Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 12.07.2011 y. PQ-1576-son "Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutini qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

12.07.2011 y.

N PQ-1576



FUQAROLIK JAMIYaTI ShAKLLANIShINI

MONITORING QILISh MUSTAQIL INSTITUTINI

QOʻLLAB-QUVVATLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻRISIDA


[Koʻchirma]


Fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayonlarini tizimli monitoring qilish, mamlakatni demokratik yangilash va modernizatsiyalashda, fuqarolarning siyosiy madaniyati, huquqiy ongi, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, shuningdek demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish Konsepsiyasida belgilangan vazifalarning izchil amalga oshirilishini ta’minlashda fuqarolik institutlarining rolini kuchaytirish maqsadida:


1. Fuqarolik jamiyatini oʻrganish instituti ta’sischilari Kengashining:

Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutini - Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti etib (bundan keyin - FJShMQMI);

Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutining mintaqaviy (viloyat, shahar) aхborot-tahlil markazlarini - FJShMQMIning hududiy boʻlinmalari etib qayta tashkil qilish toʻrisidagi takliflari qoʻllab-quvvatlansin.

Umumiy shtat birligi 294 хodimdan iborat boʻlgan FJShMQMIning tashkiliy tuzilmasi hamda uning mintaqaviy boʻlinmalariga oid namunali tuzilma 1 va 2-ilovalarga* muvofiq ma’qullansin.

Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutining shartnomalari va majburiyatlari boʻyicha huquqiy voris ekanligi belgilab qoʻyilsin.


2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 iyundagi "Fuqarolik jamiyatini oʻrganish institutini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash toʻrisida"gi F-1796-sonli farmoyishida belgilangan vazifalar bilan bir qatorda FJShMQMI faoliyatida quyidagilar muhim oʻrin egallashi belgilab qoʻyilsin:

mamlakatda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy jarayonlarni, fuqarolarning siyosiy madaniyati va huquqiy ongi yuksalib borishini, ochiq demokratik davlat qurilishi, "kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari" tamoyili amalga oshirilishining muhim sharti sifatida har tomonlama tahlil qilish va baholash;

mamlakatni tadrijiy, bosqichma-bosqich isloh qilish va modernizatsiyalash istiqbollarini tizimli oʻrganish, aholining turli qatlam va guruhlari manfaatlarini ifoda etadigan demokratik fuqarolik institutlarini yanada rivojlantirish, demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirish, jamiyatda millatlararo va dinlararo totuvlikni mustahkamlash, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish jarayonlarida mazkur institutlarning roli va ahamiyatini kuchaytirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

inson huquqlarini himoya qilish, saylash erkinligi, soʻz va aхborot erkinligi, mamlakatda olib borilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlashda fuqarolik institutlari rolini oshirish, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlar hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ta’lim va soliqni saqlash, himoyaga muhtoj aholi qatlamini ijtimoiy muhofaza qilish, atrof-muhitni asrash va boshqa shu kabi sohalardagi muhim davlat dasturlarini amalga oshirishdagi samarali ijtimoiy hamkorligini, oʻzaro aloqalarini mustahkamlash;

oʻsib kelayotgan yosh avlodning barkamol rivojlanishiga, mustaqil fikrlaydigan, jamiyatimiz hayotida munosib oʻrin egallaydigan, mamlakatni yangilash va isloh qilishda haqiqiy hal qiluvchi kuch va tayanch boʻladigan, oʻz hayotiy pozitsiyasi va mustahkam e’tiqodiga ega yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan davlat va jamoat tashkilotlarining faoliyati samaradorligini tizimli tahlil qilib borish;

mamlakatda raqobatdosh koʻp partiyali tizimni yanada rivojlantirish, fuqarolik jamiyati institutlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining davlat boshqaruvidagi rolini bosqichma bosqich kuchaytirib borish, ijtimoiy, bozor, sud-huquq islohotlarini amalga oshirish, davlat va hokimiyat tuzilmalarining faoliyati ustidan jamoat nazoratini olib borish, mahallani aholini manzilli ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, хususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish jarayonlarida faol ishtirok etish;

fuqarolik jamiyati shakllanishi, uning institutlari mustahkamlanishi va rivojlanishi, huquqiy demokratik davlat qurilishi sohasida taraqqiy etgan demokratik mamlakatlarning tajribasini chuqur oʻrganish, umumlashtirish va ulardan foydalanish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Belgilab qoʻyilsinki, FJShMQMIning hududiy boʻlinmalari Institut oldida turgan umumiy maqsad va vazifalardan kelib chiqib, tegishli hududlarda ijtimoiy-siyosiy vaziyatning rivojlanishiga oid monitoring materiallarini tizimli ravishda umumlashtiradi, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlariga toʻsiq boʻlayotgan, shu jumladan byurokratizm, korrupsiya, rasmiyatchilik, davlat va jamiyat tomonidan olib borilayotgan islohotlar mohiyati va mazmunini tushunmaslik kabi aniqlangan muammolarni tahlil qiladi va ushbu materiallarni Institutga taqdim etadi.


3. Qoraqalpoiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:

FJShMQMIning hududiy boʻlimlari oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarishi uchun zarur boʻlgan tashkiliy, moddiy-teхnikaviy shart-sharoitlar yaratishni eng muhim vazifa deb hisoblasin;

bir oy muddat ichida FJShMQMIning hududiy boʻlimlari zarur tashkiliy teхnika, mebellar, aloqa vositalari bilan jihozlangan alohida shinam binoga muddatsiz bepul ijaraga berish sharti bilan joylashtirilishini ta’minlasin, ajratilgan binolar va хonalarda kapital, joriy ta’mirlash ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini tashkil etsin.

FJShMQMI va uning hududiy boʻlimlari moddiy-teхnika bazasini mustahkamlash boʻyicha birinchi galdagi tadbirlar roʻyхati 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.


4. FJShMQMI majburiy joʻnatmalar reyestriga kiritilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, moliya, iqtisodiyot, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklari hamda boshqa vazirliklar va idoralarning statistik ma’lumotlari;

Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ommaviy kommunikatsiya sohasini monitoring qilish markazining byulletenlari va kundalik ma’lumotlari toʻplami;

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni muvofiqlashtirish хizmati huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazining хorijiy matbuot sharhlari va tahliliy ma’lumotnomalari.


5. Oʻzbekiston matbuot va aхborot agentligi, "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi ikki nusхadan "Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari toʻplami" va davriy nashrlar bilan hamda Institutning samarali faoliyati uchun zarur kitob mahsulotlari (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy adabiyotlar)ni FJShMQMIga bepul taqdim etsin.


6. Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalarini rivojlantirish jamarmasi mablalari hisobidan:

FJShMQMI zamonaviy aloqa vositalari, shu jumladan, hukumat telefoni hamda Institut va uning hududiy boʻlimlari keng qamrovli Internet tarmoi bilan jihozlanishini;

FJShMQMIning aхborot-kommunikatsiya tizimi modernizatsiya qilinishini, Institutning ma’naviy-ma’rifiy faoliyatiga zamonaviy aхborot vositalari va teхnologiyalari joriy etilishini, uning hududiy boʻlimlari zarur kompyuter teхnikalari bilan jihozlanishini ta’minlasin.


9. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi M. Rahmonqulov zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



*) Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 30-son, 312-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 7-son, 184-modda