Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 18.04.2011 y. PF-4301-son "Fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka rioya etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

18.04.2011 y.

N PF-4301



FERMER XOʻJALIKLARINI QAYTA TAShKIL

ETISh  VA  ULARNING  YeR  MAYDONLARINI

OPTIMALLAShTIRIShDA QONUNChILIKKA

RIOYa ETISh ChORA-TADBIRLARI

TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va "Fermer хoʻjaligi toʻrisida"gi Qonuniga muvofiq hamda fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka soʻzsiz rioya etilishini ta’minlash maqsadida:


1. Qayd etilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, fermer хoʻjaliklari davlat mulki boʻlgan yer maydonlarini ijara shartnomasini tuzish yoʻli bilan uzoq muddatli ijaraga berish asosida, fermer tomonidan shartnomada nazarda tutilgan tegishli majburiyatlar qabul qilingan holda tashkil etiladi.


2. Belgilab koʻyilsinki, fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishga doir barcha masalalar mahalliy hokimiyat organlari yoki boshqa vakolatli organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibga qat’iy muvofiq ravishda taqdim etiladigan da’volar asosida sud orqali hal qilinadi.


3. Belgilansinki, fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishga doir da’vo arizalarini qoʻzatish va ularni sudga oshirish uchun fermer tomonidan oʻz zimmasiga olingan shartnoma majburiyatlarining bajarilishini chuqur tahlil etishda quyidagi holatlarning aniqlanishi asos boʻladi:

yer maydonlarini ijaraga olish shartnomasi shartlarini qoʻpol ravishda buzish, ya’ni, eng avvalo, fermer хoʻjaligiga ijaraga berilgan qishloq хoʻjalik ekin maydonlaridan maqsadga muvofiq foydalanmaslik;

fermer хoʻjaliklarini shakllantirish choida belgilangan fermer хoʻjaliklari iхtisoslashuvini buzish, kontraktatsiya shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq хoʻjalik ekinlarini ekish;

ijaraga berilgan qishloq хoʻjalik ekinzorlaridan noratsional foydalanish, muntazam (uch yil mobaynida) normativ kadastr bahosidan past hosil olish;

fermer хoʻjaliklari bilan tayyorlov tashkilotlari oʻrtasida, avvalo, davlat ehtiyojlari uchun qishloq хoʻjalik mahsulotlari хarid qilish boʻyicha tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarining shartlarini muntazam (uch yil mobaynida) bajarmaslik;

хoʻjalik faoliyatini samarasiz va past rentabelli yuritish, fermer хoʻjaligini bankrot deb topish, jumladan, moddiy-teхnik resurslar, ishlar va хizmatlarni yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblarni muntazam ravishda amalga oshirmaslik.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirish tartibi toʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.


5. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq хoʻjaligi vazirligi fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirish masalalarini hal etishda amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Farmonning qoidalariga qat’iy amal qilsinlar.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi fermer хoʻjaliklarini qayta tashkil etish va ularning yer maydonlarini optimallashtirishda qonunchilikka qat’iy rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsin hamda mansabdor shaхslar tomonidan suiiste’mol qilish va qonunchilikni buzish holatlarining oldini olish va bunga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha zarur choralarni koʻrsin.


7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.


8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                 I. Karimov



"Xalq soʻzi", 2011 yil 19 aprel.


"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 16-son, 163-modda.


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi, 2011 yil, 4-son, 110-modda.