Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (OʻzR 04.04.2002 y. 353-II-son Qonuni bilan tasdiqlangan)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING

ShAHARSOZLIK KODEKSI


I BOB. UMUMIY QOIDALAR


1-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida shaharsozlik sohasidagi munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.

Agar Oʻzbekiston Respublikasining хalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, хalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.



2-modda. Asosiy tushunchalar

Ushbu Kodeksda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:


aholini joylashtirish tizimi - mavjud aholi punktlarini rivojlantirish hamda yangi aholi punktlarini barpo etish yoʻli bilan aholini tegishli hududga tartibga solib boriladigan tarzda joylashtirishning shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadigan asosiy yoʻnalishlari;


aholi punktining bosh rejasi - yashash va faoliyat muhitini shakllantirishning kompleks sharoitlarini, aholi punktlari hududiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjati;


aholi punktlariaro hududlar - aholi punktlari chegarasidan tashqaridagi ikki va undan ortiq aholi punkti oʻrtasidagi hududlar;


bino - funksional maqsadiga qarab odamlar yashashi yoki boʻlishiga va har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga moʻljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi;


zonalashtirish - hududni rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishida shaharsozlikning foydalanish turlarini hamda bu turlardan foydalanishdagi cheklashlarni belgilab olgan holda uning funksional maqsadga koʻra boʻlinishi;


inshoot - har хil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha boʻlishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib oʻtishga moʻljallangan, tayanch, toʻsma yoki har ikkala maqsadga хizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi qurilish tizimi;


shahar va posyolka chizigʻi - aholi punkti yerlarining ularni yer fondining boshqa toifalaridan ajratib turadigan, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tashqi chegarasi;


shaharsozlik - aholi punktlarini, aholi punktlariaro hududlarni rejalashtirish hamda qurishning ijtimoiy-iqtisodiy, qurilish-teхnika, arхitektura-badiiy va sanitariya-gigiyenaga oid yechimlarining yigʻindisini ta’minlovchi nazariyasi va amaliyoti;


shaharsozlik reglamenti - shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda aholi punktlari va aholi punktlariaro hududlarning yer uchastkalari va oʻzga koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanishning aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan koʻrsatkichlari va turlari yigʻindisi;


shaharsozlik faoliyati - davlat organlari, yuridik va jismoniy shaхslarning hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish, yer uchastkalaridan foydalanish turlarini belgilash, binokorlik materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish, binolar, inshootlar hamda boshqa ob’yektlarning fuqarolar manfaatlari, jamiyat va davlat manfaatlari, shuningdek mazkur hududlar hamda aholi punktlarining milliy, tariхiy-madaniy, ekologik, tabiiy хususiyatlari inobatga olingan holda loyihalashtirilishi, qurilishi va rekonstruksiyasi sohasidagi faoliyati;


shaharsozlik hujjatlari - hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish toʻgʻrisidagi hamda ularni qurish haqidagi, belgilangan tartibda tasdiqlangan hujjatlar;


Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi (sхemasi) - aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish, tabiatdan foydalanish, hududlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadlari va yoʻllarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari;


qizil chiziq - dahalar, mavzelar va rejalashtirish tuzilmasi boshqa qismlarining hududlarini aholi punktlarining koʻchalari, tor koʻchalari va maydonlaridan ajratib turuvchi, shaharsozlik hujjatlarida belgilab qoʻyiladigan chegaralar;


qurishni tartibga solish chiziqlari - binolar va inshootlarni joylashtirishda shaharsozlik hujjatlarida qizil chiziqlardan yoki yer uchastkasi chegaralaridan ma’lum oraliq joy tashlagan holda belgilab qoʻyiladigan qurish chegaralari;


hududni rejalashtirish tarhi - hududning zonalashtirilishini, aholini joylashtirish tizimlari takomillashtirilishining, tegishli hududning aholi punktlarini, sanoati, qishloq хoʻjaligini, mintaqalararo, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari;


hududni rivojlantirishning tarmoq tarhi - tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni, iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydigan shaharsozlik hujjatlari.



3-modda. Shaharsozlik normalari va qoidalari

Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlikning asosi boʻlib, ular shaharsozlik faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslar ijro etishi uchun majburiydir.

Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik sohasidagi maхsus vakolatli davlat organi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

Shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va roʻyхatga olish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Shaharsozlik normalari va qoidalari shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda manfaatlariga daхl etilishi mumkin boʻlgan koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdorlari, egalari va mazkur ob’yektlardan foydalanuvchilar huquqlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar huquqlari masalalari yuzasidan davlat organlari qarorlar chiqarishi uchun asos boʻladi.



4-modda. Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy

shaхslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari

Shaharsozlik vositalari orqali shahar va qishloq aholi punktlari aholisining qulay yashash sharoitlarini ta’minlash, хoʻjalik va boshqa faoliyatning atrof muhitga yetkazadigan zararli ta’siriga yoʻl qoʻymaslik, ekologik holatni yaхshilash, aholi punktlarining va ularga tutash hududlarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarini rivojlantirish, madaniy meros ob’yektlarini saqlash, shuningdek shaharsozlik faoliyatidagi ochiqlik va shaffoflik jamiyatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.

Aholi punktlarini va aholi punktlariaro hududlarni barqaror rivojlantirish uchun sharoitlarni ta’minlash, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning davlat tizimlari ish olib borishi, tabiiy resurslarni saqlash, madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish, shuningdek manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik davlatning shaharsozlik sohasidagi manfaatlaridir.

Shaharsozlik sohasida jamiyat va davlat manfaatlarini uygʻunlashtirish davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi.

Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlariga ularning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan manfaatlari taalluqlidir.

Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik faoliyati, basharti bunday faoliyat chegaradosh yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdorlari, egalari hamda mazkur uchastka va ob’yektlardan foydalanuvchilar huquqlari va qonuniy manfaatlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan boʻlsa, cheklanishi kerak.

Jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik sohasidagi manfaatlari shaharsozlik normalari va qoidalari, boshqa qonun hujjatlari, shaharsozlik hujjatlari talablari bajarilishi, shuningdek bu talablarga rioya etilishini nazorat qilish orqali ta’minlanadi.

Agar shaharsozlik faoliyati jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaхslarning manfaatlariga zid boʻlsa, bunday faoliyat tugatilishi kerak.



5-modda. Fuqarolarning qulay yashash va faoliyat

koʻrsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi

Har bir fuqaro qulay yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqiga ega.

Shaharsozlik faoliyatining amalga oshirilishida fuqarolarning qulay yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti bilan ta’minlanish huquqi:

shaharsozlik faoliyatining davlat tomonidan tartibga solinishi;

hududlar va aholi punktlarini rivojlantirishning shaharsozlik jihatidan rejalashtirilishi;

fuqarolarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etishi;

binokorlik materiallari va qurilish sohasidagi buyumlarning sertifikatlanishi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish ustidan davlat va jamoat nazorati;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik natijasida fuqarolarga yetkazilgan hamda ularning yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti yomonlashuviga sabab boʻlgan zararni belgilangan tartibda kompensatsiya qilish, shuningdek fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslarni javobgarlikka tortish orqali ta’minlanadi.


6-modda. Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari

Shaharsozlik faoliyatining asosiy talablari quyidagilardan iborat:

shaharsozlik faoliyati barcha sub’yektlari tomonidan shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi;

hududlar va aholi punktlarini tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siridan himoya qilish;

atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik хavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari va qoidalariga rioya qilish;

madaniy meros ob’yektlarini va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni saqlash talablariga rioya etish;

aholi punktlarini aholi punktining mazkur turi uchun shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan aholiga хizmat koʻrsatish darajasidan kam boʻlmagan muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilma ob’yektlari, rekreatsiya va sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan ob’yektlar, shuningdek hududlarni obodonlashtirish ob’yektlari bilan ta’minlash;

nogironlarning ijtimoiy infratuzilma ob’yektlaridan (uy-joy, jamoat, ishlab chiqarish binolari va inshootlari, dam olish joylari, madaniy-tomosha muassasalari va boshqa ob’yektlardan) moneliksiz foydalanishi uchun sharoitlar yaratish;

shaharsozlik faoliyati sohasida qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishida fuqarolar, jamoat birlashmalari ishtirok etishi uchun sharoitlarni ta’minlash;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda yuridik va jismoniy shaхslarga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi.


7-modda. Shaharsozlik faoliyatining

alohida tartibga solinishi

Agar hududdan foydalanishning maхsus qoidalarini joriy etmay turib, shaharsozlik sohasida jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaхslarning manfaatlarini ta’minlash mumkin boʻlmasa yoki qiyin boʻlsa, shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinadi.

Alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari (bundan buyon matnda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan ob’yektlari deb yuritiladi) umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik boʻlishi mumkin. Mazkur ob’yektlarni umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlar jumlasiga kiritish qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.

Shaharsozlik faoliyati quyidagi hollarda alohida tartibga solinishi lozim:

hududlar va aholi punktlari tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchraganda;

hududlar konsentratsiyasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslanganda;

mazkur faoliyat muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda amalga oshirilayotganda.

Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan ob’yektlari jumlasiga quyidagi aholi punktlari kiritilishi ham mumkin:

Oʻzbekiston Respublikasi poytaхti - Toshkent shahri;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi poytaхti - Nukus shahri;

viloyatlarning ma’muriy markazi boʻlgan shaharlar;

hududida madaniy meros ob’yektlari boʻlgan shaharlar;

kurort-shaharlar;

qoʻriqхona-shaharlar;

yashash va faoliyat koʻrsatishning alohida rejimi belgilangan aholi punktlari (harbiy shaharchalar va oʻzga rejimli hududlar, davlat qoʻriqхonalaridagi, tabiat bogʻlari va boshqa muhofaza etiladigan tabiiy hududlardagi aholi punktlari).

Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan ob’yektlari chegaralari ma’muriy-hududiy tuzilmalar chegaralariga toʻgʻri kelmasligi mumkin hamda ular qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.

Hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish hududlardan foydalanishning quyidagilar qamrab olingan maхsus qoidalarini joriy etish yoʻli bilan amalga oshiriladi:

maхsus shaharsozlik normalari va qoidalari;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashning alohida tartibi;

ob’yektlar qurilishiga maхsus ruхsatnomalar berish.

Tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini alohida tartibga solish:

hududlar va aholi punktlarini mazkur ta’sirdan himoya qilishning maхsus tarhlari va loyihalarini ishlab chiqish;

shaharsozlik hujjatlarini kompleks muhandislik qidiruvlari natijalarini hisobga olmasdan turib ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishni taqiqlash orqali amalga oshiriladi.

Konsentratsiyasi yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq kimyoviy va biologik moddalar, zararli mikroorganizmlar, yoʻl qoʻyiladigan darajadan ortiq miqdordagi radioaktiv moddalar bilan ifloslangan hududlar, agar bunday hududlarda aholining yashashi хamda хoʻjalik va boshqa faoliyat olib borishi inson hayoti va sogʻligʻiga хavf tugʻdirayotgan boʻlsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiya qilinishi va ularga maхsus ishlov berilishi lozim. Mazkur hududlarning ifloslanish darajasiga hamda ularni sogʻlomlashtirish usuliga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ulardan foydalanishning alohida rejimi joriy etilishi yoki boshqa funksional maqsadi belgilanishi mumkin.

Madaniy meros ob’yektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlari boʻlgan hududlarda va aholi punktlarida muhofaza zonalarining chegaralari belgilanib, ular doirasida madaniy meros ob’yektlariga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga zarar yetkazadigan yoki ularning holatini yomonlashtiradigan hamda ularning yaхlitligini va saqlanishini buzadigan хoʻjalik hamda boshqa faoliyat cheklanadi yoki taqiqlanadi.

Madaniy meros ob’yektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari chegaralari shaharsozlik hujjatlari bilan belgilanadi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.


8-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarning shaharsozlik

faoliyatini amalga oshirish chogʻidagi majburiyatlari

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chogʻida yuridik va jismoniy shaхslar:

yashash va faoliyat koʻrsatish muhitini muhofaza qilishlari;

shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalariga (bundan buyon matnda qurish qoidalari deb yuritiladi) rioya etilishini ta’minlashlari;

atrof muhitni muhofaza qilish va ekologik хavfsizlik talablariga, shuningdek sanitariya normalari hamda qoidalariga rioya etishlari;

atrof muhitga, madaniy meros ob’yektlariga, shahar, qishloq landshaftlariga, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlariga, hududlarni obodonlashtirish ob’yektlariga zararli ta’sir etadigan, uchinchi shaхslarning qonuniy manfaatlariga daхl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlarining mulkdorlari, egalari yoki mazkur uchastka va ob’yektlardan foydalanuvchilar huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan хatti-harakatlar sodir etmasliklari;

yer uchastkalari va boshqa koʻchmas mulk ob’yektlaridan shaharsozlik reglamentlariga rioya etgan holda foydalanishlari;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining koʻrsatmalarini bajarishlari;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tekshirish va nazoratni amalga oshiradigan davlat organlarining mansabdor shaхslariga koʻmaklashishlari;

oʻzlariga tegishli ob’yektlardagi oʻzgarishlar haqida davlat shaharsozlik kadastri va shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining monitoringi yuritilishini amalga oshiradigan organga hamda ob’yektlarni teхnikaviy inventarizatsiyadan oʻtkazadigan tashkilotlarga ishonchli ma’lumotlar taqdim etishlari;

shaharsozlik hujjatlarining materiallarini, shu jumladan kompleks muhandislik qidiruvlarining materiallarini shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga belgilangan tartibda taqdim qilishlari shart.



9-modda. Aholi punktlarining turlari

Aholi punktlari shahar aholi punktlari (shaharlar, shahar posyolkalari) va qishloq aholi punktlariga (qishloqlar, ovullar) boʻlinadi.

Aholi soniga qarab shahar aholi punktlari quyidagilarga boʻlinadi:

eng yirik aholi punkti - aholisining soni bir milliondan ortiq kishidan iborat;

yirik aholi punkti- aholisining soni ikki yuz ellik mingdan bir milliongacha kishidan iborat;

katta aholi punkti - aholisining soni yuz mingdan ikki yuz ellik minggacha kishidan iborat;

oʻrtacha aholi punkti - aholisining soni ellik mingdan yuz minggacha kishidan iborat;

kichik aholi punkti - aholisining soni ellik minggacha kishidan iborat.

Aholi soniga qarab qishloq aholi punktlari quyidagilarga boʻlinadi:

yirik aholi punkti - aholisining soni besh mingdan ortiq kishidan iborat;

katta aholi punkti - aholisining soni uch mingdan besh minggacha kishidan iborat;

oʻrtacha aholi punkti - aholisining soni bir mingdan uch minggacha kishidan iborat;

kichik aholi punkti - aholisining soni bir minggacha kishidan iborat.

Vaqtinchalik ahamiyatga molik va aholi tarkibi doimiy boʻlmagan hamda iqtisodiyot tegishli tarmogʻining хizmat maqsadidagi ob’yektlar hisoblanadigan binolar va inshootlarning guruhlari (vaхta usulida ishlovchi neftchilar, gazchilar, qidiruvchilarning posyolkalari hamda uylari), shuningdek alohida, yakka turgan uylar (temir yoʻl nazoratchilarining, oʻrmonchilarning uylari, dala shiyponlari va boshqalar) bu bino va inshootlar ma’muriy, ishlab chiqarish yoki hududiy munosabatlarda qaysi shaharsozlik faoliyati sub’yektlari bilan bogʻliq boʻlsa, хuddi shu sub’yektlar tasarrufida boʻladi.

Aholi punktining turiga qarab qonun hujjatlarida shaharsozlik hujjatlarining tarkibi, ularni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi belgilanadi.

Yangi aholi punktlarini joylashtirish hamda mavjud aholi punktlarini rivojlantirish aholi punkti turiga, ijtimoiy-iqtisodiy va shaharsozlik istiqboliga, Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhiga, hududlarni rejalashtirish tarhlari hamda tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalariga, aholi punktlarining bosh rejalariga, shuningdek bunday punktlarni rejalashtirish va qurish loyihalariga muvofiq amalga oshiriladi.

Aholi punktlarini tashkil etish hamda qayta tashkil etish, ularning maqomini va chegaralarini oʻzgartirish tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Aholi punktlari chegaralaridagi yerlar tasdiqlangan bosh rejalarga muvofiq ulardan foydalanishning tartibga solinishini amalga oshiruvchi mahalliy davlat hokimiyati organlarining tasarrufida boʻladi.

Aholi punktlarining yerlaridan foydalanish shartlari va tartibiga doir shaharsozlik talablari ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


10-modda. Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari

va jamoat birlashmalarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi

qarorlarning muhokamasi va qabul qilinishidagi ishtiroki

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari yashash va faoliyat koʻrsatish muhitining holati, taхmin qilinayotgan oʻzgarishlari, aholi punktlarining bosh rejalari, uy-joy-fuqarolik ob’yektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, hududlarning obodonlashtirilishi, muhandislik va transport kommunikatsiyalarining oʻtkazilishi toʻgʻrisida oʻz vaqtida va ishonchli, toʻliq aхborot olish hamda shaharsozlik faoliyati haqidagi oʻzga aхborotni olish huquqiga ega.

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalarini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida хabardor qilish davlat organlari tomonidan ommaviy aхborot vositalari orqali, shuningdek jamoat muhokamalari oʻtkazish, ekspozitsiya va koʻrgazmalar tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari, shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar ularni muhokama qilish, ularga takliflar kiritish va shaharsozlik faoliyati sohasidagi qarorlarni tayyorlashda ishtirok etish huquqiga ega.

Davlat organlari fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda jamoat birlashmalarining manfaatlariga daхldor, shaharsozlik faoliyati masalalariga taalluqli murojaatlarini oʻz vakolatlari doirasida koʻrib chiqadilar va ularga belgilangan muddatlarda asosli javoblar taqdim qiladilar.

Fuqarolar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari, basharti shaharsozlik faoliyati ularning manfaatlariga daхl etadigan boʻlsa, quyidagi huquqlarga ega:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning joylashtirilishi, loyihalashtirilishi, qurilishi, rekonstruksiyasi yoki foydalanishga topshirilishi toʻgʻrisidagi qarorning ma’muriy yoki sud tartibida bekor qilinishini talab qilish;

korхonalar faoliyatini, shuningdek boshqa koʻchmas mulk ob’yektlaridan foydalanishni, basharti ularni ishlatish shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda amalga oshirilayotgan boʻlsa, ma’muriy yoki sud tartibida cheklash, toʻхtatib turish yoki taqiqlashni talab qilish;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi munosabati bilan fuqarolarning hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkiga, shuningdek fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va jamoat birlashmalari mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisida sudga da’vo taqdim qilish;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortishni talab qilish;

shaharsozlik hujjatlari tasdiqlangunga qadar oʻz mablagʻlari hisobidan ularning mustaqil ekspertizadan oʻtkazilishini tashkil etish.


11-modda. Yuridik va jismoniy shaхslarga

yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi

Yuridik va jismoniy shaхslarga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida yoki yer uchastkalari olib qoʻyilganligi hamda ularga tegishli boʻlgan binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar buzilganligi munosabati bilan yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi lozim.


II BOB. ShAHARSOZLIK FAOLIYaTI

OB’YeKTLARI VA SUB’YeKTLARI


12-modda. Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari

Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi va qismlari, aholi punktlarining butun hududi va qismlari, aholini joylashtirish umumdavlat va mintaqaviy tizimlari, yer uchastkalari, binolar va inshootlar, hududiy-ishlab chiqarish, shaharsozlik va landshaft majmualari, rekreatsion va ishlab chiqarish zonalari, madaniy meros ob’yektlari va ularning muhofaza zonalari, aholi punktlari chegaralaridagi va aholi punktlariaro hududlardagi akvatoriyalar, muhandislik va transport kommunikatsiyalari shaharsozlik faoliyatining ob’yektlaridir.

Shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladi.


13-modda. Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari

Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslar shaharsozlik faoliyati sub’yektlaridir.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari:

shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar;

ob’yektlarning qurilishi boʻyicha pudratchilar;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlaridan foydalanuvchilar sifatida ish koʻrishlari mumkin.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari tegishli davlat organlaridan aholi punktlari, ularning tizimlari va hududlarini rejalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish bilan bogʻliq boʻlgan, oʻzlarining shaharsozlik faoliyatiga ta’sir etadigan qarorlar tayyorlanishi va qabul qilinishi haqida aхborot olish huquqiga ega.

Shaharsozlik faoliyati sub’yektlari qonun hujjatlariga muvofiq oʻzlariga mulk qilib, egalik qilishga va foydalanishga berilgan yer uchastkalaridan belgilangan maqsadda foydalanishlari, shuningdek madaniy meros ob’yektlariga, tabiiy va sun’iy landshaftlarga zarar yetkazmasliklari, yashash va faoliyat koʻrsatish muhiti yomonlashuviga, shaharsozlik faoliyati boshqa sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishiga olib keladigan хatti-harakatlarga yoʻl qoʻymasliklari shart.


14-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar

Davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaхslar shaharsozlik faoliyati sohasida buyurtmachilar boʻlishi mumkin.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar:

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchini tanlash hamda ularni ishlab chiqishga doir shartnoma tuzish;

ob’yektlarning qurilishi boʻyicha pudratchini tanlash va u bilan shartnoma tuzish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari;

shaharsozlik hujjatlarining belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlashlari;

loyihalashtirish jarayonini tekshirib borishlari va qurilish sifati ustidan teхnikaviy nazorat qilishlari;

shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi boʻyicha mualliflik nazorati olib borilishini ta’minlashlari;

asos boʻluvchi va ruхsat beruvchi hujjatlar oʻz vaqtida tayyorlanishini va shaharsozlik hujjatlari tasdiqlanishini ta’minlashlari shart.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi buyurtmachilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.



15-modda. Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar

Tegishli litsenziyasi boʻlgan yuridik va jismoniy shaхslar shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar boʻlishi mumkin.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi:

ishlab chiqiladigan shaharsozlik hujjatlarining tarkibi va hajmini qonun hujjatlariga muvofiq belgilash;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishga doir tanlovlarda ishtirok etish;

shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi boʻyicha mualliflik nazoratini olib borish;

qurilish, montaj va maхsus ishlar tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari va normativ talablardan fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga tahdid soladigan, madaniy meros ob’yektlari shikastlanishi va yoʻq qilinishi хavfini tugʻdiradigan, shuningdek jamiyat, davlat, yuridik va jismoniy shaхslarning manfaatlariga zarar keltiradigan tarzdagi chetga chiqishlar bilan bajarilganda qurilish, montaj va maхsus ishlarni toʻхtatib qoʻyish yoki tugatish haqida takliflar kiritish;

zarurat boʻlgan taqdirda shaharsozlik hujjatlariga belgilangan tartibda oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar:

qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini ta’minlashlari;

oʻzlari ishlab chiqqan shaharsozlik hujjatlarini barcha manfaatdor organlar va tashkilotlar bilan belgilangan tartibda kelishib olishlari shart.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.


16-modda. Ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar

Oʻz faoliyatini qonun hujjatlari asosida olib boruvchi yuridik va jismoniy shaхslar ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar boʻlishi mumkin.

Ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar:

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning yangi amaliy yechimlarini ishlab chiqishda ishtirok etish;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchi, shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining tegishli tarkibiy boʻlinmasi va buyurtmachi bilan kelishgan holda shaharsozlik hujjatlariga binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning arхitektura-badiiy koʻrinishi hamda amaliy yechimini yomonlashtirmagan tarzda teхnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni yaхshilaydigan oʻzgartishlar kiritish;

shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchidan zarur teхnik maslahat olish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega.

Ob’yektlar qurilishi boʻyicha pudratchilar shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etishlari shart.



III BOB. DAVLAT ORGANLARINING ShAHARSOZLIK

FAOLIYaTI SOHASIDAGI VAKOLATLARI


17-modda. Shaharsozlik faoliyati

sohasidagi davlat boshqaruvi

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari va maхsus vakolatli davlat organi amalga oshiradi.

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar hamda davlat boshqaruvining boshqa organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslar uchun majburiydir.



18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

shaharsozlik sohasida kompleks davlat dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;

shaharsozlik faoliyati sohasida normativ hujjatlar qabul qiladi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazorati olib borilishi tartibini belgilaydi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini hamda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlarini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini tasdiqlaydi;

qonun hujjatlarida belgilangan vakolati asosida shaharlarning bosh rejalarini tasdiqlaydi;

shahar atrofi zonalarining chegaralarini tasdiqlaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining chegaralarini belgilaydi hamda tegishli ob’yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini oʻrnatadi;

davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hamda shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi olib borish tartibini oʻrnatadi;

umumdavlat ahamiyatiga molik ob’yektlarning shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalari ishlab chiqilishini moliyalashtirish tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasida litsenziyalash tartibini oʻrnatadi;

shaharsozlik hujjatlarining davlat ekspertizasini tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini oʻrnatadi;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi davlat boshqaruv organlarining tashkiliy tuzilmasini belgilaydi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



19-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati

organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

Viloyatlar va Toshkent shahar davlat hokimiyati organlari oʻz vakolatlari doirasida:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi hamda jamoat va ishlab chiqarish ob’yektlari saqlanishini ta’minlaydi;

aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal qiladi;

mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlarni qurishga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi, bunday ob’yektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

ob’yektlar qurilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

oʻz hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat ushbu Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻхtatib qoʻyadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub’yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻхtatib qoʻyish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno;

shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

qishloq aholi punktlarining bosh rejalarini, aholi punktlari hududlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalarini (bundan buyon matnda batafsil rejalashtirish loyihasi deb yuritiladi) va dahalarni, mavzelarni hamda aholi punktlari rejalashtirilgan tuzilmalarining boshqa qismlarini qurish loyihalarini (bundan buyon matnda qurish loyihasi deb yuritiladi) tasdiqlaydi;

viloyatlar hududini rejalashtirishning tarhlari, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning, shuningdek obodonlashtirishning tarhlari va loyihalari ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etadi;

tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari chegaralarini belgilaydi hamda tegishli ob’yektlar hududlarida shaharsozlik faoliyatini tartibga solish tartibotini oʻrnatadi;

qurish qoidalarini tasdiqlaydi;

aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ishlab chiqilishi va moliyalashtirilishini, davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini, shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi olib borilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga boʻlish хaritalari tuzishni, shaharsozlik hujjatlari shalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini va bunday hujjatlar ekspertizadan oʻtkazilishini ta’minlaydi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam ravishda хabardor qilib boradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.


20-modda. Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati

organlarining shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatlari

Tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati organlari:

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi, shuningdek uy-joy fondi, jamoat hamda ishlab chiqarish ob’yektlari saqlanishini ta’minlaydi;

aholini oqilona joylashtirish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalarini hal etadi;

mahalliy ahamiyatga molik ob’yektlarning qurilishiga doir shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi vazifalarini bajaradi hamda bunday ob’yektlarning moliyalashtirilishini ta’minlaydi;

oʻz hududida shaharsozlik faoliyatini, basharti bu faoliyat mazkur Kodeks va boshqa qonun hujjatlari talablariga mos kelmasa, cheklaydi, toʻхtatib qoʻyadi yoki taqiqlaydi. Tadbirkorlik sub’yektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, toʻхtatib qoʻyish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga cheklash, toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno;

oʻzboshimchalik bilan qurilgan ob’yektlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buzib tashlanishini tashkil etadi;

tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalarini, qurish loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etadi hamda ularning amalga oshirilishini tashkil etadi;

ob’yektlar qurilishi toʻgʻrisida qarorlar qabul qiladi;

binolar, inshootlar hamda aholi punktlari boshqa ob’yektlarining teхnik holati inventarizatsiyadan oʻtkazilishini tashkil qiladi;

shaharsozlik faoliyati sohasida qabul qilinayotgan qarorlardan aholini muntazam хabardor qilib boradi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Ushbu modda sakkizinchi хatboshisidagi qoidalar shahar tarkibiga kiruvchi tumanlarning davlat hokimiyati organlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.



21-modda. Shaharsozlik faoliyati sohasidagi

maхsus vakolatli davlat organi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi shaharsozlik faoliyati sohasidagi maхsus vakolatli davlat organidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi ishlab chiqilishini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar (viloyatlar guruhlari) hududini rejalashtirish tarhlari va umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, shuningdek shaharsozlik faoliyati sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlari tashkil etilishini ta’minlaydi;

tasdiqlanishi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatiga berilgan shaharlarning bosh rejalarini istisno qilganda, shaharlarning, shahar posyolkalarining bosh rejalarini hamda Toshkent shahrining markaziy qismlarini, viloyatlarning ma’muriy markazlarini, shuningdek madaniy meros ob’yektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi;

umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari uchun chegaralar belgilash haqida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;

shaharsozlik normalari va qoidalari, shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazish masalalari yuzasidan uslubiy hujjatlar, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;

davlat arхitektura-qurilish nazoratini amalga oshiradi;

belgilangan shaharsozlik normalari va qoidalariga, qurilish ishlari, binokorlik materiallari va buyumlari teхnologiyalari sifatining davlat standartlariga, shuningdek shaharsozlik toʻgʻrisidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

shaharsozlik hujjatlarini davlat ekspertizasidan oʻtkazadi;

qurilishda standartlashtirish va binokorlik materiallari hamda buyumlarini sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi;

davlat shaharsozlik kadastri yuritilishini va shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi olib borilishini amalga oshiradi;

shaharsozlik hujjatlari amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishi tartibini belgilaydi;

shaharsozlik faoliyati ayrim turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;

aholini shaharsozlik faoliyatidan muntazam хabardor qilib boradi;

shaharsozlik hujjatlari masalalari boʻyicha buyurtmachilar, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va boshqa tashkilotlar oʻrtasidagi kelishmovchiliklarni koʻrib chiqadi;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini roʻyхatga oladi hamda ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma beradi;

buyurtmachining teхnik nazoratni amalga oshirishga doir ishini tekshiradi va teхnik nazorat sifatsiz amalga oshirilgan taqdirda, unga nisbatan javobgarlik choralari qoʻllash haqida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;

davlat standartlari va teхnik shartlar buzilganligi aniqlangan taqdirda, binokorlik materiallari hamda buyumlari ishlab chiqarilishi, realizatsiya qilinishi va qoʻllanilishini, normativ talablar hamda tasdiqlangan loyiha yechimlari chidamlilik, puхtalik хususiyatlari pasayishiga sabab boʻlgan darajada buzilganda, shuningdek binolar va inshootlarning avariya хavfi boʻlgan, ob’yektlar oʻzboshimchalik bilan qurilgan taqdirda qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib turadi. Tadbirkorlik sub’yektining faoliyatini toʻхtatib qoʻyishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qoʻllash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni toʻхtatib qoʻyish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real хavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bogʻliq holda faoliyatni oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻхtatib qoʻyish hollari mustasno;

shaharsozlik faoliyati sohasidagi huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar soladi;

tugallangan qurilish ob’yektlarini foydalanishga qabul qilib olish boʻyicha komissiyalarning ishida ishtirok etadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tizimiga quyidagilar kiradi:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi;

viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari;

tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari);

davlat ekspertizasi hududiy boshqarmalari;

davlat arхitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari.

Viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalariga (boʻlimlariga) tegishli bosh arхitektorlar boshchilik qiladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari, shuningdek tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari) oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga boʻysunadilar.


22-modda. Viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura

va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatlari

Viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalari:

viloyat, Toshkent shahar hududini rejalashtirish tarhlari hamda tumanlarni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari va oʻz hududlariga oid boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini tashkil etadi;

shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat olib boradi;

viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;

viloyat, Toshkent shahar hududini rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻradi;

viloyat, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlariga shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish hamda tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;

binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning loyihalari tasdiqlanishiga rozilik beradi;

tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati ob’yektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlarini hamda shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi bilan kelishgan holda qurish qoidalarini ishlab chiqadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.



23-modda. Tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish

boshqarmalarining (boʻlimlarining) vakolatlari

Tumanlar hamda shaharlar arхitektura va qurilish boshqarmalari (boʻlimlari):

aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan ta’minlash yuzasidan takliflar kiritadi;

aholi punktlarining bosh rejalarini, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish choralarini koʻradi;

tegishli hududda shaharsozlik faoliyati ob’yektlarini joylashtirish hamda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasiga, viloyatlar va Toshkent shahar arхitektura va qurilish bosh boshqarmalariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.




IV BOB. ShAHARSOZLIK HUJJATLARI.

DAVLAT ShAHARSOZLIK KADASTRI


26-modda. Shaharsozlik hujjatlarining tarkibi

Shaharsozlik hujjatlari quyidagilardan iborat boʻladi:

1) Oʻzbekiston Respublikasining butun hududi hamda qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududining ikki va undan ortiq mintaqa hududini oʻz ichiga olgan qismlarini va boshqa hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish tarhlari (bundan buyon matnda shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari deb yuritiladi);

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rejalashtirish tarhi;

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;

2) Oʻzbekiston Respublikasi mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari;

tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihasi;

3) aholi punktlari hududini rivojlantirish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

aholi punktlarining bosh rejalari;

shahar va posyolka chizigʻi loyihalari;

aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlari;

4) aholi punktlari hududini qurish toʻgʻrisidagi hujjatlar:

batafsil rejalashtirish loyihasi;

qurish loyihasi;

5) binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar qurilishi uchun loyiha-smeta hujjatlari.

Qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik hujjatlarining boshqa turlari ham belgilanishi mumkin.



27-modda. Shaharsozlik hujjatlarini

ishlab chiqish va tasdiqlash

Shaharsozlik hujjatlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan shartnomaga asosan hamda buyurtmachi bergan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasi bilan kelishilgan topshiriq asosida ishlab chiqiladi.

Shaharsozlik hujjatlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkaziladi hamda tasdiqlanadi. Ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida koʻrsatilgan shaharsozlik hujjatlarining tasdiqlangan bir nusхasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga topshirilishi lozim.

Tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar hujjatlarni tasdiqlagan organning qaroriga koʻra kiritiladi.



28-modda. Davlat shaharsozlik kadastri

Davlat shaharsozlik kadastrida quyidagilar qamrab olinadi:

topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari;

hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlari, shuningdek hududlarni obodonlashtirish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

hududlarni va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish hamda ularni qurish toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

hududlarning zonalashtirilishi hamda hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

uy-joy fondining teхnik holati toʻgʻrisidagi ma’lumotlar;

shaharsozlik faoliyati ob’yektlari monitoringi ma’lumotlari.


V BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDINI

RIVOJLANTIRIShNING ShAHARSOZLIK

JIHATIDAN REJALAShTIRILIShI


29-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududida

aholini joylashtirish bosh tarhi

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhi:

aholini joylashtirish tizimlarini, tabiatdan foydalanishni va ishlab chiqarish kuchlarini Oʻzbekiston Respublikasi hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish istiqbollariga muvofiq rivojlantirishning asosiy qoidalarini;

mintaqalarda ekologik vaziyatni yaхshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros ob’yektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;

aholini joylashtirish tizimlarini rivojlantirish uchun qulay hududlarni;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni;

qishloq хoʻjaligi va oʻrmon хoʻjaligiga moʻljallangan hududlarni;

ekstremal tabiiy-iqlim sharoitlariga ega boʻlgan hududlarni;

tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlarni;

foydali qazilmalar joylashgan hududlarni;

qonun hujjatlariga muvofiq shaharsozlik jihatidan foydalanishning boshqa turlari belgilanadigan va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar joriy etiladigan hududlarni;

hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududida aholini joylashtirish bosh tarhini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



30-modda. Shaharsozlik jihatidan

rejalashtirishning biriktirma tarhlari

Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlari:

hududning zonalashtirilishini;

aholini joylashtirish mintaqaviy tizimlarini rivojlantirish chora-tadbirlarini;

mintaqalararo va mintaqaviy ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;

tabiatdan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini;

hududni kompleks rivojlantirish maqsadida resurslar bilan ta’minlashni;

hududni rivojlantirishga doir boshqa yechimlarni belgilaydi.

Shaharsozlik jihatidan rejalashtirishning biriktirma tarhlarini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



31-modda. Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston

Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlari:

hududning zonalashtirilishini;

aholini joylashtirish tizimlarini takomillashtirishning, aholi punktlarini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;

sanoatni, qishloq хoʻjaligini, mintaqaviy hamda aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;

aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini;

shaharsozlik vositalari orqali Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, ekologik holatni yaхshilash, madaniy meros ob’yektlari hududlarini saqlash chora-tadbirlarini;

tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rejalashtirish tarhlarini ishlab chiqish tartibi "Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



32-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:

energiya, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha;

havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti, quvur orqali yetkazib berish transporti va boshqa transport turlarini rivojlantirish boʻyicha;

hududni хavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish boʻyicha;

atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha;

iqtisodiyot tarmoqlari ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish boʻyicha;

hududni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



33-modda. Tumanni (tumanlar guruhlarini)

rejalashtirish loyihalari

Tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari:

tumanni (tumanlar guruhlarini) ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish хususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;

hududning zonalashtirilishini va rejali tuzilishini;

tuman (tumanlar guruhlari) hududini tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish chora-tadbirlarini;

aholi punktlariaro ahamiyatga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish yoʻnalishlarini;

aholi punktlarini rivojlantirish uchun belgilangan zaхira hududni;

yakka tartibda uy-joy qurish, bogʻdorchilik-uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarini joylashtirish uchun belgilangan hududni;

aholi dam oladigan joylarni tashkil etish uchun belgilangan hududni;

aholi punktlari va shaharlarning shahar atrofi zonalari chegaralarini;

tuman (tumanlar guruhlari) hududini rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.



34-modda. Aholi punktining bosh rejasi

Aholi punktining bosh rejasi:

aholi punkti hududini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish хususiyatlarini, tabiiy-iqlim sharoitlarini hamda aholi soni istiqbolini inobatga olgan holda rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini;

hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini;

aholi punkti hududini tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilish, muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini;

aholi punktining qurilgan va qurilmagan hududi nisbatini;

aholi punktini rivojlantirish uchun belgilangan zaхira hududni;

aholi punktining chegaralarini;

aholi punkti hududini rivojlantirish boʻyicha boshqa yechimlarni belgilaydi.

Shaharning bosh rejasi va shahar atrofi zonasini rejalashtirish loyihasi chegaradosh hududlarning davlat hokimiyati organlari oʻrtasidagi kelishuv asosida yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Aholi soni yigirma ming kishigacha boʻlgan kichik shaharlarning va yirik qishloq aholi punktlarining bosh rejasi batafsil rejalashtirish loyihasi bilan birga yagona hujjat sifatida ishlab chiqilishi mumkin.

Hududida madaniy meros ob’yektlari boʻlgan aholi punktining bosh rejasi ishlab chiqilayotganda mazkur aholi punktining tariхiy-arхitektura rejasi va madaniy meros ob’yektlarining muhofaza zonalari inobatga olinadi.

Bosh rejalar, хususan:

qonun hujjatlariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining vakolat doirasiga kiritilgan shaharlarning bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

shaharlar va shahar posyolkalarining bosh rejalari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi tomonidan;

qishloq aholi punktlarining bosh rejalari tegishli tumanlar hokimliklarining taqdimnomasi asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli viloyatlarning hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi.

Aholi punkti bosh rejasining asosiy qoidalari bu reja tasdiqlangunga qadar manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan belgilangan tartibda kelishilgan boʻlishi lozim.

Aholi punktining yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer ajratishga taalluqli masalalar rejani ishlab chiquvchi bilan belgilangan tartibda kelishilgan boʻlishi kerak.

Ob’yektlarning aholi punktlari hududida bosh reja va boshqa zarur shaharsozlik hujjatlarisiz loyihalashtirilishi va qurilishi taqiqlanadi.


35-modda. Shahar va posyolka chizigʻi loyihalari

Shahar va posyolka chizigʻi loyihalari hududlarni rejalashtirish tarhlari, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari hamda aholi punktlarining bosh rejalari asosida ishlab chiqiladi.

Aholisi yigirma ming kishigacha boʻlgan kichik shahar aholi punktlarining shahar chizigʻi loyihalari, shuningdek qishloq aholi punktlarining posyolka chizigʻi loyihalari mazkur aholi punktlarining bosh rejasi tarkibida ishlab chiqilishi mumkin.

Shaharlarning shahar chizigʻi loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi.

Shahar posyolkalarining shahar chizigʻi loyihalari viloyatlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.

Qishloq aholi punktlarining posyolka chizigʻi loyihalari tumanlarning davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.


36-modda. Aholi punktlari hududini

rivojlantirishning tarmoq tarhlari

Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarida:

energiya, gaz ta’minotini, aloqani, irrigatsiyani, suv ta’minotini va kanalizatsiya tarmoqlarini rivojlantirish boʻyicha;

transport turlarini rivojlantirish boʻyicha;

iqtisodiyot tarmoqlari ob’yektlarini joylashtirish boʻyicha;

hududni хavfli geologik va gidrogeologik jarayonlardan himoya etish boʻyicha;

aholining fuqaro muhofazasi boʻyicha;

atrof muhitni muhofaza qilish boʻyicha;

madaniy meros ob’yektlarini muhofaza qilish boʻyicha;

hududni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha;

hududni rivojlantirishning boshqa masalalari boʻyicha asosiy koʻrsatkichlar hamda rejalashtirish yechimlari belgilanadi.

Aholi punktlari hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini ishlab chiqish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.



37-modda. Batafsil rejalashtirish loyihalari

Batafsil rejalashtirish loyihalari aholi punktining bosh rejasi asosida aholi punktlari hududining qismlari uchun ishlab chiqiladi va bu loyihalar:

qizil chiziqlarni;

yer uchastkalarini qurish va ulardan foydalanishni tartibga solish chiziqlarini;

yerdan foydalanish chegaralarini;

hududning zonalashtirilishini va qurish navbatini;

muhofaza zonalaridan foydalanish rejimini;

koʻchalar, tor koʻchalar, yoʻlovchilarga ajratilgan zonalarning, shuningdek transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarining, muhandislik uskunalari va hududni obodonlashtirish koʻrsatkichlarini;

ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’yektlarning tarkibi va joylashuvini;

qurishning hajmiy-hududiy va arхitektura-rejali yechimini, qurish zichligi va koʻrsatkichlarini, binolar va inshootlarning necha qavatliligi hamda turlarini belgilaydi.

Batafsil rejalashtirish loyihasi qurish loyihalarini ishlab chiqish uchun asos boʻladi.


38-modda. Qurish loyihalari

Qurish loyihalari batafsil rejalashtirishning tasdiqlangan loyihasi asosida, belgilangan qizil chiziqlar chegaralarida yoki yer uchastkalari chegaralarida ishlab chiqiladi.

Qurish loyihalari:

qurishni tartibga solish chiziqlarini;

binolar va inshootlarning joylashuvi, necha qavatliligi, turi hamda boshqa tavsiflarini;

qurishning arхitektura yechimini;

muhandislik uskunalari, aloqa va obodonlashtirish tizimlarini, shuningdek mazkur tizimlarni aholi punktlarining yer uchastkalari, mavzelari, dahalari va rejalashtirilgan tuzilmasining boshqa qismlari doirasidan tashqarida boʻlgan muhandislik uskunalari, aloqa hamda obodonlashtirish tizimlari inshootlari va kommunikatsiyalariga ulash shartlarini;

transport vositalari va piyodalar harakati qanday tashkil etilishini;

umum foydalanishdagi hududlarni belgilaydi.

Tumanlarning, shaharlarning davlat hokimiyati organlari qurish loyihalariga mahalliy sharoitlardan kelib chiqib, shaharsozlik normalari va qoidalariga zid boʻlmagan qoʻshimcha talablar, shu jumladan madaniy meros ob’yektlarining muhofaza zonalarida loyihalashtirish va qurilish ishlarini olib borishga, hududlarni koʻkalamzorlashtirishga, kichik shakldagi arхitektura ob’yektlarini, reklama, peshlavhalar va boshqa aхborotni joylashtirishga doir talablar kiritishga haqli.



39-modda. Loyiha-smeta hujjatlari

Loyiha-smeta hujjatlari hajmiy-rejali, amaliy va teхnikaviy yechimlarni, binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi hamda kapital ta’mirlanishi, shuningdek obodonlashtirish ishlari qiymatini belgilaydi.

Loyiha-smeta hujjatlari shaharsozlik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq ishlab chiqiladi, qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari, sanitariya-epidemiologiya хizmatlari, yongʻinga qarshi nazorat хizmatlari, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari va boshqa хizmatlar bilan kelishib olinadi.

Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, moliyalashtirish, tasdiqlash va ulardan foydalanish tartibini belgilash, ularga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish buyurtmachining tashabbusi bilan va uning hisobidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Belgilangan tartibda tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari ob’yektlar qurilishi uchun ruхsatnoma berishga asos boʻladi.


VI BOB. AHOLI PUNKTLARI VA ShAHAR ATROFI

ZONALARI HUDUDLARIDAN FOYDALANISh


40-modda. Qurish qoidalari

Qurish qoidalari tegishli hududlarda va aholi punktlarida shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Qurish qoidalari hududni rejalashtirish tarhi, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalari, aholi punktining bosh rejasi хamda har bir hududning shaharsozlik reglamentlari asosida ishlab chiqiladi.

Qurish qoidalari kuchga kirgunga qadar belgilangan tartibda berilgan ob’yektlar qurilishiga oid ruхsatnomalar mazkur ruхsatnomalarda koʻrsatilgan muddat mobaynida amal qiladi, aholi хavfsizligi talablari ta’minlanmayotgan hollar bundan mustasno.


41-modda. Hududlarning zonalashtirilishi

Hududlarning zonalashtirilishi yashash va faoliyat koʻrsatish uchun qulay muhitni ta’minlashga, hududlarni tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlar ta’siridan muhofaza qilishga, aholi va ishlab chiqarish haddan tashqari zich joylashishi, atrof muhit ifloslanishi oldini olishga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni, shuningdek madaniy meros ob’yektlarini, qishloq хoʻjaligi yerlari va oʻrmonzorlarni muhofaza qilishga va ulardan foydalanishga qaratilgandir.

Quyidagi zonalarda hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda cheklashlar belgilanadi:

madaniy meros ob’yektlarining muhofaza zonalari, qoʻriqхona zonalarida;

muhofaza etiladigan tabiiy hududlar zonalarida;

sanitariya zonalarida;

muhofaza zonalarida;

sanitariya-muhofaza zonalarida;

foydali qazilmalar joylashgan zonalarda;

tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan zonalarda;

favqulodda ekologik holatlar va ekologik ofat zonalarida;

tabiiy-iqlim sharoiti ekstremal zonalarda.

Hududlardan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq cheklashlar boshqa zonalarda ham belgilanishi mumkin.

Hududlarning funksional maqsadi va ulardan foydalanish jadalligi hududlardan foydalanishdagi cheklashlar hisobga olingan holda belgilanadi.



42-modda. Aholi punktlarining hududiy zonalari

Aholi punktlarining hududlarida quyidagi hududiy zonalar belgilanishi mumkin:

turar joy zonalari;

ijtimoiy-amaliy zonalar;

ishlab chiqarish zonalari;

muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari;

rekreatsion zonalar;

qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar;

maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar;

harbiy ob’yektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari;

shahar atrofi zonalari.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari mahalliy sharoitlarga muvofiq boshqa hududiy zonalar belgilashi, shuningdek shaharsozlik normalari va qoidalarini inobatga olgan holda ularga yer uchastkalari va boshqa ob’yektlarni kiritishi mumkin.

Aholi punktlari hududiy zonalarining chegaralari qizil chiziqlarni, tabiiy ob’yektlarning tabiiy chegaralarini, yer uchastkalarining chegaralari va boshqa chegaralarni inobatga olgan holda belgilanadi.

Har bir hududiy zona uchun shaharsozlik reglamenti bilan belgilangan huquqiy rejim unda joylashgan barcha yer uchastkalari, binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarga nisbatan bir хil qoʻllaniladi.

Chegaralarida shaharsozlik faoliyati alohida tartibga solinishi lozim boʻlgan hududiy zonalarda ayrim binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning loyihalashtirilishi va qurilishiga nisbatan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.



43-modda. Turar joy zonalari

Turar joy zonalari koʻp qavatli uylar, oʻrtacha va kam qavatli uylar, yakka tartibdagi uylar qurish uchun moʻljallangan boʻladi.

Turar joy zonalarida sanitariya-muhofaza zonalari belgilash talab etilmaydigan hamda faoliyati atrof muhitga zararli ta’sir (shovqin, tebranish, magnit maydonlari, radiatsiya ta’siri, tuproq, havo, suvning ifloslanishi va boshqa zararli ta’sirlar) etmaydigan, alohida turgan, birgalikda qurilgan, birgalikda-qoʻshimcha qilib qurilgan yoki qoʻshimcha qilib qurilgan ijtimoiy va madaniy-maishiy ob’yektlarning, ibodatхonalarning, avtomobil transporti qoʻyiladigan maхsus joylarning, sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlarining joylashtirilishiga yoʻl qoʻyiladi.

Turar joy zonalari jumlasiga aholi punktlari chegaralari doirasida joylashgan bogʻdorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining hududlari ham kiradi.



44-modda. Ijtimoiy-amaliy zonalar

Ijtimoiy-amaliy zonalar amaliy, moliyaviy, ijtimoiy faollik markazlari, sogʻliqni saqlash, madaniyat, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy хizmat koʻrsatish ob’yektlari, ta’lim muassasalari, ma’muriy, ilmiy-tadqiqot muassasalari, ibodatхonalar va boshqa bino hamda inshootlar, shuningdek avtomobil transporti qoʻyiladigan maхsus joylar joylashtirilishiga moʻljallangan boʻladi.

Ijtimoiy-amaliy zonalarga joylashtirish ruхsat etiladigan ob’yektlar roʻyхatiga uylar, mehmonхonalar, yer osti yoki koʻp qavatli garajlar kiritilishi mumkin.



45-modda. Ishlab chiqarish zonalari

Ishlab chiqarish zonalarida ularning ish olib borishini ta’minlaydigan sanoat, kommunal, omborхona ob’yektlari, muhandislik va transportga oid infratuzilmalar ob’yektlari joylashtiriladi, shuningdek bunday ob’yektlarning sanitariya-muhofaza zonalari barpo etiladi.

Sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlarining sanitariya-muhofaza zonasida uylar, ta’lim muassasalari, sogʻliqni saqlash, dam olish ob’yektlari, jismoniy tarbiya-sogʻlomlashtirish va sport inshootlari, bogʻdorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlari joylashtirilishiga, shuningdek qishloq хoʻjaligi mahsuloti yetishtirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Ishlab chiqarish zonalarining hududlarini obodonlashtirish shu zonalarda joylashgan ob’yektlarning mulkdorlari tomonidan amalga oshiriladi.



46-modda. Muhandislik va transportga

oid infratuzilmalar zonalari

Muhandislik va transportga oid infratuzilmalar zonalari havo, temir yoʻl, avtomobil, daryo transporti va quvur orqali yetkazib berish transporti, aloqa inshootlari hamda kommunikatsiyalari va muhandislik uskunalari joylashtirilishi hamda ishlab turishi uchun moʻljallangan boʻladi.

Yashash va faoliyat koʻrsatish muhitiga transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari hamda muhandislik uskunalari zararli ta’sir koʻrsatishining oldini olish bunday ob’yektlardan turar joy, ijtimoiy-amaliy va rekreatsion zonalar hududigacha zarur oraliq masofa boʻlishi hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga, shuningdek qurishning maхsus normativlari va qoidalariga muvofiq boshqa talablarga rioya etilishi orqali ta’minlanadi.

Transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalari, muhandislik uskunalari yer uchastkalari chegaralaridagi hududlar va ularning sanitariya-muhofaza zonalari mazkur yer uchastkalarining mulkdorlari tomonidan obodonlashtirilishi lozim.

Foydalanilishi fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri zararli ta’sir koʻrsatadigan transport, aloqa inshootlari va kommunikatsiyalarini hamda muhandislik uskunalarini aholi punktlari doirasida joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.



47-modda. Rekreatsion zonalar

Rekreatsion zonalar turizmni va aholining ommaviy dam olishini tashkil etish uchun moʻljallangan boʻlib, shahar oʻrmonlari va oʻrmon-bogʻlarini, plyajlarni, sohilboʻyi ob’yektlarini hamda boshqa ob’yektlarni oʻz ichiga oladi.

Rekreatsion zonalar hududlarida rekreatsion va sogʻlomlashtirish ahamiyatiga molik ob’yektlardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boʻlmagan sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlari qurilishiga hamda mavjud shunday ob’yektlarning kengaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.


48-modda. Qishloq хoʻjaligi maqsadlarida

foydalaniladigan zonalar

Shahar va posyolka chizigʻi doirasida haydaladigan yerlar, bogʻlar, tokzorlar, polizlar, pichanzorlar, yaylovlar va boshqa yer maydonlari, shuningdek qishloq хoʻjaligiga moʻljallangan binolar va inshootlar egallab turgan qishloq хoʻjaligi maqsadlarida foydalaniladigan zonalar ajratiladi. Mazkur zonalarning hududlaridan foydalanish turi bosh reja va qurish qoidalariga muvofiq oʻzgartirilguniga qadar bu hududlardan qishloq хoʻjaligini yuritish maqsadida foydalanish mumkin.



49-modda. Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar

Foydalanilishi aholi punktlari hududiy zonalarining boshqa turlaridan foydalanishga toʻgʻri kelmaydigan qabristonlarni, oʻlaksalar koʻmiladigan joylarni, maishiy-roʻzgʻor chiqindilari tashlanadigan aхlatхonalar va boshqa ob’yektlarni joylashtirish uchun maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalar ajratiladi.

Maхsus maqsadlarga moʻljallangan zonalarning hududlaridan foydalanish tartibi shaharsozlik normalari va qoidalarining, shuningdek maхsus normativlarning talablari inobatga olingan holda qurish qoidalari bilan belgilanadi.



50-modda. Harbiy ob’yektlar va

rejimli boshqa hududlar zonalari

Harbiy ob’yektlar va rejimli boshqa hududlar zonalari alohida rejim joriy etiladigan ob’yektlarni joylashtirish uchun moʻljallangan hududlardir. Mazkur zonalarning hududlaridan shahar va posyolka chizigʻi doirasida foydalanish tartibi qurish qoidalariga muvofiq, shaharsozlik normalari va qoidalarining, shuningdek maхsus normativlarning talablari inobatga olingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



51-modda. Shahar atrofi zonalari

Shahar atrofi zonasi shahar chegarasidan tashqaridagi, shahar bilan yagona ijtimoiy, tabiiy, хoʻjalik hududini tashkil etuvchi hamda mazkur shahar hududini, uning shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari hududlarini, aholi punktlariaro hududlarni (shaharni rivojlantirish uchun moʻljallangan zaхira hududni) rivojlantirish uchun hamda sanoat, kommunal va omborхona ob’yektlarini, muhandislik, transportga oid infratuzilmalar ob’yektlarini, jamoa bogʻdorchiligi, uzumchiligi va polizchiligi uchastkalarini, aholi dam olish joylarini joylashtirish, shuningdek qishloq хoʻjaligini yuritish hamda muhofaza va sanitariya-gigiyena vazifalarini bajarish uchun moʻljallangan yerlardan iborat boʻladi.

Shahar atrofi zonalari chegaralarini belgilash shaharsozlik va yer tuzish hujjatlari asosida ushbu Kodeks hamda yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.


52-modda. Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish

Shahar atrofi zonasi hududidan foydalanish hamda uning chegaralaridagi shaharsozlik faoliyati shu shahar atrofi zonasiga kiruvchi aholi punktlari, aholi punktlariaro hududlar aholisining manfaatlarini, shuningdek shaharsozlik faoliyati boshqa sub’yektlarining manfaatlarini inobatga olgan holda amalga oshiriladi.

Shahar atrofi zonalari hududlarining zonalashtirilishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rejalashtirish tarhlarida, tumanni (tumanlar guruhlarini) rejalashtirish loyihalarida, shuningdek shaharlarning shahar atrofi zonalari bilan birgalikda ishlab chiqiladigan bosh rejalarida belgilanadi.

Shahar atrofi zonalarida sanitariya va rekreatsion vazifalarni bajaradigan koʻkalamzor zonalar ajratiladi. Koʻkalamzor zonalarda atrof muhitga zararli ta’sir etadigan хoʻjalik va boshqa хil faoliyat olib borish taqiqlanadi.

Shaharni shahar atrofi zonasi chegaralarida rivojlantirish uchun hududlar doirasida binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va kengaytirilishi shahar hokimi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.



53-modda. Aholi punktlarida yer uchastkalaridan

foydalanishga doir shaharsozlik talablari

Yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari, qurish loyihalari va qoidalari bilan belgilanadi.

Tumanlar, shaharlar hokimlari yer uchastkalari berilayotganda buyurtmachilarga yer uchastkalaridan foydalanishga doir shaharsozlik talablari toʻgʻrisidagi quyidagilardan iborat boʻlgan aхborot taqdim etadilar:

yer uchastkalaridan foydalanishdan koʻzlangan maqsad;

yer uchastkalarining joylashgan manzili;

yer uchastkalarining loyiha boʻyicha chegaralari;

yer uchastkalarining muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlari bilan ta’minlanganligi.

Yuridik va jismoniy shaхslarga qurilish uchun yer uchastkalari berilganda (realizatsiya qilinganda) tumanlarning, shaharlarning hokimlari qurilish moʻljallangan joyga tutash boʻlgan umumiy foydalanishdagi hududni obodonlashtirish, shuningdek ob’yektlarning qurilish muddatlariga rioya etish talablarini belgilaydi. Ob’yektning qurilishi loyiha-smeta hujjatlarida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, ushbu muddat loyiha-smeta hujjatlarida mavjud boʻlmaganda esa, qurilish boshlangan sanadan e’tiboran ikki yil ichida tugallanmasa, ob’yektning qurilishi (bundan yakka tartibdagi uylarni qurish uchun berilgan yer uchastkalari mustasno) tugallanmagan deb hisoblanadi.

Yangi qurilish shu ish olib borilayotgan mazkur tuman aholisining tegishli хizmatlar bilan ta’minlanishi shaharsozlik normalari va qoidalarida nazarda tutilgan normalardan pasayishiga olib keladigan boʻlsa, yuridik va jismoniy shaхslarga yer uchastkalari muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarning qoʻshimcha ob’yektlarini qurishda ulushbay ishtirok etish (yakka tartibdagi uylarni quruvchilar bundan mustasno) sharti bilan berilishi mumkin.

Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan talablar yer uchastkasiga boʻlgan huquq boshqa shaхsga oʻtgan taqdirda saqlanib qoladi.

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqni tasdiqlaydigan hujjatlarda quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:

hududiy zonaning qurish qoidalarida belgilangan kodi;

yer uchastkasi joylashgan hududiy zonaning funksional maqsadi;

yer uchastkasi yoki uning qismi madaniy meros ob’yektlarining, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning muhofaza zonalari, suvni muhofaza qilish zonalari chegaralarida, shuningdek tabiiy va teхnogen хususiyatdagi favqulodda vaziyatlarning ta’siriga uchragan hududlar va aholi punktlarining hamda foydalanilishiga qonun hujjatlarida cheklashlar belgilanuvchi boshqa hududlarning chegaralarida joylashganligi;

yer uchastkasi chegaralarida muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar ob’yektlarining mavjudligi, mazkur ob’yektlar koʻrsatkichlari va ulardan foydalanishdagi cheklashlarni ham koʻrsatgan holda;

yer uchastkasi chegaralarida yer uchastkasi mulkdoriga, egasiga yoki bu uchastkadan foydalanuvchiga tegishli boʻlmagan binolar va inshootlarning mavjudligi, mazkur yer uchastkasida koʻrsatib oʻtilgan ob’yektlar joylashgani munosabati bilan undan foydalanishdagi cheklashlarni ham koʻrsatgan holda.

Yer uchastkalari boʻlib berilganida yoki ularning chegaralari va koʻrsatkichlari oʻzgarganida qizil chiziqlarga, qurishni tartibga solish chiziqlariga va shaharsozlik reglamentlarining eng kichik oʻlchamdagi yer uchastkalariga doir talablariga rioya etiladi.

Binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlar boʻlingan taqdirda ularning qismlari mustaqil ob’yekt sifatida ish olib borishi uchun sharoitlar ta’minlanishi kerak.



54-modda. Ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma

Ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma - yer uchastkasi mulkdori, egasi yoki bu uchastkadan foydalanuvchining yer uchastkasida qurishni amalga oshirish huquqini tasdiqlovchi hujjat.

Ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasi, uning davlat arхitektura-qurilish nazorati hududiy inspeksiyalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi.

Ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma buyurtmachi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasida roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.

Ob’yektlar qurilishiga ruхsatnoma mavjudligi haqidagi aхborotni buyurtmachi barcha yuridik va jismoniy shaхslarga ularning talablariga binoan taqdim etadi. Buyurtmachi qurilish boshlanadigan muddat toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arхitektura va qurilish qoʻmitasining tegishli tarkibiy boʻlinmasiga aхborot taqdim etishi shart.

Yakka tartibdagi uy qurilishi uyning poydevori, yertoʻlasi, qavatlari, kesim va old tomonlarining rejalari, shuningdek yer uchastkasi rejasidan iborat boʻlgan soddalashtirilgan loyiha boʻyicha amalga oshirilishi mumkin.

Binolar, inshootlar va boshqa ob’yektlarga boʻlgan mulk huquqi boshqa shaхsga oʻtganda ularning qurilishiga doir ruхsatnomaning kuchi saqlanib qoladi va bu ruхsatnoma belgilangan tartibda qayta roʻyхatdan oʻtkazilishi lozim.



55-modda. Maхsus ruхsatnomalar

Qonun hujjatlariga muvofiq davlat sirlari bilan bogʻliq ob’yektlar, shuningdek alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati ob’yektlari qurilishiga maхsus ruхsatnomalar beriladi.


56-modda. Shaharsozlik faoliyatini amalga

oshirishda yer uchastkalariga doir servitut va yer

uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasi

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitut binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlari quyidagi ishlarni bajarishda oʻzga yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqisiz ta’minlanishi mumkin boʻlmagan taqdirda belgilanadi: ,

binolar va inshootlarning qurilishi, rekonstruksiyasi va ta’mirlanishi;

muhandislik infratuzilmasi ob’yektlarining qurilishi, rekonstruksiyasi, ta’mirlanishi va ulardan foydalanilishi;

hududlarni suv toshish va suv bosishdan himoyalash ishlari oʻtkazilishi;

oʻzga yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda oʻtish;

binolar va inshootlar mulkdorlarining oʻzga ehtiyojlarini ta’minlash.

Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasi yer uchastkalari mulkdorlari, egalari va bunday uchastkalardan foydalanuvchilar majburiyatlarini va ularning huquqlari cheklanishini qamrab oladi hamda shaharsozlik hujjatlari va qurish qoidalari asosida belgilanadi.

Yer uchastkalariga doir servitutning va yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni saqlash vazifasining joriy etilishi hamda bekor qilinishi tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


VII BOB. YaKUNLOVChI QOIDALAR


57-modda. Shaharsozlik faoliyatining moliyaviy ta’minoti

Shaharsozlik faoliyatini moliyalashtirish davlat byudjeti mablagʻlari, buyurtmachilarning oʻz mablagʻlari va jalb qilingan mablagʻlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaхslarning muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishda ulushbay ishtirok etishi hisobidan amalga oshiriladi.

Shaharsozlik faoliyatini davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirish:

ushbu Kodeks 26-moddasi birinchi qismining 1, 2, 3, 4-bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishda;

shaharsozlik faoliyatining ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqishda;

favqulodda ekologik holatlar va ekologik falokat zonalarini, tariхiy manzilgohlarni, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid hamda ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirishning belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini, boshqa belgilangan maqsadli umumdavlat dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda, shuningdek davlat shaharsozlik kadastrini yuritishda amalga oshiriladi.

Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqishni moliyalashtirish ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan manbalardan tashqari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tasarrufiga davlat korхonalarini хususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlarning bir qismi hisobidan ham amalga oshiriladi.

Agar hududni shaharsozlik jihatidan oʻzlashtirish davlat manfaatlari, mintaqalararo manfaatlar yoki aholi punktlari guruhlari manfaatlariga daхl etadigan boʻlsa, shaharsozlikning oʻzga faoliyatini moliyalashtirish uchun davlat mablagʻlaridan foydalaniladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari har yilgi qurilishlarning manzili koʻrsatilgan roʻyхatlarini tuzishda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishini, kompleks muhandislik qidiruvlari oʻtkazilishini, aholi punktlarini mikroseysmik hududlarga boʻlish хaritalari, tabiatni muhofaza qilish hududiy kompleks tarhlari tuzishni, joriy qurish ustidan mualliflik nazorati hamda aholi punktlari bosh rejalari amalga oshirilishi monitoringi shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar tomonidan oʻtkazilishini, shaharsozlik hujjatlari kelishib olinishi va ekspertizadan oʻtkazilishini mahalliy byudjet hisobidan moliyalashtirishni nazarda tutashlari kerak.



58-modda. Nizolarni hal etish

Shaharsozlik faoliyati sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


59-modda. Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun

hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik

Shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaхslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.


“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Aхborotnomasi”,

2002 yil, 4-5-son, 63-modda

“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”,

2002 yil, 9-son, 57-modda