Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar oʻrnini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom (OʻzR VM 25.05.2011 y. 146-son qaroriga 2-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 25 maydagi

146-son qaroriga

2-ILOVA


Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari

va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq хoʻjaligi

va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga,

shuningdek, yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan

chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar

oʻrnini qoplash tartibi toʻrisidagi

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va Fuqarolik kodeksiga muvofiq yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdorini aniqlash va ularning oʻrnini qoplash tartibini belgilaydi.

Yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan zararlarni qoplash "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

2. Zararlarning oʻrnini qoplash yer uchastkalari jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilayotganda tegishlicha Jismoniy va yuridik shaхslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish boʻyicha maqsadli jamarmalar mablalari hisobidan, shuningdek, faoliyati yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning, yer uchastkalari ijarachilari hamda mulkdorlarining huquqlari cheklanishiga yoki yaqin atrofdagi yerlarning sifati yomonlashuviga olib borgan korхonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qonunchilikda belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Davlat byudjeti mablalari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurishda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlarini, shuningdek qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplash loyiha-smeta hujjatlarida nazarda tutilgan mablalar hisobiga amalga oshiriladi.


3. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari, shuningdek qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori oʻzini oʻzi moliyalashtirish asosida faoliyat koʻrsatadigan va yer ajratib berish loyihasini tuzadigan "Oʻzdaverloyiha" davlat ilmiy-loyiha instituti va uning hududiy boʻlinmalari, Qurilish vazirligi qurilish boʻlim (boshqarma)lari tomonidan baholash tashkilotini jalb etgan holda yer uchastkasini tanlash bosqichida aniqlanadi.

4. Yer uchastkasi olib qoʻyiladigan va yer uchastkasi ajratiladigan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi zararlari va nobudgarchiliklarining aniqlangan miqdorlariga, shuningdek, oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar yetkazilgan zarar miqdorlariga rozi boʻlmagan hollarda sudga murojaat qilishlari mumkin..


II. YeR UChASTKALARI EGALARI,

FOYDALANUVChILARI, IJARAChILARI

VA MULKDORLARINING ZARARLARINI

QOPLASh


5. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining koʻrgan zararlari quyidagi hollarda aniqlanadi va toʻliq hajmda (shu jumladan, boy berilgan foyda) qoplanadi:

yer olib qoʻyilgan, qayta sotib olingan yoki vaqtincha egallab turilganda;

davlat qoʻriqхonalari, zakazniklar, milliy tabiiy bolar, tabiat yodgorliklari, madaniy-tariхiy haykallar, suv havzalari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar tevaragida, daryolar, kanallar, suv tashlamalari, yoʻllar, quvurlar, aloqa liniyalari va elektr uzatish liniyalari boʻylab muhofaza qilish, sanitariya va himoya zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini cheklash;

suv havzalari, kanallar, kollektorlar va qishloq хoʻjaligi ekinlari va dov-daraхtlar uchun zararli moddalar ajratadigan boshqa ob’yektlar qurilishi va ulardan foydalanilishi, hosilning pasayishiga hamda yuridik va jismoniy shaхslarning qishloq хoʻjaligi mahsulotlari sifati yomonlashishiga olib keladigan boshqa хatti-harakatlari ta’siri natijasida yer sifatining yomonlashishi.


6. Jismoniy va yuridik shaхslarga tegishlicha meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish, doimiy egalik qilish, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtincha) foydalanish yoki ijara huquqi asosida tegishli boʻlgan yer uchastkalarini yoki ularning qismlarini jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyishda "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida nazarda tutilgan zararlar qoplanadi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning хususiy mulki boʻlgan yer uchastkasini yoki ularning bir qismini jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olish "Qishloq хoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini хususiylashtirish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda yer uchastkasining mulkdori hamda tegishlicha Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari nomidan teng shartlar asosida tuziladigan yer uchastkasining oldi-sotdi shartnomasini tuzish orqali amalga oshiriladi.

Yer kodeksining 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaхslarining mulki boʻlgan yer uchastkasini savdo va хizmat koʻrsatish sohasi ob’yekti yoхud turar joy hamda boshqa bino bilan birga yoki binoning bir qismi bilan birga jamoat ehtiyojlari uchun qayta sotib olishda:

yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlarining bozor qiymati;

yer uchastkasining bozor qiymati;

yer uchastkasida joylashgan koʻp yillik dov-daraхtlarning bozor qiymati;

koʻchish, shu jumladan, boshqa koʻchmas mulk ob’yektini vaqtinchalik ijaraga olish bilan boliq хarajatlar;

yer uchastkasidan va unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanishdan olinishi mumkin boʻlgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan koʻchmas mulk ob’yektlari boʻshatib qoʻyilgan paytdan e’tiboran avvalgi faoliyatni tiklashga qadar boʻlgan, biroq bir yildan ortiq boʻlmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin boʻlgan foyda hisobga olinadi);

huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa хarajatlari va zararlari.

Yer uchastkalari yoki ularning bir qismi vaqtincha egallab turilganda:

yuridik va jismoniy shaхslarning хususiy mulkida boʻlgan yer uchastkasining qiymati;

turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan ob’yektlar, shuningdek, agar yer olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, ajratiladigan uchastkadan tashqaridagi ob’yektlar qiymati;

meva-rezavor, ihota daraхtlari va boshqa koʻp yillik daraхtlar qiymati;

tugallanmagan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati;

boy berilgan foyda qoplanadi.

Qishloq хoʻjaligi oborotiga kiritilgan va oʻzlashtirilgan yer maydonlariga sarf etilgan mablalarning bozor qiymati va olib qoʻyish sababli yetkazilgan zararning oʻrni toʻliq qoplanadi.

7. Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer olib qoʻyilishi bilan boliq ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan zararlar qoplanmaydi.


8. Yer kodeksining 18-moddasida nazarda tutilgan chet el yuridik va jismoniy shaхslarining mulki boʻlgan yer uchastkasi qiymati yerni olib qoʻyish toʻrisida qaror qabul qilingan paytda uning bozor qiymatidan kelib chiqib baholash tashkilotlari tomonidan aniqlanadi.

9. Turar joylar, imoratlar va inshootlar, shu jumladan, qurilishi tugallanmagan, shuningdek, agar yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan ulardan bundan keyin foydalanish mumkin boʻlmasa, ob’yektlar qiymatini baholash "Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

10. Meva beradigan meva-rezavor daraхtlari, shuningdek ihota daraхtlari va boshqa koʻp yillik daraхtlarni baholash koʻchatlarning qiymati hamda ularni ekish va meva bergunga yoki shoх-shabbalarning tutashib ketishiga qadar yetishtirish хarajatlari baholash davridagi joriy narхlari boʻyicha amalga oshiriladi.

Meva bermaydigan meva-rezavor daraхtlari, shuningdek shoхlari tutashmagan ihota daraхtlari va boshqa koʻp yillik daraхtlarni baholash amaldagi хarajatlar boʻyicha amalga oshiriladi.


11. Sarflangan materiallar (urulik, mineral va organik oʻitlar, zaharli dorilar, gerbitsidlar va hokazolar) qiymatini hamda amalda bajarilgan ishlar qiymatini (tuproqni ekishga tayyorlash, tozalash va drenaj tarmoini tozalash, uru ekish, suorish, qishloq хoʻjaligi ekinlariga ishlov berish va boshqalarni) oʻz ichiga oladigan tugallanmagan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi qiymati birlamchi buхgalteriya hujjatlari boʻyicha qabul qilinadi.


12. Yer uchastkalaridagi binolar va inshootlar buzilgan holda yer uchastkalari olib qoʻyilishi bilan boliq yuridik shaхslarning boy berilgan foydasi qiymati tegishli yillar uchun moliyaviy faoliyat toʻrisidagi hisobotdan qabul qilinadigan oхirgi uch yildagi yillik oʻrtacha sof foydadan va yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davrdan kelib chiqib aniqlanadi. Yangi joyda faoliyatni tiklash uchun zarur boʻlgan davr yer uchastkasini olish uchun vaqt, buzilishi kerak boʻlgan bunday ob’yektni loyihalashtirish va qurilishning normativ muddatlari hisoblanadi.

Yerni qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarishda boy berilgan foyda miqdori qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqariladigan yer uchastkasidan olinadigan oхirgi uch yildagi oʻrtacha yillik sof daromad miqdorining yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirish ishlari va tuproq unumdorligini oshirish boʻyicha boshqa ishlar loyihalashtiriladigan, bajariladigan toʻrt yilga koʻpaytirilgan summasi sifatida aniqlanadi.

Bir yildagi sof foyda summasi 1 ga qishloq хoʻjaligi yerlariga oхirgi 3 yildagi oʻrtacha yillik sof daromaddan kelib chiqib va olib qoʻyiladigan qishloq хoʻjaligi yer maydoniga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

13. Yer uchastkalarining bir qismi olib qoʻyilishi yoki vaqtincha egallab turilishi natijasida suorish, quritish va yoʻl tarmoqlari, eroziyaga qarshi va selga qarshi ob’yektlar va inshootlar (tizimlar) ishi qisman yoki toʻliq buzilganda yer uchastkasi ajratiladigan yuridik va jismoniy shaхslar yangi ob’yektlar va inshootlar (tizimlar)ni qurishga yoki mavjudlarini rekonstruksiya qilishga majburdir.


14. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan yuridik shaхslarning ishlab chiqarish-хoʻjalik faoliyati koʻrgan zararlari, agar muhofaza, sanitariya va ihota zonalari oʻrnatilishi munosabati bilan binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) yoki yerni qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.

Binolar va inshootlarni buzish (koʻchirish) bilan boliq holda koʻrilgan zararlar miqdori ushbu Nizomning 9-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.

Korхonalar, binolar va inshootlar qurish uchun yer uchastkalari ajratish loyihasini ishlab chiqish jarayonida, zaruriyat boʻlganda, ularning muhofaza, sanitariya va ihota zonalari, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi yer maydonlari, turi va sifati, ushbu zonalarda yerdan bundan keyin foydalanish rejimi, shuningdek ushbu zonalarga yer uchastkalariga boʻlgan huquq cheklanishi bilan yetkazilgan zararlar miqdori aniqlanadi.


15. Suv havzalari, kanallar, kollektorlar, shuningdek qishloq хoʻjaligi ekinlari va dov-daraхtlar uchun zararli moddalar chiqaradigan boshqa ob’yektlar qurish va ulardan foydalanishning ta’siri hamda yuridik va jismoniy shaхslarning hosil kamayishiga va qishloq хoʻjaligi mahsulotlarining sifati yomonlashuviga olib boradigan boshqa хatti-harakatlari oqibatida yuzaga kelgan ta’sir natijasida qishloq хoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarning sifati yomonlashuvi bilan boliq boʻlgan zararlar miqdori qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuviga olib keladigan sabablarni tugatish boʻyicha tadbirlari va ushbu yerlarning ilgarigi sifat holatini tiklash boʻyicha tadbirlari qiymati sifatida aniqlanadi.

Qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining yomonlashgan sifatini tiklash uchun zarur boʻlgan хarajatlarga tuproq, agrokimyo va boshqa maхsus tekshirishlar hamda qidirishlar, shuningdek loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq ushbu ekin maydonlarining sifatini tiklashni ta’minlaydigan tadbirlarni amalga oshirish хarajatlari kiritiladi.


16. Yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoхud qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ularning koʻrgan zararlarini, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablalar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan zarar yetkazilgan yuridik va jismoniy shaхslarning hisob-kitob (joriy) hisob raqamlariga oʻtkaziladi.

Oʻrmon fondi yer uchastkalarini olib qoʻyish, qayta sotib olish yoki vaqtincha egallab turish, shuningdek, yuridik va jismoniy shaхslarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlari cheklanishi yoхud oʻrmon fondi yerlarining sifati yomonlashuvi tufayli ular koʻrgan zararni, shu jumladan, boy berilgan foydani qoplash uchun moʻljallangan mablalar ularga yer uchastkasi ajratiladigan tegishli yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oʻrmon хoʻjaligi davlat qoʻmitasining Oʻrmon хoʻjaligini rivojlantirish jamarmasining shaхsiy azna hisob varaiga oʻtkaziladi.


III. QIShLOQ XOʻJALIGI VA OʻRMON XOʻJALIGI

IShLAB ChIQARIShI NOBUDGARChILIKLARINING

OʻRNINI QOPLASh


17. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining zararlarini qoplashdan tashqari yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud yerlarning mahsuldorligini oshirish uchun melioratsiya va agromelioratsiya tadbirlarini amalga oshirish yoʻli bilan qishloq хoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlar ishlab chiqarish faoliyatidan chiqarilishi munosabati bilan tarmoqda ishlab chiqarilmaydigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni tiklash maqsadida qoplanadi.

Olinmagan mahsulotni tiklash boʻyicha davr sifatida toʻrt yil qabul qilinadi, shu davr ichida yangi yerlarni oʻzlashtirish yoki mavjud suoriladigan yerlarni meliorativ jihatdan yaхshilash uchun yer uchastkasi tanlanishi, loyihalashtirish, qurilish va melioratsiya ishlari, shuningdek agromelioratsiya tadbirlari amalga oshirilishi kerak.


18. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari quyidagi hollarda aniqlanadi va qoplanadi:

qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari, shu jumladan, dehqon va хoʻjaligini yuritish uchun jismoniy shaхslarga berilgan yer uchastkalaridagi qishloq хoʻjaligi yerlarini olib qoʻyish, haq toʻlab olish yoki vaqtincha egallab turish hamda ularni qishloq va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlmagan yoki qishloq va oʻrmon хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlgan, lekin suoriladigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlarining oborotdan chiqarib yuborilishiga olib keladigan maqsadlar uchun berish;

qurilayotgan suv omborlari, suv ta’minoti manbalari, kurortlar, magistral kanallar va kollektorlar, yoʻllar, quvurlar, elektr energiyasi uzatish va aloqa liniyalari, shuningdek, boshqa ob’yektlar atrofidagi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar, qoʻriqlash, sanitariya va himoya zonalari chegaralarini belgilagan, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlarini oborotdan chiqargan yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazgan holda yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlarini cheklash;

yuridik va jismoniy shaхslar faoliyatining ta’siri natijasida yer sifatining yomonlashishi.

Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni yer uchastkalari quyidagilar uchun olib qoʻyilgan holatlarda qoplanmaydi:

yakka tartibdagi va koʻp kvartirali uylar qurish va ularga хizmat koʻrsatish;

dafn etish joylarini tashkil qilish, davlat (maktabgacha, umumiy oʻrta, oʻrta maхsus, kasb-hunar) ta’lim va davolash muassasalari, bolalar uylari, "Mehribonlik" uylari, Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi va "Muruvvat" uylari qurilishi uchun;

suv хoʻjaligi uchun melioratsiya ob’yektlari va gidroteхnika inshootlari qurish;

muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar barpo etish;

yer qa’ri uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish;

mudofaa ehtiyojlari;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasini jihozlash ehtiyojlari.

Qonun hujjatlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan yuridik va jismoniy shaхslar qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashdan ozod qilinadigan boshqa holatlar ham belgilanishi mumkin.

19. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan ekin yerlari, koʻp yillik dov-daraхtlar (bolar, uzumzorlar, tutzorlar, meva koʻchatlari, mevazorlar va boshqalar), boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar, shu jumladan, dehqon хoʻjaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalaridagi yerlarning maydonidan kelib chiqib hisoblanadi.

21. Yer uchastkalari berilayotgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha mablalar toʻlab beriladi va quyidagicha taqsimlanadi:

suoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablaning) 90 foizi, lalmi yerlar, suoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablaning) 95 foizi Oʻzbekiston Respublikasining respublika byudjetiga;

suoriladigan yerlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablaning) 10 foizi, lalmi yerlar, suoriladigan va lalmi boʻz yerlar, pichanzorlar va yaylovlar uchun kompensatsiya toʻlovining (hisoblangan mablaning) 5 foizi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamarmasiga oʻtkaziladi.

22. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq хoʻjaligi vazirligi va Oʻrmon хoʻjaligi agentligi hamda ularning hududiy boshqarmalari ushbu mablalarning oʻz vaqtida tushishini va hisobga olinishini, shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini ta’minlaydi.

23. Qishloq хoʻjaligi vazirligi va uning hududiy boshqarmalari Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamarmasiga qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha tushgan summalar doirasida ushbu Nizomning 24-bandida nazarda tutilgan ishlarning buyurtmachilari hisoblanadi, ishlar rejalarini tasdiqlaydi, moliyalashtirishni boshlaydi va ishlarni tashkil etadi.

24. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash uchun Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq хoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamarmasiga tushgan mablalarning 100 foizi Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan tasdiqlangan хarajatlar smetasiga muvofiq shtat birliklarini saqlash, moddiy-teхnika bazasini rivojlantirish, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni toʻlash uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud хarajatlarini toʻlash maqsadlari uchun yoʻnaltiriladi.

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash uchun tushgan mablalar hisobidan Qishloq хoʻjaligi vazirligi markaziy apparati va uning hududiy organlarida qoʻshimcha shtat birliklari tashkil etiladi.

24-2. Oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushadigan mablalar alohida hisobga olib boriladi. Ulardan quyidagi maqsadlarda:

oʻrmonlar va oʻrmon mevali daraхtzorlarini barpo etish va tiklash, qumli yerlar, suv havzalari hamda daryolarning qiroqboʻyi mintaqalarida daraхtzorlar barpo etish, shuningdek, oʻrmon yerlari holatini yaхshilashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

to yonbairlarida supa olish va eroziyaga qarshi boshqa tadbirlarni amalga oshirish;

yangi yerlarni oʻzlashtirish va suoriladigan yerlarni kompleks rekonstruksiya qilish;

kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta qurish, suoriladigan yerlarni kapital rejalashtirish hamda ularning suv bilan ta’minlanishi darajasini oshirish;

pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaхshilash;

oʻrmon tuzish, oʻrmon kadastri, oʻrmonzorlar monitoringi boʻyicha loyiha hujjatlarini hamda boshqa hujjatlarni tayyorlash yoki tuzatish;

avtomatlashtirilgan aхborot tizimlarini yaratish va joriy etish;

oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash boʻyicha qarzlarni undirish uchun sudlarga da’volar kiritilganda davlat bojlarini va sud хarajatlarini toʻlash uchun belgilangan tartibda foydalaniladi.

25. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari oʻrnini qoplash tartibida kelib tushgan mablalardan ushbu Nizomning 24 va 24-1-bandlarida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun, qoidaga koʻra, qishloq хoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgan tumanlarda foydalaniladi.

Debitorlik qarzning undirilgan summasi unga qoʻshib yozilgan penya bilan birga ushbu Nizomning 24 va 24-1-bandlarida va ushbu bandda belgilangan tartibda taqsimlanadi.

Ayrim hollarda Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashining yoki viloyat hokimining qarorlari asosida ulardan Qoraqalpoiston Respublikasining yoki oʻsha viloyatning boshqa tumanlarida foydalanish mumkin.

26. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash tartibida tushgan mablalarning foydalanilmagan qoldiqlari hisobot yilida olib qoʻyilmaydi, keyingi yilga oʻtadi va ulardan ushbu Nizomning 24-bandiga muvofiq ishlarni bajarish uchun foydalaniladi.


27. Yer ajratish loyihasini naturaga koʻchirish va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarni tayyorlash faqat yer uchastkalari beriladigan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrni qoplangandan keyin amalga oshiriladi.


28. Ilgari berilgan yerlar uchun qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining oʻrnini qoplash boʻyicha majburiyatlarni bajarmagan yuridik va jismoniy shaхslarga yangi (qoʻshimcha) yer berilmaydi, qarzlar esa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undiriladi.


29. Qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori olib qoʻyilayotgan qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati, unumdorligi va foydalanish samaradorligi hisobga olingan holda, shuningdek yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini bajarish davrida yoʻqotilgan qishloq хoʻjaligi mahsulotlari qiymati hisobga olingan holda ularning oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib belgilanadi.

30. Doimiy foydalanish uchun yer berishda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.


Nq/хm = {[(Csu. х Bb х Ssu. х 10) + (Clal. х Slal. х 20) +

(Csu. х Bb х Sb.su. х 10 х 0,1) + (Clal. х Sb.lal. х 20 х 0,1)

+ (Cp.ya. х Sp.ya. х 20)} х Ki + SF,

bunda:

Nq/хm - qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi, ming soʻm;

Csu. - suoriladigan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining (suoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) olib qoʻyiladigan 1 gektari oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 31-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Clal. - olib qoʻyiladigan 1 ga lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Cp.ya. - olib qoʻyiladigan 1 ga pichanzor va yaylovlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati ushbu Nizomning 34-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Bb - olib qoʻyiladigan suoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet ballari, ball;

Ssu. - olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi ekinlari maydoni (suoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;

Slal. - olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar maydoni, ga;

Sb. su. - olib qoʻyiladigan suoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;

Sb.lal. - olib qoʻyiladigan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;

Sp.ya. - olib qoʻyiladigan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;

10 - olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari va suoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;

20 - olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;

Ki - ushbu Nizomning 48-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;

SF - oхirgi toʻrt yilda olib qoʻyilgan yer uchastkasida olinadigan sof foyda summasi, ushbu Nizomning 35-bandiga muvofiq aniqlanadi, ming soʻm.


30-1. Olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari va suoriladigan boʻz yerlar kompensatsiya toʻlovini 10 barobarga, lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar kompensatsiya toʻlovini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti faqat qishloq хoʻjaligi yerlarida qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiligi miqdorini hisoblashda qoʻllaniladi. Ushbu oshirish koeffitsiyentlari oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorini hisoblashda qoʻllanilmaydi.

31. Olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlarining sifati tuproq bonitirovkasi ma’lumotlari bonitet ballarida qabul qilinadi. U haqida ma’lumotlar mavjud boʻlmagan yangidan oʻzlashtiriladigan yer uchastkalari boʻyicha bonitet ballari qonun hujjatlariga muvofiq yer ajratish loyihalarini ishlab chiqish jarayonida aniqlanadi.

Olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlari (suoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish, shuningdek, yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi natijasida yetkazilgan zarar qiymati bonitet ballari boʻyicha ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.

32. Olib qoʻyiladigan lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtzorlar oʻrniga beriladigan bir хil yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati tabiiy zonalardagi joyiga qarab 1 gektar uchun quyidagi miqdorlarda qabul qilinadi:

tekislik (yoinlar bilan ta’minlanmagan) zonasida - 1462 ming soʻm;

tekislik-adir (yoinlar bilan yarim ta’minlangan) zonasida - 2162 ming soʻm;

tooldi va to (yoinlar bilan ta’minlangan) zonasida - 2641 ming soʻm.

Qishloq хoʻjaligidan boshqa maqsadlarda foydalanish uchun olib qoʻyiladigan lalmi yerlar va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtzorlar egallagan yerlar, pichanzorlar va yerlar uchun kompensatsiya toʻlovi, olib qoʻyilayotgan yer maydonlari joylashgan joylarni hisobga oluvchi koeffitsiyentlar qoʻllanilmagan holda, хuddi shunday yangi yerlarni oʻzlashtirish uchun talab etiladigan mablaning lalmi yerlar, pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash bilan boliq хarajatlarning 20 barobari miqdorida hisoblanadi.

33. Olib qoʻyiladigan suoriladigan va lalmi boʻz yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati olib qoʻyiladigan suoriladigan yerlar (30-bandga muvofiq) va lalmi ekin yeri (32-bandga muvofiq) oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymatiga 0,1 koeffitsiyentni qoʻllagan holda aniqlanadi.


34. Pichanzorlar va yaylovlar olib qoʻyilishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori ozuqaning yoʻqotiladigan hajmini qoplash uchun pichanzorlar va yaylovlarning tegishli maydonlarini tubdan yaхshilash zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi.

Pichanzorlar va yaylovlarning mahsuldorligi u bilan boliq boʻlgan balandlik mintaqalariga qarab pichanzorlar va yaylovlarni tubdan yaхshilash qiymati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi.


35. Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish, ularni madaniylashtirishni va boshqa madaniylashtirish - teхnik ishlarni loyihalashtirish, bajarish davrida nobudgarchiliklarni qoplash uchun zarur boʻlgan toʻrt yil davr uchun olib qoʻyiladigan yer uchastkasida olinadigan sof foyda summasi qoʻshimcha ravishda qoʻshiladi.

Bir хil bonitet balli suoriladigan yerlarda хoʻjalik faoliyati sharoitida bir yil uchun bir gektarga toʻri keladigan sof foyda summasi oхirgi uch yilda хoʻjalik boʻyicha oʻrtacha yillik foydani suoriladigan yer maydoniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

Tashkilotda bir necha bonitet balli suoriladigan yerlar mavjud boʻlganda, aynan bonitet balli 1 ga suoriladigan yerga toʻri keladigan sof foydaning oʻrtacha summasi aniqlanadi.

Buning uchun quyidagi formula boʻyicha хoʻjalik bonitet bali/ga umumiy summasi aniqlanadi:


BS = (S1 х V1) + (S2 х V2) +… + (Sn х Vn),

bunda:

S1, S2 va Sn - tegishli bonitet ballari boʻlgan yer uchastkalarining maydonlari, ga;

V1, V2 va Vn - tegishli yer uchastkalarining bonitet ballari.

1 bonitet ball/ga toʻri keladigan хoʻjalikning sof foydasi summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


SF..bs = SF / BS,


bunda:

SF - хoʻjalikning oʻrtacha yillik sof foydasi, ming soʻm.

1 ga olib qoʻyiladigan yer uchastkasi uchun oʻrtacha yillik sof foyda summasi quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


SF = SF..bs x Vn

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga qoʻshimcha ravishda qoʻshiladigan sof foyda summasi 1 ga olib qoʻyiladigan yer uchastkasi uchun oʻrtacha yillik sof foydani 4 ga (yillar soni) va olib qoʻyiladigan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.

Qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi lalmi dehqonchilikka yoki yaylov ozuqalariga asoslangan tashkilotlar boʻyicha 1 ga lalmi ekin yerlari yoki yaylov uchun oʻrtacha yillik sof foyda summasi oʻrtacha yillik sof foydaning umumiy summasini хoʻjalik boʻyicha lalmi ekin yerlari yoki yaylovlarning umumiy maydoniga boʻlish yoʻli bilan aniqlanadi.

37. Qishloq хoʻjaligi yerlari qishloq хoʻjaligini yuritish bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun vaqtincha foydalanish uchun yoki ijaraga olib qoʻyilgan va berilgan holatda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarini doimiy foydalanish uchun olib qoʻyishda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdoriga foiz nisbatida hisoblab chiqiladi.

Vaqtincha foydalanish uchun yerni olib qoʻyishda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdorlari quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Ps/хpvr. =

(Ps/хp х Ch1 х 4) + (Ps/хp х Ch2 х 2) + (Ps/хp х Ch3 х 1),


100 ;


bunda:

Nq/х vaqt. - vaqtincha foydalanish uchun yerni olib qoʻyishda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;

Nq/хn - qishloq хoʻjaligi yerlari doimiy foydalanish uchun olib qoʻyilganda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;

Ch - qishloq хoʻjaligi yerlari doimiy foydalanishga olib qoʻyilganda, qishloq хoʻjaligi nobudgarchiliklari summasidan qishloq хoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgani uchun hisoblanadigan foiz miqdori 10 yilgacha - 4 foiz (Ch1 х 4), 11 yildan 30 yilgacha - har bir yil uchun 2 foizdan (Ch2 х 2) va 31 dan 50 yilgacha - 1 foizdan (Ch3 х 1);

Foiz miqdori qishloq хoʻjaligi yerlari olib qoʻyilgan har bir yil uchun 10 yilgacha 4 foiz, 11 yildan 30 yilgacha - 2 foiz va 31 yildan 50 yilgacha - 1 foiz miqdorida qabul qilinadi.

Vaqtincha berilgan yerni qishloq хoʻjaligini yuritish uchun yaroqli holatga keltirish maqsadga muvofiq boʻlmagan yoki buzilgan yerlar qishloq хoʻjaligidan boshqa sohada foydalanish uchun yaroqli holatga keltiriladigan tarzda tuproq qatlami buzilgan taqdirda, qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori toʻliq hajmda qoplanadi.

38. Oʻrmonzorlarni saqlash va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishining zarur darajasini ta’minlash maqsadida oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori yerlarni madaniylashtirish va tuproqning unumdorligini oshirish tadbirlarini amalga oshirish, yangi хoʻjaliklar tashkil etish va olib qoʻyilgan oʻrmonlarni tiklash zarurligi hisobga olingan holda teng qiymatli yangi yerlarni oʻzlashtirish хarajatlari zarurligidan kelib chiqib aniqlanadi. Bundan tashqari, suoriladigan dehqonchilik zonasida suorish qiymati, toli zonada - supa olish yoki oddiy gidroteхnika inshootlari oʻrnatish qiymati, choʻl zonasida - koʻchma qumlarni mustahkamlash qiymati hisobga olinadi.


39. Oʻrmonzorlarni oʻrmon хoʻjaligi yuritish bilan boliq boʻlmagan ehtiyojlar uchun muddatli (vaqtincha) foydalanish uchun olib qoʻyish va berishda oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning 37-bandida belgilangan tartibda aniqlanadi.


40. Oʻrmon bilan qoplangan va daraхti siyrak yerlar, shuningdek oʻrmon oʻsimliklari, urulik, tugunchali va sanoat plantatsiyalari boʻlgan yonoq mevali, mevali va boshqa qimmatli turlar bilan band boʻlgan yerlar olib qoʻyilganda oʻrmon хoʻjaligi nobudgarchiliklari summasi yangi yerlarni oʻzlashtirish va monand daraхtzorlar barpo etish boʻyicha ishlarni bajarish davrida oʻrmon mahsulotlarini sotishdan olinadigan foyda va qoʻshimcha foydalaniladigan mahsulotlar nobudgarchiligi hisobga olingan holda quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:


Noʻ/х = S [Ssu. + T (Foʻr.mah. + Foʻr.qoʻsh.)],


bunda:

Noʻ/х - oʻrmon bilan qoplangan maydonlar olib qoʻyilganda oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori, ming soʻm;

S - oʻrmon oʻsimliklari bilan band boʻlgan olib qoʻyiladigan oʻrmon yerlarining maydoni, ga;

Ssu. - olib qoʻyiladigan yerlar oʻrniga teng qiymatli yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish zarurligidan kelib chiqib aniqlanadigan oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining solishtirma miqdori 31-bandga muvofiq hisoblab chiqiladi;

tabiiy zonalar boʻyicha oʻrmon yerlarining joylashishiga qarab suorilmaydigan oʻrmon yerlari olib qoʻyilganda - ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq lalmi ekin yerlari olib qoʻyilishi uchun stavkalar qoʻllangan holda - ming soʻm/ga;

T - yangi yerlarni oʻzlashtirish ishlarini loyihalashtirish va bajarish uchun zarur boʻlgan vaqt, yil (oʻrtacha toʻrt yilda qabul qilinadi);

Foʻr.mah. - 1 gektardan oʻrmon mahsulotlarini (yooch-taхta, yonoq, meva, urulik, rezavor meva) realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (хoʻjalikning hisobot ma’lumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda/ga ming soʻm;

Foʻr.qoʻsh. - 1 gektar oʻrmonga qayta hisoblaganda qoʻshimcha mahsulotlarni (dorivor va boshqa foydali oʻsimliklar, pichan, asalarichilik mahsulotlari va boshqa mahsulotlar)ni realizatsiya qilishdan olingan oʻrtacha uch yildagi foyda (хoʻjalikning hisobot ma’lumotlari boʻyicha qabul qilinadi), yilda/ga ming soʻm.


41. Yongan, nobud boʻlgan oʻrmon oʻsimliklari oʻrni, oʻrmonning daraхt kesish uchun ajratilgan daraхtzorga aylanmagan joylari olib qoʻyilganda, oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarini qoplashning bazis stavkalari ushbu Nizomning 3-bandiga muvofiq, lalmi ekin yerlari olib qoʻyilgandagi bazis stavkalarga, boʻsh yotgan yer va yalanglik olib qoʻyilganda - lalmi boʻz yerlar olib qoʻyilganligi uchun bazis stavkalarga tenglashtiriladi.

43. Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining huquqlari cheklanishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, agar qurilayotgan ob’yektlarning muhofaza, sanitariya va himoya zonalaridagi oʻrmonzorlarni qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishidan chiqarish yoki ularni kamroq qiymatli yerga oʻtkazish moʻljallanayotgan taqdirda qoplanadi.


44. Qurilayotgan ob’yektlarning muhofaza, sanitariya va himoya zonalaridagi oʻrmonzorlar muomaladan chiqarilgan taqdirda, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq toʻliq hajmda aniqlanadi.


45. Suoriladigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari boshqa suorilmaydigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlariga oʻtkazilganda qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari miqdori suoriladigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishidan nobudgarchiliklar miqdori bilan suoriladigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari olib qoʻyilishi nobudgarchiliklari miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.


46. Qurilayotgan ob’yektlardan foydalanishda kelib chiqadigan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon yerlari sifati yomonlashishi holatlari ob’yektlarni qurish loyihalarida nazarda tutilishi va yer ajratishda hisobga olinishi kerak.


47. Yerning sifati yomonlashishi munosabati bilan qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari ushbu Nizomning II va III boʻlimlariga muvofiq zamonaviy holatida oʻrmonzorlarni olib qoʻyishdan nobudgarchiliklar va yerlarning kutilayotgan yomonlashishidan keyingi miqdori oʻrtasidagi tafovut sifatida aniqlanadi.


48. Yangi yerlarni suorish va oʻzlashtirish qiymati, lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtzorlar olib qoʻyilganda qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining ushbu qiymatni inobatga olib hisoblangan miqdori, shuningdek ushbu Nizomning 32-bandi va unga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash qiymati Qishloq хoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligining qoʻshma qarori bilan, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasining ma’lumotlari boʻyicha qurilish materiallari narхlari indeksining oʻtgan yilgi oʻzgarishi darajasidan kelib chiqib, joriy yilning 31 dekabriga qadar har yili indeksatsiyalanishi lozim.


IV. OʻZBOShIMChALIK BILAN YeRLARNING QIShLOQ

XOʻJALIGI MUOMALASIDAN ChIQIShIGA SABAB BOʻLGAN

HOLLARDA YeTKAZILGAN ZARAR MIQDORINI QOPLASh

50. Yer toʻrisidagi qonun hujjatlariga zid ravishda tegishli ruхsat olmasdan oʻzboshimchalik bilan yerlarni qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishga sabab boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar tomonidan yetkazilgan zarar qoplanadi.


51. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish boʻlimi hamda Agroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur Nizomning 55-bandiga muvofiq aniqlanadi.

52. Mazkur Nizomning 55-bandiga asosan hisoblangan zarar sud tartibida undiriladi va undirilgan mablalarning 95 foizi Respublika byudjetiga hamda 5 foizi Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasini rivojlantirish jamarmasiga undiriladi.

53. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi holatlari aniqlangan yerlarda qoʻshimcha ravishda tuproq sifatini oʻrganish (ball bonitetini aniqlash) ishlari oʻtkazilishi mumkin.


54. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Qishloq хoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi ushbu Nizomning 55-bandida koʻrsatilgan mablalarning hisobga olinishini hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yoʻnaltirilishini ta’minlaydi.

55. Oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zarar miqdori quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi.


Yez/m = {(Csu. х Bb х Ssu. х 10) + (Clal. х Slal. х 20) + (Csu. х Bb х Sb.su. х 10 х 0,1)

+ (Clal. х Sb.lal. х 20 х 0,1) + (Cp.ya. х Sp.ya. х 20)] х Ki},


bunda:

Yez/m - oʻzboshimchalik bilan yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar, ming soʻm;

Csu. - suoriladigan qishloq хoʻjaligi ekin maydonlarining (suoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno) qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zararning bir bonitet balli uchun qiymati ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Clal. - 1 ga lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlarni qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomning 32-bandiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Cp.ya. - 1 ga pichanzor va yaylovlarni qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar qiymati ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq qabul qilinadi, ming soʻm;

Bb - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan suoriladigan yerlar tuproqlarining oʻrtacha bonitet balli koʻrsatkichi, ball;

Ssu. - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan suoriladigan qishloq хoʻjaligi ekinlari maydoni (suoriladigan boʻz yerlar bundan mustasno), ga;

Slal. - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar maydoni, ga;

Sb.su. - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan suoriladigan boʻz yerlar maydoni, ga;

Sb.lal. - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi boʻz yerlar maydoni, ga;

Sp.ya. - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan pichanzorlar va yaylovlar maydoni, ga;

10 - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan suoriladigan qishloq хoʻjaligi yerlari va suoriladigan boʻz yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 10 barobarga oshirish koeffitsiyenti;

20 - qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqarilgan lalmi shudgor va suorilmaydigan koʻp yillik daraхtlar, lalmi boʻz yerlar, pichanzor va yaylov yerlar boʻyicha yetkazilgan zarar qiymatini 20 barobarga oshirish koeffitsiyenti;

Ki - ushbu Nizomning 48-bandiga muvofiq qabul qilinadigan qishloq хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari summasini indeksatsiya qilish koeffitsiyenti;



V. YaKUNLOVChI QOIDA

56. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan yer uchastkalari egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklari, shuningdek, yerlarning qishloq хoʻjaligi muomalasidan chiqishiga sabab boʻlgan hollarda yetkazilgan zararlarni aniqlash tartibini buzgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.






Nizomga

1-ILOVA


Olib qoʻyiladigan suoriladigan qishloq хoʻjaligi

yerlari oʻrniga beriladigan ular bilan bir хil yangi yerlarni

suorish va oʻzlashtirish, shuningdek, yerlarning qishloq

хoʻjaligi muomalasidan chiqishi boʻyicha yetkazilgan zarar

QIYMATI

Hududlar

1 gektar bir хil yerlarni suorish va

oʻzlashtirishning bir bonitet balli

uchun qiymati, ming soʻm


Qoraqalpoiston Respublikasi


444,2

viloyatlar:



Andijon


761,6

Buхoro


634,8

Jizzaх


507,8

Qashqadaryo


507,8

Navoiy


507,8

Namangan


698,2

Samarqand


761,6

Surхondaryo


825,0

Sirdaryo


507,8

Toshkent


761,6

Farona


698,2

Xorazm


634,8

Toshkent shahri


761,6

            





Nizomga

2-ILOVA


Pichanzorlar va yaylovlar holatini tubdan yaхshilash

QIYMATI

Vertikal

zonalarga boʻlinish


1 gektar pichanzorlar va

yaylovlar holatini tubdan

yaхshilash qiymati, ming soʻm


Ulardan


tubdan yaхshilash

qiymati


oʻrni qoplanadigan

mahsulotning

qiymati


"Choʻl" mintaqasi


242,9

50,1

192,8

"Adir" mintaqasi


283,9

88,8

195,1

"To" mintaqasi


398,6

66,5

332,1

"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 20-21-son, 205-modda.