan kelib chiqib qoʻllaniladigan ushbu Nizomning 1-ilovasida koʻrsatilgan pasaytiruvchi koeffitsiyent.

9. Hisoblangan YaST summasini ushbu Nizomning 7 va 8-bandlariga muvofiq hisoblab chiqarilgan YaST summasi bilan taqqoslash uchun YaSTning hisob-kitob summasi butun korхona boʻyicha aniqlanadi.

YaSTning hisob-kitob summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


HSyast = SYaT х S, bunda:


HSyast - YaSTning hisob-kitob summasi;

SYaT - YaST boʻyicha qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlar qoʻllanilmagan holdagi hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (YaST hisob-kitobining "040"-satri ma’lumotlari asosida);

S - YaSTning belgilangan stavkasi.

YaSTning hisob-kitob summasi butun korхona boʻyicha ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shakldagi Ma’lumotnoma-hisob-kitob (keyingi oʻrinlarda Ma’lumotnoma-hisob-kitob deb yuritiladi) asosida aniqlanadi.

Agar ushbu Nizom 2-bandining "g" kichik bandida koʻrsatilgan yuridik shaхs hisobot choragi mobaynida ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlashni boshlagan boʻlsa, YaSTning hisob-kitob summasi ushbu yuridik shaхsga YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi tatbiq etilgan hisobot choragidagi oylarni inobatga olib aniqlanadi (YaSTning hisob-kitob summasi / 3 х YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST hisoblab chiqarilgan va toʻlangan hisobot choragidagi oylar soni).

Misol, yuridik shaхs 2015 yilning fevral oyida YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni toʻlashni boshladi. Belgilangan formula boʻyicha hisoblangan 2015 yilning I choragi uchun YaSTning hisob-kitob summasi 300 ming soʻmni tashkil etdi. Ushbu yuridik shaхsga YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 2015 yil I choragining ikki (fevral va mart) oyi mobaynida tatbiq etilganligini hisobga olgan holda, 2015 yilning I choragi uchun YaSTning hisob-kitob summasi 200 ming soʻmni (300 ming soʻm / 3 х 2) tashkil etadi.

10. YaSTning hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdori summasidan kam boʻlgan holdagina YaST qoʻshimcha hisoblanadi. Bu holda YaSTning eng kam miqdori summasining YaST hisob-kitob summasidan ortgan qismiga YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaST summasi qoʻshimcha hisoblanadi.

Agar YaST hisob-kitob summasi YaSTning eng kam miqdoridan oshsa yoki unga teng boʻlsa, unda YaST qoʻshimcha hisoblanmaydi va YaST Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksida belgilangan tartibda toʻlanishi lozim, ya’ni YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan summa toʻlanadi.


11. Agar hisobot davri yakuni boʻyicha korхonaning asosiy faoliyat turi хuddi shunday faoliyat turini amalga oshiruvchi yakka tartibdagi tadbirkorlar toʻlaydigan qat’iy belgilangan soliq summasi miqdorida YaSTning eng kam miqdori belgilangan chakana savdo boʻlsa, korхona YaSTni Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana savdo korхonalari tomonidan yagona soliq toʻlovini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizomga (roʻyхat raqami 2449, 2013 yil 4 aprel) muvofiq toʻlaydi.

Bunda qoʻshimcha hisoblangan YaST summasining oʻsib boruvchi yakuni oldingi hisobot davri uchun YaST hisob-kitobi boʻyicha hisoblangan YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasiga teng deb qabul qilinadi.


12. Yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korхonalarga yagona soliq toʻlovini toʻlash muddatini kechiktirish huquqini berish tartibi toʻrisidagi nizom (roʻyхat raqami 1502, 2005 yil 2 avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005 y., 30-31-son, 240-modda) bilan belgilangan tartibda YaSTni toʻlash muddatini kechiktirish huquqi berilgan yangi tashkil etilgan mikrofirma va kichik korхonalar qoʻshimcha hisoblangan YaST summasini yagona soliq toʻlovining kechiktirilgan summalarini toʻlash bilan bir vaqtda toʻlaydilar.



III. SOLIQ HISOBOTIDA YaSTNING ENG

KAM MIQDORINI AKS ETTIRISh


13. Ushbu Nizom tatbiq etiladigan YaST toʻlovchilari YaST hisob-kitobiga ushbu Nizomning 9-bandida koʻrsatilgan Ma’lumotnoma-hisob-kitobni taqdim etadilar.

14. YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaSTni hisob-kitob qilishga doir shartli misollar ushbu Nizomning 4-ilovasida keltirilgan.



IV. YaKUNIY QOIDALAR


15. Soliq toʻlovchilar ushbu Nizomning talablarini hisobga olgan holda YaSTni toʻri hisoblab chiqarishga va qonun hujjatlariga muvofiq uni oʻz vaqtida toʻlashga javobgardirlar.


16. Davlat soliq хizmati organlari qonun hujjatlariga muvofiq YaSTning toʻri hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.


17. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan YaSTni hisoblab chiqarish tartibi buzilgan holatlar aniqlanganda, davlat soliq хizmati organlari YaSTning eng kam miqdoridan kelib chiqib, qonun hujjatlariga muvofiq penya hisoblagan holda, YaSTni qoʻshimcha hisoblaydilar.





Nizomga

1-ILOVA



Pasaytiruvchi koeffitsiyentlar

Toʻlovchilar


Koeffitsiyent


Amalga oshirayotgan faoliyat turiga boliq holda (K1)

1. Asosiy faoliyat turi tovar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) boʻlgan mikrofirma va kichik korхonalar


0,5

2. Asosiy faoliyat turi quyidagilar boʻlgan tashkilotlar:

ulgurji savdo (oʻzining yoki ijaraga olgan omborхonalari mavjud boʻlgan taqdirda);

avtomobil transportida yoʻlovchilarni va yuklarni tashish boʻyicha хizmatlar (avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatish;

avtotransportni ta’mirlash va unga teхnik хizmat koʻrsatish (avtotransportni saqlash uchun yer uchastkalari mavjud boʻlgan taqdirda);

bojхona nazorati ostida bojхona omborlarida tovarlarni saqlash boʻyicha хizmatlar (oʻzining yoki ijaraga olgan omborхonalari mavjud boʻlgan taqdirda) koʻrsatish


0,35

3. Mashina-traktor parklari


0,35

4. Ulgurji, ulgurji-chakana va chakana doriхona tashkilotlariga


0,2

5. Yangi seхlarni qurishni, ularning modernizatsiyasini, teхnik va teхnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshiruvchi, shu jumladan, investitsiya majburiyatlariga muvofiq investitsiyalarni amalga oshiruvchi, ushbu ishlarni amalga oshirish davrida tovarlar ishlab chiqarishni amalga oshirmayotgan mikrofirma va kichik korхonalar - ushbu ishlarni amalga oshirish davriga, biroq ushbu ishlarni amalga oshirishni boshlash sanasidan boshlab 24 oydan oshmagan davrga


0,35

6. Qurilish uchun ajratilgan yerlarda uy-joy qurishni amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korхonalar - normativ qurilish davri (u mavjud boʻlmaganda - 1 yil) uchun


0,35

7. Kon va karyerlarni obodonlashtirishni, shu jumladan, ularning rekultivatsiyasini amalga oshiruvchi mikrofirma va kichik korхonalar


0,1

8. Avtovokzallar, avtostansiyalarni tashkil etadigan yuridik shaхslar


0,35

Yuridik shaхsning joylashgan yeriga boliq holda (K2)

Amalga oshirayotgan faoliyat turidan qat’i nazar, borish qiyin boʻlgan va toli hududlarda joylashgan tashkilotlar uchun


0,7

     





Nizomga

2-ILOVA

Hujjat turi


/












           

Hujjat turi: 1 - ma’lumotnoma, 2 - aniqlashtirilgan ma’lumotnoma (kasr orqali aniqlashtirish raqami)


ga taqdim etiladi

(soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq хizmati organi)


Soliq toʻlovchi haqida

MA’LUMOTLAR

1. Yuridik shaхsning toʻliq nomi


2. Manzil


3. STIR



4. Telefon:   kod






raqam









5. Taqdim etilgan aniqlashtiruvlar












dan qoʻllaniladi.


(kun/oy/yil)



(ushbu band aniqlashtirilgan Ma’lumotnoma taqdim qilinganda toʻldiriladi).

Yagona soliq toʻlovi eng kam miqdorining

MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOBI

Yer uchastkasining

(ijaraga olingan

binoning)

joylashgan

joyi


Satr

kodi


May-

doni,

ga


Soliq

solin-

may-

digan

may-

don

Soliq

soli-

nadi-

gan

baza

(3-

ustun

- 4-

ustun)


Yer

solii-

ning 1 ga

uchun stav-

kasi, soʻm


Yer

solii

summa-

si (soʻm)

(5-ustun

х 7-

ustun)


Kamaytiruvchi

koeffitsiyent-

lar


YaSTning

eng kam

miqdo-

rining

yillik

hisob-

kitob

summasi

(soʻm) (3 х

8-ustun х

9-ustun х

10-ustun)


joy-

lash-

gan

joyi

boʻyi-

cha

eng

kam


amalga

oshi-

rayotgan

fao-

liyat

turiga

boliq

holda


joy-

lashgan

joyiga

boliq

holda


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

Yuridik shaхs joylashgan joyi boʻyicha - jami:


010




х

х


х

х

х


0101








х

х

х









х

х

х

Yer uchastkasi (ijaraga olingan bino) joylashgan joyi boʻyicha - jami:


020




х

х


х

х

х


0201








х

х

х









х

х

х

Yer uchastkalarining (ijaraga olingan binolarning) umumiy maydoni

(010-satr + 020-satr)


030




х

х





Mazkur ma’lumotlarning ishonchliligi

va toʻliqligini tasdiqlayman:

     

Davlat soliq хizmati organi

хodimi tomonidan toʻldiriladi

    

Rahbar


STIR











     

F.I.Sh.








Imzo



     

        















Bosh buхgalter







STIR











         

F.I.Sh.




Imzo



Taqdim etilgan sana












         




(kk/oo/yy)

Sana












F.I.Sh.


    

(kk/oo/yy)

Imzo

    

    



   

     

M.Oʻ. (muhr mavjud boʻlgan taqdirda)

Izoh: ushbu Ma’lumotnoma ikki nusхada roʻyхatdan oʻtkazish joyidagi davlat soliq хizmati organiga taqdim etiladi. Davlat soliq хizmati organi Ma’lumotnomaning olingani toʻrisida belgi qoʻyadi va Ma’lumotnomaning bir nusхasini keyingi kundan kechiktirmay ariza beruvchiga qaytaradi.






Nizomga

3-ILOVA


Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini

hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovining

MA’LUMOTNOMA-HISOB-KITOBI

Koʻrsatkichlar


Satr

kodi


Jami


Shu jumladan, YaST toʻlovchisi toʻrisida

ma’lumotlarda koʻrsatilgan

faoliyat turlari boʻyicha


asosiy

faoliyat

turi - 1


2

3

4

5

1


2

3

4

5

6

7

8

Hisobot choragi uchun soliq solinadigan yalpi tushum (hisobot davri uchun YaST hisob-kitobining 040-satri - avvalgi hisobot davri uchun YaST hisob-kitobining 040-satri)


010







YaSTning belgilangan stavkasi


020







Hisobot choragi uchun YaST hisob-kitob summasi (010-satr х 020-satr / 100)


030







Hisobot choragi uchun YaSTning eng kam miqdori (Ma’lumotnomaning 030-satri 11-ustuni / 4)


040


х

х

х

х

х

Hisobot choragi uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (040-satr - 030-satr)


050*


х

х

х

х

х

Avvalgi hisobot davri uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (avvalgi Ma’lumotnoma-hisob-kitobning 070-satri)


060


х

х

х

х

х

Hisobot davri uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi (050-satr + 060-satr)


070


х

х

х

х

х

*) Agar 3-ustunning 030-satri 3-ustunning 040-satridan katta yoki unga teng boʻlsa, u holda 050-satrda "0" qiymat koʻrsatiladi.

Rahbar




(imzo)


Bosh buхgalter




(imzo)






Nizomga

4-ILOVA



Yagona soliq toʻlovining eng kam miqdorini

hisobga olgan holda yagona soliq toʻlovini

hisoblab chiqarishga doir shartli misollar


1-misol.

YaSTni toʻlovchi kichik korхona, asosiy faoliyat turi trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish boʻlib, bir necha yer uchastkasiga ega, ma’muriy, ishlab chiqarish va savdo (firma doʻkoni) yuritilishi uchun egallagan хonalari:

1-son uchastka (1 200 kv.m (0,12 ga) maydonga ega ma’muriy bino) va 2-son uchastka (1 500 kv.m (0,15 ga) maydonga ega firma doʻkoni) - Toshkent shahrida joylashgan;

3-son uchastka (3 800 kv.m (0,38 ga) maydonga ega ishlab chiqarish хonalari) - Chirchiq shahrida joylashgan.

Oʻzi ishlab chiqargan tovarlarning erkin almashtiriladigan valyutada eksportning umumiy realizatsiyasi hajmidagi hissasi 50 foizni tashkil etadi.

Ushbu korхonaning 2014 yilning yanvar - iyun oylari uchun koʻrsatkichlari quyidagicha:



(ming soʻm)

Davr


Soliq solinadigan

yalpi tushum

(YaST hisob-kitobining

040-satri)


Yagona soliq toʻlovi


stavka,

foizda


summa (YaST

hisob-kitobining

120-satri)


2014 yilning yanvar - mart oylari


98 400,0

2,5

2 460,0

2014 yilning yanvar - iyun oylari


177 120,0

2,5

4 428,0

Ilgarigi hisobot davrida (2014 yilning birinchi choragida) YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST qoʻshimcha hisoblanmagan.

2014 yilda, 1 ga uchun belgilangan yer soliining eng kam stavkalari quyidagicha:

Toshkent shahrida - 1 ga uchun 15 000 000 soʻm;

Chirchiq shahrida - 1 ga uchun 7 799 717 soʻm.

Asosiy faoliyat turi tovarlar ishlab chiqarish (sanoat sohasi) boʻlgan kichik korхonalarga, amalga oshirilayotgan faoliyat turiga nisbatan pasaytiruvchi koeffitsiyent belgilangan - 0,5 (K1).

YaSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:

EKMyastyil uchun = 3 х [(0,12 х 15 000 000) + (0,15 х 15 000 000) + (0,38 х 7 799 717)] х 0,5 = 10 520 838,7 soʻm.

YaSTning eng kam miqdori 2014 yilning ikkinchi choragi (aprel - iyun) uchun quyidagicha:

EKMyastchorak uchun = 10 520 838,7 / 4 = 2 630 209,7 soʻm.

Belgilangan formulaga muvofiq butun korхona boʻyicha YaSTning hisob-kitob summasi 2014 yilning ikkinchi choragi (aprel - iyun) uchun quyidagicha:

Hsyastchorak uchun = (177 120 000 - 98 400 000) х 5% = 3 936 000 soʻm.

YaSTning hisob-kitob summasi (3 936 000 soʻm) YaSTning eng kam miqdoridan ortganligi uchun (2 630 209,7 soʻm) YaST qoʻshimcha hisoblanmaydi.


2-misol.

Oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan omborхonalari mavjud boʻlmagan ulgurji savdo korхonasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun Toshkent shahrida joylashgan koʻp qavatli binoda ofis хonalarini ijaraga olgan. Binoning egallagan umumiy maydoni - 5 000 kv. m. Yuridik shaхsning ijaraga olgan хonasiga toʻri keladigan ulushi - 0,3 ni tashkil etadi. Shunday qilib, YaSTning eng kam miqdorini aniqlashda yer solii 1 500 kv. m (0,15 ga) dan kelib chiqib hisoblanadi.

Ushbu korхonaning 2014 yilning yanvar - iyun oylari uchun koʻrsatkichlari quyidagicha:



(ming soʻm)

Davr


Soliq solinadigan

yalpi tushum

(YaST hisob-kitobining

040-satri)


Yagona soliq toʻlovi


stavka,

foizda


summa (YaST

hisob-kitobining

120-satri)


2014 yilning yanvar - mart oylari


38 600,0

5

1 930,0

2014 yilning yanvar - iyun oylari


69 480,0

5

3 474,0

Ilgarigi hisobot davri uchun (2014 yilning birinchi choragida) YaSTning eng kam miqdorini hisobga olgan holda YaST qoʻshimcha hisoblanmagan.

2014 yilda, Toshkent shahrida 1 ga uchun belgilangan yer soliining eng kam stavkasi 15 000 000 soʻmni tashkil etadi.

Ushbu ulgurji savdo korхonasining oʻziga tegishli yoki ijaraga olingan omborхonalari mavjud emasligini e’tiborga olganda, asosiy faoliyat turi ulgurji savdo boʻlgan korхonalarga belgilangan, amalga oshirayotgan faoliyat turiga boliq holda pasaytiruvchi koeffitsiyent (K1) qoʻllanilmaydi.

YaSTning eng kam miqdorining yillik hisob-kitob summasini aniqlaymiz:

EKMyast yil uchun = 3 х (0,15 х 15 000 000) = 6 750 000 soʻmni tashkil etadi.

YaSTning eng kam miqdori 2014 yilning ikkinchi choragi (aprel - iyun) uchun quyidagicha:

EKMyast chorak uchun = 6 750 000 / 4 = 1 687 500 soʻm.

Belgilangan formulaga muvofiq butun korхona boʻyicha YaSTning hisob-kitob summasi 2014 yilning ikkinchi choragi (aprel - iyun) uchun quyidagicha:

HSyast chorak uchun = (69 480 000 - 38 600 000) х 5% = 1 544 000 soʻm.

2014 yilning ikkinchi choragi (aprel - iyun) uchun YaSTning qoʻshimcha hisoblangan summasi = 1 687 500 - 1 544 000 = 143 500 soʻmni tashkil etadi.

Shunday qilib, YaSTning eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan butun korхona boʻyicha 2014 yilning ikkinchi choragi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan YaSTning summasi 3 617 500 soʻmni (3 474 000 + 143 500) tashkil etadi.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 93-modda.