Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 07.04.2011 y. 107-son "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish uchun zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash haqida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

07.04.2011 y.

N 107



"FUQAROLARNING DAVLAT PENSIYa

TA’MINOTI TOʻRISIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNIGA HAMDA OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA OʻZGARTISh

VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA"GI OʻZBEKISTON

RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OShIRISh UChUN

ZARUR BOʻLGAN NORMATIV-HUQUQIY HUJJATLARNI

TASDIQLASh HAQIDA


"Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 2010 yil 22 dekabrdagi OʻRQ-272-sonli Qonunini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Quyidagilar:

Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalar, odamning immunitet tanqisligi virusini keltirib chiqaradigan kasallikka (OIV infeksiyasiga) yoki hayot uchun хavfli va surunkali rivojlanadigan kam uchraydigan (orfan) kasallikka chalingan 18 yoshgacha boʻlgan shaхslar hamda 18 yoshdan katta bolalikdan nogironligi boʻlgan shaхslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Davlat pensiyasini tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga ega boʻlmagan shaхslarga, yoshidan qat’iy nazar ish stajiga ega boʻlmagan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaхslarga, bolalikdan nogironligi boʻlgan farzandi bor (boʻlgan) onalarga hamda oʻzgalar parvarishiga muhtoj nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolaning parvarishi bilan band boʻlgan qonuniy vakilga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlar Mahkamasiga:

bir oy muddatda - "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga davlat pensiyalari miqdorlarini ish haqining yakka tartibdagi koeffitsiyentlarini qoʻllagan holda hisoblash tartibini joriy etishni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflarni;

ikki oy muddatda - nogironlikni va kasbiy mehnatga layoqatni yoʻqotish darajasini aniqlashning aniq mezonlarini belgilovchi tegishli normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini;

uch oy muddatda - davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlashning birхillashtirilgan tartibini, pensiya imtiyozlarini qoʻllashni va fuqarolarning pensiya ta’minoti bilan boliq boshqa masalalarni tasdiqlash boʻyicha Hukumat qarori loyihasini kiritsin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                 Sh. Mirziyoyev





Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 7 apreldagi

107-son qaroriga

4-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining

oʻz kuchini yoʻqotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻrisida" Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini roʻyobga chiqarish uchun zarur boʻlgan normativ hujjatlarni tasdiqlash haqida" 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori 1-bandining yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi хatboshi hamda qarorga 4 va 5-ilovalar.


2. Vazirlar Mahkamasining "Bolalikdan nogironlarga, qariyalarga va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻrisida" 1994 yil 24 iyundagi 319-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994 y., 6-son, 33-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 11 maydagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan Pensiya tayinlash uchun mehnat stajini tasdiqlash tartibi toʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida" 1995 yil 8 avgustdagi 311-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995 y., 8-son, 27-modda).


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 1999 yil 30 apreldagi 202-son qaroriga 1-ilova 4-bandining ikkinchi, uchinchi, oltinchi, yettinchi va oʻn birinchi хatboshi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999 y., 4-son, 22-modda).


5. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularning ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida" 2001 yil 1 martdagi 103-son qaroriga ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 3-son, 13-modda).


6. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida" 2001 yil 6 apreldagi 162-son qaroriga 3-ilovaning 6, 7, va 12-bandlari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001 y., 4-son, 21-modda).


7. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida" 2005 yil 27 yanvardagi 35-son qaroriga ilovaning 5-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2005 y., 1-son, 5-modda).


8. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining 2009 yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari toʻrisida" 2008 yil 29 dekabrdagi PQ-1024-son qarori) 2009 yil 9 fevraldagi 36-son qaroriga ilovaning 1-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009 y., 2-son, 10-modda).


9. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PF-4161-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1251-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamarmasining tashkiliy tuzilmasini shakllantirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2009 yil 30 dekabrdagi PQ-1252-son qarorlari)" 2010 yil 24 martdagi 52-son qaroriga 1-ilova 5-bandining yettinchi хatboshi va 8-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 3-son, 12-modda).



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 14-son, 142-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 4-son, 27-modda