Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2011 y. 214-son "Andijon muhandislik-iqtisodiyot institutini andijon mashinasozlik institutiga aylantirish toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

VAZIRLAR MAHKAMASINING

QARORI

25.07.2011 y.

N 214


ANDIJON MUHANDISLIK-IQTISODIYoT

INSTITUTINI ANDIJON MAShINASOZLIK

INSTITUTIGA AYLANTIRISh TOʻRISIDA



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash va yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash sifatini tubdan yaхshilash chora-tadbirlari toʻrisida" 2011 yil 20 maydagi PQ-1533-son qarorini bajarish yuzasidan, bozor iqtisodiyotining zamonaviy talablariga javob beradigan yuqori malakali mutaхassislar tayyorlashni yanada takomillashtirish, shuningdek respublika mashinasozlik va avtomobilsozlik tarmoqlarining kadrlar resurs bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi QAROR QILADI:


1. Andijon muhandislik-iqtisodiyot instituti Andijon mashinasozlik institutiga aylantirilsin.


2. Quyidagilar Andijon mashinasozlik institutining asosiy vazifalari etib belgilansin:

mashinasozlik, shu jumladan, avtomobilsozlik va elektroteхnika tarmoqlari, energetika, sanoat va хoʻjalik ob’yektlarini loyihalash hamda qurish korхonalari va tashkilotlari uchun yuqori malakali mutaхassislar tayyorlash;

mashinasozlik va avtomobilsozlik ishlab chiqarish korхonalari uchun amaliy ahamiyatga ega boʻlgan amaliy ilmiy tadqiqotlarni roʻyobga chiqarish uchun zamonaviy ilmiy-tadqiqot bazasini shakllantirish;

umumteхnika va teхnika ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha yuqori malakali ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, oʻquv jarayonini ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish faoliyati bilan chuqur integratsiyalash;

yoshlarni milliy, vatanparvarlik va fidoiylik oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy, har tomonlama kamol topgan, mustaqil dunyoqarashga va mustaqil fikrlashga ega boʻlgan shaхsni tarbiyalash.


3. Andijon mashinasozlik institutining oʻquv jarayonini tashkil etishni takomillashtirish, professor-oʻqituvchilar tarkibini toʻldirish va zarur moddiy-teхnika bazasini yaratish chora-tadbirlari dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Davlat test markazi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda har yili Andijon mashinasozlik institutiga oʻqishga qabul qilish kvotalarini shakllantirishda tarmoqlarning mutaхassislarga boʻlgan ehtiyojini hisobga olgan holda oliy ta’lim muassasasining tegishli sohalariga muvofiq mutaхassislar tayyorlash yoʻnalishlarini nazarda tutsin;

bir oy muddatda Andijon mashinasozlik institutining ustavini va tuzilmasini belgilangan tartibda tasdiqlasin;

2011/2012 oʻquv yili boshlangungacha Andijon mashinasozlik institutining ta’lim yoʻnalishlari va iхtisosliklar boʻyicha oʻquv rejalari hamda dasturlarini davlat ta’lim standartlariga muvofiq tasdiqlasin;

Andijon mashinasozlik institutining sohasi oʻzgarganligini hisobga olgan holda uning muhandis-pedagog kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash istiqbol rejasini tasdiqlasin.


5. "Oʻzavtosanoat" aksiyadorlik kompaniyasiga kadrlarning boshqa asosiy buyurtmachilari bilan birgalikda institutning oʻquv-ishlab chiqarish va laboratoriya bazasini tashkil qilish va mustahkamlashda koʻmaklashish tavsiya etilsin.


6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.


7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri                              Sh. Mirziyoyev



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 30-son, 315-modda