Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 22.02.2011 y. PQ-1485-son "Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

22.02.2011 y.

N PQ-1485



XALQARO ShARTNOMALARNI

TASDIQLASh TOʻRISIDA



1. Quyidagi 2010 yil 27 sentyabr kuni Toshkent shahrida imzolangan:


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2011-2015 yillarda iqtisodiy hamkorlik qilish toʻrisidagi Bitim;


Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida 1997 yil 18 iyundagi Oʻzbekiston Respublikasi hamda Ozarbayjon Respublikasi fuqarolarining vizasiz safarlari toʻrisidagi Bitimga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi Protokol tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu хalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                        I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 9-son, 86-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 2-son, 26-modda