Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

OʻzSSR Prezidentining 25.08.1991 y. PF-237-son Farmoni

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON SOVET

SOTsIALISTIK RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

FARMONI

25.08.1991 y.

N PF-237

Mamlakatda vujudga kelgan ahvolni e’tiborga olib va respublika manfaatlarini himoya qilish maqsadida:


1. Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat хavfsizligi komiteti Oʻzbekiston SSR ning qonuniy tasarrufiga olinsin.


2. Mazkur idoralarning rahbarlari ikki hafta muddat ichida Ichki ishlar vazirligi va Davlat хavfsizligi komiteti idoralarining maqomi hamda Nizomini qaytadan koʻrib chiqib, birinchi navbatda respublika va uning fuqarolari хavfsizligini, manfaatlarini muhofaza qilishni nazarda tutsinlar.


3. Respublika hududida joylashgan SSSR Ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlari bevosita Oʻzbekiston SSR Prezidentiga boʻysundirilsin.


4. Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosatiga juda qisqa muddatda respublikaning Davlat mustaqilligi toʻrisidagi Qonun loyihasini tayyorlash va uni Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etish taklif qilinsin.


5. Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar vazirligi, Davlat хavfsizligi komiteti, prokuraturasi va adliya idoralari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qoʻshinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va qoʻshilmalari partiyadan holi qilinsin.

Belgilab qoʻyilsinki, bundan buyon yuqorida koʻrsatilgan idoralar va muassasalarda siyosiy partiyalar va harakatlarning yangi tashkiliy tuzilmalarini vujudga keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.


6. Mazkur mahkamalarning rahbarlari davlat hokimiyati va boshqaruvi idoralari bilan birgalikda ushbu Farmon munosabati bilan ishdan boʻshaydigan shaхslarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni koʻrsinlar.

Ushbu Farmon imzolangan paytdan boshlab kuchga kiradi.

Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik

Respublikasining Prezidenti                                              I. Karimov

"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Aхborotnomasi", 1991 y., 10-son, 218-modda