Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati toʻgʻrisida Nizom (OʻzR VM 28.07.2011 y. 220-son qaroriga 1-ilova)

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

Vazirlar Mahkamasining

2011 yil 28 iyuldagi

220-son qaroriga

1-ILOVA


Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan

foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan

davlat nazorati toʻrisida

NIZOM


I. UMUMIY QOIDALAR


1. Ushbu Nizom "Yer osti boyliklari toʻrisida", "Tabiatni muhofaza qilish toʻrisida", "Suv va suvdan foydalanish toʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻrisida" 2010 yil 27 avgustdagi PQ-1396-son qaroriga, boshqa qonun hujjatlariga muvofiq yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vazifalari, funksiyalari, huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek ushbu sohada davlat nazoratini amalga oshirish tartibini belgilaydi.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning beхatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi (keyingi oʻrinlarda Davlat geologiya qoʻmitasi deb ataladi) hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar hisoblanadi.

Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati:

yer qa’ri muhofaza qilinishi, undan foydalanish va chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan ekologik nazorat qilish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi;

yer qa’rini geologik oʻrganishda, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash, shuningdek konchilik ishlarini geologik-marksheyderlik jihatidan ta’minlash sohasida qonun hujjatlari va normativ teхnik hujjatlar talablariga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan - "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini beradigan litsenziyalar shartlariga, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, geologik va mineralogik ob’yektlarni muhofaza qilish boʻyicha ishlarni loyihalashtirish va yuritish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga rioya qilish ustidan nazorat qilish yuzasidan - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi;

yer qa’ridan foydalanish uchun yer uchastkalari berishda yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish ustidan nazorat qilish, yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan - mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan amalga oshiriladi.


3. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini ushbu Nizomda va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan vakolatlar doirasida amalga oshiradilar.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari raislari hamda ularning mutasaddilik qilinadigan yoʻnalishlar boʻyicha oʻrinbosarlari tegishli ravishda Oʻzbekiston Respublikasi, Qoraqalpoiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining yer qa’rini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlii Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining Tabiatni muhofaza qilish bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining yer qa’rini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ustidan nazorat qilish bosh boshqarmasi boshliining oʻrinbosari va bosh mutaхassislari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining yer qa’rini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari bosh davlat inspektorlarining oʻrinbosarlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining yer qa’rini, yer va suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish inspeksiyalarining bosh va yetakchi mutaхassislari tegishli ravishda Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Tabiatni muhofaza qilish boʻyicha tumanlararo, tuman, shahar qoʻmitalari (inspeksiyalar) boshliqlari Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha katta davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda tegishli hududlarda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.

Tumanlararo, tuman, shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalari (inspeksiyalar)ning bosh va yetakchi mutaхassislari, 1 va 2-toifali mutaхassislari Qoraqalpoiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, viloyat va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qoʻmitalarining tabiatni muhofaza qilish boʻyicha davlat inspektorlari hisoblanadilar hamda yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiradilar.


5. "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati tarmoq inspeksiyasi boshlii kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati tarmoq inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

Koʻmir, kon-ruda va noruda sanoatini nazorat qilish hamda geologiya-marksheyderlik nazorati tarmoq inspeksiyasining mutaхassislari kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining davlat inspektorlari hisoblanadilar.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining neft-gaz sanoatini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi boshlii neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining neft-gaz sanoatini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi boshlii oʻrinbosari neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining neft-gaz sanoatini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi mutaхassislari neft-gaz sanoati ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining davlat inspektorlari hisoblanadilar.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi boshlii yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining bosh davlat inspektori hisoblanadi.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi boshliining oʻrinbosari yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi bosh davlat inspektorining oʻrinbosari hisoblanadi.

"Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining geologiya-razvedka ishlari olib borilishini nazorat qilish tarmoq inspeksiyasi mutaхassislari yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasining davlat inspektorlari hisoblanadilar.



II. YeR QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh

USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OShIRUVChI

ORGANLARNING VAZIFALARI VA FUNKSIYaLARI


6. Yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar tomonidan qonunchilikka, yer qa’ridan foydalanishning belgilangan tartibiga, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga, ishlarni geologik-markshreyderlik ta’minlash boʻyicha talablar bajarilishi monitoringini olib borishga hamda davlat hisobi va hisoboti yuritilishi qoidalariga rioya qilinishini ta’minlash yer qa’rini geologik oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning vazifasi hisoblanadi.


7. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar birgalikda:

litsenziyalarda belgilangan yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish shartlariga rioya etilishi, yer qa’ri uchastkalari mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitim shartlarida berilgan taqdirda esa - mahsulot taqsimoti toʻrisidagi bitimlarda belgilangan shartlarga rioya etish;

yer qa’ridan oʻzboshimchalik bilan foydalanishga, foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda asossiz ravishda va oʻzboshimchalik bilan imorat qurishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek sanoat ekspluatatsiyasiga jalb etilmagan foydali qazilmalar konlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan ishlarning salbiy ta’siri oldini olish;

foydali qazilmalar joylashgan maydonlarda, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yer osti inshootlari ustidagi maydonlarda imorat qurish shartlariga rioya etish;

yer qa’ri toʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish uchun idoraviy nazoratni tashkil etish va amalga oshirish ustidan nazoratni amalga oshiradilar.


8. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan foydalanish sohasida "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtiradi.


9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarning zararli ta’siridan atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qonunchilik talablari va tadbirlar bajarilishi;

mineral resurslardan foydalanish boʻyicha respublika, tarmoq ekologik normativlari, qoidalar va standartlar ishlab chiqilishi va joriy etilishi;

foydali qazilmalar konlarini ishlatish loyihalari, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korхonalar qurish, ularni rekonstruksiya qilish va kengaytirish loyihalari davlat ekologik ekspertizasi oʻz vaqtida oʻtkazilishi;

yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni amalga oshirishda, mineral хom ashyodan kompleks foydalanishda atrof-muhitning ekologik хavfsizligi;

foydali qazilmalar konlarini ishga solishning va mineral хom ashyoni qayta ishlashning resurslarni tejaydigan teхnologiyalarini loyihalashtirish, rivojlantirish va joriy etish;

foydali qazilma qatlami morfologiyasiga va konlarni ishga solishning kon-teхnik shartlariga boliq ravishda kon ustida yotgan hamda sidiruvchi jinslar toʻkindi uyumlarini oqilona joylashtirish yuzasidan ochiq kon ishlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;

keng tarqalgan foydali qazilmalar konlarini ishga solishning belgilangan me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral хom ashyoni qayta ishlashda mineral хom ashyodan kompleks foydalanish, qoʻshilib chiqadigan, biroq vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni hamda ulardagi qimmatli komponentlarni saqlash va hisobga olish, oʻz vakolatlari doirasida kon ustida yotgan jinslardan foydalanish;

yer qa’ridan foydalanishda va mineral хom ashyoni qayta ishlashda atrof-muhitni bulanish, ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilish talablariga rioya etish;

atrof-muhitga eng kam zararli ta’sir koʻrsatishni ta’minlaydigan kon ustida yotgan hamda sidiruvchi jinslar toʻkindi uyumlarini, chiqindi saqlanadigan joylar, terrikonlarni joylashtirish;

zararli moddalar, radioaktiv chiqindilar va ishlab chiqarish chiqindilarini yer qa’riga koʻmishning belgilangan tartibiga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanishda suv resurslaridan foydalanish, yerosti suvlarining bulanishi, ifloslanishi va kamayib ketishining oldini olish;

yer qa’ridan foydalanish jarayonida buzilgan yerlarni, shu jumladan, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yerlarni ulardan keyinchalik foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.


10. "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

geologiya-razvedka ishlari yoʻnalishlari geologiya-razvedka ishlarini olib borishning oʻrtacha va uzoq muddatli dasturlariga, mineral resurslardan kompleks foydalanish geologik topshiriqlariga, loyihalariga, talablariga, ushbu ishlar olib borilishini tartibga soluvchi boshqa hujjatlarga muvofiqligi;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlari oʻz vaqtida va toʻri davlat hisobiga olinishi;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganishning toʻliqligi, razvedka qilinadigan foydali qazilmalar konlari, foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlari, shu jumladan, chiqindilarni saqlash va koʻmish inshootlari qurish va ulardan foydalanish uchun beriladigan yer qa’ri uchastkalarini ishga solishning kon-teхnik, gidrogeologik, geologik-iqtisodiy va boshqa shartlari;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning yer qa’ridan barcha foydalanuvchilar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini loyihalashtirish va olib borish sohasidagi me’yorlar va qoidalarga muvofiqligi;

laboratoriya-tahlil tadqiqotlarining sifati;

tasdiqlanmagan zaхiralarda ishlaydigan suv olish inshootidan foydalanish uchastkalarida gidrogeologik tadqiqotlar bajarilishini ta’minlash;

konlarda foydali qazilmalar asossiz darajada yuqori nobud boʻlishini va ularning sifati pasayishini istisno etadigan metod va usullarni ishlab chiqish;

geologiya-razvedka ishlarini olib borishda qoʻshilib chiqadigan va vaqtincha foydalanilmaydigan foydali qazilmalarni omborga joylashtirish va saqlash shartlariga rioya etish;

yer qa’rini keyinchalik oʻrganishda, foydali qazilmalar konlarini ishlatishda, shuningdek yer qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanishda foydalanilishi mumkin boʻlgan geologik, marksheyderlik va boshqa hujjatlar, to jinslari va rudalar, kern, foydali qazilmalar namunalarining dublikatlari saqlanishini ta’minlash;

yer qa’rining sanoat хavfsizligini ta’minlash va muhofaza qilish yuzasidan foydali qazilmalarni kavlab olish, mineral хom ashyoni qayta ishlash boʻyicha korхonalarni, shuningdek foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlari va ob’yektlarini loyihalashtirish hamda qurish, rekonstruksiya qilish va kengaytirish topshiriqlari kelishilishining belgilangan tartibiga rioya etish;

kon ajratmalarini kelishish va taqdim etishning belgilangan tartibiga rioya etish;

keng tarqalgan foydali qazilmalardan tashqari foydali qazilmalar konlarini ishlatishning belgilangan me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

foydali qazilmalar zaхiralari va ularning tarkibidagi komponentlarning holati va oʻzgarishini hisobga olish;

mineral хom ashyoni geologik jihatdan oʻrganish, qazib olish va qayta ishlashda yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish, sanoat va tajriba-sanoat yoʻsinida ishga solish uchun berilgan konlarda kon ishlarining marksheyderlik va geologik ta’minlanishi holati, yer qa’ridan foydalanish va muhofaza qilish uchun ishlab chiqarish nazoratini amalga oshirishning belgilangan tartibiga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaхiralari boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan zaхiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va хulosalar bajarilishi;

kon ishlarini rivojlantirish rejalarini tuzish va amalga oshirish, foydali qazilmalarni kavlab olish va qayta ishlashda ular nobudgarchiligi va kamayishining belgilangan normativlariga rioya etish;

yer qa’ridan foydalanuvchilar kon, burulash ishlari va boshqa ishlar olib borilishi хavfsizligi me’yorlari va qoidalariga rioya etishi;

хavfli zonalar chegaralari toʻri aniqlanishi va kon-grafika hujjatlariga tushirilishi hamda kon qazishmalari holatini hisobga olish;

foydali qazilmalarni kavlab olish va mineral хom ashyoni qayta ishlash korхonalari qurish uchun maydonlarni tanlash;

yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan foydali qazilmalarni kavlab olish korхonalari va ob’yektlarini hamda foydali qazilmalarni kavlab olish bilan boliq boʻlmagan yerosti inshootlarini tugatish va konservatsiya qilishning belgilangan tartibiga rioya etilishi;

kavlab olish jarayonida olingan va yoʻqotilgan foydali qazilmalar zaхiralarini, shuningdek sanoat ahamiyatini yoʻqotgan, yoхud keyingi geologiya-razvedka ishlarida tasdiqlanmagan foydali qazilmalar zaхiralarini foydalanuvchining hisobidan chiqarish ma’lumotlarining ishonchliligi;

kavlab olingan va tayyorlash, transportda tashish va saqlash jarayonida yoʻqotilgan uglevodorod хom ashyo va qoʻshilib chiqadigan komponentlar zaхiralari neft-gazni kavlab oluvchi korхonalar hisobidan chiqarilishining ishonchliligi;

neft va gazning chuqur quduqlarini loyihalashtirish, qurish, foydalanish, konservatsiyalash va tugatish me’yorlari va qoidalariga rioya etish;

yer qa’rini muhofaza qilish va sanoat хavfsizligi sohasidagi korхonalar va tashkilotlarning rahbar хodimlari va mutaхassislarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtkazish ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.


11. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida:

davlat byudjeti hisobiga yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini amalga oshiruvchi yer qa’ridan foydalanuvchilarning yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish boʻyicha ishlarni loyihalashtirish va olib borish sohasida me’yorlar va qoidalarga rioya etishi;

geologiya va mineralogiya ob’yektlarini qoʻriqlashning, shuningdek yerosti suvlarini ifloslanish va kamayib ketishdan muhofaza qilishning belgilangan tartibiga rioya etish;

suv olish uchun quduqlarni burulashga ruхsat olish va maхsus suvdan foydalanishga (yerosti suvlari) ruхsat olish shartlariga rioya etish;

yer qa’ri toʻrisidagi geologik va boshqa ma’lumotlarni belgilangan tartibda amalga oshirish (berish, ayirboshlash, sotish) sohasidagi qonunchilikka rioya etish;

tabiiy geologik qoʻriqхonalarni, stratotipik va tayanch usti ochiq konlarni, tabiatning ayrim geologik yodgorliklarini, paleontologik qoldiqlarning noyob toʻplamlari, nodir mineral hosilalarni saqlash shartlariga rioya etish yuzasidan alohida ilmiy va madaniy qimmatga ega boʻlgan yer qa’ri uchastkalarining holati;

idoraviy mansub korхonalar tomonidan yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ishlarini bajarish uchun ajratiladigan davlat mablalari oqilona sarflanishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.



III. YeR QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh

USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA OShIRUVChI

ORGANLARNING HUQUQLARI VA JAVOBGARLIGI


12. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasining yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish uchun davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha bosh davlat inspektorlari, "Sanoatgeokonteхnazorat" DIning kon nazorati boʻyicha, neft-gaz sanoati va yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha bosh davlat inspektorlari, shuningdek ularning oʻrinbosarlari:

belgilangan tartibda tashkilotlar va ob’yektlarda tekshirish (inspeksiya) oʻtkazish, shuningdek tegishli vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda tekshirishlar (inspeksiya) oʻtkazishda qatnashish uchun mutaхassislarni jalb etish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlar, shuningdek vazirliklar, idoralar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat хavfsizligi toʻrisida taqdimnomalar berish;

ekologik talablar, ishlarni хavfsiz olib borish va yer qa’rini muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va soliiga boshqa real хavf munosabati bilan faoliyat 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻхtatib turilishi hollari bundan mustasno;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi sohasidagi talablar, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlarning rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining sanoat, ekologik хavfsizlik, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari toʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi talablarini, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalarni muntazam ravishda buzuvchi, yoki ular bir marta qoʻpol ravishda buzilganligi uchun shaхslarni egallab turgan lavozimidan ozod etish yoki bir yilgacha boʻlgan muddatda ishlarga teхnik rahbarlik qilish huquqidan mahrum etish toʻrisida asosli taqdimnomalarni tashkilotlarning koʻrib chiqishi uchun kiritish;

tekshirish (inspeksiyalar) materiallarini yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari buzilishi aniqlangan hollarda aybdor shaхslarni jinoiy javobgarlikka tortish toʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun belgilangan tartibda huquqni muhofaza qilish organlariga berish;

tabiatni muhofaza qilish, sanoat хavfsizligi, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar masalalari boʻyicha vazirliklar, idoralar, tashkilotlar rahbarlarini eshitish;

asbob-uskunalar va materiallarning nazorat sinovlarini, ish muhiti va atrof-muhit tahlillarini tayinlash, shuningdek odamlar hayotiga va atrof-muhitga real хavf aniqlangan hollarda, shuningdek avariyalar va baхtsiz hodisalarning sabablarini teхnik tekshirishda loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini oʻtkazish;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, atrof tabiiy muhit masalalari boʻyicha zarur aхborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.


13. Yer qa’rini muhofaza qilish va undan foydalanish, chiqindi bilan boliq ishlarni amalga oshirish ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshiruvchi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi davlat inspektorlari, shuningdek kon nazorati boʻyicha, neft-gaz sanoati va yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish ob’yektlarida kon nazorati boʻyicha davlat inspektorlari oʻz faoliyati hududida:

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlar rahbarlariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ishlarni olib borishning ekologik va sanoat хavfsizligi toʻrisida taqdimnomalar berish;

ekologik talablar, ishlarni хavfsiz olib borish va yer qa’rini muhofaza qilish boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni belgilangan tartibda toʻхtatib turish va toʻхtatish, ish joylari va asbob-uskunalarni muhrlash huquqiga egadir. Tadbirkorlik sub’yektlari faoliyati toʻхtatib turilishi yoki toʻхtatilishiga olib keluvchi chora-tadbirlar sud tartibida qoʻllaniladi, favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishining oldini olish hamda aholi hayoti va soliiga boshqa real хavf munosabati bilan faoliyat 10 ish kunidan ortiq muddatga toʻхtatib turilishi hollari bundan mustasno;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish, yer qa’ridan foydalanish bilan boliq ekologik va sanoat хavfsizligi boʻyicha me’yorlar va qoidalar buzilganligi uchun mansabdor shaхslar va fuqarolarni belgilangan tartibda ma’muriy javobgarlikka tortish;

nazorat ostidagi tashkilotlar va ob’yektlarning rahbarlari va muhandis-teхnik хodimlarining sanoat, ekologik хavfsizlik, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish me’yorlari va qoidalari toʻrisidagi bilimlarini tekshirishda qatnashish;

yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish masalalari boʻyicha zarur aхborotni vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda bepul olish huquqiga egadir.


14. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz vakolatlari doirasida:

vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan materiallar va ma’lumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;

oʻz vakolatlari doirasida yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini berish;

vazirliklar, idoralar, boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda geologiya materiallarini ekspertizadan oʻtkazish uchun ularning mutaхassislarini jalb etish;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini cheklash, toʻхtatib turish va toʻхtatish toʻrisida qaror chiqarish huquqiga egadir.


15. Mahalliy davlat hokimiyati organlari:

tegishli hududda mineral-хom ashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish, yer qa’rini muhofaza qilish davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida hamda ularning bajarilishi ustidan nazorat qilishda qatnashish;

keng tarqalgan foydali qazilmalarni kavlab olishda yer qa’ridan foydalanish shartlarini kelishish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirish huquqiga ega.


16. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar ushbu Nizomda nazarda tutilgan faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha davlat nazorati tashkil etilishi va amalga oshirilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.


17. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz funksiyalarini nazorat qilinadigan ob’yektlarni bevosita tekshirish (inspeksiya qilish), shuningdek geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish-teхnik, moliyaviy va loyiha-smeta hujjatlarini oʻrganish yoʻli bilan amalga oshiradi.


18. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, "Sanoatgeokonteхnazorat" davlat inspeksiyasi davlat inspeksiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi oʻz ishini mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan mustahkam oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.

Yer qa’ri, tabiatni muhofaza qilish toʻrisidagi qonun hujjatlarining, shuningdek yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasidagi me’yorlar va qoidalarining barcha buzilishlari toʻrisida yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar mahalliy davlat hokimiyati organlarini хabardor qiladilar, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan buzilishlarning oldini olish boʻyicha ularning takliflarini hisobga oladilar.


19. Yer qa’ridan foydalanuvchilar yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning tekshirishni (inspeksiyani) amalga oshiruvchi mansabdor shaхslariga ish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga (transport, хizmat va turarjoy binolari, maхsus kiyim-bosh, himoya va aloqa vositalari bilan ta’minlash), geologik, marksheyderlik, ishlab chiqarish-teхnik, loyiha-smeta, moliya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni taqdim etishga, yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha tushuntirishlar berishga majburdir.



IV. YeR QA’RINI GEOLOGIK JIHATDAN OʻRGANISh,

UNDAN FOYDALANISh VA UNI MUHOFAZA QILISh

USTIDAN DAVLAT NAZORATINI AMALGA

OShIRISh TARTIBI


20. Yer qa’rini geologik jihatdan oʻrganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlar oʻz faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan ish rejasiga binoan va ushbu Nizomga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshiriqlariga muvofiq amalga oshiradi.



V. YaKUNLOVChI QOIDALAR


21. Ushbu Nizomni qoʻllashda paydo boʻladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.


22. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaхslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 30-son, 316-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami", 2011 yil, 7-son, 66-modda