Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzR 11.04.2007 y. OʻRQ-88-son Konstitutsiyaviy Qonunining oldingi tahriri

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻzR 11.04.2007 y. OʻRQ-88-son

Konstitutsiyaviy Qonunining

oldingi tahriri




OʻzR 19.02.2024 y. OʻRQ-909-son Qonunidan oldingi tahriri



3-modda matnining oldingi tahriri


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻz tarkibidan Qonunchilik palatasining Spikeri va uning oʻrinbosarlarini saylaydi.


Qarang: Konstitutsiya 85-moddasining birinchi qismi; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonun 13-moddasining birinchi qismi, 15-moddasining birinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 4-moddasining birinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari yashirin ovoz berish orqali deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasining vakolati muddatiga saylanadi.


Qarang: Konstitutsiya 85-moddasining ikkinchi qismi; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonun 15-moddasining birinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 4-moddasining toʻ??izinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida tuzilgan siyosiy partiya fraksiyasi oʻz vakili Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimlaridan birini egallashida kafolatli huqu??a ega.


Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonun 15-moddasining ikkinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 4-moddasining sakkizinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarini saylash uchun siyosiy partiya fraksiyasi, qoida tariqasida, oʻz fraksiyasi rahbarining nomzodini kiritadi.


Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonun 15-moddasining uchinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 4-moddasining oʻninchi qismi


Siyosiy partiya fraksiyasidan taqdim etilgan nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari lavozimiga saylanmagan taqdirda, siyosiy partiya fraksiyasi oʻz fraksiyasi a’zolari orasidan boshqa nomzodni taqdim etish huquqiga ega.


Qarang: "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 4-moddasining oʻn birinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Qonunchilik palatasi qoʻmitalaridan birining tarkibiga saylanishi mumkin.


Qarang: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida"gi Konstitutsiyaviy Qonun 15-moddasining toʻrtinchi qismi



4-modda matnining oldingi tahriri


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng koʻp deputatlik oʻrinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng koʻp deputatlik oʻrinlarini qoʻlga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining yettinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining birinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining ikkinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi siyosiy partiyaning oʻz ustavi bilan vakolatli boʻlgan organ tomonidan taklif etiladi. (OʻzR 29.12.2015 y. OʻRQ-396-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi toʻrisidagi taklif Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlar yakunlari toʻrisidagi aхboroti va saylangan deputatlar roʻyхati matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki haftalik muddatdan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritiladi. (OʻzR 29.12.2015 y. OʻRQ-396-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)


OʻzR 29.12.2015 y. OʻRQ-396-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-oʻninchi qismlar toʻrtinchi-oʻn ikkinchi qismlar deb hisoblansin


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodni koʻrib chi??anidan keyin oʻn kun muddat ichida uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining koʻrib chiqishi va tasdiqlashi uchun taklif etadi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining sakkizinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining ikkinchi qismi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining birinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining uchinchi qismi


Bosh vazir lavozimiga nomzod Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida uning nomzodi koʻrib chiqilayotganda va tasdiqlanayotganda Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga moʻljallangan harakat dasturini taqdim etadi. (OʻzR 16.04.2014 y. OʻRQ-367-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining toʻ??izinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining toʻrtinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining ikkinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining toʻrtinchi qismi


OʻzR 16.04.2014 y. OʻRQ-367-son Qonuniga muvofiq uchinchi-toʻ??izinchi qismlar toʻrtinchi-oʻninchi qismlar deb hisoblansin


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi uning uchun tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining yarmidan koʻpi tomonidan ovoz berilgan taqdirda tasdiqlangan hisoblanadi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining oʻninchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining beshinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining uchinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining beshinchi qismi


Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Bosh vazir lavozimiga nomzodni yana bir marta taqdim etish huquqiga ega.


Qarang: "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining oltinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining oltinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi oʻrtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining oʻn ikkinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining yettinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining toʻrtinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining sakkizinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziriga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi. Bunday holatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi. Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqadi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining oʻn uchinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining sakkizinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining beshinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining toʻ??izinchi qismi


Yangi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi barcha siyosiy partiyalar fraksiyalari bilan tegishli maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalariga koʻrib chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish uchun taklif etiladi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining oʻn toʻrtinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining toʻ??izinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining oltinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining oʻninchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzod ikki marta rad etilgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini tarqatib yuboradi.


Qarang: Konstitutsiya 98-moddasining oʻn beshinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 22-moddasining oʻn birinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining sakkizinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻrisida"gi Qonun (yangi tahrirda) 4-moddasining oʻn birinchi qismi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tarqatib yuborilgan taqdirda yangi saylov tarqatib yuborish toʻrisidagi qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.

(OʻzR 18.04.2011 y. OʻRQ-285-son Qonuni tahriridagi modda matni) (Oldingi tahririga qarang)


Qarang: Konstitutsiya 95-moddasining ikkinchi qismi; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi toʻrisida”gi Konstitutsiyaviy Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi; "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻrisida"gi Qonun 18-moddasining toʻ??izinchi qismi



5-modda birinchi qism g) bandining oldingi tahriri


g) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti koʻrib chiqishi uchun taqdim etgan tashabbusiga binoan. Agar zarur asoslarga ega boʻlgan bunday tashabbusni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar yetakchi fraksiyalari qoʻllab-quvvatlasa hamda mazkur tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senatida ovozga qoʻyilganda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy soni uchdan ikki qismidan koʻproining ovozini olsa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish toʻrisida qaror qabul qiladi;



5-modda birinchi qism d) bandining oldingi tahriri


d) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan qabul qilingan Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirilgan taqdirda. (OʻzR 18.04.2011 y. OʻRQ-285-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band)




OʻzR 04.09.2019 y. OʻRQ-563-son Qonunidan oldingi tahriri



2-modda uchinchi qismining oldingi tahriri


Oʻz dasturiy maqsadli vazifalarining yaqinligidan yoki mosligidan kelib chi??an holda blok tuzadigan bir nechta siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar ham parlamentdagi koʻpchilikni tashkil etishi mumkin. (OʻzR 25.12.2008 y. OʻRQ-194-son Qonuni tahriridagi qism)



2-modda toʻrtinchi qismining oldingi tahriri


Yangitdan shakllantirilgan hukumatning tutgan yoʻli va dasturiga yoki uning ayrim yoʻnalishlariga qoʻshilmaydigan siyosiy partiyalar fraksiyalari, shuningdek Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar oʻzlarini muхolifat deb e’lon qilishi mumkin. (OʻzR 25.12.2008 y. OʻRQ-194-son Qonuni tahriridagi qism)




OʻzR 29.12.2015 y. OʻRQ-396-son Qonunidan oldingi tahriri



2-modda oltinchi qism ikkinchi хatboshining oldingi tahriri


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi mas’ul qoʻmitasining tegishli masala boʻyicha ma’ruzasi bilan bir vaqtda qonun loyihasining muqobil tahririni kiritish;




OʻzR 18.04.2011 y. OʻRQ-285-son Qonunidan oldingi tahriri



4-modda matnining oldingi tahriri


Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining mansabdor shaхslari saylanganidan va organlari shakllantirilganidan keyin bir oy ichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining har biri bilan hamda Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar bilan maslahatlashuvlar oʻtkazilganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati koʻrib chiqishi hamda tasdiqlashi uchun taqdim etiladi. (OʻzR 25.12.2008 y. OʻRQ-194-son Qonuni tahriridagi qism)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini olgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi tasdiqlangan hisoblanadi.

Agar ovoz berish vaqtida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senatida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senati a’zolari umumiy sonining koʻpchilik ovozini ololmasa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar bilan qoʻshimcha maslahatlashuvlar oʻtkazganidan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri lavozimiga nomzodlarni yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. (OʻzR 25.12.2008 y. OʻRQ-194-son Qonuni tahriridagi qism)

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi yoki Senati taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchini tayinlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisini yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilgan taqdirda, yangi saylov tarqatib yuborish toʻrisida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch oy ichida oʻtkaziladi.