Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.05.1997 y. 265-son "Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻgʻrisida" 1992 yil 25 martdagi 142-son va "Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari"ga oid 1992 yil 16 iyundagi 291-son qarorlari haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

27.05.1997 y.

N 265




VAZIRLAR MAHKAMASINING

"OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQARO

MADANIY-MA’RIFIY ALOQALAR MILLIY

UYuShMASINI  TAShKIL  ETISh  TOʻRISIDA"

1992 YIL 25 MARTDAGI 142-SON VA "OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI XALQARO MADANIY-MA’RIFIY

ALOQALAR MILLIY UYuShMASINI TAShKIL ETISh

MASALALARI"GA OID 1992 YIL 16 IYuNDAGI

291-SON QARORLARI HAQIDA


Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻrisida" 1997 yil 26 maydagi Farmoniga binoan hamda Oʻzbekiston хorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari Kengashining tuzilganligini e’tirof etib, Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasining faoliyati tugatilsin.

Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish toʻrisida" 1992 yil 25 martdagi 142-son va "Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifiy aloqalar milliy uyushmasini tashkil etish masalalari"ga oid 1992 yil 16 iyundagi 291-son qarorlari bekor qilinsin.


2. Kengash Oʻzbekiston Respublikasi Xalqaro madaniy-ma’rifat aloqalar milliy uyushmasining ilgari qabul qilgan majburiyatlari, tuzgan shartnomalari va kontraktlari hamda unga tegishli mol-mulk va mablalarning huquqiy vorisi hisoblansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi                                                    I. Karimov