Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.06.2011 y. 166-son "Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

08.06.2011 y.

N 166



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

INTELLEKTUAL MULK AGENTLIGI

FAOLIYaTINI    TAShKIL    ETISh

ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oʻzbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligini tashkil etish toʻrisida" 2011 yil 24 maydagi PQ-1536-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi toʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablalari;

patent bojlari, asarlarni va turdosh huquqlar ob’yektlarini roʻyхatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov tushumlari hisobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shakllantiriladigan byudjetdan tashqari mablalar, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.


3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi huzuridagi "Patent-Press" shoʻ’ba korхonasi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi huzuridagi "Intellekt Ekspert" davlat unitar korхonasiga aylantirilsin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.


5. Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:

qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻrisida takliflar kiritsin;

idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                                Sh. Mirziyoyev






Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 8 iyundagi

166-son qaroriga

2-ILOVA



Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini

yoʻqotgan deb hisoblanayotgan qarorlari

ROʻYXATI


1. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi faoliyatini tashkil etish toʻrisida" 2002 yil 14 iyundagi 209-son qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002 y., 6-son, 32-modda) 1-bandi hamda qarorga 1 va 2-ilovalar.


2. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi faoliyatini takomillashtirish toʻrisida" 2004 yil 16 iyundagi 286-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004 y., 6-son, 58-modda).


3. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻrisida ("Tovar belgilari, хizmat koʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi Oʻzbekiston Respublikasining 2007 yil 19 sentyabrdagi OʻRQ-111-sonli Qonuni) 2008 yil 7 maydagi 89-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2008 y., 5-son, 16-modda) ilova 1-bandining 1-kichik bandi.


4. Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar toʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash boʻyicha qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida" 2010 yil 5 iyundagi 108-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010 y., 6-son, 27-modda) ilovaning 21 va 43-bandlari.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 22-23-son, 236-modda.


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 6-son, 47-modda