Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Sogʻliqni saqlash vazirining 15.04.2002 y. 177-son "Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalarni tasdiqlash haqida"gi Buyrugʻi (AV tomonidan 18.04.2002 y. 1129-son bilan roʻyхatga olingan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

ADLIYa VAZIRLIGI TOMONIDAN

ROʻYXATGA OLINGAN

18.04.2002 y.

N 1129




OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

SOLIQNI SAQLASh VAZIRINING

15.04.2002 y.

N 177

BUYRUI



Doriхona muassasalari tomonidan

tayyorlanadigan va idishga joylanadigan

dori vositalarini tashqi bezagiga doir

qoidalarni tasdiqlash haqida


(2002 yil 1 iyuldan kuchga kiradi)


Respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan mulkchilik shaklidan qat’i nazar doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini sifati, saqlash sharoitlari, yaroqlilik muddati, ularni toʻri va oʻz vaqtida ishlatilishi ustidan nazoratni kuchaytirish va tashqi bezagini yagona tartibini joriy qilish maqsadida, BUYuRAMAN:


1. "Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan va idishga joylanadigan dori vositalarini tashqi bezagiga doir qoidalar" tasdiqlansin.


2. Mazkur buyruq 2002 yil 1 iyuldan kuchga kiritilsin.


3. Ushbu buyruq kuchga kiritilishi munosabati bilan SSVning 2002 yil 30 yanvardagi 35-son buyrui oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


4. Mazkur buyruq kuchga kirishi munosabati bilan sobiq SSSR Soliqni saqlash vazirligining 1972 yil 19 iyuldagi 583-sonli "Doriхona muassasalari tomonidan tayyorlanadigan dori vositalarini tashqi bezashni yagona qoidalarini tasdiqlash haqida"gi va unga qoʻshimcha 1982 yil 4 iyunda chiqarilgan 530-sonli buyruqlari  Oʻzbekiston  Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.


5. Soliqni saqlash vazirligi Davolash profilaktika yordami Bosh boshqarmasi boshliiga (F.O. Ilхomov), ushbu buyruqni barcha tibbiyot va doriхona muassasalari rahbarlariga yetkazish vazifasi topshirilsin.


6. Mazkur buyruqni ijrosi ustidan nazoratni vazirning birinchi muovini D.A. Asadov va vazir muovini M.X. Xodjibekovlar zimmasiga yuklatilsin.



Soliqni saqlash vaziri                                                F. Nazirov