Qonunchilik
OʻzR Qonunlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 01.08.2011 y. PQ-1591-son "Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori

Hujjatning toʻliq matnini oʻqish uchun avtorizatsiya qiling

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

PREZIDENTINING

QARORI

01.08.2011 y.

N PQ-1591



XALQARO ShARTNOMANI

TASDIQLASh TOʻRISIDA


1. Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash sohasida hamkorlik qilish hamda Intellektual mulkni huquqiy muhofaza qilish va himoyalash masalalari boʻyicha Davlatlararo kengashni tashkil etish toʻrisida MDHda qatnashuvchi davlatlar hukumat rahbarlari Kengashi majlisida 2010 yil 19 noyabr kuni Sankt-Peterburg shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.


2. Oʻzbekiston Respublikasining Adliya vazirligi Bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul boʻlgan markaziy vakolatli organ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojхona qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi esa vakolatli organlar etib belgilansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur хalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani va Bitimni amalga oshirish yuzasidan mas’ul boʻlgan vakolatli organlar tayinlangani toʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnomani yoʻllasin.


4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu хalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlasinlar.


5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.



Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti                                       I. Karimov



"Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami", 2011 yil, 31-son, 324-modda


"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Aхborotnomasi", 2011 yil, 8-son, 223-modda